"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2026-01-02

KÒZ ICHKI BOSIMI OSHISHI. GLAUCOMA

Ushbu maqolada ko‘z ichki bosimining oshishi bilan kechadigan surunkali kasallik — glaukomaning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari va klinik belgilari yoritilgan. Glaukomaning asosiy turlari, xavf omillari hamda kasallikning ko‘rish nerviga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy diagnostika usullari, jumladan tonometriya, perimetriya va oftalmoskopiya orqali erta aniqlashning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada glaukomaning konservativ va jarrohlik yo‘llari bilan davolash usullari hamda kasallik asoratlarining oldini olish choralari bayon etilgan. Tadqiqot natijalari glaukoma bilan kasallangan bemorlarda erta tashxis va muntazam nazorat ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Kumushxon Toshtemirova , Xurshidbek Abdurazzoqov , Lazizbek Aliyev

4-6

2026-01-05

MAKTAB O‘QITUVCHILARINING STRESSGA BARDOSHLILIGI: PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA TRENINGLAR

Mazkur maqolada O’zbekistondagi pedagog kadrlarning stresssga bardoshliligi haqida so’z boradi. Hozirgi kundagi ta’lim tizimi, o’quvchilardagi emotsional, psixologik muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologiyalar rivojlangan davrda pedagoglarning ijtimoiy-psixologik qo’llab quvvatlashga doir chora tadbirlar muhokama qilinadi.

Mahbuba Murodova

7-10

2026-01-05

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИГРОВЫХ И АНАЛИТИЧЕСКИХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ ЭНДШПИЛЮ ЮНЫХ ШАХМАТИСТОВ.

Данная статья рассматривает современные подходы к обучению эндшпилю у юных шахматистов с акцентом на применение игровых и аналитических методов. Анализируются преимущества использования имитационных игр, упражнений и компьютерных программ для развития стратегического мышления и навыков принятия решений в окончании игры. Представлены рекомендации по интеграции этих методов в шахматное обучение для повышения уровня подготовки юных спортсменов.

Оразмухаммедова Махим Абдикарим кизи

11-15

2026-01-06

РОЛЬ ЭНДШПИЛЯ В ФОРМИРОВАНИИ ТЕХНИКО-ТАКТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ ЮНЫХ ШАХМАТИСТОВ 8–10 ЛЕТ

 В статье рассматривается значение изучения эндшпиля для формирования технико-тактических навыков у шахматистов младшего школьного возраста (8–10 лет). Показано, что целенаправленная работа над типовыми эндшпильными позициями повышает способность детей к планированию, расчёту варианта, оценке итоговых позиций и точному исполнению технических приёмов. Приведены методические принципы, учебно-тренировочные упражнения и пример занятия с оценочными критериями.

Оразмухаммедова Махим Абдикарим кизи

16-20

2026-01-06

KASBIY ZARARLI OMILLAR TA’SIRIDA ASTENOVEGETATIV SINDROMI RIVOJLANISHINING PATOGENETIK MEXANIZMLARI

   Kasbiy faoliyat jarayonida uchraydigan zararli omillar zamonaviy tibbiyotda dolzarb muammolardan biri bo‘lib, ular markaziy va vegetativ nerv tizimi faoliyatining funksional buzilishlariga olib keladi. Ushbu maqolada kasbiy zararli omillar ta’sirida astenovegetativ sindrom rivojlanishining asosiy patogenetik mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Kimyoviy, fizik va psixoemotsional omillarning uzoq muddatli ta’siri natijasida nerv hujayralarida metabolik jarayonlar buzilishi, vegetativ nerv tizimi disbalansi, gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimning ortiqcha faollashuvi hamda oksidlovchi stress jarayonlarining kuchayishi aniqlanadi. Ushbu mexanizmlar organizmning moslashuv imkoniyatlarini susaytirib, surunkali charchoq, vegetativ disfunktsiya va psixoemotsional beqarorlik bilan kechuvchi astenovegetativ sindrom shakllanishiga olib keladi. Maqolada astenovegetativ sindromning klinik ahamiyati, kasbiy patologiya tarkibidagi o‘rni va erta tashxis qo‘yishning muhim jihatlari yoritilgan. Olingan xulosalar kasbiy tibbiyot amaliyotida profilaktika, erta aniqlash va reabilitatsiya chora-tadbirlarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga egadir.

Shahnoza Mirzakarimova

21-24

2026-01-05

QANDLI DIABET BILAN BOG'LIQ KARDIOVASKULYAR XAVFNING ERTA ANIQLANISHI

 Qandli diabet zamonaviy tibbiyotda eng dolzarb metabolik kasalliklardan biri bo‘lib, uning yurak-qon tomir tizimi bilan chambarchas bog‘liqligi global miqyosda jiddiy sog‘liqni saqlash muammosini yuzaga keltirmoqda. Diabet bilan kasallangan bemorlarda ateroskleroz, ishemik yurak kasalligi, arterial gipertoniya, miokard infarkti va insult kabi kardiovaskulyar asoratlarning rivojlanish xavfi sezilarli darajada ortadi. Ushbu holat, asosan, uzoq davom etuvchi giperglikemiya, insulin rezistentligi, dislipidemiya, oksidativ stress va surunkali past darajali yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq patogenetik mexanizmlar orqali shakllanadi.

