«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-05-20
Статьи
KORXONALAR INNOVATSION FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA EVOLYUTSIYASI
Ushbu tesizda korxonalar innovatsion faoliyatini moliyalashtirishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Innovatsion jarayonlarning noaniqligi, kumulyativligi va kollektiv xususiyati ularni moliyalashtirishda maxsus strategik yondashuvlar va resurslarni talab qiladi. Tadqiqotda klassik va zamonaviy iqtisodiy nazariyalar, jumladan, Shumpeter, Solow, Chesbrough va Freemanlarning yondashuvlari orqali innovatsion faoliyatni moliyalashtirish mexanizmlari, tavakkalchilik va agentlik muammolari kontekstida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida ilmiy-tadqiqot investitsiyalarining ahamiyati, moliyalashtirishda ichki va tashqi resurslar o‘rtasidagi muvozanat, soliq imtiyozlari va davlat siyosatining roli yoritiladi.
2025-05-20
TOTAL PHYSICAL RESPONSE METODINING INGLZI TILIDA LUG‘AT O‘RGANISHDAGI O‘RNI VA SAMARASI
Hozirgi kunda ingliz tilini samarali o‘zlashtirish ta'lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Total Physical Response (TPR) metodi, til o‘rgatishda harakatlar va ifodalar orqali o‘rgatishni ta'minlaydi, bu esa o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini qulay va samarali qiladi. TPR metodi o‘quvchilarning lug'atni o‘zlashtirishda sezilarli yaxshilanishlarni ta'minladi. Shuningdek, TPR metodi o‘quvchilarning ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa til o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Biroq, TPR metodining ba'zi cheklovlari ham mavjud, masalan, murakkab tushunchalarni o‘rgatishda qiyinchiliklar, jismoniy faollik uchun joy yetishmasligi va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish zarurligi. Bu muammolarni hal qilish uchun TPR metodini boshqa metodlar bilan birlashtirish, sinf sharoitlarini yaxshilash va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Xulosa qilib aytadiganda, TPR metodi ingliz tilini o‘qitishda samarali va innovatsion yondashuv sifatida keng qo‘llanilmoqda.
2025-05-20
AJRASHGAN OILALARDA OTA-ONA MUNOSABATLARINING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR HISSIY-EMOTSIONAL HOLATIGA TA’SIRINI O‘RGANISH NATIJALARI
Mazkur maqolada ajrashgan oilalarda ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarning maktab yoshidagi bolalar hissiy-emotsional holatiga ta’siri tahlil qilinadi. Oila tuzilmasidagi o‘zgarishlar, ayniqsa ajralish holatlari bolalarning ruhiy holatiga qanday ta’sir qilishi empirik tadqiqotlar asosida yoritiladi. G.Xomentauskasning “Oila rasmi” va “Oila daraxti” metodikalari orqali olingan natijalar asosida bolalarning xavotirlanish darajasi, o‘z-o‘zini baholash va ota-onaga bo‘lgan emotsional munosabati o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ajrashgan oilalarda bolalarda hissiy tanglik, past ijtimoiy moslashuv va psixologik beqarorlik yuqori ekanini ko‘rsatadi.
2025-05-20
ADABIYOTNING PAYDO BO'LISHI, UNGA ASOS SOLGANLAR VA OLIMLARNING QARASHLARI
Mazkur maqolada adabiyotning paydo bo'lish jarayoni, unga asos solgan shaxslar, shuningdek, turli davrlarda yashab ijod qilgan olimlarning adabiyot haqidagi qarashlari keng yoritiladi. Maqola tarixiy va ilmiy ma'lumotlarga asoslangan holda tayyorlangan bo'lib, adabiyotshunoslik sohasida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar va talabalar uchun foydali bo'lishi mumkin.
2025-05-20
KICHIK MAKTAB DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma'lumot beriladi. Jumladan, maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga berish jarayonida sodir bòladigan psixologik òzgarishlar haqida ma'lumotlar yoritilgan.
