«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-07-05
Статьи
PEDAGOG XODIMLARNING UZLUKSIZ MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirishning mazmun-mohiyati zamonaviy yondashuvlar hamda xorijiy tajribalar asosida keltirib oʻtilgan, shuningdek, uzluksiz malaka oshirish orqali pedagoglarning kasbiy kreativligini rivojlantirish omillari tahlil qilindi.
2025-07-07
ENHANCING SPEAKING FLUENCY THROUGH FORMATIVE ASSESSMENT IN UZBEK EFL CLASSROOMS
This thesis investigates the effect of formative assessment techniques on the speaking fluency of Uzbek EFL learners. The study highlights the effectiveness of self-assessment, peer feedback, and immediate oral responses in improving students’ spoken English performance. A mixed-method approach was used involving 30 pre-intermediate learners over six weeks. Data collected through pre- and post-tests, questionnaires, and classroom observations were analyzed. Findings suggest that regular formative evaluation not only boosts speaking skills but also increases learners’ engagement and confidence in classroom communication. The study concludes with recommendations for integrating formative assessment strategies into Uzbek EFL teaching practices.
2025-07-07
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BO’LAJAK IQTISODCHI MUTAXASSISLARDA MAXSUS KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASINING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu tezis ishi oliy ta’lim muassasalarida boʻlajak iqtisodchi mutaxassislarda maxsus kompetensiyalarni shakllantirish metodikasining pedagogik xususiyatlariga bagʻishlangan. Global iqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida raqobatbardosh kadrlarga boʻlgan talab ortib borayotganligi sababli, mazkur mavzu dolzarbligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotda iqtisodiy taʼlim tizimida mavjud muammolar, xususan, amaliyot bilan bogʻliqlikning yetarli emasligi va zamonaviy metodikalarning kamligi kabi masalalar koʻrib chiqiladi.
2025-07-09
XITOY VA O’ZBEK TILI QON QARINDOSHLIK TERMINLARINING ETIMOLOGIK TAHLILI
Ushbu maqolada xitoy va o‘zbek tillarida mavjud qon-qarindoshlik terminlarining etimologik xususiyatlari tahlil qilingan. Ikkala tilga xos bo‘lgan terminlarning shakllanish jarayoni, tarixiy ildizlari va semantik rivojlanishi qiyosiy-lingvistik yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Maqolada qon-qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi asosiy terminlar taqqoslab, ularning kelib chiqishiga ta’sir etgan ijtimoiy, madaniy va lingvistik omillar yoritilgan. Tadqiqot natijalari xitoy va o‘zbek tillari o‘rtasidagi madaniy yaqinlik va semantik o‘xshashliklarni aniqlashga yordam beradi.
2025-07-09
MAHKUM PSIXOLOGIYASI VA RESOTSIALLASHTIRISH VAZIFALARI
Mahkumning psixologiyasi mahkumning xulq-atvori va atrof-muhit bilan o'zaro munosabati, motivatsiyasi, qadriyat yo'nalishlari, e'tiqodlari, hissiyotlari va boshqa ko'plab muhim jihatlarini o'rganadi. Psixologik tadqiqot natijalari mahkumning deviant xatti-harakatlarining sabablarini aniqlashga yordam beradi va unga turli xil hayotiy vaziyatlarga munosib javob berishni va boshqa odamlar bilan konstruktiv ijtimoiy munosabatlarni o'rnatishni o'rganishga yordam beradi.
2025-07-09
XORAZM DOSTONLARI TILIDA UCHRAYDIGAN REAL VA NOREAL SHAXS NOMLARI
ushbu maqolada Xorazm dostonlari matnlarida uchraydigan kishi nomlarining leksik-semantik jihatlari yuzasidan fikrlar o‘rin olgan. Shuningdek, maqolada dostonlarimiz tilidagi shaxs nomlarining tarixda yashagan real shaxslarning nomlari hamda voqealar bayoni uchun o‘ylab topilgan, to‘qima nomlarga ajratilgan holda mulohaza yuritiladi.