    Mazkur ilmiy maqolada qandli diabet bilan bog‘liq kardiovaskulyar xavfni erta aniqlashning zamonaviy yondashuvlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Jumladan, an’anaviy klinik xavf omillari bilan bir qatorda, biokimyoviy markerlar, instrumental tekshiruv usullari, subklinik aterosklerozni baholash ko‘rsatkichlari hamda prognostik skorlash tizimlarining diagnostik ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, individual xavfni stratifikatsiya qilish, yuqori xavf guruhlarini aniqlash va profilaktik strategiyalarni optimallashtirishda erta diagnostikaning tutgan o‘rni asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari diabetik bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini oldini olish, kasallikning kechishini sekinlashtirish va umr davomiyligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Gulrangbegim Rustambekova , Muxlisabonu Pulatova , Shukurullo Valijonov

25-28

2026-01-06

FINTECH STARTAPLARINI MOLIYALASHTIRISH VA ULARNING BANK SEKTORIGA INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada FinTech startaplarini moliyalashtirish mexanizmlari hamda ularning an’anaviy bank sektoriga integratsiyalashuvi jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda FinTech kompaniyalarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy moliyalashtirish manbalari, banklar bilan hamkorlik modellari va raqamli transformatsiya sharoitida yuzaga kelayotgan imkoniyatlar hamda xatarlar yoritib berilgan. Shuningdek, FinTech va bank sektorining o‘zaro integratsiyasi moliyaviy inklyuziya, xizmatlar sifati va raqobatbardoshlikka ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda baholanadi.

Guliniso Nabiyeva , Nafisa Raxmonqulova

29-31

2026-01-06

THE MAIN ASSOCIATIVE UNITS FORMED AROUND THE CONCEPT OF "HOME" (IN UZBEK)

This article analyzes the main associative units formed around the concept of “home” in Uzbek linguistic consciousness. The study is based on factual data drawn from Uzbek linguistic, cultural, and cognitive studies. The concept of “home” is examined as a linguocultural phenomenon reflecting national values, social relations, and emotional perceptions. By applying methods of cognitive linguistics and associative analysis, the research identifies core and peripheral associative units connected with the concept of “home” in Uzbek. The results demonstrate that “home” functions not merely as a physical space but as a symbolic center of family, morality, tradition, and identity in Uzbek culture.

Laylokhon Nabijonova

32-35

2026-01-08

SOHIBQIRON DAVRDIDA SAN’AT RIVOJI

Oʻzbekistonning istiqlol yoʻlida dadil qadam tashlashi ma'naviy qadriyatlarimizning tiklana borishi, xalqimiz va yurtimiz tarixi, unda katta oʻrin tutgan olimu fuzalolar, shoirlar, davlat arboblari haqida toʻgʻri, odil fikrlar aytish imkonini berdi. Amir Temur shaxsiyati, u tuzgan davlat, temuriy podshoxlarning faoliyati toʻgʻrisida ham xolisona fikr, toʻgʻri tasavvur hosil boʻla boshladi. Qanchadan qancha tarixiy manbalar, maqolalar chop etildi.

Joxongir Ganiev

36-39

2026-01-08

“OSHIQNOMA” TURKUMIGA MANSUB “ROYI CHIN” VA “EDIGO”DOSTONLARIDAGI O‘ZLASHGAN QATLAMGA OID SO‘ZLAR TAHLILI

Ushbu maqolada “Oshiqnoma” turkumiga mansub “Royi Chin” va “Edigo” dostonlarida qo‘llangan o‘zlashgan qatlam so‘zlari tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda dostonlar matnidagi arab va fors  tillaridan kirib kelgan leksik birliklar, ularning semantik xususiyatlari, funksional-uslubiy vazifalari va o‘zbek tiliga moslashuv darajasi o‘rganiladi. Asardan olingan misollar asosida o‘zlashgan so‘zlarning tematik guruhlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari “Oshiqnoma” dostonlarining til xususiyatlarini aniqlash, o‘zbek xalq og‘zaki ijodida o‘zlashgan leksikaning o‘rnini belgilashda ahamiyatlidir.

Shahlo Qodirova

40-43

2026-01-08

MOLIYAVIY SAVODXONLIK — IQTISODIY BARQARORLIK VA IJTIMOIY FAROVONLIKNING ASOSIY HARAKATLANTIRUVCHI OMILI SIFATIDA

Ushbu maqolada moliyaviy savodxonlikning ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiy barqarorlik hamda jamiyat farovonligidagi o‘rni tahlil qilinadi. Moliyaviy savodxonlik shaxslarning ongli moliyaviy qarorlar qabul qilishiga imkon beruvchi omil sifatida emas, balki moliyaviy tizim barqarorligi, resurslardan samarali foydalanish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omil sifatida ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda moliyaviy savodxonlikning iqtisodiy xulq-atvor, jamg‘arma odatlari, tadbirkorlik faolligi, kredit intizomi va ijtimoiy barqarorlikka ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar va amaliy kuzatuvlarga tayanib, past moliyaviy savodxonlikning moliyaviy zaiflik, ortiqcha qarzdorlik, firibgarlik xavfi va kambag‘allikning chuqurlashuvi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanadi. Maqolada jamiyatda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan institutsional strategiyalar va ta’limiy tashabbuslarning ahamiyati yoritilib, moliyaviy ongning oshishi uzoq muddatli iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili ekanligi asoslab beriladi.

