Joriy son
Jild 3 Nomeri 11 (2024): Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Nashr qilingan: 2024-11-06
Maqolalar
ТУРИЗМ ЙЎНАЛИШИДАГИ ТАЛАБАЛАРНИНГ ЧЕТ ТИЛ КАСБИЙ КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНЦИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ
Мазкур мақолада туризм соҳасидаги талабалар учун чет тил касбий коммуникатив компетенциясини шакллантириш жараёни кўриб чиқилади. Чет тилни ўрганиш нафақат тил билишни талаб қилади, балки туризм соҳасида самарали алоқа қилиш учун касбий маҳорат ва маданий компетенция ҳам зарурдир. Муаллиф томонидан туризм йўналишидаги талабаларнинг чет тил ўрганиши жараёнидаги ўзига хос қийинчиликлар муҳокама қилинади ва коммуникатив компетенцияни шакллантиришнинг самарали жиҳатлари ҳақида фикр юритилади.
2024-11-06
SADRIDDIN AYNIYNING “TOJIK ADABIYOTI NAMUNALARI”DA QO‘QON ADABIY MUHITINING O‘RNI
Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek mumtoz adabiyotining ajralmas qismi hisoblanib, u adabiyotimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Shuningdek, fors-tojik adabiyoti ravnaqi uchun ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada Sadriddin Ayniyning “Namunai adabiyoti tojik” nomli kitobi va ushbu to‘plamdan o‘rin olgan Qo‘qon adabiy muhiti vakillari haqida fikr yuritiladi.
2024-11-06
PEDAGOGIKA FANLARINI O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI
Mazkur maqolada pedagogika fanlarini o‘qitishda zamonaviy metodlarning roli va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri haqida so‘z boradi. Interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, aralash o‘qitish (blended learning), teskari sinf (flipped classroom), o‘yinlashtirish (gamification) kabi innovatsion usullarning taqdim etilishi, talabalarning bilim olish jarayonini yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, refleksiv va baholash metodlari orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, case-study orqali amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash kabi yondashuvlar ham kiritilgan. Ushbu metodlar pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalarning qiziqishini oshirib, ularning faol va mustaqil bilim olishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
2024-11-06
ONA TILI DARSLIKLARIDAGI AMALIY MASHQLARDA GAP BOʻLAKLARI TAHLILI
Berilgan ilmiy ishda maktab darsliklaridagi amaliy mashgʻulotlar qay tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida aniq va toʻgʻri maʼlumotlar bilan tanishishga harakat qilindi. Ishda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilar uchun kerakli boʻlgan, ular uchun muomolar tugʻdirgan masalalarga misollar yordamida yechim topiladi. Maktab oʻqituvchilari mashqlarni tahlil qilish jarayonida morfologik tahlil bilan sintaksis tahlilni almashib yuborishi kuzatilmoqda, shu sababdan bu mavzu tanlandi. Oʻquvchilar amaliy mashqlar orqali gap boʻlaklarini tushinish haqida bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qiladi.
2024-11-07
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING TARIXIY TARAQQIYOTI
Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim amaliyotiga qo‘llanilishi va bilim, ko‘nikma, malakalarning tarixiy taraqqiyoti va kompetensiyaga asoslangan ta’limning rivojlanishi tahlil qilingan.
