«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-09-06
Статьи
СПЕЦИФИКА СЕМЕЙНЫХ КОНФЛИКТОВ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ФУНКЦИОНИРОВАНИЕ СЕМЕЙНОЙ СИСТЕМЫ
В статье рассматривается специфика семейных конфликтов и их влияние на функционирование семейной системы. Особое внимание уделяется супружеским и межпоколенческим конфликтам, включая конфликты между невесткой и свекровью, которые оказывают значительное воздействие на устойчивость семьи.
2025-09-05
MALAKALI DASTURCHILARNI YETKAZIB BERISH UCHUN DASTURLASH FANINI O'QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Semiotika - belgilar haqidagi fan - belgilar va belgilar tizimlarini talqin qilish jarayonlarini, shuningdek, insonning turli xil texnik qurilmalar bilan o'zaro ta'siri jarayonlarini o'rganadi. Semiotikaning asoslari dastlab falsafa va tilshunoslikda (C.Morris) ishlab chiqilgan bo‘lsada, belgilar tizimlarining murakkabligi tufayli semiotik yondashuv asta-sekin fanlararo (aloqa nazariyasi, kibernetika, kompyuter lingvistikasi) bilim sohalarida umumiy uslubiy yondashuvga aylandi[1]. A.B.Solomonika, V.I.Fominlarning asarlari semiotika g‘oyalari va tamoyillarini o‘quv jarayonida qo‘llash muammosiga bag‘ishlangan[2][5]. Semiotikaning g‘oya va tamoyillarini axborot texnologiyalarini o‘qitishda qo‘llash masalalari N.A.Kurganova, K.Bauman, N.I. Rijovalar talabalarning murakkab belgi-ramz tizimlari bilan o'zaro ta'sirini o'rgatishda semiotik yondashuvdan foydalanadilar. Maqolada ta’limda talabalarga semiotik yondashuv asosida dasturlash paradigmalari fanining funksional paradigma bo‘limini o‘qitish modeli taklif etilgan. Ta'lim modeli doirasida biz "o'qituvchi tomonidan tashkil etilgan rejani tushunamiz, talabalarning o'quv jarayonini amalga oshirish uchun asos bo'lgan talabalarning ustuvor faoliyat sxemasini" ko'rib chiqamiz[6].
2025-09-05
MARGINALLIKNING RIVOJLANISHI – TURLI OG‘MA NORASMIY GURUHLARNING KENGAYISHI
Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy va madaniy tizimlarning keskin o‘zgarishi natijasida ayrim shaxslar yoki guruhlar mavjud ijtimoiy tuzilmalar bilan uzviy bog‘lanishni yo‘qotadi. Bunday holat “marginallik” deb ataladi. Marginallik shaxsning ikki yoki undan ortiq ijtimoiy tizim o‘rtasida uzoq muddat muvozanatsiz holatda qolishi, hech bir guruhga to‘liq mansubligini his qila olmasligi bilan namoyon bo‘ladi.
2025-09-08
TESTOLOGIYA VA UNING TARIXIY RIVOJLANISHI
Ushbu maqolada testologiya fanining nazariy asoslari, tarixiy evolyutsiyasi va zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada testologiyaning asosiy yo‘nalishlari: ta’lim testologiyasi, psixodiagnostika, kadrlar testologiyasi va klinik testologiya masalalari yoritilgan. Testologiyaning qadimgi davrlardan zamonaviy davrgacha bo‘lgan tarixiy rivojlanish bosqichlari, shuningdek, sun’iy intellekt va virtual reallik kabi zamonaviy texnologiyalarning testologiyaga ta’siri o‘rganilgan. Maqolada testologiyaning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari va muammolariga alohida e’tibor qaratilgan.
2025-09-08
ПРЕОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ РУССКОГО ЯЗЫКА
В статье рассматриваются активные процессы и основные факторы, влияющие на развитие современного русского языка. А также, ключевые аспекты современного состояния русского языка. Семантические, прагматические и функциональные особенности. Приводится характеристика динамических процессов в сфере лексических интенсификаторов в русском языке новейшего периода.