Shoxruzbek Shukurov

44-47

2026-01-08

AUTHOR-FOR-WORK METONYMY AS A PRAGMATIC AND CULTURAL PHENOMENON IN ENGLISH, UZBEK, AND KARAKALPAK

This paper examines author-for-work metonymy in the discourse of the English, Uzbek, and Karakalpak languages. In particular, the metonymy in question involves the use of an author’s name to refer to not the individual but their literary creations or cultural significance. In consideration of the cognitive linguistic school of thought as well as the pragmatic approaches suggested by Barcelona [1], the paper aims to show the universality of the metonymy in question as a culturally facilitated tool. In particular, the paper illustrates how the pragmatic expression of the metonym in question differs from one culture to the next.

Umida Kosbergenova , Akhmad Baisov

48-51

2026-01-08

MOVAROUNNAHR ARAB XALIFALIGI TOMONIDAN FATH QILINISHI

Ushbu maqolada VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo hududlarining Arab xalifaligi tarkibiga qo‘shib olinishi jarayoni tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida fath yurishlarining sabablari, mahalliy sulolalar (ixshidlar, afshinlar) va arab qo‘shinlari o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar hamda Islom dinining hududda yoyilishi tahlil qilingan. Shuningdek, Qutayba ibn Muslim (r.a.)ning harbiy strategiyasi va hududdagi siyosiy o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi.

Axadbek Mamatov

52-57

2026-01-08

GAMIFIKATSIYA ASOSIDA INFORMATIKA FANINI O‘QITISH SAMARADORLIGI

Maqolada informatika fanini o‘qitishda gamifikatsiya texnologiyalarining pedagogik samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda gamifikatsiya elementlari — ball tizimi, reyting, darajalar, musobaqaviy topshiriqlar va interaktiv platformalar qo‘llanilib, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi, faolligi va bilimlarni o‘zlashtirish darajasi o‘rganildi. Natijalar gamifikatsiya asosida o‘qitishning ta’lim sifatini oshirish va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi

Marjona Yusupova , Sadoqat Normurodova

58-61

2026-01-08

THE NEOLOGICAL LAYER OF 'GADGETS' AND 'IT' TERMINOLOGY IN MODERN ENGLISH DISCOURSE: SEMANTIC AND STRUCTURAL ANALYSIS.

The present article investigates the neological layer of gadgets and IT terminology in modern English discourse from semantic and structural perspectives. The study focuses on the mechanisms of neologism formation, semantic transformation, and structural patterns of newly emerged lexical units related to digital technologies. The research analyzes compound formations, abbreviations, acronyms, blends, and borrowings that actively function in contemporary English. Particular attention is paid to the role of globalization and digitalization in accelerating lexical innovation and reshaping communicative practices. The findings demonstrate that technological progress serves as a key driving force behind lexical expansion and semantic change in modern English discourse.

Khayrullo Sattorov , Farzono Davlatova

62-64

2026-01-08

ЛЕГКАЯ КЕРАМИКА НА ОСНОВЕ МОНТМОРИЛЛОНИТОВЫХ ГЛИН КАК АЛЬТЕРНАТИВА ЯЧЕИСТЫМ БЕТОНАМ ДЛЯ СТЕНОВЫХ КОНСТРУКЦИЙ.

В статье рассматривается концепция создания нового класса лёгких керамических стеновых материалов на основе монтмориллонитовых глин, предназначенных для замены ячеистых бетонных изделий в ограждающих конструкциях зданий. Предлагаемый подход основан на формировании контролируемо-пористой керамической структуры, обеспечивающей сочетание пониженной плотности, достаточной прочности и высокой долговечности, характерной для обожжённых керамических материалов. Показано, что монтмориллонитовые глины, обладая высокой реакционной способностью и развитой удельной поверхностью, являются перспективной минеральной основой для получения лёгкой керамики с заданными физико-механическими характеристиками. Работа носит концептуальный характер и формирует научную основу для дальнейших экспериментальных исследований.

Каримов Темур Анварович

65-67

2026-01-12

GINEKOLOGIK OPERATSIYALARDAN KEYIN OKSIDATIV STRESS VA STOKIN KASKADINING BIOXIMIK TAXLILI

 Ginekologik jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng organizmda yuzaga keladigan metabolik va molekulyar o‘zgarishlar orasida oksidativ stress va sitokin (yallig‘lanish) kaskadi yetakchi o‘rin egallaydi. Jarrohlik shikastlanishi hujayra membranalari yaxlitligining buzilishi, mitoxondrial disfunksiya va erkin radikallar hosil bo‘lishining keskin ortishi bilan kechadi. Ushbu jarayonlar lipid peroksidlanishi, oqsillar va nuklein kislotalarning oksidativ zararlanishiga olib kelib, to‘qimalarning regeneratsiya jarayonini sekinlashtiradi hamda operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini oshiradi. Shu bilan birga, jarrohlik stressiga javoban faollashadigan sitokinlar kaskadi (IL-1β, IL-6, TNF-α va boshqalar) mahalliy va tizimli yallig‘lanish reaksiyalarini kuchaytirib, oksidativ stress bilan o‘zaro patogenetik bog‘liqlik hosil qiladi. Mazkur maqolada ginekologik operatsiyalardan keyingi oksidativ stress va sitokin kaskadining biokimyoviy mexanizmlari, ularning o‘zaro ta’siri, klinik ahamiyati hamda diagnostik va terapevtik yondashuvlar ilmiy asosda, insoniy va murakkab tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari operatsiyadan keyingi reabilitatsiyani optimallashtirish va asoratlarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhlisa Numonjonova , Madina Uzoqova, Nurmuhammad Mamazulunov

