BOSHLANG’ICH SINFDA O’QUVCHILARGA SO’Z TURKUMLARINI O’RGATISH METODIKASI
Main Article Content
Аннотация:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z turkumlarini o‘rgatish metodikasining ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘z turkumlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, lingvistik tushunchalarni bosqichma-bosqich shakllantirish va interaktiv ta’lim metodlaridan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, maqolada so‘z turkumlarini o‘rgatishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik o‘yinlar, mashq va topshiriqlar orqali o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab beriladi. So‘z turkumlari bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash jarayonida integrativ yondashuv va amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim amaliyotida ona tili darslarini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning grammatik savodxonligini oshirish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