2025-09-09
SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA XOTIN-QIZLAR OBRAZINING TALQINI
Ushbu maqolada Alisher Navoiy, Kaykovus, Jaloliddin Rumiy kabi allomalarning xotin va ayol haqidagi fikrlari oʻrganiladi, tahlil va xulosa qilinadi. Xalq maqollari va hadislardan namunalar keltirish orqali mavzuning ahamiyati ochib beriladi.
2025-09-10
BOSHQARUVDA GENDER MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada boshqaruv tizimida gender munosabatlarning psixologik xususiyatlari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Jamiyatda erkak va ayol rahbarlarning boshqaruv jarayonida tutgan o‘rni, ularning qaror qabul qilish uslublari, kommunikativ malakalari hamda shaxslararo munosabatlarga ta’siri psixologik jihatdan yoritilgan. Maqolada gender yondashuvning boshqaruv samaradorligiga ta’siri, rahbarlikda hissiy-intellektual muvozanatni saqlashning ahamiyati, shuningdek, gender stereotiplari va ularning boshqaruv psixologiyasiga ta’siri ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari rahbarlik faoliyatida gender tengligi va psixologik muvozanatni ta’minlash orqali boshqaruvning sifatini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
2025-09-11
BOLA RUHIYATINING SHAKLLANISHIDA ILK YILLARNING AHAMIYATI: ONTOGENEZ NUQTAYI NAZARIDAN YONDASHUV
Ushbu maqolada bola ruhiyatining shakllanish jarayoni, ayniqsa hayotining ilk yillari psixologik ontogenez nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Ontogenez bosqichlari, ularning bola emotsional, ijtimoiy va kognitiv rivojlanishiga ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Maqolada Jean Piaget, Erik Erikson, Lev Vygotskiy, Jon Bowlby kabi olimlarning qarashlari va zamonaviy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Ilk yillardagi pedagogik va psixologik yondashuvlarning bola ruhiy salomatligiga ta’siri asoslab beriladi.
2025-09-11
HUQUQ-TARTIBOT IDORALARI XODIMLARIDA STRESSGA BARDOSHLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOIK XUSUSIYATLARI
Mazkur tezisda huquq-tartibot idoralari xodimlarida stressga bardoshlilikni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Kasbiy faoliyat jarayonida uchraydigan yuqori xavf, keskin vaziyatlar, jismoniy va emotsional bosim xodimlarning ruhiy holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois stressga bardoshlilik — professional samaradorlikni ta’minlovchi va shaxsiy barqarorlikni mustahkamlovchi muhim psixologik sifat hisoblanadi. Tezisda stressning manbalari, huquq-tartibot xodimlarida uchraydigan psixologik zo‘riqish omillari, shuningdek, stressga bardoshlilikni rivojlantirish mexanizmlari yoritiladi.
2025-09-12
AMERIKA DIALEKTLARINING LEKSIK-SEMANTIK JIHATLARI TAHLILI
Ushbu tezis Amerika Qo‘shma Shtatlarida tarqalgan ingliz tili dialektlarining leksik-semantik xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda Amerika ingliz tilining Shimoliy-Sharqiy, Janubiy, O‘rta G‘arbiy va G‘arbiy dialektlaridagi leksik boylik, semantik o‘zgarishlar va ularning ijtimoiy-madaniy kontekstdagi o‘rni o‘rganiladi. So‘zlarning mintaqaviy farqlari, polisemiya, sinonimiya va semantik evolyutsiya jarayonlari korpus lingvistikasi usullari yordamida tahlil qilinadi. Tadqiqotda dialektlarning shakllanishida tarixiy migratsiya, etnik guruhlarning ta’siri va ijtimoiy omillar muhim rol o‘ynashi ko‘rsatiladi. Shuningdek, globallashuv va ommaviy axborot vositalarining dialektlarning leksik-semantik xususiyatlariga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Tezis Amerika ingliz tilining xilma-xilligini va uning global til sifatidagi ahamiyatini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.
2025-09-12
OLIY TA’LIMDA “KOMPYUTER TARMOQLARI” FANINI O‘QITISHDA DASTURIY TA’MINOT KOMPLEKSINI LOYIHALASH TAMOYILLARI
The article analyzes the principles of designing a software complex for teaching the subject "Computer Networks" in higher education. It emphasizes the importance of digital learning technologies, modular design, and interactive platforms in improving the quality of training. Based on the research, the main pedagogical, methodological and technological approaches to the effective organization of the educational process in the context of digitalization are proposed.
