"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Nashr qilingan: 2025-09-09

O’ZBEKISTONDA INGILIZ TILINI O’QITISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

 Mazkur maqolada O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish jarayonidagi zamonaviy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Xususan, ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan metodlar va texnologiyalarning samaradorligi, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, o‘quvchilarning motivatsiyasi hamda resurslar yetishmovchiligi kabi masalalarga e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, globalizatsiya jarayonida ingliz tilini o‘zlashtirishning ahamiyati, zamonaviy interaktiv usullardan foydalanish va raqamli ta’lim imkoniyatlarining joriy etilishi haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqot natijalarida mavjud muammolarga yechim sifatida innovatsion pedagogik yondashuvlar, ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari va davlat hamda nodavlat sektorlarining hamkorligi tavsiya etilgan.

Rayimjonova Marxaboxon

4-6

2025-09-09

SEPSIS – MIKROBIOLOGIK TASHXIS VA SEPSIS CHAQIRUVCHI ASOSIY BAKTERIYALAR

Sepsis – organizmning og‘ir sistemik yallig‘lanish javobi bo‘lib, turli bakterial, virusli yoki zamburug‘li infeksiyalar oqibatida rivojlanadi. Ushbu maqolada sepsisning mikrobiologik tashxis usullari, zamonaviy laborator tekshiruvlar va infeksiyani aniqlashda qo‘llaniladigan molekulyar-biologik usullar yoritib berilgan. Sepsis chaqiruvchi asosiy bakteriyalar – Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa, Streptococcus pneumoniae kabi patogen mikroorganizmlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, ularning klinik ahamiyati, antibiotiklarga chidamlilik muammosi va erta tashxis qo‘yishning hayotiy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot sepsisni samarali davolash va oldini olishda mikrobiologik tashxisning ahamiyatini ko‘rsatib beradi.

Boltaoxunova Dilxromon Salimjon qizi, Dolimova Dilnoza Zulfiqor qizi

8-10

2025-09-11

O’ZBEKISTONDA KICHIK VA URTA BIZNESNING IQTISODIY O’SISHGA QO’SHGAN HISSASI

  Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesning (KOB) mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni hamda ularning iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. KOB sektorining bandlikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, soliq tushumlarini ko‘paytirish va innovatsion rivojlanishga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, davlat tomonidan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari kichik va o‘rta biznesning barqaror iqtisodiy o‘sishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Meliboyeva Madinabonu

11-13

2025-09-11

O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGIDA RUHIY BUZILISHLARNING KLINIK-DINAMIK KECHISHI

Mazkur maqolada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OSOK) bilan og‘rigan bemorlarda uchraydigan ruhi buzilishlarning klinik-dinamik kechishi, ularning chastotasi, og‘irlik darajasi va psixopatologik xususiyatlari batafsil o‘rganildi. Tadqiqotda 120 nafar bemor ishtirok etdi, ularda depressiv holatlar, tashvish buzilishlari, kognitiv pasayish va adaptatsiya buzilishlari kuzatildi. Klinik, psixometrik va statistik tahlillar asosida OSOK bilan bog‘liq ruhiy buzilishlarning rivojlanish mexanizmlari yoritildi.

Doniyorova Surayyo Sunnatulla qizi

14-17

2025-09-11

O'ZBEKISTONDA KREDIT BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Ushbu tadqiqot O'zbekistonda kredit bozorining hozirgi holatini va rivojlanish istiqbollarini tahlil qiladi. Mamlakatda 2017-yildan beri amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida bank sektori sezilarli o'zgarishlar boshdan kechirmoqda. Tadqiqotda xalqaro moliya institutlarining hisobotlari, davlat statistik ma'lumotlari va mutaxassislar tahlillari asosida kredit bozorining asosiy muammolari va imkoniyatlari baholanadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, davlat banklarining hukmronligi, dollarlashuv darajasining yuqoriligi va moliyaviy inklyuziya darajasining pastligi asosiy cheklovchi omillar hisoblanadi. Biroq, xususiylashtirish jarayonlari, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va xalqaro standartlarning qabul qilinishi kredit bozorining rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratmoqda.