2025-05-20
HAYOTGA MOTIVATSIYA VA RUHIY BARDOSHLILIK MANBALARI
Ushbu maqolada hayotiy motivatsiya va insonning ichki kuch manbalari psixologik nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Motivatsiyaning shaxsiy qadriyatlar, maqsadlar va ichki turtki bilan bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Shuningdek, ichki kuch tushunchasiga zamonaviy psixologiyadagi yondashuvlar (Maslou, Frankl, Seligman, Duckworth va boshqalar) orqali yondashilib, uning tarkibiy qismlari – ruhiy barqarorlik, o‘ziga ishonch, ijobiy ichki suhbat va muvofiq ijtimoiy muhit – aniqlangan. Maqolada ichki kuchni rivojlantirishning amaliy usullari ham bayon qilinib, ushbu tushunchalarning shaxsiy va ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda nazariy-analitik metodlar asosida asosiy nazariyalar tahlil qilinib, muallif tomonidan umumlashtirilgan ilmiy xulosalar taqdim etilgan.
2025-05-20
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILISH QOBILIYATLARINI QO‘L-MOTORIKA MASHQLARI ORQALI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda qo‘l-motorika mashqlarining tutgan o‘rni, uning amaliy ahamiyati va samaradorligi yoritilgan. Qo‘l-motorika faoliyatining diqqat, xotira, idrok va tafakkur kabi kognitiv jarayonlarga ta’siri misollar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, metodik yondashuvlar, o‘yinlar va san’at faoliyatlari orqali bilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
2025-05-20
ФОРМИРОВАНИЕ СИСТЕМЫ ПАТРИОТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ НА УРОКАХ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ ГРАМОТНОСТИ
В данной статье мы рассматриваем теоретические и практические вопросы формирования системы патриотического воспитания в начальных классах на уроках читательской грамотности. Так же предлагаются практические примеры уроков в начальной школе.
2025-05-21
TIL – XALQLARARO DO’STLIK VA MADANIYAT KO’PRIGI
Ushbu maqolada so’z – inson tafakkurining mahsuli ekanligi , so’zlarni o’rinli qo’llash orqali milliy tarbiyani shakllantirish, til jamiyatda insonlarni birini ikkinchisiga bog’lovchi ma’naviy vosita hisoblanishi hamda tilning madaniylashuvi millatlar orasidagi ko’prik ekanligi haqida so’z yuritiladi.
2025-05-21
PEDAGOGIK MULOQOTNING TA’RIFLARI, AHAMIYATI VA TA’LIM JARAYONIDAGI O‘RNI
mazkur tezisdaa pedagogik muloqotning ta’riflari, ahamiyati va ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil etiladi. Yakunda, muallif tomonidan mavzu yuzasidan tegishli xulos va takliflar beriladi.
2025-05-21
ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПОЗИТИВНОГО РАБОЧЕГО КЛИМАТА В ПЕДАГОГИЧЕСКОМ КОЛЛЕКТИВЕ
Данная статья представляет собой комплексное исследование теоретических и практических аспектов формирования благоприятного рабочего климата в педагогическом коллективе. Рассматриваются ключевые психологические и организационные факторы, оказывающие влияние на атмосферу внутри коллектива, а также представлены современные подходы к управлению социально-психологическим климатом. Особый акцент сделан на роли эмоционального интеллекта, различных стилей руководства и методов профилактики профессионального выгорания. Предложены практические рекомендации, основанные на результатах исследований в области организационной психологии и педагогического менеджмента.
2025-05-21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA OILA VA TA’LIM MUASSASASINING HAMKORLIGI
Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchil arini milliy qadriyatlar va an’analar asosida tarbiyalash va o‘zaro munosabatlarini shakllantirish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirishning ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizdagi ahamiyati, oila va qadriyatlarning abadiy bir-biri bilan chambarchas bog‘langanligi, bu jarayonlarda oila va ta’lim muassasalarini hamkorligini tashkil etish, bolalarga oiladagi munosabatining ijobiy darajasi to‘g‘risida yozilgan.
2025-05-22
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDAGI TARBIYALANUVCHILARNING MOSLASHUV DAVRI VA UNING AHAMIYATI.
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yangi qadam qo‘ygan bolalarning moslashuv davri, uning ahamiyati, kechish bosqichlari hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Moslashuv davrini yengillashtirishga qaratilgan samarali usullar va ota-ona, pedagog hamkorligining o‘rni tahlil qilinadi.
2025-05-22
MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARIDA JISMONIY FAOLLIKNI OSHIRISH USULLARI
ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida jismoniy faollikni oshirish usullarining va uning ahamiyati, usul va vositalari yordamida rivojlantirish xaqida ma’lumot beriladi.