2025-07-10
BO‘LAJAK HARBIY TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
Ushbu maqolada bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Metodik yondashuvlar, shaxsiy-psixologik tayyorgarlik, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy-tashkiliy muhit hamda xorijiy tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish jarayonlari o‘rganiladi. O‘zbekiston harbiy ta’lim tizimidagi yangilanishlar va pedagogik innovatsiyalar kontekstida kreativlikni oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak harbiy pedagoglarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda harbiy ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish uchun ilmiy-amaliy asoslarni yaratishga qaratilgan.
2025-07-11
BENEFITS OF GAMIFICATION IN STUDENT LEARNING
The article examines the use of gamification in foreign language learning, highlighting its potential to motivate students, enhance engagement, and improve learning outcomes. By integrating game elements like rewards and levels, educators can make language acquisition more interactive and effective. The study emphasizes the importance of aligning game objectives with learning goals and presents gamification as a modern tool for today’s digitally-oriented learners.
2025-07-14
BO‘LAJAK SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLILIGINING RIVOJLANGANLIGI MEZONLARI
Ushbu maqola bo'lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini baholash va rivojlantirish uchun ilmiy asoslangan mezonlarni belgilash hamda bu mezonlarning amaliy tatbiqini tahlil qilishga qaratilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida eshitish qobiliyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash muammosi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini objektiv baholash mezonlari mavjud emasligi bu sohada sifatli kadrlar tayyorlashga to'sqinlik qilmoqda. Ishlab chiqilgan mezonlar pedagogika universiteti va malaka oshirish kurslarida surdopedagoglar tayyorlash sifatini yaxshilash, shuningdek, mavjud mutaxassislarning malakasini baholash uchun qo'llanilishi mumkin. Surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish uchun tizimli yondashuv zarur bo'lib, bu jarayon doimiy monitoring va baholash asosida amalga oshirilishi kerak.
2025-07-14
TALABALAR O‘QUV FAOLIYATINI PEDAGOGIK IMPROVIZATSIYA ASOSIDA RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR
Mazkur maqolada pedagogik improvizatsiyaning mohiyati va u orqali talabalar o‘quv faoliyatini rivojlantirish omillari tahlil qilinadi. Improvizatsion metodikaning zamonaviy ta’limdagi o‘rni, talabaning motivatsiyasi, ijodiy fikrlashi va erkin muloqot muhitini yaratishdagi ahamiyati asosli adabiyotlar tahlili orqali asoslab beriladi.
2025-07-14
INKLYUZIV TA’LIM – HAMMA UCHUN TENG IMKONIYATLAR
Mazkur maqolada inklyuziv ta’limning mazmuni, maqsadi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Inklyuziv ta’lim tizimi barcha bolalarning, jumladan, jismoniy, aqliy yoki ijtimoiy imkoniyatlari cheklangan bolalarning ham umumiy ta’lim tizimida teng va samarali ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, uning jahon va O‘zbekiston tajribasidagi o‘rni, shuningdek, pedagogik yondashuvlar, muammo va yechimlar tahlil qilinadi. Ta’limda teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy adolatga erishish va har bir o‘quvchining shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish inklyuziv ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ko‘rsatiladi.
2025-07-16
OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARI KURSANTLARIDA OILAVIY QADRIYATLARNI TARBIYALASH TAMOYILLARI VA YONDASHUVLARI
Aksiologik va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar dissertatsion tadqiqotning metodologik asosi bo‘ldi. Ta’lim yoki tarbiyaga “yondashuv” atamasini turli yo‘nalishlarda ko‘rib chiqish mumkin: ijtimoiy ong tashuvchilari bo‘lgan ta’lim va tarbiya sub’ektlarining asosiy ijtimoiy va madaniy ko‘rsatmalarini aks ettiruvchi dunyoqarash kategoriyasi sifatida yoki uning barcha tarkibiy qismlarini o‘z ichiga olgan ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘z-o‘zini tashkil etish sifatida va boshqalar. “Yondashuv” kategoriya sifatida ta’lim va tarbiya metodlari, shakllari va usullarini o‘z ichiga oladi va belgilaydi. Ushbu yondashuvlarni tadqiq qilishga o‘tishdan oldin “asos” tushunchasini ko‘rib chiqish kerak. Mazkur atamani tahlil qilgan V.Yu.Novojilovning fikrlariga ko‘ra, bu tushuncha orol bo‘lib, qolgan qismlarga tayanch vazifasini o‘taydi [16].