Abduxalilova Sokinabonu Abduxamid kizi

18-21

2025-09-14

СУДЛАР ФАОЛИЯТИДА СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ ЖОРИЙ ЭТИШНИНГ КУТИЛАЁТГАН ИСТИҚБОЛЛАРИ

Мазкур мақолада судлар фаолиятига сунъий интеллект ва рақамли технологияларни жорий этиш, шу орқали одил судловга эришиш даражасини ошириш, судлар фаолиятида адолатли ва ишончли қарор учун инсон омили даражасини камайтириш, шунингдек, бундай технологиялардан кутилаётган самарали истиқболлар, қолаверса, бир қанча хорижий мамлакатлар тажрибаси ўрганилади.

Б.С Сахаддинов

22-24

2025-09-16

THE ROLE OF PSYCHOLOGY IN MEDICINE

This article is dedicated to exploring the role of psychology in medicine. Psychology, as a science studying the mental state of a person, is closely intertwined with medicine and holds a special place in modern healthcare systems. The article discusses psychological factors and mental states' influence on physical health, the concept of psychosomatics, the impact of stress on diseases, and the role of psychotherapy in medicine. It also considers the integration of psychology and medical sciences and the necessity of psychological approaches within healthcare. The article helps readers understand the connection between mental and physical health and emphasizes the importance of psychology in medicine.

Qudratillo Kozimov , Ibrohimjon Khamidov , Muhammaddiyor Tohirjonov

25-27

2025-09-16

LOGOPEDIK O’YINLARNING DOLZARBLIGI VA SAMARADORLIGI.

   Ushbu maqolada logopedik o‘yinlarning ahamiyati, ularning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni va bolalar nutqini rivojlantirishdagi samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, logopedik mashg‘ulotlarda o‘yinlardan foydalanishning psixologik-pedagogik asoslari ham tahlil etilgan.

Tiloverdiyeva Shoxzoda Shokirjon qizi

28-30

2025-09-18

ТРАНСФОРМАЦИЯЛАШ ЖАРАЁНИДА ИСЛОМ БАНКЧИЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЙЎЛЛАРИ

Ушбу мақолада мамлакатимизда ислом банкчилиги фаолиятидан фойдаланиш йўллари, ислом банкчилиги тизимининг моҳияти, ривожланиш тарихи ҳамда республикамизда ислом банкчилиги инструментларидан фойдаланишни ривожлантириш, шунингдек, унинг афзалликлари таҳлили ва ривожлантириш истиқболларини такомиллаштириш ҳақида cўз боради. Хусусан, Ўзбекистонда ислом банкчилиги инструментларидан фойдаланишни ривожлантиришдаги мавжуд муаммолар ҳамда уларни бартараф этиш бўйича муаллифнинг тавсиявий ёндашувлари ва таклифлари келтирилган.

Раззоқов Сардорбек Собитович

31-37

2025-09-18

TARBIYA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI

Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida ta’lim-tarbiya tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar pedagogik faoliyatga yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Ayniqsa, tarbiya fanining mazmuni boy va ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati yuqori bo‘lgan yo‘nalish sifatida o‘qitilishi jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish muhim masalaga aylanmoqda.

Saparbayeva Tazagul Tlekovna, Sabirova Mavluda Gaipbaevna

38-41

2025-09-18

TOHIR MALIK ASARLARIDA OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATLARI

 Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oiladagi munosabatlar farzandlar tarbiyasiga ta’sir etmay qolmaydi. Ayniqsa, ota va farzand, ona va farzand munosabatlari farzandlar kelajagini belgilab beruvchi omildir. Shu sabab adabiyotda ham bu mavzu o‘z aksini topgan. Maqolamizda Tohir Malik asarlari misolida ana shunday turli muhitlar ta’siridagi oila munosabatlari yoritiladi.