2025-05-22
MAKTABGACHA TA‘LIM TARBIYALANUVCHILARIDA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarining tarbiya jarayonlari va bunda mehnat tarbiyasini shakllantirish va uning ahamiyati hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Mehnat tarbiyasini tarkib toptirishga qaratilgan samarali usullar va ota-ona, pedagog hamkorligining o‘rni tahlil qilinadi..
2025-05-22
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINING SHAKLLANISHI
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishning dolzarbligi, bu jarayonning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni, metodik asoslari hamda pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy mashg‘ulotlar, o‘yinlar va interaktiv metodlar tahlil qilinadi.
2025-05-23
TA’LIMNING YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANIDA TUTGAN O‘RNI. TARBIYA JARAYONINING PSIXOLOGIK MOHIYATI
Ushbu tezisda pedagogik psixologiyaning predmeti va vazifalari, o'quv faoliyatining psixologik mohiyati, shuningdek o'quv motivlari xususida so'z yuritildi. Shuningdek, ushbu tezisda ta'lim psixologiyasi va uning mohiyati haqida ma'lumotlar berildi.
2025-05-23
TALABALAR AKADEMIK O'ZLASHTIRISHIDA INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING AHAMIYATI
Mazkur maqolada talabalar akademik o‘zlashtirishida individual-psixologik xususiyatlarning ahamiyati tahlili yoritilgan. Shuningdek talabalarning shaxsiy, intellektual fazilatlarini aniqlash va rivojlantirishga yo‘naltirilganlikni oshirish, shaxsning o‘zini o‘zi belgilashini rag‘batlantirish, individuallashtirish va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yordam berish ilmiy jihatdan tahlil qilingan.
2025-05-23
SOCIAL PHILOSOPHY OF JACK LONDON IN “WHAT LIFE MEANS TO ME”
This article explores the life and literary contribution of Jack London, a famous American author whose writings are deeply rooted in his own experiences of struggle, social issues, and the quest for a better existence. Born in 1876, London’s formative years were filled with poverty and neglect, shaping the themes of his later works. His novels, such as “The Sea-Wolf” and “Martin Eden”, explore powerful ideas of survival, ambition, and social injustice. Even after gaining fame, London grappled with financial difficulties and a sense of disillusionment with society, prompting him to challenge the hypocrisy of the wealthy in his autobiographical essay, “What Life Means to Me”.
2025-05-26
AUDIOMATN ASOSIDAGI TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TEZLIGINI OSHIRISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINING O‘RNI
Ushbu maqolada chet tilini o‘rganish jarayonida tinglab tushunish ko‘nikmasining o‘rni va uning audiomatn asosidagi topshiriqlarni tez va samarali bajarishga ta’siri tahlil qilinadi. Tinglab tushunish nafaqat eshitilgan matnni qabul qilish, balki uni ma’no jihatidan anglash, kontekst asosida talqin qilish, eshitilgan axborotni qayta ishlash hamda yodda saqlash jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi. Maqolada ushbu ko‘nikmaning shakllanish bosqichlari, metodik yondashuvlar va amaliy mashqlar samaradorligi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Yakunda tinglab tushunishni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi.
2025-05-26
“IJTIMOIY FAOLLIK” TUSHUNCHASINING MAZMUNI
Davlat va jamiyat o‘sib kelayotgan yosh avlodda atrofdagilarga beg‘araz yordam berishga, turli tadbirlar, aksiyalar va ijtimoiy foydali faoliyatda muntazam ishtirok etishga intilishni shakllantirish va rivojlantirishga harakat qilmoqda. Yoshlarda ijtimoiy faol hayot ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ko‘plab dasturlar, loyihalar mavjud. Ijtimoiy faollik muammosi bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Hozir pessimist, sarosimaga tushgan, kelajakka ishonmaydigan, o‘z hayotida biror narsani o‘zgartirishni istamaydigan yoshlar ko‘p. Agar bunday insonlar soni ortib borsa, bu shaxsning tanazzuliga olib kelishi va umuman jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yoshlar muammolarining zamonaviy tadqiqotchilari V.I.Chuprov va Yu.A.Zubok ta’kidlaganidek:... “u xavf-xatar sharoitida, noaniqlik sharoitida rivojlanadi”.
