"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2025-04-26

COMPARATIVE ANALYSIS OF INTENSIVE THERAPY OUTCOMES IN PATIENTS WITH ACUTE CORONARY SYNDROME IN THE INTENSIVE CARE UNIT

Acute Coronary Syndrome (ACS) encompasses a spectrum of clinical conditions ranging from unstable angina to myocardial infarction with or without ST-segment elevation. ST-Elevation Myocardial Infarction (STEMI) occurs due to complete occlusion of a coronary artery, leading to transmural ischemia, which is reflected by ST-segment elevation on the ECG. In contrast, Non-ST-Elevation Myocardial Infarction (NSTEMI) is usually associated with subtotal coronary occlusion, resulting in subendocardial ischemia and ST-segment depression or T-wave inversion.This study evaluates the effectiveness of different ICU treatment protocols for ACS patients. A total of 87 patients were studied, divided into two groups based on ECG changes. Group A included STEMI patients, while Group B included NSTEMI patients. Standard biomarkers such as Troponin I and T, along with echocardiography and clinical monitoring, were utilized to assess outcomes. This paper provides comparative data on the efficacy of specific pharmacological protocols and their influence on cardiac recovery and prognosis.

Server Abibullayev , Shokhrukh Mansurov , Shukhrat Jurayev

4-6

2025-04-26

INKLYUZIV TAʼLIMDA BOLALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI VA OTA-ONANING OʻRNI

 Ushbu maqolada Inklyuziv taʼlimda bolalarni rivojlantirish omillari va ota onaning oʻrni haqida maʼlumot berib oʻtilgan.

Ahmadjanova Xolida Umarjon qizi

7-10

2025-04-26

NODAVLAT TASHKILOTLARNING ERKIN IQTISODIY ZONALARNING RIVOJLANTIRISHDA XIZMATI

Mazkur maqolada AQSH, Birlashgan Arab Amirligi va Qozogʻiston davlatlarida mavjud Erkin iqtisodiy zonalarni (MIZ) rivojlantirishda nodavlat tashkilotlarining oʻrni tahlil qilinadi. MIZlar iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishda muhim rol oʻynaydi. Mazkur maqola MIZlarning rivojlantirishda nodavlat tashkilotlarining imkoniyatlari boʻyicha amaliyotlarni oʻrganadi, global miqyosda qoʻllanilayotgan asosiy modellarni taqdim etadi va ularning samaradorligini baholaydi. Erkin iqtisodiy zonalar boshqaruvini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Haydarova Munisaxon

11-13

2025-04-26

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI: XALQARO TAJRIBALAR VA MAVJUD MUAMMOLAR

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot hamda raqamli texnologiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida tutgan o‘rni va mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini, xalqaro tajribalarning mamlakatimiz uchun ahamiyatini hamda mavjud muammolarni tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotga jadal suratlar bilan  o‘tish jarayonida amalga oshirilgan strategiyalar, raqamli infratuzilma, e-tijorat va kriptovalyutalar sohasidagi yutuqlar, shu bilan birga, davlatning raqamli iqtisodiyotdagi roli haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xalqaro tajribalarga, jumladan, Estoniya, Singapur va Janubiy Koreya tajribalariga tayanib, O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotdagi muvaffaqiyatlari va mavjud kamchiliklarini bartaraf etish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.

Azizbek Urinboyev, Dimirbek Yodgorov , Shaxzod G‘aniyev

14-18

2025-04-26

BAXSHILAR VA QO‘SHIQCHILARNING IJODI: O‘ZBEK XALQ QO‘SHIQLARI VA TERMALARINING TA’LIMDA QO‘LLANILISHI

Maqolada O‘zbek xalqining og‘zaki ijodi, ayniqsa, xalq qo‘shiqlari va termalari, ularning xalqning ruhiy dunyosini, tarixiy xotirasini va turmush tarzini ifodalashdagi ahamiyati ta'kidlanadi. Baxshilar tomonidan kuylanadigan termalar ma'naviy va axloqiy mazmunlarga ega bo‘lib, adabiyot va musiqa san'ati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Maqola, shuningdek, xalq qo‘shiqlari va termalarni o‘quvchilarga o‘rgatishdagi samarali metodlar va interaktiv yondashuvlarni ham ko‘rib chiqadi.

