RAQAMLI IQTISODIYOT VA TADBIRKORLIK RIVOJLANISHINING GLOBAL TENDENSIYALARI
Main Article Content
Аннотация:
Raqamli iqtisodiyot XXI asrning eng muhim iqtisodiy hodisalaridan biri bo‘lib, u global iqtisodiy tizimning barcha jabhalarini tubdan o‘zgartirmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivoji, internetning ommaviylashuvi, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, bulutli texnologiyalar va blokcheyn kabi innovatsiyalar nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini, balki biznes yuritish madaniyatini ham butunlay yangilamoqda. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot nafaqat rivojlangan davlatlar, balki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishga aylandi. Raqamli iqtisodiyot mohiyatan iqtisodiy faoliyatning ma’lumotlarga asoslangan modeli bo‘lib, unda ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish resursi sifatida xizmat qiladi.