2025-05-26
JISMONIY MASHG‘ULOTLAR ORQALI SALOMATLIKNI MUSTAHKAMLASH USULLARI
Jismoniy mashg‘ulotlar inson salomatligini mustahkamlashda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan va tizimli mashg‘ulotlar yurak-qon tomir, mushak, asab hamda nafas tizimlarini rivojlantirib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Shuningdek, jismoniy faollik stress va charchoqlarning oldini olishda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
2025-05-26
JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH
Jismoniy tarbiya darslarida innovatsion metodlardan foydalanish, o‘quvchilarni jismoniy faollikka jalb qilishda, ularning salomatligini yaxshilashda va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Innovatsion yondashuvlar, masalan, interaktiv texnologiyalar, raqamli vositalar va zamonaviy o‘qitish usullari orqali jismoniy tarbiya darslarini yanada samarali va qiziqarli qilish mumkin.
2025-05-26
XALQ OG‘ZAKI IJODI (MAQOL, MAQOL, TOPISHMOQ) LEKSIK-SEMANTIK VOSITA SIFATIDA
Men madaniyatni etkazishhaqidagi tushunchalar. Ushbu maqolada tilda leksik-semantik vositalarning rivojlanishida xalq og‘zaki ijodining o‘rni yoritilgan. Maqollar, matallar, topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining ajralmas unsurlari sifatida boy ma’no qatlamlariga ega bo‘lib, ularda madaniy donishmandlik, hazil-mutoyiba, inson tabiatiga oid teran tushunchalar yetkaziladi. Maqolada ushbu elementlarni tahlil qilish orqali folklorning til va muloqotni shakllantirishda kuchli leksik-semantik vosita sifatida xizmat qilishini yoritish maqsad qilingan.
2025-05-26
XAYRIDDIN SULTONOV SINONIMIK QATORLAR ORQALI MA'NO NOZIKLIKLARINI IFODALASH SAN'ATI
Ushbu maqolada Xayriddin Sultonov asarlarida sinonimik qatorlarning tavsifi va sifatli tahlili ko'rib chiqiladi. Yozuvchining sinonimik qatorlar orqali ma'no nozikliklarini, hissiyotlarni, dunyoqarashni qanday ifodalash usuli o'rganiladi. Maqolada sinonimlar tizimi yordamida yozuvchining uslubiy dizayni va o'ziga xos ma'nolarni aniqlashdagi roli tahlil qilish.
2025-05-26
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA MAQOLLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING MADANIYATLARARO XABARDORLIKLARINI OSHIRISH
Ushbu maqolada ingliz tilini oʻqitishda o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda maqollarning oʻrni va ahamiyatini oʻrganilib, oʻrganilayotgan tilde mavjud maqollar, frazeologik birikmalar va muloqot qilish qoidalarini oʻrgatish orqali talabalarda madaniyatlararo xabardorlikni oshirishga qaratilgan metodlar tahlil qilingan. Maqolada o‘quvchilarning madaniyatga oid maqollarni oʻzlashtirishda duch keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari, shuningdek, dars jarayonida maqollardan foydalanishning samaradorligi dalillangan. Natijalar til va madaniyatning oʻzaro bogʻliqligini hisobga olgan holda oʻqitishning o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatgan.
2025-05-26
DESINGNING A COURSE AROUND BIOGRAPHY-BASED UNITS
Entire courses have been successfully designed around biographies. In 1999, our university began offering intensive, one-month, noncredit courses for English language study. After initial experimentation with various themes, we decided to develop each course around a series of four week-long biography-based-units. Biographies gave students rich language to talk or write about life, specific vocabulary related to certain professions, and themes and topics related to their experiences and cultures. They also provided authentic contexts for review and recycling of important vocabulary in each successive week. We chose biography subjects who were famous in their field-so that it was easy to find information-but whose life stories were not very familiar to our students-so the students were learning new information no matter what their background, level, or prior education had been. Some of the most successful units were created around the lives of Frank Lloyd Wright (architect), Wilma Rudolph (athlete), Estee Lauder (businessperson), and Milton Hershey (confectioner and philanthropist) [1,2,3].