Egamberdiyeva Dilnura Xurshid qizi

42-43

2025-09-19

GIDROLOGIK JARAYONLARGA SUG‘ORISH USULLARINING TA’SIRI

Tadqiqot nazariy tahlil va empirik kuzatuvlar orqali sug‘orish texnologiyalarining yer osti suvlariga, tuproq namligi va sho‘rlanish darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini baholaydi. Ushbu tadqiqot natijalari resurs tejamkor sug‘orish texnologiyalarining atrof-muhitga ta’sirini yaxshiroq tushunishga yordam beradi va shu kabi suv tanqisligi bilan yuzlashayotgan hududlarda barqaror suv resurslarini boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Jahongir Do‘stov, Mahliyo Radjabova , Husniddin Eshmanov

44-48

2025-09-21

O‘RTA ASRLARDA MARKAZIY OSIYODAGI MUTAFAKKIRLARNING SIYOSIY TA‘LIMOTLARI

Mazkur maqolada o‘rta asrlar Markaziy Osiyosining buyuk mutafakkirlari — Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning siyosiy qarashlari tahlil qilinadi. Ularning adolat, davlat boshqaruvi, rahbar axloqi va jamiyat tartibi haqidagi g‘oyalari islomiy tafakkur va falsafa bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Tadqiqot asosan ularning asarlariga tayangan holda olib borilib, bugungi siyosiy tafakkurga ta‘siri ham ko‘rib chiqiladi.

Fozilov Sardorbek Akmaljon o‘g‘li

49-52

2025-09-21

MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY HAMKORLIK: IMKONIYATLAR VA CHEKLOVLAR

Ushbu maqola Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holatini, imkoniyatlarini va cheklovlarini tahlil qiladi. Maqolada mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda mavjud muammolar va ularni hal qilish yo'llari taklif etilgan. Tadqiqot natijalarida Markaziy Osiyo davlatlarining geografik yaqinligi, iqtisodiy komplementarligi va umumiy tarixiy-madaniy merosi mintaqaviy hamkorlikning rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratishini ko'rsatadi. Shu bilan birga, siyosiy irodaning etishmasligi, strukturaviy iqtisodiy muammolar va geosiyosiy raqobat hamkorlikning to'liq rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda.

Sardorbek Fozilov Akmaljon o'g'li

53-56

2025-09-21

ADABIYOTDA BADIIY OBRAZ TUSHUNCHASI, OBRAZ YARATISHDA ILHOM VA TAFAKKURNING ROLI

Maqolada badiiy obraz tushunchasiga ilmiy izoh berildi obrazlarning umumiy xususiyatlariga ta’rif berib, keng yoritildi.

Jo‘rayeva Gavhar, Abdullayeva Tursunoy

57-58

2025-09-21

THE IMPORTANCE OF DENTAL PULP IN HUMAN HEALTH AND ADVANCES IN TREATMENT TECHNOLOGIES

Dental pulp is a vital connective tissue located at the core of every tooth, playing an essential role in tooth vitality, sensory perception, and overall oral health. Composed of blood vessels, nerves, fibroblasts, and odontoblasts, it ensures the nourishment and defense of dentin and contributes significantly to the tooth’s structural integrity. Beyond local functions, the dental pulp has systemic importance, as infections originating within it can lead to broader health complications if untreated. Advances in medical science have provided new insights into the biological and therapeutic roles of the dental pulp, emphasizing its relevance in both preventive and restorative dentistry. Traditional treatments, such as root canal therapy, have long been the standard for addressing pulp-related diseases, but modern regenerative technologies are now opening new horizons. Stem cell research, pulp regeneration techniques, biomaterials, and minimally invasive approaches aim not only to treat pathology but also to preserve pulp vitality whenever possible. This article explores the importance of dental pulp in maintaining oral health, reviews the latest scientific findings, and evaluates innovative treatment methods. By integrating clinical dentistry with regenerative medicine, future therapeutic approaches may revolutionize pulp preservation and management, significantly improving patient outcomes

