OILAVIY ZO‘RAVONLIK VA MAISHIY ZO‘RAVONLIK TUSHUNCHALARINING HUQUQIY TALQINI: TERMINOLOGIK ANIQLIK MASALALARI.
Main Article Content
Аннотация:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunchiligi doirasida “oilaviy zo‘ravonlik” va “maishiy zo‘ravonlik” tushunchalarining huquqiy mohiyati hamda ularning normativ talqinida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot 2019–2023-yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi asosida olib borilgan. Maqolada oilaviy zo‘ravonlik huquqiy jihatdan tan olingan oila subyektlari o‘rtasida sodir etiladigan zo‘ravonlikni qamrab olishi, maishiy zo‘ravonlik esa oilaviy-huquqiy munosabatlardan tashqarida, kundalik turmush sharoitida yuzaga keladigan zo‘ravonlik holatlarini ifodalashi asoslab beriladi. Shuningdek, muammo “maishiy” atamasining normativ-huquqiy hujjatlarda “oilaviy” tushunchasi bilan sinonim tarzda qo‘llanilishida namoyon bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijasida terminologik aniqlikni ta’minlash va ushbu tushunchalarni qat’iy farqlash zarurati ilmiy jihatdan asoslanadi.