2024-11-07
КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ АСОСИДА ТАЛАБАЛАРДА МУСТАҚИЛ ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРГАРЛИКНИНГ МАЗМУНИ
Халқаро меҳнат бозори талаблари, интеграцион жараёнларнинг жадаллашуви, рақамлаштириш, саноатдаги технологик инқилоблар замон талабларига мос кўникма ва малакаларга эга рақобатбардош ўрта бўғин мутахассисларини тайёрлашни, касб-ҳунар таълими соҳасида янги тизимни – халқаро андозаларга мос профессионал таълим тизимини ислоҳ қилишни талаб қилади. Президентимиз томонидан соҳада туб ислоҳотларни амалга ошириш ва замонавий профессионал таълим тизимини барпо этишнинг мақсад ва устувор вазифалари, бир сўз билан айтганда, соҳанинг янги миссияси белгилаб берилди. Шу маънода 2019 йилдаги “Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси тўғрисидаги” Қарорида бир қанча масалаларга алоҳида тўхталиб ўтилган бўлиб, шулардан:
2024-11-07
BOLALARDA ZAMONAVIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA – QO‘SHIMCHA (MAKTABDAN TASHQARI) TA’LIMNING O‘RNI
Mazkur maqolada xalqaro va yurtimizdagi maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning psixologik va pedagogik o‘ziga xosliklari ko‘rib chiqilgan. Psixologik va pedagogik jihatlarga urg‘u bergan holda maktabdan tashqari ta’lim jarayonini rivojlantirish, bu tajribali pedagoglar, qulay ta’lim shart-sharoitlari, erkin-ijodiy faoliyatni qo‘llab quvvatlashga bog‘liqligi tahlil qilingan. Maqola shaxsda bolalaikdan maktabdan tashqari ta’lim orqali zamonaviy shaxs ko‘nikmalarini rivojlantirish qisqacha o‘rganilgan.
2024-11-08
O’QUVCHILARNING MUVAFFAQIYATINI KUZATISHDA MENEJMENTNING ROLI
Эффективность системы образования можно повысить, определяя успехи учащихся и обеспечивая им адекватную поддержку. В данном исследовании рассматривается роль менеджмента в образовательных учреждениях в контроле и мотивации достижений учащихся. Актуальность темы заключается в том, что успешность учащихся является одним из основных показателей образовательного процесса, а процессы регулярного контроля и поддержки имеют важное значение в повышении качества образования.
2024-11-09
TA’LIM MUASSASALARIDA KADRLAR MENEJMENTI VA O’QITUVCHILAR MOTIVATSIYASI
Современная система образования переживает процесс постоянного обновления и развития, в котором особое значение приобретают эффективные стратегии управления персоналом и мотивации преподавателей. В данной дипломной работе даны рекомендации по оптимизации системы управления персоналом и мотивации преподавателей в образовательных учреждениях.
2024-11-09
O’QUV JARAYONIDA MENEJMENT VA LIDERLIK ROLINI OSHIRISH
Bugungi kunda ta'lim tizimi yangi talab va o'zgarishlarga javob bera olish uchun menejment va liderlik qobiliyatlarini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Asosiy e'tibor menejer va liderlar tomonidan samarali boshqaruv va yetakchilikning o'quv jarayoniga ta'siriga qaratilgan. Ta'lim jarayonida rahbarlik qilish, motivatsiya yaratish, maqsadlar belgilash va natijalarni kuzatishning muhim jihatlari o'rganiladi.Bugungi kunda ta’lim jarayoni yanada samarali va interfaol bo‘lishi uchun menejment va liderlik yondashuvlarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim menejmenti o‘quv jarayonida tashkilotchilik va boshqaruvni o‘z ichiga oladi, liderlik esa o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi.
2024-11-09
TA’LIMDA JAMOAVIY ISH VA MOTIVATSIYANI OSHIRISHDA MENEJMENTNING ROLI
В современной системе образования организация командной работы имеет важное значение в развитии образования, и в то же время повышение мотивации оказывает существенное влияние на эффективность образовательного процесса. В данной статье говорится об организации командной работы в образовании, ее влиянии на обучение, влиянии мотивации, а также роли менеджмента в повышении мотивации.
2024-11-09
PEDAGOGIK MALAKANI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Mazkur tezisda pedagogik malakani rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari, pedagogik faoliyatning sifatini oshirishga qaratilgan metod va usullar ko‘rib chiqiladi. O‘quv jarayonida ilg‘or texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishning samarali usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, pedagogik faoliyatni rejalashtirish va o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha tajribalar tahlil etiladi. Ushbu tezis pedagogik malaka tizimini takomillashtirish yo‘nalishida amaliy va nazariy ahamiyatga ega.
2024-11-11
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI
Ushbu maqolada maktablarda boshlang'ich ta'limning samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish usullari haqida so 'z yuritiladi. Shuningdek, maqola ko p yillik tajriba natijasida ustozlar tomonidan orttirilgan amaliyot orqali ta'limni eng ilg'or-effektiv yo 'llarini ko 'rsatib o'tadi va tahlill qiladi.