Nozima Niyatqulova

19-22

2025-04-26

MAQOLLAR ORQALI MILLIY MA'NAVIYATNI SHAKLLANTIRISH: METODIK YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada maqollar xalqning ko‘p asrlik tajribalari, axloqiy va falsafiy qarashlari, shuningdek, milliy madaniyatni ifodalashda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Maqollarning qisqacha va aniq shakli, ular ijtimoiy, axloqiy va tarbiyaviy vazifalarni bajarishda samarali vosita ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada, shuningdek, maqollarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan metodlar, ularning bolalar ta’limi va tarbiyasidagi o‘rni muhokama qilinadi. Maqolalar nafaqat tilni rivojlantirish, balki axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Tushuntirish, misollar keltirish, o‘yinlar va faoliyatlar orqali maqollarni bolalarga o‘rgatishning samarali usullari taqdim etiladi. Bu maqola xalq maqollarining ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni, ular orqali bolalarga yuksak insoniy qadriyatlarni singdirishning ahamiyatini o‘rganishga undaydi.

Marjona Jozilova

23-26

2025-04-26

O‘ZBEK DOSTONCHILIK MAKTABLARI: USTOZ-SHOGIRD AN’ANASI VA IJROCHILIK MADANIYATI

 Mazkur maqolada o‘zbek xalqining boy og‘zaki ijodiy merosi – xalq ertaklari, dostonlari, afsona va rivoyatlari, maqol va matallar, topishmoqlar va lirik janrlar keng qamrovda tahlil etilgan. Ayniqsa, dostonchilik san’ati alohida e’tiborga olinib, uning xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy va estetik qarashlarini aks ettirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va boshqa hududlarda shakllangan ilmiy maktablar hamda Qo‘qon, Xorazm, Sherobod, Namangan kabi dostonchilik maktablarining xususiyatlari, yetuk vakillari va ularning ijrochilik an’analari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu maktablarning xalq merosini saqlash va yoshlarga yetkazishdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Maqola xalq og‘zaki ijodini o‘rganish, uni targ‘ib etish va kelajak avlod qalbida milliy g‘ururni shakllantirishda muhim ilmiy manba sifatida xizmat qiladi.

Mohidil Sherxonova

27-31

2025-04-26

"ALPOMISH" DOSTONIDA AYOLLAR OBRAZI

“Alpomish” o'zbek xalqining o’zligini ko‘rsativchi oynadir. Bu doston haqida bilmaydigan o‘zbek yo‘q. Shunday ekan “Alpomish” dostoni ustida juda ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu maqolada dostonda ishtiro etgan ayollar obrazi yoritilgan.

Maftuna Xolboyeva

32-34

2025-04-26

O‘ZBEK XALQ DOSTONLARINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI VA PO‘LKAN MUHAMMAD JOMROT O‘G‘LI IJODINI O‘QITISH USULLARI

Ushbu maqolada xalq dostonlarining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, ularning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi roli yoritiladi. Ayniqsa, Po‘lkan shoir ijodi misolida dostonchilik an’analarining o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi, ularni o‘qitishning samarali metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Ishda dostonlarni o‘qitishda matn tahlili, muammoli savollar, guruhli ishlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish kabi innovatsion metodlar qo‘llanishi taklif etiladi. Shu bilan birga, xalq og‘zaki ijodining bugungi kundagi dolzarbligi va dostonchilik san’atining yoshlar ongida milliy o‘zlikni shakllantirishdagi o‘rni alohida e’tirof etiladi. Ish ta’lim jarayonida dostonlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Zubayda Nasimova

35-37

2025-04-26

"RUSTAMXON" DOSTONINING O‘QITILISHI

 Mazkur maqolada o‘zbek xalq dostoni "Rustamxon" haqida nazariy ma‘lumot beriladi hamda o‘rganilishi haqida qisqacha xulosa chiqariladi.

