"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2025-07-07

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR TUSHUNCHASI VA ULARNI AMALIYOTGA JORIY ETISH

Zamonaviy davrda innovatsion texnologiyalar juda tez rivojlanmoqda. Internet, sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar va boshqa texnologiyalar innovatsion jarayonlarni tezlashtiradi. Ushbu texnologiyalar yordamida yangi mahsulotlar va xizmatlar yaratish, shuningdek, mavjud jarayonlarni takomillashtirish imkoniyatlari paydo bo'ladi.

Botirova Madina Istam qizi

4-7

2025-07-07

SALÍSTÍRMALÍ GÁPLERDE EKSPRESSIVLIKTIŃ BILDIRILIWI (IBRAYIM YUSUPOV QOSÍQLARÍ MÍSALÍNDA)

Bul maqalamızda salıstırmalı gáplerdiń ekspressivlik máni ańlatıw jolları Ibrayım Yusupov qosıqları mısalında analizlendi.

SH. Allaniyazova, SH. Baxtıbaeva

8-10

2025-07-07

KIMYO TA’LIMIDA VIRTUAL LABORATORIYALAR IMKONIYATLARI

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimiga jadal kirib kelishi natijasida fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, kimyo ta’limida virtual laboratoriyalardan foydalanish o‘quv jarayonini interaktiv va samarali tashkil etishga keng yo‘l ochmoqda. Ushbu tadqiqotda kimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriyalarning ilmiy-didaktik asoslari, ularning o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmaga aylantirishdagi roli, bilim olishdagi faollik va mustaqil fikrlashga ta’siri yoritilgan. Virtual laboratoriyalar real laboratoriya sharoitidagi xavf-xatarlarni bartaraf etib, kimyoviy reaksiyalar, tajribalar va moddalarning xossalarini xavfsiz, ekologik toza va tejamkor usulda o‘rganishga imkon beradi. Bundan tashqari, u o‘quvchilarga turli eksperimentlarni takroran bajarish, xatolar ustida ishlash, murakkab tajribalarni modellash orqali chuqur bilim hosil qilishga yordam beradi. Tadqiqotda shuningdek, mavjud virtual platformalar (PhET, ChemCollective, Labster va boshqalar) tahlil qilinib, ularning o‘ziga xos imkoniyatlari va didaktik ustunliklari ko‘rsatib berilgan. Yakunda virtual laboratoriyalar orqali kimyo fanini o‘qitishning zamonaviy strategiyasi, metodik tavsiyalar hamda kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari aniqlangan.

Olimjonova Maxliyoxon Sadriddin qizi., Bahromjonova Munisa Sardorbek qizi., Mirzatolibova Nozima Mirkomil qizi

11-16

2025-07-07

BAQSI GENJEBAY TILEWMURATOVTIŃ DÁSTAN ATQARIWSHILIQ SHEBERLIGI

Bul maqalada Genjebay Tilewmuratovtıń baqsılar shańaraǵında dunyaǵa keliwi, óziniń jeke atqarıwshılıq usılın jaratqanlıǵı, namaları hám sazların hár qıylı naǵıslar, ırǵaqlarlar menen bayıtıp shertkenligi hám dástan atqarıwshılıq jolın  bayıtıp, óziniń dástan  atqarıw sheberligi menen kóp sanlı atqarıwshılarǵa órnek bola alǵanlıǵı  haqqında sóz etiledi.  

Bazarbaeva Ramuza

17-19

2025-07-07

MUZIKA DÓRETIWSHILIGINIŃ DÁSLEPKI KÓRINISLERI

Bul maqalada kórkem ónerdiń júzege keliwi, alǵashqı kórkem-ónerdıń dáslepki úlgileri, muzıka dóretiwshiliginiń dáslepki kórinisleri, alǵashqı jámáát dáwirinde tiykarınan ańshılıq hám diyxanshılıq penen kún keshirgen adamlardıń miynet hám dástúrleri  haqqında sóz etiledi.  

