RAQAMLI TA’LIM MUHITI SHAROITIDA MATEMATIKA DARSLARINI INTERAKTIV METODLAR ASOSIDA TASHKIL ETISH
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida matematika darslarini interaktiv metodlar asosida tashkil etish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotda xorijiy olimlar Alison Clark‑Wilson va Ana Donevska‑Todorova, shuningdek o‘zbek olimlari F.U. Qodirova, Sh.Z. Matupayeva va S. Alixonovning ilmiy ishlari tahlil qilingan. Maqolada raqamli vositalar va interaktiv metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, matematik tushunchalarni chuqurroq anglash va baholash jarayonlarini samarali tashkil etishda qanday ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan. Shu bilan birga, interaktiv metodlarni mahalliy sharoitga, inklyuziv va turli rivojlanish xususiyatiga ega o‘quvchilarga moslashtirish zarurligi ta’kidlangan. Maqola darslarni samarali tashkil etish uchun raqamli vositalardan faol foydalanish, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini oshirish, interaktiv topshiriqlar va guruh ishlarini joriy etish, shuningdek o‘quvchilarning faoliyatini doimiy kuzatish va baholash tavsiyalarini beradi. Tadqiqot natijalari raqamli va interaktiv metodlarni amaliy qo‘llash orqali matematika ta’limini yanada samarali, qiziqarli va innovatsion qilish imkonini ko‘rsatadi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
A.Clark Wilson, Donevska Todorova, Faggiano, E., Trgalová, J., & Weigand, H.-G. (2021). Mathematics Education in the Digital Age: Learning, Practice and Theory. Routledge. [https://www.routledge.com/Mathematics-Education-in-the-Digital-Age-Learning-Practice-and-Theory/Clark-Wilson-Donevska-Todorova-Faggiano-Trgalova-Weigand/p/book/9780367684525]
Qodirova, F.U., va Matupayeva, Sh.Z. (2022). Matematika o‘qitish metodikasi (Inklyuziy ta’limda). [https://library.uzfi.uz/ebooks/view?id=18991]
Alixonov, S. (2011). Matematika o‘qitish metodikasi. [https://arm.sammoi.uz/library/book_view/447]
Clark Wilson, A., & Donevska Todorova, A. (2017). Digital Technologies in Designing Mathematics Education Tasks: Potential and Pitfalls. Springer. [https://link.springer.com/book/10.1007/978-3-319-43423-0]