Vasila Sharipova, Sevara Foziljonova, Go’zaloy Qodirova

59-63

2025-09-21

MAXSUS YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR TOIFALARI VA ULAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION ISHLAR

Ushbu maqolada  maxsus yordamga muhtoj bolalar toifalari kasalliklarni keltirib chiqaruvchi  sabablar haqida so'z boradi. Unda maxsus yordamga muhtoj bolalar toifalari, enologik omillar, tibbiy jimoiy omillar va ruxiy pedagogek omillar,  talimotlar haqida ma'lumotlar berilgan.

Hasanboyeva Kamola

64-68

2025-09-24

TALABALARNING BILIM DARAJASINI OSHIRISHDA ETIKA VA ESTETIK MADANIYATINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada talabalarning bilim darajasini oshirishda etika va estetik madaniyatning orni va ahamiyati tahlil qilinadi. Talim jarayonida axloqiy qadriyatlar va estetik did talabalarning dunyoqarashi va kreativ fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muhim rol oynaydi. Tadqiqot natijalari shuni korsatadiki, yuqori axloqiy madaniyat va estetik didga ega bolgan talabalar nafaqat fanlarni chuqurroq ozlashtiradi, balki ijtimoiy hayotda ham yetakchi pozitsiyaga ega bolishadi.

Hasanboyeva Kamola

69-72

2025-09-24

SHEROBOD DOSTONCHILIK MAKTABIDA BOBORAYIM BAXSHINING O’RNI

Ushbu maqolada dostonchilik maktabi vakili Boborayim baxshi Mamatmurodovning ijodiy faoliyati xususida gap ketadi.

Abduraxmanova Asila Alisherovna, Norkulova Shaxnoza Tulkinovna

74-77

2025-09-24

PROBLEMS OF TEACHING ENGLISH TO YOUNG STUDENTS

In the current era of globalization, language is considered the most important means of communication. The earlier the language is taught to young learners, the stronger their learning skills become. In young people, the tendency to learn languages is significantly higher than in adults.

Khumay Akgayeva

78-80

2025-09-24

НОРВЕГИЯ ЖАЗОНИ ИЖРО ЭТИШ МУАССАСАЛАРИДА МАҲКУМЛАРНИНГ ҲУҚУҚИЙ ҲОЛАТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ

Ушбу мақола Норвегия жазони ижро этиш муассасаларида маҳкумларнинг ҳуқуқий ҳолатини ташкил этишнинг ўзига хос жиҳатларига бағишланган бўлиб, уларнинг ҳуқуқий асослари, амалий жараёнлари ва ислоҳотлардаги ўрни илмий-назарий таҳлил қилинади. Норвегия жиноят-ижроия қонунчилигига таяниб, маҳкумларнинг асосий ҳуқуқлари, жумладан таълим олиш, саломатлик ҳимояси, ижтимоий мослашув ва оилавий учрашувлар каби масалалар кўриб чиқилади. Мақолада Норвегиянинг гуманистик ёндашуви, нормаллаштириш принципи ва реабилитацияга асосланган тизими муҳокама қилинади.

Руфтулло Нигматов, Абдукарим Шодиев

81-85

2025-09-26

QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA KUNJUT YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitida kunjut (Sesamum indicum L.) ekinini yetishtirish agrotexnologiyasi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, kunjut yetishtirish samaradorligini oshirish istiqbollari va uning Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligidagi strategik ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.

Shamshetova Aynura Baxtiyar qizi

86-88

2025-09-26

DIDAKTIKA TA’LIM NAZARIYASI. O’QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA

Ushbu maqolada didaktikaning ta’lim nazariyasi sifatidagi mohiyati, uning maqsadlari va vazifalari yoritiladi.O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida ko’rib chiqilib, uning tarkibiy qismlari – maqsad, mazmun, metod, shakl va natijalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi.Shuningdek o’qitish jarayoning samaradorligini ta’minlovchi didaktik tamoyillar va zamonaviy yondashuvlar haqida fikr yuritiladi.Maqola ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda pedagogik faoliyatda didaktik tizimdan samarali foydalanish bo’yicha nazariy ma’lumotlar beriladi.