2025-09-12
BOSHLANG‘ICH SINF TARBIYA DARSLARIDA MILLIY VA UMUMMADANIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH: XALQARO TAJRIBALAR VA MILLIY AMALIYOT
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf tarbiya darslarida milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Xalqaro tajribalar (Finlandiya, Yaponiya, Germaniya) o‘rganilib, ularning O‘zbekiston amaliyoti bilan qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Didaktik vositalar va interfaol metodlar asosida o‘quvchilarda milliy qadriyatlarni singdirish, global madaniyatga moslashuv va bag‘rikenglikni shakllantirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
2025-09-15
BO‘LAJAK TARIX FANI O’QITUVCHILARINI TESTOLOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASI
Ushbu maqolada testologiya tushunchasi, uning tarix fani o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, bo‘lajak o‘qituv-chilarni testlarni tuzish, tahlil qilish va samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar, o‘quvchilarni baholashda testlar turini tanlash, baholash jarayonini tahlil qilish va test natijalarini samarali foydalanish yo‘llari yoritilgan.
2025-09-15
“ISLOM BANKI MAHSULOTLARINI JORIY ETISH” (O‘ZBEKISTON BANK TIZIMI MISOLIDA)
Jahonda moliya bozorida islom bankchiligi alohida yo‘nalish sifatida shakllanib, global aktivlari trillionlab dollarni tashkil etmoqda. Islomiy moliya tizimi Shariat qoidalariga tayanadi va uning asosiy xususiyati — foizsiz moliyaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdir.
2025-09-17
INGLIZ VA O‘ZBEK KINODISKURSINING NAZARIY HAMDA AMALIY JIHATLARI
Mazkur tezisda kinodiskurs tushunchasi va uning ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. Diskursning umumiy ta’rifi, turlari hamda kinodiskursning o‘ziga xos xususiyatlari M. Fuko, T. van Deyk va Yu. Lotman qarashlari asosida tahlil qilinadi. O‘zbek va ingliz kinodiskursi qiyosiy jihatdan o‘rganilib, ularning lingvokulturologik farqlari va umumiy tomonlari ochib beriladi. O‘zbek kinodiskursida milliy qadriyatlar, tarixiy mavzular va ma’naviy meros yetakchilik qilsa, ingliz kinodiskursida individualizm, global muammolar va ommaviy madaniyat ustunlik qiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kinodiskurs jamiyat tafakkurini shakllantirish, ijtimoiy ongni tarbiyalash va milliy identitetni namoyon etishda muhim vosita sifatida talqin qilinadi.
2025-09-17
HARBIY XIZMATCHILARDA STRESSNING NAMOYON BO‘LISHI
ushbu maqolada harbiy xizmatchilarini amaliy tayyorlashning psixologik jihatlari va ularning stress holatidan chiqish mexanizmlarining mohiyati yoritilgan.
2025-09-17
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI MUQOBILSIZ LEKSIKA MASALASI BUGUNGI GLOBALIZATSIYA DAVRIDA TARJIMA, LUG‘AT TUZISH VA TIL O‘QITISHDA MUHIMLIGI
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida uchraydigan muqobilsiz leksika birliklari, ularni tarjima qilish usullari hamda ikki tilli lug‘atlarda talqin qilish tamoyillari yoritilgan. Globalizatsiya davrida muqobilsiz leksikaning xalqlararo muloqot va madaniyatlararo aloqalarda tutgan o‘rni tahlil qilinadi.
2025-09-17
OʻTKIR HOSHIMOV HIKOYALARIDA YOSHLAR TARBIYASINING DIDAKTIK JIHATLARI ("BAHOR QAYTMAYDI", "IKKI ESHIK ORASI" ASARLARI MISOLIDA)
Ushbu tadqiqot O'tkir Hoshimovning "Bahor qaytmaydi" qissasi va "Ikki eshik orasi" romanida yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasining didaktik jihatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada yozuvchining asarlarida aks etgan tarbiyaviy g'oyalar, axloqiy qadriyatlar va ularning zamonaviy yoshlar ta'limiga qo'llash imkoniyatlari o'rganilgan. Adabiyot tahlili usulidan foydalanib, asarlardagi didaktik elementlar, pedagogik tamoyillar va tarbiyaviy vositalar sistemali tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, O'tkir Hoshimov asarlarida yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy mas'uliyat, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi tarbiyaviy masalalar chuqur badiiy shaklda ifodalangan. Tadqiqot O'zbek adabiyotining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini va badiiy asarlarning didaktik salohiyatini namoyish etadi.