68-73

2026-01-12

GINEKOLOGIK JARROHLIKDA BACHADON INNERVATSIYASINING OG‘RIQ MEXANIZMLARIDAGI RO'LI

 Ginekologik jarrohlik amaliyotlarida og‘riq sindromining shakllanishi ko‘p omilli bo‘lib, uning asosiy patofiziologik mexanizmlaridan biri bachadonning nerv tizimi orqali ta’minlanishidir. Bachadonning simpatik va parasimpatik innervatsiyasi, visseral afferent tolalar hamda reflektor zonalar jarrohlik paytida va undan keyingi og‘riq javobining yuzaga kelishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada bachadon innervatsiyasining anatomik-fiziologik asoslari, og‘riq impulslarining markaziy nerv tizimiga uzatilish yo‘llari hamda jarrohlik stress fonida yuzaga keladigan reflektor va vegetativ reaksiyalar tahlil qilamiz. Shuningdek, ginekologik operatsiyalar vaqtida to‘qimalarning shikastlanishi natijasida ajralib chiqadigan biologik faol moddalar va ularning og‘riq sezgisini kuchaytirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari og‘riqni samarali nazorat qilish, anesteziologik yondashuvlarni optimallashtirish va postoperatsion asoratlarni kamaytirishda bachadon innervatsiyasini chuqur tushunish zarurligini ko‘rsatadi.

Robiya Azamjonova, Muslimaxon Axmedova, Mirzoulug’bek Tojiddinov

74-81

2026-01-12

MAKTAB DARSLIKLARIDA “OT” OBRAZINING BERILISHI

Mazkur maqolada maktab adabiyot darsliklarida “ot” obrazining badiiy va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, 5- va 11-sinf

adabiyot darsliklarida keltirilgan badiiy matnlar misolida ot obrazining milliylikni singdirish, o‘quvchilarda estetik tafakkur va badiiy obrazni anglash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi.

Rayxona O‘skanova

82-84

2026-01-12

ILMIY TADQIQOTDA METODOLOGIK YONDASHUVLARNING AHAMIYATI VA ULARNING NATIJALAR ISHONCHLILIGIGA TA’SIRI

Mazkur maqolada ilmiy tadqiqot jarayonida metodologik yondashuvlarning tutgan o‘rni hamda ularning tadqiqot natijalari ishonchliligiga ta’siri miqdoriy va sifat tahlil usullari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda metod tanlashning ilmiy asoslari, miqdoriy va sifat yondashuvlarning nazariy-metodologik xususiyatlari, ularning afzallik va cheklovlari hamda natijalar ishonchliligini ta’minlashdagi roli ilmiy adabiyotlar asosida yoritiladi. Qiyosiy tahlil orqali har ikki yondashuvning tadqiqot maqsadiga muvofiq holda tanlanishi ilmiy xulosalarning aniqligi va haqqoniyligini oshirishi asoslab beriladi.

G‘anijon Ibragimov , Davronbek Hikmatillayev

65-68

2026-01-13

QO‘ZIQORIN YETISHTIRISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada biz qo‘ziqorinning tarkibi inson salomatligiga foydalari yetishtirish texnologiyasi O‘zbekiston hududida yetishtiriladigan qo‘ziqorin navlari hususan veshinka navi haqida haqida so‘z yurutib uning o‘ziga xosligi ustunligi va kamchiliklari haqida bayon qilamiz.

Botir Jumayev, Sayitkul Tuxtamishev, Eliboy Mamarasulov, Fotima Toshpo‘latova

69-73

2026-01-14

MAHMUDXO`JA BEHBUDIY PUBLITSISTIKASIDA MA`RIFIY-IJTIMOIY G`OYALAR (“JAHOLAT DARDLARIDAN” MAQOLASI MISOLIDA)

Ushbu maqolada milliy uyg`onish davri deb ataydigan XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Turkiston jadidlarining otasi Mahmudxo`ja Behbudiyning “Jaholat dardlaridan” hamda “Har millat o`z tili ila faxr etar  millatni” maqolalari tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida mazkur maqolalarda  ko‘tarilgan ijtimoiy muammolar, xususan, jaholat, ma’rifatsizlik, milliy ongning sustligi hamda ona tiliga bo‘lgan munosabat masalalari ilmiy jihatdan yoritib beriladi. Shuningdek, Behbudiyning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, jamiyat taraqqiyotidagi til va ta’limning o‘rni hamda ularning bugungi kun uchun dolzarbligi ochib beriladi.