Alikulova Muxayyo Sherovna, Abdullayeva Iroda Alisherovna.

89-91

2025-09-30

РЕАБИЛИТАЦИЯ ПРИ ЗАБОЛЕВАНИЯХ КОНЕЧНОСТЕЙ ОТДЫХАЮЩИХ

В статье рассматриваются современные подходы к реабилитации при заболеваниях конечностей у отдыхающих в санаторно-курортных и реабилитационных учреждениях. Подчеркивается значение комплексного восстановления, включающего физиотерапевтические методы, лечебную физкультуру, массаж, психоэмоциональную поддержку и профилактические мероприятия. Особое внимание уделяется индивидуализации программ реабилитации с учетом возраста, уровня физической активности и сопутствующих заболеваний пациентов.

Айсавле Артыкова

92-94

2025-09-30

СЕСТРИНСКОЕ ДЕЛО ПРИ СЕРДЕЧНО-СОСУДИСТЫХ ЗАБОЛЕВАНИЯХ

В статье рассматривается роль сестринского персонала в оказании помощи пациентам с сердечно-сосудистыми заболеваниями (ССЗ). Учитывая высокую распространённость патологии сердечно-сосудистой системы и её ведущую роль в структуре смертности, сестринское дело приобретает особое значение. Обсуждаются основные направления сестринской деятельности: уход за пациентами, наблюдение за клиническим состоянием, выполнение врачебных назначений, проведение профилактической работы, а также психоэмоциональная поддержка. Подчёркивается значение комплексного подхода, включающего медицинские, образовательные и социальные аспекты сестринской помощи.

Маржан Садыкова

95-97

2025-09-30

ОПРЕДЕЛЕНИЕ СПЕЦИФИЧНОСТИ ТКАНЕЙ ПАРОДОНТА И ЭФФЕКТИВНОСТИ МЕТОДА ЛЕЧЕНИЯ, ОБНАРУЖЕННОГО У ДЕТЕЙ С АДЕНОВИРУСНОЙ ИНФЕКЦИЕЙ.

 

Клинический диагноз заболеваний пародонта в значительной степени зависит от признаков, таких как потеря эпителиального прикрепления зуба, глубина зондирования кармана, кровоточивость при зондировании, индекс зубного налета, подвижность зуба, поражение фуркаций и рентгенологическая оценка костных структур. Однако, эти показатели не отображают текущее состояние болезни и не дают информацию об активности или риске развития заболевания.

Ирода Турсунбоева , Зиёда Мухаматжонова

98-101

2025-09-30

ҲАРБИЙЛАРДА ПРОТЕЗЛАР НАТИЖАСИДА КЕЛИБ ЧИҚАДИГАН ПАРОДОНТИТЛАРНИ ИККИЛАМЧИ ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ЧОРА-ТАДБИРЛАР.

Ушбу мақолада тадқиқот натижалари сифатида протезлардан кейинги ривожланадиган ўчоқли пародонтит мавжуд беморларда такомиллаштирилган комплекс даволаш таъсирида антибактериал, дезинтоксикацион, регенератор ва яллиғланишга қарши таъсири билан бир қаторда, цитопатологик белгилар бартараф этилишини таъминлаган цитоморфологик кўрсаткичларини меъёргача пасайтирган цитоморфологик самарадорлиги билан изоҳланганлиги келтирилган.

