JALOLIDDIN RUMIY G‘OYALARI ASOSIDA TARBIYAVIY JARAYONNI INSONPARVARLASHTIRISH METODLARI

Main Article Content

Аннотация:

Ushbu tezisda Jaloliddin Rumiy asarlarida ifoda etilgan mehrga asoslangan tarbiya, murabbiy–shogird o‘rtasidagi ruhiy hamkorlik va suhbat orqali kamolga yetkazish g‘oyalarining zamonaviy pedagogikadagi insonparvarlashtirish tamoyillari bilan uyg‘un jihatlari tahlil qilinadi. Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, “Fihi ma fihi” va tasavvufiy hikoyatlarida tarbiya jarayoni shaxsni jazolash yoki tashqi majburlash orqali emas, balki qalbini uyg‘otish, unga o‘z qadrini eslatish va yaratuvchi bilan bog‘lanish hissini kuchaytirish orqali amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlanadi. Aynan shu yondashuv bugungi ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, emotsional qo‘llab-quvvatlash, ijobiy pedagogik muloqot va ma’naviy muhit yaratish metodlari bilan kesishadi. Tadqiqotda Rumiycha muhabbat pedagogikasi, dialogik ta’lim, refleksiv o‘zini anglash, hamjihatlikka asoslangan guruhiy tarbiya kabi elementlar zamonaviy dars va tarbiya mashg‘ulotlariga adaptatsiya qilish imkoniyatlari asoslab beriladi.

Article Details

Как цитировать:

Aqilxonov , S. . (2025). JALOLIDDIN RUMIY G‘OYALARI ASOSIDA TARBIYAVIY JARAYONNI INSONPARVARLASHTIRISH METODLARI. Наука и технология в современном мире, 4(28), 99–101. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/64429

Библиографические ссылки:

Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi ma’naviy. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2010. – 768 b.

Jaloliddin Rumiy. Fihi ma fihi. – T.: “Sharq” NMAK, 2004. – 256 b.

Schimmel A. Rumi’s World: The Life and Works of the Great Sufi Poet. – New York: Shambhala, 1993. – 240 p.

Наср С.Х. Исламская духовность. – М.: Садра, 2014. – 384 с.

Qodirov A. Tasavvuf va tarbiya masalalari // Ma’naviyat va ma’rifat. – 2019. – №2. – B. 45–52.

Karimova M. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning psixologik asoslari. – T.: TDPU nashriyoti, 2021. – 132 b.

Dewey J. Demokratiya i obrazovanie. – M.: Pedagogika-Press, 2000. – 384 s.

Halstead J.M. An Islamic Concept of Education // Scottish Educational Review. – 2004. – Vol. 36, №2. – P. 134–147.