Mushtariy Botirova

74-76

2026-01-14

G‘ARBIY YEVROPA ADABIYOTIDA SHARQONA TOLERANTLIK VA GUMANIZMNING IJTIMOIY-FALSAFIY TALQINI

Mazkur maqolada G‘arbiy Yevropa adabiyotida Sharqona tolerantlik va gumanizm g‘oyalarining shakllanishi hamda ularning ijtimoiy-falsafiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sharq falsafasi va diniy-axloqiy qarashlarining Yevropa ma’rifatparvarlik adabiyotiga ta’siri tarixiy va adabiy manbalar asosida yoritiladi. Ayniqsa, diniy bag‘rikenglik, inson qadr-qimmati va axloqiy mas’uliyat masalalarining Gotxold Efraim Lessing, Iogann Volfgang Gyote va Volter asarlaridagi ifodasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqola Sharq va G‘arb madaniyatlari o‘rtasidagi intellektual aloqalarning Yevropa gumanistik tafakkuri rivojiga qo‘shgan hissasini ochib beradi.

Alisher Mahmudov

77-79

2026-01-14

ISHSIZLIK DARAJASI VA UNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI.

Mazkur maqolada ishsizlik darajasi tushunchasi, uning shakllari va yuzaga kelish omillari tahlil qilinadi hamda ishsizlikning iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’sirlari yoritiladi. Tadqiqot jarayonida ishsizlik darajasining yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, iste’mol hajmi va ijtimoiy barqarorlikka ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mehnat bozoridagi muvozanat, davlatning bandlik siyosati va ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan choralar samaradorligi baholanadi.

Zayniddin Isoqjonov

83-87

2026-01-14

7-SINF O'QUVCHILARINI KASBGA YO'NALTIRISH ISHLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI

Mazkur maqolada 7-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etish texnologiyasi masalalari yoritilgan. Unda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda kasb tanlashga tayyorlash jarayonining mazmuni, bosqichlari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, maktab amaliyotchi-psixologi, sinf rahbari va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyati orqali kasbga yo‘naltirish ishlarining samaradorligini oshirish usullari ko‘rsatib berilgan. Maqolada interaktiv metodlar, diagnostik testlar va motivatsion mashg‘ulotlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda kasbiy qiziqish, layoqat va ongli tanlov ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari asoslab beriladi.

SHERXAN URAZALIYEV

88-93

2026-01-14

MAQSADLI DAVLAT JAMG‘ARMALARI, SUG‘URTA BO‘YICHA, TA’SISCHILAR VA TURLI KREDITORLAR BILAN HISOB-KITOBLARNI AUDITI.

Ushbu maqola maqsadli davlat jamg‘armalari, sug‘urta kompaniyalari, ta’sischilar va turli kreditorlar bilan hisob-kitoblarni auditi jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mazkur audit tizimining samaradorligi, aniqligi va moliyaviy nazoratdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, audit jarayonida duch kelinadigan muammolar va ularni yechish bo‘yicha takliflar keltiriladi. Maqola amaliy va ilmiy nuqtai nazardan audit faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatadi.

Abdurasul Annayev

94-96

2026-01-14

O‘ZBEK VA TURK TILLARI O‘RTASIDA RASMIY HUJJATLAR TARJIMASIDA EKVIVALENTLIK MUAMMOLARI

Mazkur maqolada o‘zbek va turk tillari o‘rtasida rasmiy hujjatlarni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan ekvivalentlik muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqotda leksik, grammatik, stilistik hamda pragmatik ekvivalentlik masalalari qiyosiy asosda o‘rganildi.

Malika Genjebaeva

97-100

2026-01-14

RASMIY YOZISHMALARDA KOMPOZITSION TUZILMA VA MATN QOLIPLARI

Mazkur maqolada rasmiy yozishmalar tilining muhim tarkibiy jihatlaridan biri bo‘lgan kompozitsion tuzilma va matn modellari masalasi tahlil qilinadi. Rasmiy yozishmalarda matnning mantiqiy izchilligi, normativligi va kommunikativ maqsadga yo‘naltirilganligi kompozitsion tuzilma orqali ta’minlanishi asoslab beriladi. Shuningdek, rasmiy matnlarning strukturaviy modellari, ularning turlari hamda amaliy yozishmalardagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi.

Mashxura Umarova

101-104

2026-01-14

O'ZBEK TILIDAGI O'ZLASHMA ATAMALARNING USTIDA O'TKAZILGAN TAJRIBALARGA NAZAR

Ushbu maqolada o'zbek tili lug'at tarkibi, undagi o'zlashma so'zlar va o'zlashtirish uslublari. Shuningdek, o'zbek tilidagi o'zlashma so'zlarning milliy muqobiliga almashtirish bo'yicha tajribalar va ularning natijalari haqida fikr bildirildi.

Tolibay Jangaboyev

105-108

2026-01-14

LINGVOKULTROLOGIYADA PAREMIYA VA FRAZEOLOGIZMLAR TAVSIFI

 Ushbu maqolada lingvokultrologiyadagi paremiyalar (ya'ni maqol,matal haqida) va frazeologizm( iboralar) haqida batafsil maʼlumot berilgan.Paremialogik  namunalar mavjud.Bundan tashqari, frazeologizm turlari,oʻzbek tilidagi qoʻllanilishi hamda "oʻzbek tilining izohli" lugʻatidagi turgʻun birikmalardan misollar keltirilgan.Maqolada paremiologik va frazeologik tushunchalarning batafsil tarifi va tavsifi bayon etilgan.

Selbi Matmuratova

109-112

2026-01-16

KORXONA AYLANMA MABLAGʻLARDAN SAMARALI BOSHQARISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI.