Bazarbaeva Ramuza

20-21

2025-07-07

OʻRTA OSIYODA TRANSREGIONAL HARAKAT VA LANDSHAFTLAR: ANTIK DAVR SIVILIZATSIYALARINING GEOSTRATEGIK ASOSLARI

 Ushbu maqolada Oʻrta Osiyo hududida antik davrda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy tizimlarning geostrategik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot asosida mintaqaning murakkab landshaft-geografiyasi, savdo yo‘llarining shakllanishi, resurslarning muvozanati va harakatlanuvchanlik darajasi sivilizatsiyalarning shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani ochib beriladi. Maqolada Sugʻd, Baqtriya, Margʻiyona va Xorazm kabi yirik madaniy markazlar bo‘yicha geoharakatlar, tashqi aloqalar va transregional integratsiya nuqtai nazaridan tarixiy-geografik qarashlar ilgari suriladi. Zamonaviy tarixiy-geografik konsepsiyalar asosida yangi yondashuvlar taklif etiladi.

Bekmuratov Nursultan Erbay o’g’li

22-24

2025-07-09

RAQAMLI DUNYODA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYALASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI.

Mazkur maqolada raqamli dunyoda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bilan bog‘liq dolzarb muammolar, tahdid turlari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik bazasi, xorijiy mamlakatlar — xususan Yevropa Ittifoqining GDPR tizimi asosida xalqaro tajriba o‘rganilgan. Maqolada texnologik va huquqiy yechimlar bilan birga raqamli savodxonlik va axborot xavfsizligi madaniyati shakllantirishning ahamiyati ham yoritilgan.

Yo’ldoshyeva E’zoza Ravshan qizi, Alimardanova Nigora Abdihakim qizi

25-27

2025-07-09

KIMYO DARSLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.

Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, usullari va samaradorligi yoritilgan. Innovatsion yondashuvlar dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlash va ilmiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Muallif zamonaviy texnologiyalarning, jumladan, axborot-kommunikatsiya vositalari, interaktiv metodlar va STEAM ta’lim konsepsiyasining kimyo darslariga integratsiyasini tahlil qiladi. Shuningdek, darslarda tajriba va amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Normurodova Lobar Baxtiyor qizi

28-30

2025-07-09

MAQOM SAN’ATINING TARIXI, RIVOJLANISH DAVRI VA HOZIRGI KUNDA MAQOM SAN’ATI SOHASIDA AMALHA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Ushbu maqolada O'zbek maqom san'atining tarixi hamda  rivojlanish davri,  davrlar mobaynida yashab san'at sohasida  ijod qilgan insonlar va ular tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va qo'shiqlar.  Hozirgi kunda maqom san'ati sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar to'g'risida so'z boradi.

Davlatnazar O‘ralov , Gayrat Azamkulov

31-33

2025-07-09

TAʼLIM – KELAJAK POYDEVORI

Mazkur maqolada taʼlimning inson hayotidagi o‘rniga zamonaviy jurnalist nigohidan qaraladi. Muallif taʼlimni jamiyatning yuragi, har qanday o‘zgarishning boshlanish nuqtasi sifatida baholaydi. Bugungi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, imkoniyatlar va mavjud muammolar ijtimoiy tahlil ruhida yoritilib, muallif mashhur shaxslarning fikrlari va dolzarb savollar orqali o‘z pozitsiyasini faol ifoda etadi. Maqola yoshlarning taʼlimga bo‘lgan ongli yondashuvini targ‘ib qilish, jamiyatda bilimli avlodni shakllantirishda so‘z qudratining o‘rnini ko‘rsatishga qaratilgan

Elnura Sherqulova

33-36

2025-07-09

MUSIQIY CHOLG‘ULARNING TUB KELIB CHIQISHI HAQIDAGI ILMIY FARAZLAR

Musiqa qadim zamonlardan buyon insoniyat hayotining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib kelgan. Arxeologik va etnologik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, musiqiy ifoda shakllari, ayniqsa cholg‘ular, dastlabki jamiyatlarda muayyan ijtimoiy, diniy yoki marosimiy funksiyalarni bajargan. Ushbu maqolada musiqiy cholg‘ularning kelib chiqishi haqidagi ilmiy farazlar haqida ma’lumot berilgan.