2025-05-26
TEACHING ENGLISH THROUGH LISTENING COMPREHENSION
Listening comprehension is a fundamental skill in language acquisition, particularly in learning English as a second language (ESL). As a language instructor, integrating listening activities into your curriculum can significantly enhance students' understanding and proficiency. This article explores effective methods and benefits of teaching English through listening comprehension.
2025-05-26
ГЛАДКОСТЬ МНОГООБРАЗИЯ ГРАССМАНА G(2,N)
Мы обозначаем через , множество 2-мерных плоскостей пространства , проходящих через 0. Если — такая плоскость, то через обозначается совокупность плоскостей из , проектирующихся на без вырождения.
2025-05-26
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI O‘RTASIDA VATANPARVARLIK G‘OYALARINI RIVOJLNATIRISH PEDAGOGIKASINING KEYS METODLARI
Zamonaviy globallashuv va axborotlashuv davrida yosh avlod qalbida milliy g‘urur, yurtga sadoqat, tarixiy xotiraga hurmat kabi his-tuyg‘ularni shakllantirish pedagogikaning eng muhim va dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Bu jarayonning markazida esa vatanparvarlik pedagogikasi turadi. Mazkur pedagogika sohasi shaxsni ijtimoiy-madaniy muhitda ongli ravishda shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarda o‘z Vatani oldidagi burchini anglash, uni sevish, himoya qilishga tayyor turish kabi ijtimoiy-psixologik kompetensiyalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Bunday murakkab tarbiyaviy jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etishda esa zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xususan, Keys metodi alohida o‘rin egallaydi. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarini rivojlnatirish pedagogikasining keys metodlari haqida ma’lumotlar berilgan.
2025-05-26
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXOFIZIOLOGIK TARAQQIYOTNING UMUMIY TAVSIFI. 7 YOSH INQIROZI, UNING SABABLARI VA ALOMATLARI
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixofiziologik rivojlanishi va 7 yosh inqirozining sabablari, belgilari hamda bu davrdagi tarbiya jarayonining ahamiyati haqida so‘z boradi. Bolaning mustaqillikka intilishi, o‘z-o‘zini anglay boshlashi va emotsional o‘zgarishlar asosiy e’tiborga olingan.
2025-05-26
KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI
Har bir shaxs oʻz faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar taʼsirida amalga oshiradi, chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qoʻshilmaydigan individning oʻzi yoʻq. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, oʻzaro taʼsirda boʻladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida roʻy beradi. Ushbu tezisda asosan kichik guruhlar psixologiyasi yoritib oʻtilgan.
2025-05-26
TEMPERAMENT. TEMPERAMENT TIPLARI
Ushbu tezisda, temperament tushunchasi, uning psixologik ahamiyati va turli tipologiyalari tahlil qilinadi. Klassik va zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida temperament tiplari va ularning fiziologik asoslari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, temperamentning shaxs taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi.
2025-05-26
YOSHLAR MA`NAVIY TARBIYASIDA TA`LIMNING O`RNI
Ushbu maqolada yoshlar ma'naviy tarbiyasida ta'limning tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy ta'lim tizimining yosh avlodning ma'naviy-axloqiy kamolotiga ta'siri, o‘quv jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi, ta'lim muassasalarining bu boradagi vazifalari yoritilgan. Shuningdek, pedagogik yondashuvlar, o‘quv dasturlarining mazmuni va ma'naviyatni shakllantirishdagi metodikalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ongli qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish va milliy g‘ururni shakllantirishda ta'limning o‘rni muhim omil sifatida ko‘rsatilgan.
2025-05-27
MARKAZIY OSIYOGA QARATILGAN G’OYAVIY – MAFKURAVIY TAHDIDLARNING KO’RINISHINI OLDINI OLISH
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratilgan g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning asosiy ko‘rinishlari, ularning shakllanish manbalari, tarqalish usullari va jamiyatga, ayniqsa yoshlar qatlamiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Mintaqaning geosiyosiy ahamiyati, ochiqlik siyosati va raqamli texnologiyalar rivoji fonida mafkuraviy kurash vositalarining zamonaviy tus olgani ko‘rsatib beriladi. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning keskin ommalashuvi natijasida ekstremistik va radikal g‘oyalarning tarqalish tezligi oshgan. Ayniqsa, yoshlar radikal g‘oyalar nishoniga aylangan. Maqolada ana shu tahdidlarning oldini olish bo‘yicha ta’lim tizimining roli, OAV va blogosfera imkoniyatlari, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati va davlat siyosatining muhim jihatlari yoritilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, media savodxonlikni oshirish va ijobiy g‘oyalarni ilgari surish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu maqola g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashda amaliy va nazariy asoslarni belgilashga xizmat qiladi.