 Mazkur ilmiy maqolada korxona aylanma mablagʻlarini samarali boshqarishning nazariy va uslubiy asoslari iqtisodiy adabiyotlar va ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Aylanma mablagʻlarning mazmuni, tarkibi, aylanish tezligi hamda ularni boshqarish mexanizmlarining korxona moliyaviy barqarorligi va ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, aylanma mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar va usullar ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

Xudoyshukur Xudayberganov

113-116

2026-01-16

BOSHLANG’ICH SINFDA O’QUVCHILARGA SO’Z TURKUMLARINI O’RGATISH METODIKASI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z turkumlarini o‘rgatish metodikasining ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘z turkumlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, lingvistik tushunchalarni bosqichma-bosqich shakllantirish va interaktiv ta’lim metodlaridan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, maqolada so‘z turkumlarini o‘rgatishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik o‘yinlar, mashq va topshiriqlar orqali o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab beriladi. So‘z turkumlari bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash jarayonida integrativ yondashuv va amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim amaliyotida ona tili darslarini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning grammatik savodxonligini oshirish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Munisa Raxmonova

117-119

2026-01-16

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI XALQ OGʻZAKI IJODI ASOSIDA VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarini xalq ogʻzaki ijodi asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalq ogʻzaki ijodining (ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, maqol va matallar, xalq qoʻshiqlari) tarbiyaviy imkoniyatlari ochib berilib, ularning oʻquvchilarda Vatanga muhabbat, milliy gʻurur, tarixiy xotira va fuqarolik masʼuliyatini shakllantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Boshlangʻich taʼlim yoshidagi bolalarning psixologik va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, xalq ogʻzaki ijodidan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari va metodik yondashuvlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada xalq ogʻzaki ijodini taʼlim jarayoniga integratsiyalash orqali vatanparvarlik tarbiyasini samarali tashkil etish yoʻllari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari boshlangʻich taʼlim amaliyotida vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish va maʼnaviy-axloqiy rivojlanishni taʼminlash uchun pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Gulnoza Meliyeva

120-122

2026-01-16

THE JUDICIARY IN THE RESPUBLIC OF UZBEKISTAN

This article examines the judicial system of the Respublic of Uzbekistan, the methods of its implementation, as well as the role and significance of the judiciary in society.

Ugiloy Turdibayeva, Mahmuda Sharipova

123-124

2026-01-16

ÁJINIYAZ QOSIBAY ULI DÓRETIWSHILIGINDE "BOZATAW" POEMASINIŃ MÁNIS-MAZMUNI

Maqalada Ájiniyaz Qosıbay ulınıń "Bozataw" poeması tariyxıy-sociallıq hám ideologiyalıq kózqarastan analizlenedi. Shıǵarmada feodallıq dúzimniń ádalatsızlıqları áshkaralanıp, 1858-1859-jıllardaǵı Qońırat kóterilisiniń ideyalıq tiykarları hám tuwısqan xalıqlar doslıǵı máseleleri izertlenedi. Poemanıń xalıq turmısına tásiri hám onıń milliy azatlıq gúresindegi tutqan ornı ilimiy derekler tiykarında ashıp berilgen.

Dilfuza Erimbetova

125-128

2026-01-19

ELEKTRON DARSLIKLAR BILAN ISHLASH ORQALI O’QUVCHILARDA RAQAMLI KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

O’zbek tilida: Mazkur maqolada elektron darsliklar bilan ishlash orqali o‘quvchilarda raqamli kompetensiyani shakllantirish masalalari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim jarayonini raqamlashtirish sharoitida elektron darsliklarning didaktik imkoniyatlari, ularning o‘quvchilarning axborot bilan ishlash, mustaqil ta’lim olish, tanqidiy fikrlash va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, elektron darsliklardan foydalanish asosida raqamli kompetensiyani shakllantirish metodlari va amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-komm

Nigina O’ktamova

129-131

2026-01-19

O‘ZBEKISTONDA BUGUNGI KUNDA ICHIMLIK SUVIDAGI ISLOHOTLARI.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan zamonaviy islohotlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash, suv ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etishning ustuvor yo‘nalishlari ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

Firdavs Ravshanqulov

132-135

2026-01-19

MOTIVATSIYALANGAN MENEJMENT VA O‘QITUVCHILARNI RAG‘BATLANTIRISH: UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI MISOLIDA

Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarni rag‘batlantirish va motivatsiyalangan menejmentni tatbiq etishning nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shaxsiy, jamoaviy va moddiy motivatsiya vositalarini uyg‘unlashtirgan holda rag‘batlantirish tizimi pedagogik samaradorlikni oshiradi, o‘qituvchilarning professional rivojlanishini ta’minlaydi va maktab yoki universitetning strategik maqsadlariga erishishga yordam beradi.

Olimjon Meliboyev

136-138

2026-01-19

ISTIQLOL DAVRI NASRIDA MIFOLOGEMALAR VA ZAMONAVIY BADIIY TAFAKKUR

Mazkur maqolada mustaqillik davri o‘zbek nasrida mifologemalarning badiiy-falsafiy mazmuni, ularning xalq tafakkuri va og‘zaki ijod an’analari bilan uzviy bog‘liqligi Luqmon Bo‘rixon ijodi misolida tahlil qilinadi. Luqmon Boʻrixonning “Quyosh hali botmagan” qissasida qadimiy miflarning zamonaviy talqini xususida fikr yuritiladi.