Davlatnazar O‘rolov , G‘ayrat Azamkulov

37-39

2025-07-09

O‘ZBEKISTON JANUBIY HUDUDLARIDA EKOTURIZM VA BOLALAR OROMGOHLARI UCHUN ARXITEKTURA-MUHIT YECHIMLARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston janubiy hududlari, ayniqsa Buxoro viloyati misolida ekoturizm va bolalar dam olish oromgohlari uchun arxitektura-muhit yechimlari tahlil qilinadi. Muallif ekoturizmning nazariy asoslari, barqaror rivojlanish tamoyillari hamda bolalar maydonchalarining zamonaviy dizayn talablariga to‘xtalgan. Shuningdek, ekologik barqarorlik, madaniy merosni saqlash va mahalliy hamjamiyat ishtirokini ta'minlash orqali hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari yoritilgan. Bolalar maydonchalarini loyihalashda xavfsizlik, funksional zonalash, inklyuzivlik va ekologik yondashuv kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Jo‘rabek Toshev

40-44

2025-07-09

USING EUROPEAN EXPERIENCE IN TEACHING MATHEMATICS TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS

In recent decades, European countries have developed a range of effective strategies and methodologies for teaching mathematics to primary school students. This article explores the core principles of these approaches, including competence-based instruction, early development of problem-solving skills, use of digital tools, and integration of mathematics with real-life contexts. By analyzing best practices from countries such as Finland, the Netherlands, Germany, and Estonia, the paper highlights the relevance of adapting these methods to improve primary mathematics education in other national contexts. The study offers insights into curriculum design, teacher training, classroom organization, and student motivation, aiming to support educational reforms that strengthen foundational numeracy and mathematical thinking in young learners. 

Maftuna Sagdatdinova

45/47

2025-07-09

ҲАРБИЙ ХИЗМАТЧИЛАРНИ ХОТИРАСИНИ МУСТАҲКАМЛАШДА ПСИХОЛОГИК ТРЕНИНГЛАР.

Ушбу мақолада хотира тушунчаси, унинг турлари ва инсон ҳаётидаги аҳамияти атрофлича таҳлил қилинади. Хотира — инсоннинг олинган маълумотларни сақлаб қолиши, эсга тушириши ва қайта ишлатиш қобилияти сифатида қаралади. Мақолада қисқа муддатли, узоқ муддатли, операциявий ва образли хотира каби турлар хусусиятлари ёритилади. Шунингдек, хотиранинг ривожланишига таъсир этувчи омиллар, уни мустаҳкамлаш усуллари ҳамда таълим-тарбия жараёнидаги аҳамиятига алоҳида эътибор қаратилади. Илмий асосда ёритилган таҳлиллар хотирани яхшилаш бўйича амалий тавсиялар билан якунланади.

Эргашев Шохруҳ Бахромжонович

48-54

2025-07-09

QARAQALPAQSTANDA GIRJEKSHI HAYAL QÍZLARDÍŃ ÓMIRI HÁM DÓRETIWSHILIGI

Bul maqalada Qaraqalpaqstanda sazendeshilik ónerinde girjek saz ásbabın shertiwshi hayal-qızlardıń ómiri hám dóretiwshiligi  haqqında sóz etiledi.       