2025-09-18
“BAHTH AL-MAТĀLIB WA HASS AL-ТĀLIB” ИБН ФАРХАТА – ИЗВЕСТНЫЙ ТРАКТАТ ПО ГРАММАТИКЕ АРАБСКОГО ЯЗЫКА XVIII ВЕКА
Статья посвящена грамматическому трактату маронитского архиепископа Джирмануса (Гавриила) Ибн Фархата “Bahth al-maTālib wa hass al-Tālib”, созданному в XVIII веке. Этот труд рассматривается как одно из наиболее значимых сочинений по арабской грамматике, сыгравшее ключевую роль в образовательной системе Османской империи и сохранившее свою актуальность вплоть до XX века. В работе анализируются социально-исторический контекст распространения трактата, его многочисленные рукописные и печатные редакции, причины широкой популярности, а также восприятие и оценки исследователей. Отмечается педагогическая направленность трактата, религиозная нейтральность и доступность изложения, благодаря которым он использовался как в христианских, так и в мусульманских школах. Автор статьи также рассматривает критику в адрес сочинения, подчеркивая его как источник, сочетающий традиции классической арабской филологии и потребности образования Нового времени.
2025-09-22
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA BADIIY-IJODIY QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Maqolada badiiy-ijodiy qobiliyatlarning mohiyati, ularning psixologik asoslari (tasavvur, divergent tafakkur, emotsional sezgirlik, estetik idrok) hamda ta’lim jarayonida shakllantirishning pedagogik tamoyillari yoritiladi. Vygotskiy, Leontev, Teplov qarashlari bilan birga zamonaviy didaktik yondashuvlar (shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, STEAM, dizayn-tafakkur) integratsiyasi asosida kompetensiyaviy model taklif qilinadi. Maqolada dars va to‘garaklar uchun amaliy mashg‘ulot ssenariylari, baholash mezonlari va monitoring usullari berilgan.
2025-09-22
BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARI ORQALI OʻQUVCHILARDA MANTIQIY FIKRLASHNI OʻSTIRISHNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf matematika darslarining oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirishdagi oʻrni va ahamiyati yoritilgan. Matematikaning nafaqat hisoblash ko‘nikmalarini, balki tahliliy va mantiqiy fikrlash, muammo yechish malakalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metodlar keltirilgan.
2025-09-22
TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING AMALDAGI HOLATI VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Maqolada talabalarni texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning amaldagi holati hamda uni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Hozirgi ta’lim tizimida texnik ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, mavjud sharoit va metodik ta’minot talab darajasida emasligi kuzatiladi. O‘quv jarayonida texnik ijodkorlik faoliyati ko‘pincha nazariy bilimlar bilan cheklanib, amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq qo‘llanilmayapti. Shu bois, texnik ijodkorlikka tayyorlashni takomillashtirish uchun o‘quv dasturlariga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, amaliy tajribaga asoslangan topshiriqlarni ko‘paytirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va talabalar motivatsiyasini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.
2025-09-23
OTORINOLARINGOLOGIYA FANINING SHAKLLANISHI VA TIBBIY TA’LIMDA SAR (SIMULATION, ANALYZE, REFLECTION) MODELI ASOSIDAGI INNOVATSION YONDASHUVLAR
Otorinolaringologiyaning dastlabki boshlang‘ich asoslari qadimgi Sharq, Misr, Yunoniston va Hindiston tibbiyotida uchraydi. Bu davrda tibbiyot hali mustaqil fan sohalariga ajralmagan bo‘lsa-da, inson bosh va bo‘yinning yuqori qismida joylashgan a’zolar — quloq, burun va tomoq bilan bog‘liq kasalliklarni davolashga oid amaliy tajribalar va kuzatuvlar mavjud bo‘lgan. Masalan, Miloddan avvalgi 3000-yillarda qadimgi Misr tabiblari burun qonashlarini to‘xtatish, quloqdagi yiringli holatlarni tozalash bo‘yicha muayyan amaliyotlarga ega bo‘lganlar. Papirus Ebers (M. avv. 1550 y.)da burun va halqum sohasidagi kasalliklar tavsifi, ularni davolashda o‘simliklardan tayyorlangan aralashmalar haqida ma’lumotlar berilgan .