Гулнихол Шарипова , Уткирбек Айтбаев

102-105

2025-09-30

THE ROLE OF A TEACHER IN DEVELOPING CRITICAL THINKING SKILLS

This article explores the crucial role of teachers in fostering critical thinking skills among students. It highlights the importance of creating a learning environment that encourages questioning, problem-solving, and independent reasoning. The paper discusses practical strategies that teachers can apply, such as inquiry-based learning, collaborative projects, and reflective discussions. Special attention is given to the teacher’s role as a facilitator who guides students in analyzing information, evaluating evidence, and making reasoned decisions. The findings emphasize that developing critical thinking is not only an educational goal but also a key competence for success in modern society.

Yulduz Islomova

106-109

2025-09-30

LUG’ATDA SEMANTIK MAYDON YARATISH

Semantik maydon - bu tildagi barcha tushunchalarni qamrab olgan holda ularning ma’nolarini birlashtiradigan soha. Ushbu sohaga kiritilgan barcha so‘zlar bir xil tushunchaga tegishli bo‘lsa-da, ular turli xil nuanslarga va kontekstlarda turli xil foydalanishga ega bo‘lishi mumkin.Ushbu maqola semantik maydonning kelib chiqish tarixi va lug’atda semantik maydon yaratish bosqichlarini o’z ichiga oladi.

Bibixonim Masharipova , Nazokat Bekchanova

110-112

2025-09-30

SANOATNI MODERNIZATSIYA QILISH VA IQTISODIY SAMARADORLIK

Ushbu maqolada sanoatni modernizatsiya qilishning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Jahon tajribasi va milliy rivojlanish strategiyalari asosida modernizatsiya jarayonining ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Xususan, yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, energiya samaradorligini oshirish hamda eksport salohiyatini kengaytirish orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, modernizatsiyaning investitsion muhitni yaxshilash, mehnat unumdorligini ko‘tarish va xalqaro raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish orqali iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish, ichki bozorni to‘ldirish hamda tashqi bozorga sifatli mahsulot chiqarishda muhim omil bo‘lishini ko‘rsatadi.

Abdinabiyeva Dildora Eshmurod qizi, Kurbanov Jasurbek

113-116

2025-09-30

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING IQTISODIYOTDAGI ROLI

Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchasi, ularning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, innovatsion rivojlanish va raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi, O‘zbekiston amaliyoti va istiqbollariga oid qiyosiy tahlillar ham keltiriladi. Xususiy sektorning ijtimoiy barqarorlik, bandlikni oshirish hamda iqtisodiy o‘sishdagi hissasi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.

Abdinabiyeva Dildora Eshmurod qizi, Kurbanov Jasurbek

117-120

2025-09-30

БОЖХОНА АМАЛИЁТИДА АВТОТРАНСПОРТ ВОСИТАЛАРИНИ ТИФ ТН БЎЙИЧА ТАСНИФЛАШ МУАММОЛАРИ

Ташқи иқтисодий фаолиятда божхона органлари учун божхона расмийлаштируви жараёнида товар ёки транспорт воситаси тўғрисида тўлиқ, ишончли ва хатосиз маълумотларни тақдим қилиш энг асосий шарт ва энг муҳим омил ҳисобланади. 8426, 8704, 8705 – товар позициясиядаги Моторли транспорт восита (ТВ)ларини божхона расмийлаштируви жараёнида таснифлашда учрайдиган бир қатор муаммолар, нотўғри классификацияланишига таъсир қилувчи омиллар таҳлил қилинган қилинган.

Улуғбек Ҳамроев

121-125

2025-09-30

NOCHIZIQLI ELEKTRODINAMIKA VA QORA TUYNUKLAR O’RTASIDAGI BOG’LANISH

ushbu maqolada nochiziqli elektrodinamika nazariyasining qora tuynuk fizikasi bilan o‘zaro bog‘liqligi tadqiq qilinadi. Klassik Maksvell nazariyasi va uning chegaralaridan tashqarida taklif etilgan Born–Infeld hamda boshqa nochiziqli modellar asosida qora tuynuklarning maydon konfiguratsiyasi, energiya zichligi va termodinamik xossalariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda umumiy nisbiylik tenglamalariga nochiziqli elektromagnit lagranjianing kiritilishi natijasida yuzaga keladigan modifikatsiyalar tahlil qilinadi hamda ularning kosmik senzuralar, qora tuynuklarning barqarorligi va kvant gravitatsiya yondashuvlari bilan aloqador jihatlari ochib beriladi. Olingan natijalar qora tuynuklarning ichki tuzilishini chuqurroq tushunish va yuqori energiyali kosmik jarayonlarni matematik modellashtirishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Maxmudjonov O‘rinboy Valijon o‘g‘li