Niyazbaeva Aynura

55-59

2025-07-12

TA’LIM VA AQLIY TARAQQIYOT

Ta’lim inson aqliy taraqqiyotining asosiy determinantlaridan biri bo‘lib, neyroplastiklik, kognitiv qobiliyatlar va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning o‘zaro ta’sirida shakllanadi. Ushbu maqolada ta’limning miya tuzilmalari (prefrontal korteks, hippocampus) va kognitiv jarayonlar (xotira, mantiqiy fikrlash, problem hal qilish)ga ta’siri zamonaviy neyrofan tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. 2015–2024 yillarda Scopus, PubMed va O‘zbekiston Pedagogika jurnallarida chop etilgan 50 ta ilmiy maqolalarni sistemli sharh qilish natijasida aniqlandiki, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning aqliy taraqqiyotga ta’siri 35–40%ni tashkil etadi. Ta’limning kognitiv samaradorligini oshirishda muhit (o‘qituvchilar bilan munosabat, interfaol metodlar) va genetik omillar (DRD4 geni variatsiyalari) o‘rtasidagi sinergiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘zbekiston kontekstida multilingvizm (o‘zbek, rus, ingliz tillarini parallel o‘rganish) miyaning plastikligini 20%ga oshirishi, shuningdek, ijtimoiy tengsizliklar aqliy taraqqiyotni 25% sekinlashtirishi qayd etilgan. Maqolada ta’lim tizimini kognitiv jihatdan samaraliroq qilish uchun takliflar (individual yondashuv, neyroo‘qitish texnologiyalari) ilmiy asoslangan.

Shalola Fozilova

60-64

2025-07-12

STOMATOLOGIYADA RENTGEN TEKSHIRUVINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada stomatologiyada rentgen tekshiruvining diagnostikadagi o‘rni, zamonaviy rentgen texnologiyalari va ularning turlari haqida so‘z yuritiladi. Rentgen tasvirlar yordamida tish va milk kasalliklarini erta bosqichda aniqlash, davolash rejalarini tuzish va jarayonni nazorat qilish imkoniyati tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, xavfsizlik choralariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Shaxnozabonu O’ktamova

65-66

2025-07-12

O’ZBEKISTON AHOLI MANZILGOHLARINI HUDUDIY TARKIBI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududidagi shahar  aholi manzilgohlarining ma’muriy-hududiy  bo‘ysunishi, ularning hududiy taqsimoti va urbanizatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Shaharlar aholi soni va iqtisodiy-ma’muriy funksiyalariga ko‘ra guruhlarga ajratilib, hududlar kesimidagi notekis rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, shaharchalar va qishloq aholi manzilgohlarining soni, joylashuvi hamda demografik sig‘imi o‘rganilib, urbanistik tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berilgan.

Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna

67-77

2025-07-15

NÓKIS RAYONÍ TOPONIMLERINIŃ KLASSIFIKACIYASÍ HÁM INDIKATORLARÍ

 

 biz bul maqalamızda toponimika ilimi, onıń statistikalıq áhmiyeti, jer-suw atamalarınıń tariyxıy, etnikalıq, siyasiy, mádeniy sebepler tiykarında kelip shıǵıwı, hár qıylı shárayatlarǵa bola atamalardıń ózgeriwi hám toponimniń qaysı túrleriniń jiyi qollanıwı sıyaqlı máseleler haqqında sóz etiwdi maqset ettik.    

 

N.Baltaniyazova

78-80

2025-07-15

ОПЕРАТИВНОЯ УПРАВЛЕНИЮ ИМУЩЕСТВОМ В СИСТЕМЕ МВД РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

В этом статье с научно-практической точки зрения рассматриваются правовые вопросы осуществления права оперативного управления органами внутренних дел Республики Узбекистан, а также проводится анализ касательно прав по распоряжению государственным имуществом, заключению сделок и осуществлению коммерческой деятельности в целях защиты и охраны собственности физических и юридических лиц. 

Право оперативного управления, органы внутренних дел, имущество, собственность, государство, учредитель.

Артиков Бахадир Адилович 

81-84

2025-07-18

МУЛКНИ ОПЕРАТИВ БОШҚАРУВ ҲУҚУҚИ ИНСТИТУТНИНГ ТУШУНЧАСИ ВА ЮЗАГА КЕЛИШ

Мақолада ички ишлар органлари мулкини оператив бошқариш масалаларининг назарий ва амалий жиҳатлари таҳлил қилинган. Шунингдек ички ишлар органларида мулк ҳуқуқи вужудга келишининг асослари ва уни бошқаришга оид фикрлар берилган.