Nurxon Allamuratova

38-39

2025-04-26

ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF OFFLINE AND ONLINE LEARNING

The rapid development of technology has brought about fundamental changes in the field of education. In particular, the transition from traditional offline (face-to-face) education to online education has reshaped the learning experience of students. Both learning methods have their own advantages and disadvantages, which significantly affect the attitude of students to the learning process and their effectiveness.

Dinora Khamrokulova , Maftuna Bakhtiyorova

40-43

2025-04-26

INGLIZ TILINI O‘RGANISHGA 3 QADAM: ILMIY YONDASHUV VA SAMARALI USULLAR

Ushbu maqolada ingliz tilini samarali o‘rganish uchun uch asosiy qadam yoritib berilgan. Ilmiy tadqiqotlar va statistik ma’lumotlarga asoslangan holda, so‘z boyligini oshirish, eshitish orqali tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish va jonli muloqotga e’tibor qaratish muhimligi tushuntirilgan. Maqolada Coxhead (2000), Krashen (1982) hamda Lingua Research Institute statistikasi keltirilib, eng samarali o‘rganish usullari tahlil qilingan. Natijada, ingliz tilini o‘zlashtirish jarayonida uzluksiz mashq qilish va to‘g‘ri metodlarni tanlash hal qiluvchi omil ekani xulosa sifatida keltirilgan.

Sevinchbonu Jamilova

44-48

2025-04-26

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ХАЛҚАРО ЗАХИРАЛАРИ ЎЗГАРИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ

Халқаро захиралар ҳар қандай мамлакатнинг иқтисодий барқарорлигини таъминлашда муҳим молиявий восита ҳисобланади. Ушбу захиралар мамлакатнинг ташқи иқтисодий муҳитда юз берадиган эҳтимолий хавф-хатарлардан ҳимоя қилиш, валютанинг барқарорлигини сақлаш ва ташқи тўлов қобилиятини таъминлашга хизмат қилади.

Усмонов Рахмонжон Мансуржон ўғли

49-54

2025-04-26

SUN’IY INTELLEKTNING INSONNING AQLIY FAOLIYATIGA SALBIY TA’SIRLARI

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi inson aqliy faoliyatiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Mustaqil fikrlash, yodlash, e’tibor va ijodkorlik kabi psixologik-mental faoliyat shakllari SIga haddan ziyod bog‘liqlik natijasida pasayishi mumkinligi muhokama qilinadi. Shuningdek, muammoning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi.

Allaniyazov Xurshid Maxsetovich

55-57

2025-04-26

THE IMPORTANCE OF VERMICOMPOST IN IMPROVING THE ECOLOGICAL CONDITION OF SOIL

This article examines the role of vermicompost in enhancing the ecological condition of soil, with a focus on its application within Uzbekistan’s diverse agro-climatic regions. Vermicompost, derived from the breakdown of organic matter by earthworms, offers numerous benefits including improved soil structure, enhanced nutrient availability, and increased microbial activity. The paper outlines how vermicompost contributes to higher crop yields, better water retention, and reduced dependence on chemical fertilizers. Examples from Uzbekistan—including melon cultivation in Khorezm, orchard management in Tashkent region, and waste recycling initiatives in Andijan—illustrate its practical benefits. Additionally, vermicomposting supports climate resilience and aligns with the country's environmental sustainability goals. The study underscores the importance of promoting vermicompost as a key component of regenerative agriculture and sustainable soil management in Uzbekistan

Atabaeva Gozzal Berdibaevna

58-60

2025-04-29

FARG`ONA VODIYSI SHAHARLARIDA UY-JOY, KOMMUNAL XIZMAT XO`JALIGI FAOLIYATI (1941-1945 YILLARDA)