126-133

2025-09-30

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH

Ushbu  maqolada  maktabgacha ta’lim tizimida  sun’iy  intellekt texnologiyalaridan foydalanishning mukammaligi, keng imkoniyatlari va muvofaqiyatlari ochib berilgan. Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni  qo‘llash orqali bolalarning rivojlanishini yanada yaxshilash to‘g‘risida  fikir yuritiladi. Hamda sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan vositalarning foydalari, xavflari hamda pedagogik yondashuvlar bilan bog’liqligi to‘g‘risida fikirlar  keltirilgan.

Xoldarova F.M.

134-136

2025-09-30

УМУМТАЪЛИМ МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИНИНГ АНТРОПОМЕТРИК КЎРСАТКИЧЛАРИ

Ушбу мақолада умум таълим мактаб ўқувчиларининг антропометрик кўрсаткичлари (бўй, вазн, кўкрак айланаси ва бадан масса индекси) ўрганилган. Тадқиқот натижалари ёш ва жинс хусусиятларига кўра қиёсий таҳлил қилинди. Натижалар мактаб ёшидаги болаларнинг жисмоний ривожланиш қонуниятларини аниқлаш, саломатлик ҳолатини баҳолаш ҳамда соғлом турмуш тарзини шакллантиришда муҳим аҳамият касб этади.

Муниса Намозова

137-138

2025-09-30

HYDROLOGICAL AND CHEMICAL INDICATORS OF THE TUYEMOYIN AMUDARYA WATER

The article examines the hydrological and chemical changes of the Amu Darya River in the Tuyamuyin reservoir area. Analysis of 1963–2025 data shows a sharp decrease in water discharge and a significant increase in mineralization, exceeding permissible limits by 2–3 times. These changes complicate drinking water supply in Karakalpakstan. The study highlights the need for effective sedimentation and desalination methods to improve water quality and ensure sustainable water management.

Azamat Orazbaev, Asenbay Adenbaev

139-143

2025-09-30

ARAB TILINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Arab tili, dunyoning ko'plab mamlakatlarida rasmiy til sifatida qo'llaniladigan qadimiy va boy tarixga ega tildir. Bu tilning o'ziga xos xususiyatlari orasida fonetik, morfologik, sintaktik va leksik farqlar mavjud. Arab tili shuningdek, 28 harfli alifbo, so'zlarni yaratish va o'zgartirishda mukammal morfologik tizim, hamda murakkab fe'l tizimiga ega. Arab tilidagi “morfem”lar va “izofaviy” qurilishlar tilni o'ziga xos qilishda muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari, arab tilidagi lug‘at va frazeologik ifodalar, diniy matnlar (masalan, Qur'on) va turli mintaqaviy dialektlar bu tildagi boylikni yanada oshiradi. Ushbu maqolada arab tilining strukturaviy va lingvistik xususiyatlari, shuningdek, uning xalqaro ahamiyati va kommunikativ imkoniyatlari ko'rib chiqiladi.

Umarxonova Yulduzxon G‘ayratjon qizi

144-146

2025-09-30

QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHLAB CHIQARILAYOTGAN SITRUS MEVALARNING IMPORTI VA EKSPORTI JARAYONLARINING IQTISODIY TAHLILI

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligida sitrus mevalarining yetishtirilishi, ularning import va eksport jarayonlari hamda iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Jahon tajribasi hamda O‘zbekiston agrar sektoridagi islohotlar asosida sitrus mevalar bozorining rivojlanish omillari, tashqi iqtisodiy aloqalardagi o‘rni, eksport salohiyati va importga bog‘liqlik darajasi ilmiy asosda yoritilgan. Shu bilan birga, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, diversifikatsiyalangan eksport siyosatini shakllantirish hamda xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish masalalari o‘rganilgan.