2025-05-27
EFFECTIVE STRATEGIES FOR ENHANCING STUDENTS’ CRITICAL THINKING SKILLS IN EFL CLASSROOMS
This quasi-experimental study investigates the efficacy of integrated instructional strategies—Socratic questioning, problem-based learning, debate activities, and reflective journaling—in fostering critical thinking skills among 60 intermediate-level EFL learners over eight weeks. Pre-test/post-test scores from the Watson-Glaser Critical Thinking Appraisal, alongside classroom observations and student feedback, demonstrate significant gains in analytical reasoning compared to a control group. Qualitative analysis reveals enhanced metacognitive awareness and discourse quality. These findings highlight the importance of multimodal pedagogies for developing higher-order thinking in language education.
2025-05-27
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING O‘YIN KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotida o‘yinning ahamiyati va bolalarda o‘yin kompetensiyasini rivojlantirishning amaliy metodlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, pedagog tarbiyachilarning bolalarda o‘yin kompetensiyalarini rivojlantirish uchun turli zamonaviy metod va usullar ishlab chiqib, uni amaliyotda qo‘llashi tadqiq qilingan. O‘yin kompetensiyalarini rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar berilgan. Rivojlantiruvchi markazlarda o‘yin orqali bolalarga ta’lim va tarbiya berish haqida bir qancha taklif va fikrlar keltirib o‘tilgan.
2025-05-28
KATTA MAKTABGACHA YOSH BOLALARNING KOMMUNIKATIV O'YINLARNI TASHKIL ETISH ORQALI MULOQOT KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH
Katta guruhlarda ta'lim-tarbiya jarayoni, bolalarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Muloqot, insonlar o‘rtasidagi aloqalar, fikr va his-tuyg‘ularni ifodalash, hamda ijtimoiy muloqotning asosiy vositasi sifatida qaraladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish, bolalarning ijtimoiy o‘zaro munosabatlari, til rivojlanishi, va umumiy shaxsiy taraqqiyotlari uchun asosiy omil hisoblanadi. Kommunikativ o‘yinlar, bolalar uchun muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular bolalarga o‘z fikrlarini ifodalash, boshqalar bilan muloqot qilish, va turli ijtimoiy vaziyatlarga moslashish imkoniyatini beradi. Bu o‘yinlar orqali bolalar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, muammolarni hal qilish, va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini oshiradilar. Katta guruhlarda kommunikativ o‘yinlarni tashkil etish, bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, til va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish uchun ayniqsa muhimdir. Bu jarayonda o‘yinlarning turlari, metodikasi, va amaliyotlari bolalarning yoshiga, qiziqishlariga, va rivojlanish bosqichlariga mos ravishda tanlanishi kerak.
2025-05-28
ЦЕНА СПЕШКИ: ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ РИСКИ УСКОРЕННОГО ОБУЧЕНИЯ В АКАДЕМИЧЕСКОМ ВОКАЛЕ
Погоня за быстрыми результатами в обучении академическому вокалу представляет серьёзную угрозу для вокального здоровья и профессионального становления певцов, поскольку приводит к игнорированию физиологических законов голосообразования, что влечёт за собой формирование некорректных вокальных привычек, голосовую травматизацию и в долгосрочной перспективе — преждевременное истощение голосового аппарата.
2025-05-29
KICHIK MAKTAB YOSHI OʻQUVCHILARIDA XOTIRANING RIVOJLANGANLIK DARAJASINI OʻQUV FAOLIYATIGA TAʼSIRINI OʻRGANISH
Ushbu maqolada kichik maktab yoshi oʻquvchilarida xotiraning rivojlanganlik darajasi ularning oʻquv faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan. Xotira — bilimlarni eslab qolish, saqlash va qayta tiklash jarayonlarining asosiy omillaridan biri sifatida oʻquv jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning xotira turlari (qisqa muddatli, uzoq muddatli, ko‘rish va eshitish xotirasi) oʻrganilib, ularning bilimlarni oʻzlashtirish darajasiga ta’siri amaliy misollar va kuzatuvlar asosida yoritilgan.