 Mazkur maqola 1941–1945 yillar, ya'ni Ikkinchi jahon urushi davrida Fargʻona vodiysi shaharlarida uy-joy va kommunal xizmat xoʻjaligi faoliyati qanday kechganini tarixiy manbalar asosida tahlil qiladi. Urush sharoitida aholining yashash sharoitini saqlash, evakuatsiya qilingan aholiga uy-joy bilan ta'minlash, kommunal xizmatlarni urush sharoitiga moslashtirish kabi masalalarning dolzarbligi ochib beriladi. Maqolada “Sovet Oʻzbekiston kitobi (1941–1944)” bibliografik manbasidan foydalanilgan holda, bu faoliyatning asosiy yoʻnalishlari va o‘ziga xos qiyinchiliklari yoritiladi.

Shohista Karimova

61-64

2025-04-29

VEKTORLAR USTIDA CHIZIQLI AMALLAR

Maqolada vektorlar ustida bajariladigan chiziqli amallar, ya'ni vektorlarni qo'shish va skalyar bilan ko'paytirish kabi asosiy amallar tahlil qilinadi. Vektorlar va ularning chiziqli kombinatsiyalarining xususiyatlari, shuningdek, bu amallarni bajarishda linear funksiyalar va fazalarning roli ko'rib chiqiladi. Vektorlar fazasi va ularning arifmetik qonuniyatlari hamda chiziqli tenglamalar mavzusi orqali matematikaning bu muhim bo'lagi batafsil ochib beriladi. Maqola ilmiy va amaliy masalalarda vektorlar ustida chiziqli amallarning ahamiyatini tushunishga yordam beradi.

Dinora Sobirova

65-66

2025-04-29

АКТУАЛЬНАЯ ПРОБЛЕМА ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ КАК НЕРОДНОМУ НАЦИОНАЛЬНОЙ ШКОЛЕ.

Статья посвящена актуальным вопросам методики преподавания русского языка как неродного в современных условиях образования.  

Таженова Айсулу Аяпбергеновна

67-71

2025-04-30

СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ОБЖАЛОВАНИЯ АДМИНИСТРАТИВНЫХ АКТОВ.

 Данная статья посвящена сравнительно-правовому анализу института обжалования административных актов на примере Федеративной Республики Германия, Республики Польша и Республики Узбекистан. Рассматриваются как общие черты, так и существенные различия в правовом регулировании административного обжалования в указанных странах, включая досудебные и судебные процедуры, сроки, порядок подачи и рассмотрения жалоб, а также правовые последствия. Особое внимание уделяется опыту Германии и Польши в контексте возможного совершенствования законодательства Республики Узбекистан в данной сфере. Статья представляет интерес для специалистов в области административного права, юристов, исследователей и всех, кто интересуется вопросами защиты прав граждан и юридических лиц в отношениях с публичной администрацией

Асадов У. А.

72-80

2025-04-30

THE DEVELOPMENT OF CULTURE AND ITS ROLE IN SOCIAL LIFE

Culture is one of the most important factors defining the spiritual and material development of humanity. It occupies a central place in the historical processes of societies, social structures, and global relations. This article analyzes the development of culture, its role and impact on social life, and the interrelations between cultures in the modern era, as well as its role in the globalization process. The changing nature of culture, its impact on economic, political, and social processes, and the interaction between cultures are explored. Specifically, the relationship between culture and globalization, and the significance of cultural convergence in social life are discussed.

Kholbekova Feruza , Toshmurodova Xayriniso, Normamatova Shahnozabonu

81-83

2025-04-30

STEAM YONDASHUVIDA MATEMATIKANING ROLI

Ushbu maqolada STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi doirasida matematika fanining tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Matematikaning boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda o‘quvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’limda loyihalash faoliyati, muammo yechish va real hayotiy vazifalarni bajarishda matematik bilim va ko‘nikmalar asosiy vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar ham berilgan.                    