Islomova Dilnoza Isroiljonovna

147-149

2025-09-30

QASHQADARYO VILOYATIDA DEHQON XO‘JALIKLARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN PROGNOZ PARAMETRLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatidagi dehqon xo‘jaliklarining holatini chuqur tahlil qilish asosida, ularni rivojlantirishda prognoz parametrlarini shakllantirishga oid metodik yondashuvlar bayon etilgan. Dehqon xo‘jaliklarining hududiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, agroiqtisodiy holati hamda statistik ma’lumotlar asosida tahlillar berilgan. Ilmiy asoslangan prognozlash orqali dehqon xo‘jaliklarining samaradorligini oshirish yo‘llari aniqlangan

Axmatov Abutolibxon Ochilxon oʻgʻli

150-154

2025-09-30

HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISHDA TASHQI SAVDO VA EKSPORTNING STATISTIK TAHLILI

Mazkur maqolada hududiy iqtisodiy rivojlanishda tashqi savdo va eksportning o‘rni ekonometrik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda mintaqalarning yalpi hududiy mahsuloti, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi, investitsiyalar hajmi, bandlik va tashqi savdo ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanadi. Xususan, eksport hajmining oshishi hududiy iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir ko‘rsatishi, importning tarkibiy tuzilishi va tashqi savdo balansining barqarorlikdagi ahamiyati ekonometrik modellar yordamida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, eksport hajmining ko‘payishi va diversifikatsiyasi hududlarda iqtisodiy o‘sishning muhim drayveri bo‘lib xizmat qiladi, tashqi savdo balansidagi ijobiy o‘zgarishlar esa mintaqalarning barqaror rivojlanishiga olib keladi. Tadqiqot amaliy natijalari hududiy iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda qo‘llanishi mumkin.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

155-158

2025-09-30

XIX ASRDA MARKAZIY OSIYO XONLIKLARIDA QULLAR MANBALARI VA ULARNING IJTIMOIY-IQTISODIY ROLI

Ushbu maqolada XIX asr Markaziy Osiyo xonliklarida qulchilik tizimining shakllanishi, asosiy manbalari, milliy tarkibi hamda xo‘jalik va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Harbiy yurishlar, bosqinlar, qaroqchilik va diniy-mazhabiy qarashlar tufayli yuzaga kelgan qul savdosi jarayonlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Qullar orasida rus, eron, afg‘on, hind, qozoq, qalmoq va boshqa xalqlar vakillari bo‘lganligi, ularning iqtisodiyotdagi roli va qul bozorlaridagi narx-navo dinamikasi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi bosimi ostida qulchilik tizimining zaiflashuvi va bekor qilinish jarayoni ham ilmiy tahlil etiladi.

Abduqahorov Anvarjon Alijon o‘g‘li

159-164

2025-09-30

O’ZBEK TILINING SOHADA QO’LLANILISHI.FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI

Mazkur fan O‘zbekiston Respublikasida davlat tilining huquqiy asoslarini, uning turli sohalarda qo‘llanishini, kasbiy faoliyatda o‘zbek tilidan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishni maqsad qiladi. Fan o‘zbek tilining ilmiy, rasmiy, badiiy va kasbiy uslublarini, sohaviy terminologiya va nutq madaniyati masalalarini o‘rganadi. Shuningdek, mutaxassislarni davlat tilida hujjatlar ni yuritish, ilmiy va kasbiy matnlarni tuzish,hamda  rasmiy muloqot olib borish malakasiga ega bo‘lishga tayyorlaydi.

Xalikova Xulkaroy Muhiddin qizi, Xolmatova Muhayyo Abdug’opparova

165-167

2025-09-30