2025-07-18
XORIJ PSIXOLOGLARI TADQIQOTLARIDA SHAXS MUVAFFAQIYATLI KASBIY KARERA MUAMMOSINING NAZARIY TAHLILI
“Karyer” fenomenini o‘rganish bilan turli ilmiy yo‘nalishlar va maktablar shug‘ullanadi. Sosiologlar, siyosatshunoslar, iqtisodchilarning tadqiqotlarida shaxsning kasbiy ko‘nikma va malakalarni to‘plash jarayonida mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishiga e’tibor qaratilgan. Faqat psixologiyada birinchi marta kasbiy karyera shaxsning rivojlanishi, shaxsiy o‘zini o‘zi anglash va kasbda o‘zini o‘zi rivojlantirish sifatida tilga olindi.
2025-07-18
O’SPIRIN SHAXSI SHAKLLANISHIDA ONLAYN O’YINLARNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI
Maqolada o’spirinlarda onlayn o’yinlar o'ynashning ijobiy va salbiy tomonlari ko'rib chiqiladi. Onlayn o’yinlarning an'anaviy sog'liq uchun zararli ekanligidan farqli o'laroq, hozirgi davrda bayon qilinayotgan, o’yinlarning ijobiy ta’siri kabi yangi qarashlar batafsil tavsiflanadi. Bugungi kunda olimlar va psixologlar onlayn o'yinlar mutloq zararli degan dalilga qarshi chiqishlari aslida, ular o'yinlarning ijobiy ta'sirini isbotlash uchun bir qator g’oyalarni olg’a surishlariga alohida e'tibor qaratiladi.
2025-07-18
OʻSMIRLARDA KARERANI TANLASH DAVRIDA YUZAGA KELUVCHI IDENTIFIKATSION KRIZISLARNING PSIXOLOGIK TAHLILI
Maqolada oʻsmirlik davridagi yoshlarning kasbiy identifikatsiya jarayonida yuzaga keluvchi inqiroz holatlarining psixologik jihatlari chuqur tahlil qilingan. Oʻsmirlik yosh davrining oʻziga xos xususiyatlari, ayniqsa, shaxsning oʻzini anglash, kelajakka oid rejalar tuzish va kasbiy yoʻnalishni tanlashda identifikatsion krizislarning sabablari va namoyon boʻlish shakllari psixologik nazariyalar asosida ochib berilgan. Identifikatsion krizislarning oʻsmirlar shaxsiyati rivojiga ta’siri, uning oldini olish va bartaraf etishda psixologik yordam mexanizmlari muhokama qilingan. Mualliflar tomonidan mazkur krizislarning yechimini topishda oʻsmirlarning psixologik salohiyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.
2025-07-21
QOʻZI DAVLAT ASARLARIDA SINONIMLARNING QO‘LLANILISHI
Mazkur maqolada Qo‘zi Davlatning nasriy asarlarida sinonimlardan foydalanishning badiiy-uslubiy jihatlari tahlil qilingan. Muallifning til boyligi va ifoda mahorati aynan sinonimik vositalar orqali qanday namoyon bo‘lishi, sinonimlarning obraz yaratish, emotsional holatlarni ifodalash, til musiqiyligini ta’minlash hamda mualliflik pozitsiyasini yetkazishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, uslubiy sinonimlar, xalqona va adabiy til uyg‘unligi hamda semantik nozikliklar asosida sinonimlarning badiiy qiymati tahlil etilgan.