2024-11-12
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI KASBIY FAOLIYATGA YO‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Ushbu maqola kelajakdagi o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatiga yo‘naltirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik asoslarni o‘rganadi. Bu vakolatli o‘qituvchilarni shakllantirishda amaliy tajriba, nazariy bilim va aks ettirish amaliyotining muhimligini ta'kidlaydi. Tadqiqot o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha turli xil adabiyotlarni sintez qiladi, mavjud metodologiyalarni tahlil qiladi va o‘qituvchilarni tayyorlash dasturlariga tegishli natijalarni muhokama qiladi. Sifatli va miqdoriy yondashuvlar orqali topilmalar o‘qituvchilarning yo‘nalishini va kasbiy tayyorgarligini oshirishning samarali strategiyalarini ta'kidlaydi.
2024-11-12
HIKOYADA QAHRAMON PSIXOLOGIYASI
Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri boʻlgan Xurshid Doʻstmuhammadning ijodiy mahorati, yozuvchining uslubi haqida soʻz yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida yozuvchining “Vasiy” hikoyasi tanlab olingan.
2024-11-13
MАTNGА АSОSLАNGАN SАMАRАLI TА’LIM UCHUN MUHIM BО’LGАN О’QISH VА YОZISHDА АKS ЕTTIRUVCHI АMАLIYОTLАRNI RАG’BАTLАNTIRISH USULLАRI
О’qish vа yоzishdаgi samarali аmаliyоtlаr mаtngа аsоslаngаn sаmаrаli tа’lim uchun аsоs bо’lib, о’quvchilаrgа yаnаdа chuqurrоq jаlb qilish, tаnqidiy fikrlаsh vа bilimlаrni shаxsiy tаjribа bilаn bоg’lаsh imkоnini bеrаdi. Ushbu mаqоlа ushbu аmаliyоtlаrni rаg’bаtlаntirish usullаrini о’rgаnаdi, jumlаdаn jurnаllаr, tuzilgаn аks еttirish sаvоllаri, tеngdоshlаrning fikr-mulоhаzаlаri vа rаqаmli vоsitаlаr. Ushbu usullаr о’z-о’zini аnglаsh vа аnаlitik fikrlаshni rivоjlаntirаdi, о’qish vа yоzishni раssiv vаzifаlаrdаn fаоl, аks еttiruvchi о’rgаnish tаjribаsigа аylаntirаdi.
2024-11-15
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK HUSUSIYATLARI
Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim tarbiya jarayonida frontal mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil etish metodikasi yoritib berilgan.
2024-11-18
BADIIY ASARDA TABIAT, HAYVON, O'SIMLIK KABI EPIZODLAMING QO'LLANILISHI
Ushbu maqolada, badiiy asarning chuqur ma'no mohiyatini yoritib beruvchi, badiiy adabiyotning azaliy qudratini anglatuvchi obrazlar haqida. Badiiy asarda tabiat, hayvon, o’simlik kabi obrazlarning qo’llanish mohiyati.
2024-11-18
BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA TA’LIM PLATFORMALARI ORQALI KASBIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH
Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ta’lim platformalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning dolzarbligi, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishda ta’lim platformalarining samaradorligi yoritilgan.
2024-11-18
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA BU JARAYONNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish usullari va bu jarayonning ta’limdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish – ularning mustaqil fikrlashi, muammolarni hal qilishda yangicha yondashuvlarni o‘rganishi, shaxsiy o‘sish va rivojlanishlari uchun muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, maqolada kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlarning roli, ayniqsa, rasm, ertak, kreativ topshiriqlar orqali o‘quvchilarni ijodkorlikka o‘rgatish usullari yoritiladi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi va ota-onalarning hamkorligi va ijtimoiy muhitning o‘rni ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
2024-11-18
PEDAGOG KADRLAR MASALASI VA GENDER TENGLIK
Ushbu maqolada pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati, pedagogning jamiyat va yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni shuningdek pedagogic faoliyatda gender tenglik masalari ham yoritib berilgan.