Shirinabonu Hotamova, M.A Rizoyeva

139-141

2026-01-22

BIOLOGIYANI O‘QITISHDA KO‘RGAZMALI VOSITALARNING UMUMIY TAVSIFI

Maqolada ko‘rgazmali tushunchaning paydo bo‘lish tarixi, tushunchaning mohiyati, biologiyaning o‘qitish vositalari, o‘qitishda ko‘rgazmali vositalarning ahamiyati haqida malumotlar keltirilgan.

Muyassar Ismoilova

142-145

2026-01-22

UMUMTA'LIM MAKTABI BOSHQARUVIDA SUN'IY INTELLEKT ILOVALARINING IMKONIYATLARI

Tezisda umumta’lim maktablarida sun’iy intellekt (AI) ilovalarining boshqaruv jarayonlarida qo‘llanilishi va uning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellekt orqali o‘quvchilarning individual rivojlanishi, o‘rganish motivatsiyasi va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi. Tezisda AI ilovalarining maktab ma’lumotlarini boshqarish, resurslarni samarali taqsimlash, muammoli vaziyatlarda tezkor yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, strategik va innovatsion rejalashtirish jarayonlarida qanday qo‘llanishi batafsil yoritiladi

Dilmurod G‘ayibnazarov

146-148

2026-01-24

XUSUSIY VA DAVLAT TELEKANALLARIDA TOK-SHOU JANRINING IMKONIYATLARI: FUNKSIONAL VA TAQQOSIY TAHLIL

Mazkur ilmiy ishda tok-shou janrining davlat va xususiy telekanallardagi imkoniyatlari, ularning funksional vazifalari hamda janr rivojiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda tok-shou janrining kommunikativ, ijtimoiy va ko‘ngilochar salohiyati telekanal maqomiga bog‘liq holda o‘rganiladi. Davlat telekanallarida tok-shoular ijtimoiy-ma’rifiy va axloqiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgani, xususiy telekanallarda esa auditoriya qiziqishi va interaktivlik ustuvorligi, shuningdek boshlovchining korsatuvdagi orni aniqlanadi. Taqqosiy tahlil natijalari tok-shou janrining milliy televideniyedagi o‘rni va uning rivojlanish istiqbollarini belgilashga xizmat qiladi.

Gulhayo Shamsiddinova

149-151

2026-01-24

MEDIASAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA “AXBOROT IMMUNITETI” KONSEPSIYASIGA ASOSLANGAN ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUV

Mazkur maqolada mediasavodxonlik zamonaviy raqamli jamiyat sharoitida shaxs ongining barqarorligini ta’minlovchi muhim kompetensiya sifatida talqin etiladi. An’anaviy mediasavodxonlik modellarining cheklangan jihatlari tahlil qilinib, mediasavodxonlikni “axborot immuniteti” sifatida qayta konseptualizatsiya qilish g‘oyasi ilgari suriladi. Axborot immuniteti shaxsning kognitiv, emotsional va qadriyatli himoya mexanizmlarini o‘z ichiga olgan yaxlit pedagogik tizim sifatida asoslab beriladi. Maqolada ushbu konsepsiyaga tayangan holda innovatsion pedagogik model, metodlar, o‘qituvchi faoliyatining yangi roli hamda ta’lim jarayonida mediasavodxonlikni shakllantirishning istiqbollari keng yoritilgan.

Pokiza Yuldosheva

152-156

2026-01-24

NUTQIY KOMPETENSIYA TUSHUNCHASI VA UNING TARKIBIY QISMLARI

Maqolada hozirgi globallashuv sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Unda nutqiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati, tarkibiy qismlari (fonetik, leksik, grammatik, kommunikativ) va uning bolaning shaxs sifatida shakllanishidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu sohaga oid nazariy qarashlari qiyosiy o‘rganilib, o‘quvchilarda tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. 

Gulayim Uzaqbayeva

157-161

2026-01-24

MILLIY G`OYA VA VATANPARVARLIKNI MUSTAHKAMLASHDA FALSAFANING O`RNI

Mazkur ilmiy maqolada milliy g‘oya va vatanparvarlik tushunchalarining falsafiy-nazariy asoslari, ularning ta’lim tizimi, harbiy-pedagogik faoliyat hamda mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni kompleks tahlil qilinadi. Falsafa milliy g‘oyaning metodologik poydevori sifatida jamiyat barqarorligi, ijtimoiy birdamlik va shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlovchi asosiy intellektual mexanizm ekanligi asoslab beriladi. Maqolada vatanparvarlikning ontologik, aksiologik va prakseologik jihatlari yoritiladi.

Davron Xurramov

162-165

2026-01-24

OZON QATLAMINING YEMIRILISHI VA UNING EKOLOGIK XAVFI

Ushbu ilmiy maqolada Yer atmosferasining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ozon qatlamining yemirilish jarayoni, bu holatning asosiy antropogen sabablari hamda ekologik va ijtimoiy oqibatlari tahlil qilingan. Ozon qatlamining kamayishi natijasida ultrabinafsha nurlanishining kuchayishi inson salomatligiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga hamda global ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan. Shuningdek, ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro hujjatlar va zamonaviy ekologik yondashuvlar ko‘rib chiqildi.