2025-07-21
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA ERTAKLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Mazkur tezis ingliz tilini o‘rganish jarayonida o‘zbek xalq ertaklaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini yoritadi. Ertaklar til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirib, o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantiradi, madaniy ongni mustahkamlaydi hamda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
2025-07-22
MODELLASHTIRILGAN HAYVONLARDA HUJAYRA KELIB CHIQISHINI O‘RGANISH
Mazkur maqolada modellashtirilgan laboratoriya hayvonlarida hujayra differensiatsiyasi va proliferatsiyasi jarayonlarini o‘rganish usullari, mexanizmlari hamda ularning klinik ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotlarda ishlatiladigan usullar, molekulyar mexanizmlar, signal uzatish yo‘llari va modellar tavsiflangan.
2025-07-24
O’ZBEKISTON VA TOJIKISTON MADANIY ALOQALARI
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida 1991-yildan beri mustaqil davlat bo’lib kelayotgan O’zbekiston va Tojikistonning mustaqillikdan to hozirgi kungacha madaniy sohada ikki davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar to’g’risida boradi. Ikki qardosh xalqimiz uzoq yillik qon qarindoshlik an’analariga amal qilib kelmoqda.
2025-07-25
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH DARAJALARI
ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy faolligini rivojlantirishda pedagog va psixolog olimlarning fikrlari tahlil qilingan, ijodiy faollikni rivojlantirishning darajalari yoritilgan, shuningdek, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijodiy faolligini baholash qoidalari keltirilgan.
2025-07-28
MODERN TECHNOLOGIES IN MOTHER TONGUE LESSONS: INTERACTIVE WHITEBOARDS AND MULTIMEDIA PRESENTATIONS
This article explores the effective use of modern technologies, such as interactive whiteboards and multimedia presentations, in mother tongue lessons at the primary education level. The integration of digital tools into the teaching process enhances student engagement, improves comprehension, and promotes interactive learning. The study discusses the methodological approaches to applying these technologies in language instruction, highlights their pedagogical benefits, and provides practical examples of classroom implementation. It also addresses the challenges teachers may face and offers suggestions for effective use.
2025-07-29
5–7-SINF “TARBIYA” DARSLARIDA AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada 5–7-sinf o‘quvchilarining tarbiyaviy jarayonida axloqiy qadriyatlar asosida ijtimoiy faollikni shakllantirish metodikasi yoritilgan. O‘quvchilarning jamiyatdagi o‘z o‘rnini anglash, ijtimoiy mas’uliyatni his qilish, axloqiy qarorlar qabul qilishga layoqatini rivojlantirishda “Tarbiya” darsining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, dars jarayonida axloqiy qadriyatlarni singdirish orqali o‘quvchilarni faol fuqarolik pozitsiyasiga yo‘naltirish bo‘yicha samarali metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, muhokamalar, rolda ijro metodlari va interaktiv yondashuvlar tavsiya etiladi.
2025-07-29
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA PEDAGOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida pedagogik madaniyatni rivojlantirishning asosiy omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Pedagogik madaniyat – o‘qituvchi va talabalarda kasbiy axloq, muloqot madaniyati, estetik qarashlar va mas’uliyat hissini shakllantiruvchi ko‘p qirrali tushuncha sifatida yoritilgan. Muallif pedagogik madaniyatni shakllantirishga ta’sir etuvchi ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-pedagogik, psixologik va texnologik omillarni aniqlab, ularning o‘zaro bog‘liqligini asoslagan. Xususan, o‘quv jarayonida madaniy muhitni yaratish, o‘qituvchining shaxsiy namunasi, talabalarning faol ishtiroki va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining qo‘llanilishi pedagogik madaniyat rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Maqolada oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatlar tahlil qilinib, madaniy yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.
