TA’LIM MUASSASALARIDA KADRLAR ROTATSIYASINI BOSHQARISHNI RAQAMLI VA ANALITIK YONDASHUV ORQALI OPTIMALLASHTIRISH

Main Article Content

Abstract:

Mazkur tezis ta’lim muassasalarida kadrlar rotatsiyasini boshqarishni raqamli va analitik yondashuvlar orqali optimallashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tezisda kadrlar rotatsiyasining boshqaruv samaradorligiga, ta’lim sifatiga, rahbar kadrlarning strategik qaror qabul qilish qobiliyatiga va pedagogik jarayonlarning uzluksizligini ta’minlashga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli monitoring tizimlari va analitik metodlar yordamida subyektiv qarorlarni kamaytirish, kadrlarning malaka, kompetensiya, innovatsion faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, boshqaruv jarayonida ilmiy asoslangan va ma’lumotlarga tayangan yondashuvning pedagogik tamoyillari – tizimlilik, shaffoflik, ilmiylik, insonparvarlik va moslashuvchanlik – alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqot natijalari kadrlar rotatsiyasini samarali boshqarish orqali ta’lim sifatini doimiy monitoring qilish, resurslardan oqilona foydalanish, innovatsion boshqaruv modelini joriy etish va ta’lim muassasalarini raqamli transformatsiyaga tayyorlash imkonini beradi.

Article Details

How to Cite:

Xalberdiyev, Z. . (2026). TA’LIM MUASSASALARIDA KADRLAR ROTATSIYASINI BOSHQARISHNI RAQAMLI VA ANALITIK YONDASHUV ORQALI OPTIMALLASHTIRISH. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 5(4), 58–61. Retrieved from https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/74403

References:

Abdurahmonov Q.X., Rahimov M.M. Ta’lim menejmenti asoslari. – Toshkent: Fan, 2020.

Bush T. Theories of Educational Leadership and Management. – London: Sage Publications, 2020.

European Commission. Ethical Guidelines for Trustworthy AI. – Brussels, 2020.

Karimov U.U. Ta’lim menejmentida innovatsion yondashuvlar. “Ta’lim va innovatsiya” jurnali, 2021, №2.

Russell S., Norvig P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. – New Jersey: Pearson, 2021.

Salimova Z.T. Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni boshqaruv jarayoniga joriy etish masalalari. “Pedagogika” jurnali, 2022, №3.

Xodjayev B.X. Pedagogik boshqaruv nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.