Б.А.Артиков

85-90

2025-07-18

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSDAN TASHQARI FAOLIYATDA MANTIQIY MASALALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda darsdan tashqari faoliyat imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Mantiqiy masalalar o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, xulosa chiqarish, muammoni tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Darsdan tashqari faoliyat esa o‘quv dasturidagi mavzularni mustahkamlash, qiziqishni oshirish va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Maqolada mantiqiy masalalarni darsdan tashqari mashg‘ulotlarga integratsiya qilish yo‘llari, pedagogik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar bayon etiladi. Tadqiqot natijalari ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

ZULFIZAR UMAROVA

91-92

2025-07-18

ҲУҚУҚНИ ТИКЛОВЧИ ОДИЛ СУДЛОВГА ЎТИШНИНГ ИЖТИМОИЙ ШАРТЛАНГАНЛИГИ

Турли мамлакатларда, шу жумладан жиноий-ҳуқуқий муносабатларни эркинлаштиришга қараб сезиларли қадамлар ташлаган Ўзбекистонда ҳам пайдо бўлаётган ҳуқуқни тиклаш одил судловнинг шаклланаётганлиги кузатилмоқда. 

Ғани Каримкулович Ботиров,

93-100

2025-07-24

TASAVVUFSHUNOSLIK ILMI RIVOJIDA NAJMIDDIN KOMILOV ILMIY MEROSINING AHAMIYATI

Mazkur maqolada o‘zbek tasavvufshunosligi rivojida muhim o‘rin tutgan taniqli adabiyotshunos, manbashunos, tasavvufshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Najmiddin Komilovning hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyati va tasavvufshunoslik maktabi tahlil qilinadi. Muallif N.Komilovning o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishdagi o‘rni, tasavvuf adabiyoti va falsafasini tadqiq etish borasidagi ilmiy izlanishlari hamda shu sohada yaratgan ilmiy maktabi faoliyatini keng yoritadi. Mustaqillik yillarida professor Najmiddin Komilov tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, xususan, tasavvuf ta’limotining chuqur ma’naviy-ma’rifiy mohiyatini ochib berish borasidagi sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bobomurod Adilov

101-106

2025-07-24

TASAVVUF FALSAFASI TA’LIMOTINING METODOLOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada tasavvuf falsafasining o‘ziga xos metodologik asoslari, uning diniy-falsafiy ta’limot sifatidagi mohiyati va taraqqiyot bosqichlari tahlil qilingan. Tasavvufning Islom dini kontekstida shakllanishi, rivojlanish xususiyatlari va uning falsafalashuvi jarayoni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Sharq ratsional falsafasi va irfoniy bilim tizimi o‘rtasidagi munosabatlar, tasavvufning metafizik, ontologik, gnoseologik va antropologik jihatlari hamda uning manbalari tizimli ravishda o‘rganilgan. Tasavvuf falsafasining bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan.

Bobomurod Adilov

107-112

2025-07-24

“ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH”

Ushbu maqolada matematika fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish samaradorligi tadqiq qilinadi. Tadqiqotda interaktiv metodlar, raqamli platformalar, differensial va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida o‘quvchilarning bilim darajasi, darsga qiziqishi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalaridagi o‘zgarishlar tahlil qilindi. Tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farqlar asosida zamonaviy metodlarning afzalliklari ilmiy asoslangan holda ko‘rsatildi. Maqolada o‘qituvchilarning zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga tayyorgarligi, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha tavsiyalar ham keltirilgan.