S.A. Abdurashidova

166-168

2026-01-24

HAMLET AND MACBETH A PSYCHOLOGICAL COMPARATIVE ANALYSIS

This article presents a comparative psychological analysis of William Shakespeare’s tragedies Hamlet and Macbeth. The study focuses on the inner conflicts of the protagonists, their decision-making processes, moral dilemmas, and the psychological mechanisms that lead them to tragic outcomes. Hamlet is portrayed as an introspective and reflective character whose excessive self-analysis delays action, while Macbeth is depicted as an impulsive and ambition-driven figure whose rapid actions result in psychological disintegration. Through a contrastive approach, the article demonstrates how Shakespeare constructs two distinct psychological models of tragedy: reflective consciousness and destructive ambition.

Khabibakhon Isakjonova

169-170

2026-01-26

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA HUQUQIY TA’LIMNI SAMARALI TASHKIL ETISH YO‘LLARI

Mazkur ilmiy maqolada umumta’lim maktablarida huquqiy ta’limni samarali tashkil etish masalalari har tomonlama tahlil qilinadi. Huquqiy ta’limning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning yosh avlodda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy asosda yoritiladi. Maqolada umumta’lim maktablarida huquqiy ta’limni tashkil etish jarayonida uchraydigan muammolar, ularning sabablari va ushbu muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, huquqiy ta’limning mazmuni, metodlari, interfaol pedagogik texnologiyalar, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Asadbek Egamberganov

171-173

2026-01-26

METHODOLOGY OF INTEGRATING LINGUOCOACHING ELEMENTS INTO THE PROCESS OF TEACHING ENGLISH TO TEENAGERS

This article examines the methodology of integrating linguocoaching elements into the process of teaching English to teenagers. The study focuses on learner-centered approaches, motivation enhancement, emotional intelligence, and goal-oriented language instruction. Linguocoaching is viewed as an innovative pedagogical model that combines linguistic competence development with coaching principles such as self-awareness, reflection, and personal responsibility. The article argues that the integration of linguocoaching elements contributes to increased learner autonomy, improved communicative competence, and higher motivation among teenage learners of English.

Gulhayo Ganiyeva

174-176

2026-01-26

THEORETICAL AND LINGUISTIC FOUNDATIONS OF DEVELOPING LEXICAL COMPETENCE THROUGH IT TECHNOLOGIES

This article explores the theoretical and linguistic foundations of developing lexical competence through information technologies in the process of foreign language education. The study examines the concept of lexical competence, its structural components, stages of development, and its role within communicative competence. Special attention is paid to the linguistic and pedagogical potential of IT technologies such as mobile applications, digital corpora, electronic dictionaries, and online learning platforms in enhancing vocabulary acquisition. The article argues that the integration of IT technologies into lexical instruction promotes learner autonomy, contextualized vocabulary use, and sustainable language development.

Tursunoy Ashirova

176-178

2026-01-26

MIKROBLARNING GENETIK MODIFIKATSIYASI VA UNING AMALIY QOʻLLANILISHI

 Ushbu maqolada mikroorganizmlarning genetik modifikatsiyasi usullari, ularning molekulyar-genetik asoslari va turli sohalardagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda rekombinant DNK texnologiyasi, CRISPR-Cas9 genom tahrirlash tizimi va mikroblarning metabolik muhandisligi kabi zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Genetik jihatdan o‘zgartirilgan shtammlarning farmatsevtika sanoatida dori vositalari (insulin, interferonlar, vaksinalar) sintezi, qishloq xo‘jaligida biopesidlar yaratish hamda ekologiyada bioremediatsiya (atrof-muhitni tozalash) jarayonlaridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada genetik modifikatsiyalangan mikroblardan foydalanishning xavfsizlik jihatlari va ushbu sohadagi biokimyoviy istiqbollar muhokama qilinadi.

Dilnozaxon Dolimova , Erkinoy Xoldarova , Dilxromon Boltaoxunova

179-183

2026-01-26

QARAQALPAQSTAN AYMAǴINDA TORǴAYLAR TUQIMLASINA KIRIWSHI QUSLAR FAUNASI BIOEKOLOGIYASI

Maqalada Qaraqalpaqstan aymaǵında ushırasatuǵın torǵaylar (Passeriformes) otryadı wákilleriniń túrler quramı, bioekologiyalıq ózgeshelikleri hám tábiýattıń ekologiyalıq teńsalmaqlıǵın saqlawdaǵı roli úyrenilgen. Regiondaǵı torǵaylar tuqımlasınıń tarqalıwı, azıqlanıwı, kóbeyiw procesleri hám olardıń antropogen ortalıqqa beyimlesiw mexanizmleri boyınsha maǵlıwmatlar keltirilgen. Sonday-aq, aymaqtaǵı siyrek ushırasatuǵın hám qorǵawǵa mútaj túrlerdiń házirgi jaǵdayı analiz etilgen.

A.G. Dáribaeva, E.K Joldasbaeva

184-186

2026-01-26

MAKTAB O‘QUVCHILARIDA VATANGA SODIQLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida vatanparvarlik ruhini uyg‘otish, ularda vatanga sodiqlik madaniyatini shakllantirishning pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va interaktiv metodlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

G.M. Bayniyazova , J Abdirova

187-189

2026-01-26