2025-09-23
TALABALARNING FALSAFIY BILIMLARINI SHAKLLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING ILMIY-METODIK TIZIMI
Mazkur maqolada talabalarning falsafiy bilimlarini shakllantirish jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishning ilmiy-metodik tizimi tahlil qilingan. Sun’iy intellekt texnologiyalari falsafa fanini o‘qitishda yangi yondashuvlarni joriy etishga, talabalarning mantiqiy fikrlashini kengaytirishga va tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish falsafiy tushunchalarni chuqur o‘zlashtirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va talabalarda mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini berishi asoslab berilgan. Oliy ta’limda bu tizimning afzalliklari va istiqbollari ham ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-09-23
FAVQULODDA VAZIYATLARDA ICHKI ISHLAR AKADEMIYASI KURSANTLARINING EMOTSIONAL BARQARORLIGINI SHAKLLANTIRISH METODIK ASOSLARI
Mazkur maqolada ichki ishlar akademiyasi kursantlarining favqulodda vaziyatlarda emotsional barqarorligini shakllantirish metodik asoslari tahlil qilingan. Bugungi globallashuv davrida xavfsizlik tizimining samaradorligi nafaqat kasbiy tayyorgarlik, balki psixologik chidamlilik va ruhiy mustahkamlik darajasiga ham bevosita bog‘liqdir. Kursantlarning emotsional barqarorligi ularga og‘ir sharoitlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, stressni boshqarish va vaziyatni nazorat qilish imkonini beradi. Tadqiqotda innovatsion treninglar, simulyatsion mashg‘ulotlar va refleksiv metodlardan foydalanish samarali yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu yondashuvlar kursantlarning ruhiy salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-09-23
RAQAMLI MUZEY TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MADANIY-MA’RIFIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada raqamli muzey texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning madaniy-ma’rifiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Madaniy-ma’rifiy kompetensiya — bu shaxsning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarashi, madaniy merosni anglash va uni jamiyat taraqqiyoti uchun targ‘ib qilish qobiliyati hisoblanadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar muzey pedagogikasining yangi bosqichini shakllantirib, virtual muzeylar, 3D eksponatlar, multimedia dasturlar va onlayn ko‘rgazmalar orqali ta’lim jarayonini boyitmoqda. Maqolada raqamli muzey pedagogikasining nazariy asoslari, uning ta’lim jarayoniga integratsiyasi, xorijiy va milliy tajribalar, istiqbolli yo‘nalishlar va metodik yondashuvlar keng yoritilgan.
2025-09-23
KAR VA ZAIF ESHITUVCHI YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu tadqiqotning maqsadi kar va zaif eshituvchi yuqori sinf o‘quvchilarida axborot kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlash va tizimli yondashuvlarni ishlab chiqishdir. Tadqiqotda axborot kompetensiyasi tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi roli, shuningdek, eshitish qobiliyati cheklangan o‘quvchilar uchun maxsus metodik yondashuvlar tahlil qilindi. Nazariy asoslar sifatida pedagogika, inkluziv ta’lim, informatsion texnologiyalar va kommunikativ kompetensiya nazariyalari asosida yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, axborot kompetensiyasini rivojlantirishda multimodal ta’lim vositalari, vizual va interaktiv resurslardan foydalanish samarali bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil axborot qidirish, tahlil qilish va baholash qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi. Ushbu nazariy tadqiqot inkluziv ta’lim jarayonida axborot kompetensiyasini shakllantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-09-23
TALABA QIZLARDA OILAVIY QADRIYATLARGA NISBATAN IJOBIY USTANOVKALARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MODELI
Ushbu maqolada talaba qizlarda oilaviy qadriyatlarga nisbatan ijobiy ustanovkalarni shakllantirish ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim omil ekanligi haqida fikr yuritilgan. Maqolada talaba qizlarda oilaviy qadriyatlarga nisbatan ijobiy ustanovkalarni shakllantirishning, insonning butun umri davomida shakllanib boruvchi murakkab tizim ekanligi haqida ma’lumot berilgan.