Dinora Sobirova

84-86

2025-04-30

O‘RTA ASR SHARQ OLIMLARINING MATEMATIKAGA QO‘SHGAN HISSASI

Mazkur maqolada o‘rta asr Sharq olimlarining matematikaga qo‘shgan ilmiy hissasi yoritilgan. Unda Muhammad al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasiriddin Tusi kabi mashhur olimlarning algebra, arifmetika, geometriya va trigonometriga oid ishlari tahlil qilinadi. Ularning ilmiy yutuqlari nafaqat o‘z zamonasida, balki hozirgi kunda va keyingi davrlarda Yevropa ilm-fanining rivojlanishiga ham  muhim  ta’sir ko‘rsatgani ushbu maqolada ko’rsatib o’tilgan.    

Dinora Sobirova

87-89

2025-04-30

BANKLAR TOMONIDAN INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA KREDIT PORTFELI SIFATINI BOSHQARISH STRATEGIYALARI

Mazkur maqolada banklar tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonida kredit portfeli sifatini boshqarishning zamonaviy strategiyalari yoritilgan. Investitsion kreditlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularga xos risklar va baholash mezonlari tahlil qilingan. Kredit portfeli sifatini aniqlovchi asosiy ko‘rsatkichlar – muammoli kreditlar darajasi (NPL), riskga zaxira ajratish, kredit reyting tizimlari hamda monitoring va nazorat mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Baxodir Sobirov

90-94

2025-04-30

TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDAGI OPERATSIYALARI METODOLOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshiradigan operatsiyalari metodologiyasi tahlil qilinadi va ushbu sohadagi amaldagi yondashuvlar tanqidiy ko‘rib chiqiladi. Muallif bu jarayonlarning samaradorligini oshirish maqsadida yangi metodologik yondashuvlarni ilgari suradi. Xususan, bank investitsiya portfellarini shakllantirishda innovatsion tahlil instrumentlaridan foydalanish, bozor kon’yunkturasiga moslashuvchan dinamik modellar joriy etish va xatarlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini qo‘llash kabi mexanizmlar taklif etilgan. Shu bilan birga, maqolada banklar uchun qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ishtirokni strategik darajada rejalashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot natijalari banklar faoliyatini diversifikatsiya qilish, investitsion faollikni oshirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.

Javlonxon Nusratov

95-99

2025-04-30

INNOVATSION LOYIHALARNI TIJORAT BANKLARI ORQALI KREDITLASH: CHET EL TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON SHAROITIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI

Ushbu tezisda innovatsion loyihalarni tijorat banklari orqali moliyalashtirishning xorijiy tajribasi o‘rganilgan va O‘zbekiston sharoitida ushbu amaliyotni joriy etishning iqtisodiy-moliiyaviy imkoniyatlari tahlil qilingan. AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda banklar innovatsion loyihalarga uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ajratishda maxsus dasturlar orqali ishtirok etayotgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda mavjud kredit siyosati, normativ-huquqiy baza va institutsional muhit tahlil qilinib, tijorat banklari ishtirokida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Mirzohid Raimov

100-103

2025-04-30

MARKAZIY BANKNING RAQAMLI INFRATUZILMASI ASOSIDA VALYUTA NAZORATINI AVTOMATLASHTIRISH: INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLAR VA REAL VAQT MONITORING TIZIMLARI

Ushbu maqola markaziy banklarning raqamli infratuzilmasi asosida valyuta nazoratini avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va imkoniyatlarini tahlil qiladi. Maqolada, zamonaviy texnologiyalar — sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish, blokcheyn, bulutli texnologiyalar va IoT (Internet of Things) ning markaziy banklar tomonidan valyuta siyosatini amalga oshirishda qanday qo‘llanilishi haqida ma'lumotlar keltiriladi. Shuningdek, raqamli tizimlar yordamida valyuta kurslarini nazorat qilishning samaradorligi, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda uning o‘rni, hamda markaziy banklar uchun xavfsizlik va kiberxavfsizlik masalalari ko‘rib chiqiladi.

