BANK RISKLARINI DIVERSIFIKATSIYALASHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNI BAHOLASH AMALIYOTI
Main Article Content
Аннотация:
O‘zbekiston tijorat banklari risklarni tasniflashda asosiy e’tiborni davlat ulushi mavjud tijorat banklarga qaratish maqsadga muvofiq. Chunki, keyingi yillarda davlat tijorat banklarida aktivlar diversifikatsiyasi va sifati, muammoli aktiv (kredit)lar ulushining yuqoriligi, aktivlar va kapital qaytimi kabi qator dolzarb masalalarning asosiy qismi davlat ulushi tijorat banklarida markazlashgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistone hukumati tijorat banklari kapitali tarkibida davlat ulushini xorijiy va mahalliy hamda aholiga sotish bo‘yicha sa’yi harakatlarni amalga oshirmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan o‘zbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-5992-sonli Faromniga asosan davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklarini bosqichma-bosqich transformatsiya qilish vazifalari belgilab qo‘yilgan. Jumladan:
