OKTABRMI YO OKTYABR?
Main Article Content
Abstract:
Biz, o‘zbeklar, bir narsani ikki xil nomlashdan cho‘chimaymiz. “Ruchka”ni “qalam” bilan adashtiramiz, “svet o‘chdi” deb elektrga nisbatan aytamiz. Shunga o‘xshash ko‘nikmalar bizning hayotimizga shu qadar singib ketganki, endi ular haqida o‘ylamaymiz ham. Ammo so‘nggi yillarda bir narsa – bizni ancha ikkilantirib qo‘ydi: “oktabr”mi yoki “oktyabr”? Xalqimiz go‘yo ikki o‘t orasida qolgan, bir tarafda darsliklar, ikkinchi tarafda imlo lug‘ati, biri “oktabr” deydi, ikkinchisi “oktyabr”. “O‘qituvchilar-chi, ular qaysini tanlaydi?” deysizmi? Ular har safar sinfga kirar ekanlar, yurakdan chuqur nafas olib: “Bolalar, bugun 1 - oktabr mavzu… yo‘q, oktyabr…”, degan so‘zlardan o‘zlari ham hayron qolishadilar.
Article Details
How to Cite:
Rahimova , D., & Tursunov, A. . (2025). OKTABRMI YO OKTYABR?. Applied Sciences in the Modern World: Problems and Solutions, 4(19), 113. Retrieved from https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/66799