Feruz Azimov

104-109

2025-04-30

RAQAMLI VALYUTA OPERATSIYALARINING AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUVI: O‘ZBEKISTON BANK TIZIMI UCHUN TEXNOLOGIK YO‘L XARITASI

Mazkur tezisda raqamli valyuta (CBDC – Central Bank Digital Currency) va kripto-aktivlar asosidagi tranzaksiyalarni avtomatlashtirilgan shaklda boshqarish zaruriyati, ularning bank tizimidagi o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida joriy etilishi mumkin bo‘lgan texnologik yechimlar tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba (Xitoy, Shvetsiya, BAA va Nigeriya kabi mamlakatlar misolida) asosida raqamli valyutalarni tartibga soluvchi tizimlar o‘rganilib, milliy bank tizimi uchun moslashtirilgan texnologik yo‘l xaritasi taklif qilinadi. Shuningdek, regulyator va tijorat banklari uchun zarur infratuzilmaviy, huquqiy va axborot xavfsizligi jihatlari ko‘rib chiqiladi.

Azizbek Xayitov

110-113

2025-04-30

SO‘FI OLLOHYORNING FALSAFIY – TASAVVUFIY VA MA’NAVIY-TARBIYAVIY QARASHLARI

Allohga shukronalar bo‘lsin kim mustaqillik sharofati ila xalqimiz o‘z madaniy – ma’naviy merosi, san’atini bilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.

Chunonchi bugungi kunlarda moziyga qiziqish, uni yanada chuqurroq o‘rganishga intilish har bir kishi uchun o‘zligini bilishga yordam beradi.

Xalqimiz va millatimizning asl farzandi Abdulla Qodiriy “Moziyga qarab ish ko‘rmoq xayrlidur” deb bejiz aytmagan edi.

Akbar Allamov, Ra’no Raupova, Shaxrinoz Bobokalonova

114-116

2025-04-30

BUXORODAGI ZAMONAVIY ARXEOLOGIK IZLANISHLAR VA NATIJALAR

Ushbu maqolada Buxoroda mustaqillik yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar, ularning natijalari va ahamiyati xususidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi. Bugungi kunda mamlakat tarixini yanada chuqur o‘rganish, milliy merosni asrash va targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqolada Mustaqillik yillarida madaniy merosni saqlash borasida Buxoroda olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlarning ahamiyati yoritilgan.

Dilrabo Murodova , Zarina Raxmonova

117-119

2025-04-30

BUXORO VOHASINING ANTIK VA ILK O’RTA ASRLAR DAVRI ARXEOLOGIYASI XUSUSIDA

Mazkur maqolada Buxoro vohasining antik va ilk o‘rta asrlar davri arxeologiyasi, jumladan, mintaqaning sivilizatsiyaviy o‘sishini aks ettiruvchi shaharlar, qishloqlar, mudofaa inshootlari, diniy va arxitektura inshootlarining bunyod bo‘lishi arxeologik jihatdan tahlil qilinadi. Arxeologik tadqiqotlari ushbu hududning antik va ilk o‘rta asrlar davridagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini yoritishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijasida Buxoro vohasining antik va ilk o‘rta asrlardagi urbanizatsiya jarayonlari, iqtisodiy aloqalari va madaniy taraqqiyoti haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plangan. Ushbu topilmalar nafaqat tarixiy xotiralarni tiklashda, balki mintaqaning sivilizatsiyaviy merosini o‘rganishda ham muhim o‘rin tutadi.

Dilrabo Murodova, Nilufar Norbo’tayeva

120-123

2025-04-30

THE ROLE OF CRITICAL THINKING IN PRIMARY EDUCATION

This article explores the role of critical thinking in primary education and how it contributes to the cognitive and personal development of young learners. It discusses the significance of early implementation of critical thinking skills in the curriculum.

Umida Anorbekova

124-127

2025-04-30

XALQ OG’ZAKI IJODI VA TA’LIM-TARBIYA INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada xalq og’zaki ijodi namunalarining zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiyalashuvi, ularning pedagogik va axloqiy-psixologik ahamiyati yoritilgan. Xususan, maktabgacha, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim bosqichlarida xalq ijodiyotidan – ertaklar, maqollar, topishmoqlar, dostonlar va rivoyatlardan samarali foydalanishning uslubiy asoslari, o‘quvchilar shaxsida milliy o‘zlikni anglash, axloqiy fazilatlarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shu bilan birga, xalq ijodiyoti vositalarining zamonaviy o‘qitish texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirilgan holda qo‘llanilishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Feruza Abdullayeva

128-130

2025-04-30

YOSHLAR XULQ-ATVORIDA MILLIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Yoshlar xulq-atvorida miliy fazilatlarni ijtimoiy-psixologik omillari haqida gap ketganda beixtiyor taniqli o‘zbek ma'rifatparvari Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur  ma'noli so‘zlari inson e'tiborini tortadi [2, s.108-118].

Aziza Adilova, Xazrat Jabborov

131-134

2025-04-30

QORAQALPOGʻISTONDA TARQALGAN MAYNANING ACRIDOTHERES, TRISTIS, BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida tarqalgan mayna qushi — Acridotheres tristisning bioekologik xususiyatlari, tarqalish areallari va inson omilining bu tarqalishga ta’siri batafsil o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida ushbu qush turining antropogen landshaftlarga yuqori darajada moslashganligi, ayniqsa shaharlar, qishloqlar, agrotsenozlar kabi madaniy landshaftlarda zich yashashi qayd etilgan. Maqolada shuningdek, maynaning tarixiy tarqalish bosqichlari, uning cho‘l hududlariga kirib borishidagi cheklovchi va rag‘batlantiruvchi omillar, mavsumiy harakatlari va agroekologik tizimlarga ta’siri ham ilmiy asosda tahlil etilgan.

Shadliq Tilepov

135-142

2025-04-30

OMBORDA MAHSULOTLARNI HISOBGA OLISHNING AN’ANAVIY VA RAQAMLI USULLARI

Ushbu maqolada omborxonalarda mahsulotlarni hisobga olish tizimining ikki asosiy yo‘nalishi an’anaviy (qog‘oz shaklidagi) va zamonaviy (raqamli, avtomatlashtirilgan) usullari atroflicha tahlil qilinadi. An’anaviy usullar ko‘proq inson mehnatiga asoslangan bo‘lib, ko‘p hollarda hujjatlarni qo‘lda yuritish, yozuvlarni jurnal va daftar shaklida olib borish orqali amalga oshiriladi ushbu yondashuv oddiy va arzon texnik vositalar bilan bajarilishi mumkin bo‘lsa-da, ma’lumotlarning aniqligi pastligi, xatoliklar ehtimoli yuqoriligi va ishning sekin bajarilishi kabi jiddiy kamchiliklarga ega. Raqamli usullar esa zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda mahsulotlar harakati va zaxirasini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradi. Bunday tizimlar avtomatik ravishda kirim-chiqimni qayd etadi, hisobotlarni shakllantiradi hamda xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni kamaytiradi. ERP (Enterprise Resource Planning), WMS (Warehouse Management System) kabi dasturiy ta’minotlar ombor faoliyatini kompleks ravishda boshqarish imkonini yaratadi. Maqolada har ikki usulning afzalliklari va cheklovlari solishtirma tahlil asosida ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli tizimlardan foydalanish korxonalar uchun yuqori aniqlik, samaradorlik va boshqaruvning shaffofligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, maqolada kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun bosqichma-bosqich raqamli tizimlarga o‘tishni tavsiya etuvchi amaliy fikr va takliflar ham keltiriladi.

Muzrob Bahodirov , Tolibjon Anarboyev

143-147

2025-04-30