2024-11-18
NAZAR ESHONQULNING QISSALARI XUSUSIYATI
Bu maqolada Nazar Eshonqulning qissalari va ular haqida qisqacha tahlili bayon qilinib, unda mulallifning sarlavha qo‘yish mahorati va asarlardagi reallik hamda yozuvchini boshqa ijodkorlardan qanday farqli bo'lishi, uning o'ziga xos uslubi haqida so‘z boradi.
2024-11-18
ЭВОЛЮЦИЯ СЛОВ И ВЫРАЖЕНИЙ, ОТРАЖАЮЩИХ ЭТИЧЕСКИЕ ОЦЕНКИ ЧЕЛОВЕКА
В данной статье исследуется история слов и выражений, связанных с этической оценкой человека, выявляются основные этапы развития этики в истории человечества, а также обращается внимание на важность обсуждения нравственности для развития человеческого общества.
2024-11-18
BADIIY ASARDA TABIAT, HAYVON, O'SIMLIK KABI EPIZODLAMING QO'LLANILISHI
Ushbu maqolada, badiiy asarning chuqur ma'no mohiyatini yoritib beruvchi, badiiy adabiyotning azaliy qudratini anglatuvchi obrazlar haqida. Badiiy asarda tabiat, hayvon, o’simlik kabi obrazlarning qo’llanish mohiyati.
2024-11-18
PEDAGOGIKANING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI VA RO‘LI
Ushbu maqolada pedagogikaning inson hayoti va jamiyat rivojlanishidagi o‘rni va ro‘li keng yoritib berilgan. Pedagogikaning nazariy va amaliy asoslari, uning shaxsni shakllantirish va rivojlantirishdagi ta’siri, madaniy merosni uzatish, ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish, shuningdek, iqtisodiy va innovatsion rivojlanishga ko‘maklashishdagi ahamiyati tahlil qilingan.
2024-11-19
BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGI
Dunyo misli ko'rilmagan sur'atlarda rivojlanmoqda va mutaxassislar bugungi kunda texnologiya fanini o'n yil oldin qanday o'qitilgan bo'lsa, xuddi shunday o'qitish mumkin emasligini ta'kidlamoqda. Pedagogika darslari nafaqat pedagogik yangiliklari bilan talabalarni o'ziga jalb qilishi, balki o'quv materialini turli fanlardan amaliy ko'nikmalarga aylantirish nuqtasiga aylanishi mumkin. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarni kreativ kompetentligini rivojlantirishga oid tajriba sinov-natijalari, shaxsga xos kreativlik sifatlari, kreativ kompetentlikni rivojlantirish omillari, yo'llari hamda kreativ o'qitishning metod va strategiyalari yoritib berilgan.
2024-11-20
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA METODIK-DIDAKTIK YONDASHUV
Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun o‘ziga xos bo‘lgan asosiy guruhni o‘yin usullari tashkil etish va bu o‘yinlardan turli metodlar ichida foydalanish orqali samarali ta’lim berish haqida boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyati va ijodkorlikka yo‘naltirish metodik yondashuv asosida shakllantirish nazariyasi va amaliyotida ma’lumki, eng samarali yondashuv tasviriy faoliyat ko‘rganini chizish va o‘rganini tasvirlash o‘z ichiga oladi.
2024-11-20
XORAZM VILOYATIDA GILAMCHILIK SAN’ATINING RIVOJI
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Xorazm viloyatida gilamchilik san’atining rivoji va unda ayollarning roli xususida ma‘lumotlar keltirilgan.
2024-11-20
NEYROPEDAGOGIKA ORQALI TA’LIMNI TASHKIL ETISH MASALALARI
Ushbu tezis neyropedagogika orqali ta'limni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan. Neyropedagogika, pedagogika va nevrologiyaning integratsiyasidan kelib chiqqan holda, ta'lim jarayonini miyaning ishlash prinsiplari va asab tizimining xususiyatlariga moslashtirishni maqsad qiladi. Maqolada neyropedagogikaning asosiy prinsiplari, ta'limda qo‘llaniladigan uslublar, o‘quvchilarning o‘rganish jarayoniga bo‘lgan ta'siri va bu yondashuvni joriy etishdagi muammolar muhokama qilinadi.
2024-11-20