2025-07-31
ЧУВСТВО ВИНЫ: КОГДА ОНО ПОЛЕЗНО, А КОГДА РАЗРУШАЕТ
Чувство вины - это одно из самых сложных и противоречивых эмоциональных состояний, которое может быть как полезным механизмом саморегуляции, так и разрушительной силой, влияющей на психическое здоровье. В статье рассматриваются позитивные и негативные аспекты вины, её формирование в разных возрастных периодах, а также способы осознания и работы с этим чувством. Особое внимание уделяется роли воспитания и культурных норм в развитии склонности к вине.
2025-07-31
EVALUATING THE IMPACT OF REFLECTIVE TEACHING PRACTICES IN TESOL PRE-SERVICE TRAINING: A MIXED-METHODS STUDY
This study examines the impact of reflective teaching practices on TESOL pre-service teacher training programs. Through a comprehensive literature review and analytical framework, the research explores how reflective practices enhance pedagogical competencies, critical thinking skills, and professional development among future English language teachers. Findings indicate that structured reflective practices significantly improve pre-service teachers' classroom management skills, lesson planning abilities, and cultural sensitivity. The research contributes to understanding effective TESOL teacher preparation methodologies and provides recommendations for integrating reflective practices into pre-service training curricula.
2025-07-31
VIRTUAL AND BLENDED LEARNING: OPPORTUNITIES AND CHALLENGES
Over the past few decades, increased digitization has been transforming education infrastructure globally. Particularly with the COVID-19 crisis, virtual and blended models of learning became an emergency response but a feasible and long-lasting solution to future schooling. The thesis examines benefits and potential created by virtual and blended models, with practical challenges experienced during implementation.
2025-07-31
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNING DIAGNOSTIK BAHOLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Raqamli texnologiyalar bugungi kunda ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ayniqsa, diagnostik baholash kabi doimiy monitoringni talab qiluvchi faoliyatda raqamli vositalar o‘qituvchilarga real va tezkor ma’lumotlarni tahlil qilish, baholash va teskari aloqa berish imkonini yaratadi.. Bu holat nafaqat o‘quv-uslubiy jarayonni o‘zgartirdi, balki baholashning mazmuni, vositalari va metodikasiga ham tubdan yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Xususan, diagnostik baholash - o‘quvchining bilim holatini, ehtiyojlarini, xatolarini va rivojlanish trayektoriyasini aniqlashga xizmat qiluvchi baholash turi - raqamli vositalar bilan uyg‘unlashganda samaradorlik jihatidan mutlaqo yangi imkoniyatlar kasb etadi.
2025-07-31
ISTERIYA NEVROZI SHAKLLANISHI HAQIDA TUSHUNCHALAR
Tarixiy jihatdan isteriya nevrozi asosan "ayollar" muammosi sifatida qabul qilingan, bu qisman "hystera" (bachadon) atamasining qadimgi yunoncha kelib chiqishi bilan bog'liq. Biroq, zamonaviy tibbiy yondashuvlar bu g'oyalarni uzoq vaqtdan beri rad etdi. Bugungi kunda ma'lumki, buzilish har ikki jinsdagi odamlarda rivojlanishi mumkin va anatomiya bilan emas, balki shaxsiyatni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari va psixotravmatik hodisalar bilan bog'liq.
2025-07-31
MAKTABLARDA KVANT FIZIKASI ASOSLARINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida kvant fizikasi asoslarini o‘qitishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari, metodik asoslari hamda bu yo‘nalishdagi dolzarb muammolar yoritilgan. An’anaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi orqali o‘quvchilarda nazariy bilim bilan birga amaliy tafakkurni shakllantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Kvant fizikasi tushunchalarining murakkabligiga qaramay, ularni oddiy, bosqichma-bosqich, tushunarli va interaktiv usullar bilan o‘rgatish samaradorligi isbotlangan. Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ilg‘or xorijiy tajribalar va STEAM yondashuvi asosida kvant fizikasi o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi, o‘quv materiallarini tanlash va baholash mezonlari kabi jihatlar ham ko‘rib chiqiladi. Mazkur maqola o‘qituvchilarga yangi metodik yondashuvlarni ishlab chiqishda nazariy asos va amaliy yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.
2025-07-31