Bahora Bo`riyeva

113-115

2025-07-24

FOTOPOLIMERIZATSIYA TEXNOLOGIYASINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YÒLLARI

Zamonaviy stomatologiyada fotopolimer materiallar keng qo‘llaniladi. Ularning mustahkamligi, estetikasi va biologik moslashuvchanligi ko‘p jihatdan fotopolimerizatsiya jarayonining sifatiga bog‘liq. Fotopolimerizatsiya – yorug‘lik ta’sirida kompozit materiallarning qotish jarayonidir. Mazkur maqolada fotopolimerizatsiyaning asosiy bosqichlari, unga ta’sir qiluvchi omillar – nur manbai turi, yoritish vaqti, qatlam qalinligi, optik sharoitlar, kompozit tarkibi va boshqa texnik jihatlar yoritiladi. Fotopolimerizatsiya samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar (LED-lampalar, bosqichli yoritish, mo‘ljallangan optik burchaklar) va ularning afzalliklari tahlil qilinadi. Yaxshi polimerizatsiyalangan plomba uzoq muddatli xizmat, to‘liq qotish va estetik ko‘rinish kafolati hisoblanadi.

Burhoniddin Shukurov

116-117

2025-07-29

БОБУРИЙЛАР ДАВРИДА ҲИНДИСТОННИНГ ИЧКИ ВА ТАШҚИ СИЁСАТИНИ ТАДҚИҚ ЭТИШНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ

Ушбу мақолада Бобурийлар даврида Ҳиндистоннинг ички ва ташқи сиёсатини тадқиқ этишнинг назарий асослари ва Заҳириддин Муҳаммад Бобур томонидан турли дин ва мазҳабдаги халқларни бирлаштириб, инсонпарвар ҳинд давлатини вужудга келтириш йўлидаги тажрибалари ва ютуқлари далиллар билан ёритиб беришга ҳаракат қилинган.

Баҳромжон Ҳошимжонович Абдуллаев, Азамжанова Зиёдахон Азамжон қизи

118-120

2025-07-29

ОСОБЕННОСТИ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ НЕЗАКОННОМУ ОБОРОТУ НАРКОТИКОВ В ЦИФРОВУЮ ЭПОХУ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ

Статья посвящена исследованию проблем противодействия незаконному обороту наркотических средств в условиях стремительного развития цифровых технологий. Рассматриваются особенности функционирования даркнета, использование криптовалют, зашифрованных мессенджеров и стеганографии для сокрытия противоправной деятельности. Отмечается высокая латентность наркопреступлений, связанная с нежеланием потребителей обращаться в правоохранительные органы. Автор акцентирует внимание на необходимости внедрения методов искусственного интеллекта и машинного обучения для мониторинга теневых сегментов сети. Предлагаются меры по совершенствованию законодательства, включая регулирование деятельности VPN-сервисов и мессенджеров, а также расширение полномочий правоохранительных органов для эффективной борьбы с данной формой преступности.

Олейник Валентин Валентинович

121-125

2025-07-31

BAXSHICHILIK FESTIVALINI O‘TKAZISHDA TARIXIY AN’ANALAR VA HOZIRGI USLUBLAR

Maqolada xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tashkil etilish sabablari, tarixiy asoslari va zamonaviy ahamiyati yoritiladi. Festivalda milliy qadriyatlar va folklor san’ati xalqaro miqyosda targ‘ib etilgani ta’kidlanadi. Shuningdek, baxshichilik maktabining ustoz-shogird an’analari, san’atkorlar va olimlarning hissasi tahlil qilinadi. Tadbirda innovatsion yondashuvlar orqali milliy merosning zamonaviy talqini aks etgani ko‘rsatiladi.

Amangul Davletmuratova , Asatilla Sunnatillayev

126-129

2025-07-31

BASLAWISH KLASS OQÍWSHÍLARÍNDA ESITIP TÚSINIW KÓNLIKPESIN QÁLIPLESTIRIWDIŃ TEORIYALÍQ HÁM METODIKALÍQ TIYKARLARÍ

Usı maqalada baslawısh klass oqıwshılarında esitip túsiniw kónlikpesin qáliplestiriwdiń teoriyalıq hám metodikalıq tiykarları kórsetilgen. Baslawısh jastaǵı balalardıń psixologiyalıq hám sóylew ózgeshelikleri, nátiyjeli metodikalıq qatnaslar, aldınǵı tájiriybeler jáne bahalaw hám monitoring etiw usılları tallanǵan. Maqalada esitip túsiniw kónlikpesin rawajlandırıwda individual qatnas hám interaktiv metodlardıń áhmiyeti atap ótilgen.

