MAHALLA FUQAROLAR YIG‘ININING DAVLAT XUSUSIY SHERIKLIK SHARTNOMALARIDAGI ISHTIROKI

Main Article Content

Аннотация:

Yangi О‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi infratuzilma obyektlarini qurish va rivojlantirishning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “О‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yо‘lga qо‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” PQ–402-son qarori mahallalarni isloh qilish jarayonida yangi bosqichni belgilab berdi. Qarorning 11-bandiga kо‘ra, О‘zbekiston mahallalari uyushmasiga uch yil muddatda namunaviy mahalla binolarini qurish va topshirish vazifasi yuklatilgan. Bu jarayon moliyalashtirishning an’anaviy davlat byudjetidan tashqari turli manbalarini, jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng qо‘llashni nazarda tutadi. Shuning uchun ushbu masalani fuqarolik huquqi va davlat-xususiy sheriklik nazariyasi nuqtai nazaridan atroflicha yoritish muhim ahamiyatga ega.

Article Details

Как цитировать:

Qilichev , X. . (2026). MAHALLA FUQAROLAR YIG‘ININING DAVLAT XUSUSIY SHERIKLIK SHARTNOMALARIDAGI ISHTIROKI. Наука и технология в современном мире, 5(5), 73–78. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/75122