2025-05-29
OʻSMIRLARDA OʻZ-OʻZINI BAHOLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada o’smirlarda o‘z-o‘zini baholash psixologik xususiyatlari ilmiy tadqiqot usullarida o‘rganilishi masalasi muhokama etilgan. Olingan xulosalar asosida takliflar ishlab chiqilgan.
2025-05-29
INTELLEKT TUSHUNCHASI HAMDA UNING RIVOJLANISHI
Ushbu maqolada intellekt tushunchasining psixologik mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy nazariy yondashuvlar yoritib berilgan. Intellektning tabiati, biologik va ijtimoiy omillar ta’siri, Piaget, Gardner hamda Sternberg nazariyalari asosida intellektning shakllanishi, ko‘p turlari va rivojlanish mexanizmlari haqida ilmiy tahlil keltirilgan. Maqola zamonaviy ta’limda intellektni rivojlantirishning ahamiyatini ham yoritadi..
2025-05-29
OʻSMIRLARDA OʻZ-OʻZINI BOSHQARISH VA EMPATIYANING PSIXOLOGIK OʻZIGA XOSLIGI
Ushbu maqolada oʻsmirlik davridagi xulq-atvor, ularning oʻz-oʻzini boshqarish va empatiyaning psixologik oʻziga xosligi, oʻz-oʻzini boshqarish va empatiya orasidagi oʻzaro aloqadorlik bayon etilgan.
2025-05-29
BALOG‘AT DAVRIDA SHAXSNING O‘ZLIKNI ANGLASH VA IDENTIFIKATSIYA QILISH JARAYONLARI
Mazkur ilmiy maqolada balog‘at davrida shaxsning o‘zligini anglash va identifikatsiya qilish jarayonlari tahlil qilinadi. O‘sib kelayotgan yosh organizm psixikasi o‘zgarishga uchrab, shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya vositalari orqali o‘zligini shakllantirishga intiladi. Tadqiqotda Erikson va boshqa psixologlarning nazariy yondashuvlari asosida o‘zlikni anglash bosqichlari, ularning yosh xususiyatlari bilan bog‘liqligi, shuningdek, o‘zlik krizisi va uni yengib o‘tish mexanizmlari yoritilgan. Amaliy jihatdan bu jarayonlar maktab, oila va tengdoshlar muhiti bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-05-29
YETUKLIK DAVRIDA PSIXOLOGIK RIVOJLANISHNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Mazkur ilmiy maqolada yetuklik davrida shaxsning psixologik rivojlanish jarayonlari, bu bosqichning asosiy xususiyatlari, E. Erikson va boshqa psixologlarning nazariyalari asosida izohlangan. Shaxsning emotsional, kognitiv, ijtimoiy va shaxsiy o‘sishi, psixologik barqarorlik, ijtimoiy rollar va o‘zini anglash kabi jihatlar tahlil qilingan. Yetuk shaxs rivojiga ta’sir etuvchi omillar va psixologik muammolar yoritilgan.
2025-05-29
IDROKNING GENDER TAFOVUTLARIGA PSIXOLOGIK YONDASHUV
Ushbu maqolada idrok jarayonining genderga xos xususiyatlari psixologik jihatdan tahlil etiladi. Ayol va erkak kishilarning idrok qilish uslublari, kognitiv strategiyalari va hissiy reaktsiyalaridagi farqlar ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, gender tafovutlarining neyropsixologik asoslari va sotsiokultural ta’sirlari ham ko‘rib chiqiladi.
2025-05-29
TEACHING ENGLISH AS A SECOND LANGUAGE IN PRESCHOOL EDUCATION
Learning English as a second language at preschools has been being implemented for a few years in Uzbekistan. Since that so many methods have been experienced in order to get success in teaching. Teaching children at the age of 5-6 should be sociable and unusual. It requires creativity and tools that interest children. However, some teachers complain of not getting concentration of children at preschool even though the room is equipped with everything needs. So only authentic materials is not enough to teach children suitibly. This article reveals effective ways of teaching and teaching strategies.
2025-05-29
