XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISH TIZIMI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH

Main Article Content

Аннотация:

Xalqaro valyuta munosabatlari, shuningdek, savdo va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va dunyo iqtisodiyotining barqarorligini saqlashda muhim vosita hisoblanadi. Shuning uchun, bu munosabatlarning samarali va barqaror ishlashi, barcha mamlakatlar uchun muhim ahamiyatga ega. Xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimi xalqaro iqtisodiy aloqalar va moliyaviy barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Ushbu tizim, asosan, valyuta kurslarini, pul oqimlarini va iqtisodiy o'zgarishlarni boshqarish va nazorat qilishga qaratilgan. Uning muhimligini quyidagi jihatlar orqali ko'rsatish mumkin. Global iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash: xalqaro valyuta tizimi dunyo iqtisodiyoti o'rtasidagi aloqalarni o'zaro uyg'unlashtirib, valyuta kurslari va moliyaviy oqimlarni boshqaradi. Bu davlatlar o'rtasidagi savdo, investitsiyalar va iqtisodiy aloqalarning barqaror bo'lishini ta'minlaydi. Krizislarni oldini olish: xalqaro valyuta tizimi iqtisodiy inqirozlar va moliyaviy beqarorlikka qarshi zarur choralarni ko'rish imkonini beradi. Masalan, valyuta kurslarining keskin o'zgarishlari yoki mamlakatlar o'rtasidagi savdo nizo­lari global moliyaviy tizimni o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Bunday tizimlar krizislarni oldini olish uchun xavfsizlik choralari yaratadi.

Article Details

Как цитировать:

Akromova , D. . (2025). XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISH TIZIMI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(17), 111–113. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/52981