2025-09-23
SANOAT IQTISODIYOTIGA TO’G’RIDAN TO’G’RI INVESTITSIYALARNI JALB ETISH BO’YICHA XORIJ TAJRIBASI
Jahon hamjamiyatida globalizatsiya jarayoni kechmoqda. Globalizatsiya jarayoniga qo’shilish bu dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlikda bo’lish, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohadagi davlat siyosatining o’zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Shu nuqtai-nazardan O’zbekiston jahon hamjamiyati oldida bugungi kunda o’zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo xaritasida geografik joylanishi, tabiiy resurslarining tarkibi va zaxirasi, hukumat olib borayotgan investitsiya siyosati va boshqalar bilan muhim rol o’ynaydi. Bu esa, o’z navbatida, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay investitsiya muhiti barpo etish zaruriyatini ko’rsatadi.
2025-09-23
ДИСТАНЦИОННОЕ И ОНЛАЙН-ОБУЧЕНИЕ В ПРЕПОДАВАНИИ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ
В последние годы стремительное развитие цифровых технологий значительно трансформировало сферу образования, особенно в области преподавания иностранных языков. Традиционное обучение в классе, ранее считавшееся основным методом, постепенно заменяется или дополняется дистанционными и онлайн-формами обучения. Пандемия COVID-19 стала катализатором этих изменений, заставив образовательные учреждения по всему миру срочно переходить на виртуальные платформы.
2025-09-24
DAVLAT XUSUSIY SHERIKCHILIKDAGI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTINI BOSHQARISH VA MUVOFIQLASHTIRISH
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tizimi uzluksiz taʼlimning birlamchi, eng asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga koʻra, inson oʻz umri davomida oladigan barcha axborot va maʼlumotning 70 foizini 5 yoshgacha boʻlgan davrda oladi. Ana shu dalilning oʻzi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishida Maktabgacha va maktab taʼlim muassasasida olgan tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol koʻrsatib turibdi.
2025-09-25
BOLAJAQ TÁRBIYASHILARDI KÁSIPLIK ISKERLIKKE TAYARLAWDA QÁNIYGELIK ÁMELIYATTIŃ ÁHMIYETI
Úzliksiz bilimlendiriw sistemasınıń birinshi basqıshı bolǵan mektepke shekemgi bilimlendiriw jasındaǵı balalardı tálim-tárbiyası júdá quramalı process bolıp, bul processde mádeniy hám ruwxıy turmısqa tiyisli dáslepki túsinikler balalar sanasında qáliplestiredi. Bunday quramalı processti ámelge asırıwda tárbiyashılıq iskerligin juwapkershilik penen orınlawshı qániygelerdi tayarlawda ayırım ilimiy jantasıwlar tiykarında jaratılǵan pedagogikalıq ámeliyat ayrıqsha áhmiyetke iye boladı.
2025-09-26
O‘ZBEK XALQ PEDAGOGIKASIDA OILAVIY TARBIYANING O‘RNI
Ushbu maqolada o’zbek xalq pedagogikasida oilaning tarbiyaga ahamiyati va tarbiyada nimalarga e’tibor berilishi kerakligi haqida keltirib o’tilgan. Bizning allomalarimiz olimlarimizning oiladagi tarbiyani bollaga zarur ekanligi bolada qanday tarbiya turlarini shakllantirishni ochib berilgan.
2025-09-29
OLIY TA’LIMNING BOSHLANG‘ICH BOSQICHIDA TALABALARNING IJTIMOIY XULQ-ATVORI: MUAMMO VA YECHIMLAR
Maqolada oliy ta’limning boshlang‘ich bosqichida talabalarining ijtimoiy xulq-atvorini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida pedagogik yondashuvlarning o‘rni tahlil qilinadi. Oliy ta’limga endigina qadam qo‘ygan talabalar uchun ijtimoiy moslashuv, muloqot ko‘nikmalari, mas’uliyat hamda hamkorlikning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, interfaol metodlar, hamkorlikda o‘qitish va qadriyatga yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligi ilmiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi.