Jumabayeva Biybimáryam Rustemovna, Kallibekova G.A.

130-133

2025-07-31

TRITIKALE GENOTIPLARINING NAZORAT KO‘CHATZORIDA BIOMETRIK KO‘RSATGISHLAR

Maqolada biometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tritikalening nazorat ko‘chatzorida o‘rganilgan 15 ta nav va tizmalar orasida 9 ta tizmada boshoqchalar soni bo‘yicha andoza navdan yuqori bo‘lgan ekanligi tadqiqot natijalarida aniqlandi va seleksiyaning keyingi bosqichlariga o‘tkazildi.

Arzubay Jalg‘asbaev

134-136

2025-07-31

AUTISTIK SHAXSNI TUSHUNISH: PSIXOLOGIK YORDAM VA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH

Ushbu maqolada autizm spektr buzilishi (ASB) tushunchasi, uning rivojlanish sabablari, tashxis qo‘yish mezonlari, autistik shaxslarning ijtimoiy-emosional holatlari va psixologik yordam ko‘rsatish yo‘llari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, zamonaviy tadqiqotlar asosida autizmga bo‘lgan yondashuvlardagi farqlar ham ko‘rib chiqiladi.

Zamira Rashidova

137-139

2025-07-31

O’ZBEKISTONDA AHOLI SALOMATLIGIGA TA'SIR ETUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR

Mazkur maqolada O‘zbekiston hududida aholi salomatligiga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko‘rsatuvchi geografik omillar tahlil qilingan. Iqlim o‘zgarishlari, havo harorati, suv resurslarining sifati, relef xususiyatlari, ekologik muammolar va urbanizatsiya jarayonlari salomatlikka qanday ta’sir qilayotgani ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Maqolada, shuningdek, turli viloyatlar kesimida geografik omillar va kasalliklar tarqalishi o‘rtasidagi bog‘liqlik statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, atrof-muhit bilan bog‘liq omillarni yumshatish orqali aholi salomatligini yaxshilash imkoniyati mavjudligi ta’kidlanadi.

Mirzabek Raximberdiyev

140-144

2025-07-31

TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI ORQALI INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI

Ushbu maqolada tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog’liq operatsiyalarini rivojlantirish orqali investitsion jozibadorligini hamda banklarning fond bozoridagi faoliyatini takomillashtirish qimmatli qog‘ozlar bozori modeli tamoyillariga asoslangan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor sharoitida uning tarkibiy qismi hisoblanadigan qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish kabi bir qancha omillarga bog‘liqligi keltirib o‘tilgan. Shuningdek, bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari orasida banklar fond bozorining qonunchilik bilan ruxsat berilgan deyarli barcha moliyaviy vositalarida: aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari va veksellarni emitent sifatida chiqarishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha muallif yondashuvlari va takliflari keltirilgan.

Sardor Raximboyev

145-151

2025-07-31

STYLISTIC COMPRESSION IN BREAKING NEWS HEADLINES ON SOCIAL MEDIA: A LINGUISTIC ANALYSIS OF ENGLISH DIGITAL NEWS DISCOURSE

This article explores the phenomenon of stylistic compression in English-language breaking news headlines shared on social media platforms such as Twitter and Facebook. Due to space constraints and the need for immediacy, digital journalism frequently employs concise syntactic structures, ellipsis, noun phrases, and verbless constructions that diverge from standard grammar but enhance urgency and impact. Drawing on a corpus of headlines from major news outlets (e.g., BBC, CNN, The Guardian), this study identifies key linguistic strategies of compression and examines their stylistic and communicative effects. The analysis, grounded in stylistic theory and discourse analysis, reveals that such compressed forms contribute to the rapid transmission of emotionally charged, ideologically positioned, and easily shareable news. The findings underscore the intersection of linguistic economy and media immediacy in shaping modern news discourse.

GULAZIMA JAMOLDINOVA

152-157

2025-07-31