YOSH OILA MUAMMOLARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Abstrak:

Mazkur maqolada yosh oila muammolarining ijtimoiy va psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Yosh oilaning shakllanish bosqichida uchraydigan iqtisodiy qiyinchiliklar, rol va majburiyatlarning taqsimlanishi, emotsional moslashuv jarayoni hamda muloqot madaniyatining ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq psixologik o‘zgarishlar va kengaytirilgan oila ta’siri ilmiy jihatdan asoslanadi. Muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari sifatida o‘zaro hurmat, konstruktiv muloqot va psixologik tayyorgarlik muhim omil sifatida ko‘rsatib beriladi. Barcha xalqlar uchun yosh oila muammolarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish hozirgi psixologiya fanining dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy psixologiyada oilaviy hayot muammolariga doir ilmiy tadqiqot ishlari qanchalik keng miqyosda olib borilmasin, uning hali yetarli darajada o‘rganilmagan tomonlari ham yuzaga kelmoqda. Shular jumlasiga yosh oilalarda er-xotin o’rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishini tadqiq etishni ham kiritish o‘rinlidir. Bu borada ko’plab psixolog olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

##submission.citations##:

G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010.

Andreeva G.M. Sotsialnaya psixologiya. – Moskva: Aspekt Press, 2001.

Kon I.S. Sotsiologiya lichnosti. – Moskva: Politizdat, 1987.

Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. – Toshkent: Universitet, 2012.

Gottman J.M. & Gottman J.S. (2015). 10 Principles for Doing Effective Couples Therapy. New York: W.W. Norton.

Lebow J. (2019). Couple and Family Therapy: An Integrative Map of the Territory (2nd ed.). Washington, DC: APA.

World Health Organization (2021). Strengthening family support systems: Global report. Geneva: WHO.