2025-09-29
INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES FOR ENHANCING SPEAKING SKILLS IN ESL CLASSROOMS: FOCUS ON INTROVERTED LEARNERS
The development of speaking skills remains one of the most challenging aspects of English as a Second Language (ESL) instruction, particularly among introverted learners in secondary comprehensive schools. This paper provides a theoretical and analytical review of innovative pedagogical technologies designed to support speaking skill development while addressing the specific needs of introverted students. Drawing on the works of Krashen (1982) and his Input and Affective Filter Hypotheses, Vygotsky’s (1978) socio-cultural theory, and contemporary approaches such as Communicative Language Teaching (CLT) and Task-Based Language Teaching (TBLT), the study emphasizes the integration of digital tools, adaptive learning environments, and low-anxiety classroom strategies. The analysis concludes that pedagogical technologies, when carefully adapted, can foster confidence, reduce language anxiety, and enable gradual yet sustainable improvement in speaking proficiency for introverted learners.
2025-09-30
BO‘LAJAK TARIX O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KOGNITIV KOMPETENSIYANING AHAMIYATI
Ushbu ilmiy maqola bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida kognitiv kompetensiyaning o‘rni va ahamiyatini atroflicha tahlil qiladi. Kognitiv kompetensiya tushunchasi, uning nazariy asoslari, rivojlantirish usullari va pedagogik shart-sharoitlari keng ko‘lamda o‘rganiladi. Tadqiqotda kognitiv kompetensiyani rivojlantirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va tanqidiy fikrlashni shakllantirish hamda zamonaviy ta’lim talablariga moslashish masalalari muhokama qilinadi. Maqola eksperimental va nazariy tadqiqotlarga asoslanib, muammoli ta’lim, interaktiv metodlar va raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali kognitiv kompetensiyani rivojlantirishning samarali usullarini ko‘rsatadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida milliy tarix va qadriyatlar asosida kognitiv kompetensiyani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari alohida e’tibor markazida bo‘lib, bu jarayon yosh avlodda tarixiy ong va milliy o‘zlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqola bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatini optimallashtirish, ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalarni taqdim etadi. Tadqiqot natijalari nafaqat tarix o‘qituvchilarini tayyorlashda, balki umumiy pedagogik amaliyotda ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan universal yondashuvlarni ochib beradi.
2025-09-30
MASOFAVIY TA’LIMDA IJTIMOIY ALOQALARNING YETISHMASLIGI: PSIXOLOGIK OQIBATLARI VA UNI QOPLASH USULLARI
Masofaviy ta’lim (onlayn yoki elektron ta’lim) so‘nggi yillarda, ayniqsa COVID‑19 pandemiyasi davrida, keng tarqaldi. Bu yondashuv ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirdi, jismoniy cheklovlar va geografik cheklovlarni kamaytirdi. Biroq, masofaviy ta’lim bilan birga ijtimoiy aloqalarning sezilarli darajada kamayishi, yuzma‑yuz interaksiya, tasodifiy suhbatlar, guruh ishlari va jismoniy muloqot imkoniyatlari cheklangani kabi omillar paydo bo‘ldi. Bu holatlar talabalar va o‘qituvchilarda turli psixologik oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolaning maqsadi — masofaviy ta’limda ijtimoiy aloqalar yetishmasligining psixologik oqibatlarini o‘rganish, mavjud adabiyotlardan foydalangan holda ularni tahlil qilish, shuningdek bu muammoni bartaraf etish yoki kamaytirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
2025-09-30
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA ADABIY-NUTQIY KOMPETENSIYALARNI SHAKILLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi darslari orqali adabiy-nutqiy kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Adabiy-nutqiy kompetensiya — bu o‘quvchilarning badiiy matnni anglab o‘qish, uni tahlil qilish, estetik baho berish, shaxsiy fikr bildirish va og‘zaki-yozma muloqotda erkin ishtirok eta olish salohiyatini o‘z ichiga oladi. Mazkur kompetensiyalar nafaqat nutqiy rivojlanish, balki estetik, kommunikativ va tafakkuriy salohiyatning yuksalishiga ham xizmat qiladi.
2025-09-30
