«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2024-11-06

ТУРИЗМ ЙЎНАЛИШИДАГИ ТАЛАБАЛАРНИНГ ЧЕТ ТИЛ КАСБИЙ КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНЦИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ

Мазкур мақолада туризм соҳасидаги талабалар учун чет тил касбий коммуникатив компетенциясини шакллантириш жараёни кўриб чиқилади. Чет тилни ўрганиш нафақат тил билишни талаб қилади, балки туризм соҳасида самарали алоқа қилиш учун касбий маҳорат ва маданий компетенция ҳам зарурдир. Муаллиф томонидан туризм йўналишидаги талабаларнинг чет тил ўрганиши жараёнидаги ўзига хос қийинчиликлар муҳокама қилинади  ва коммуникатив компетенцияни шакллантиришнинг самарали жиҳатлари ҳақида фикр юритилади.

Абдуллаева Феруза Суюновна

4-5

2024-11-06

SADRIDDIN AYNIYNING “TOJIK ADABIYOTI NAMUNALARI”DA QO‘QON ADABIY MUHITINING O‘RNI

Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek mumtoz adabiyotining ajralmas qismi hisoblanib, u adabiyotimiz  taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan.  Shuningdek, fors-tojik adabiyoti ravnaqi uchun ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada Sadriddin Ayniyning “Namunai adabiyoti tojik” nomli kitobi va ushbu to‘plamdan o‘rin olgan Qo‘qon adabiy muhiti vakillari haqida fikr yuritiladi.

Maftuna Shomurodova

6-10

2024-11-06

PEDAGOGIKA FANLARINI O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI

Mazkur maqolada pedagogika fanlarini o‘qitishda zamonaviy metodlarning roli va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri haqida so‘z boradi. Interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, aralash o‘qitish (blended learning), teskari sinf (flipped classroom), o‘yinlashtirish (gamification) kabi innovatsion usullarning taqdim etilishi, talabalarning bilim olish jarayonini yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, refleksiv va baholash metodlari orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, case-study orqali amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash kabi yondashuvlar ham kiritilgan. Ushbu metodlar pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalarning qiziqishini oshirib, ularning faol va mustaqil bilim olishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Fayzullayeva Dilnura Husan qizi

11-15

2024-11-06

ONA TILI DARSLIKLARIDAGI AMALIY MASHQLARDA GAP BOʻLAKLARI TAHLILI

Berilgan ilmiy ishda maktab darsliklaridagi amaliy mashgʻulotlar qay tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida aniq va toʻgʻri maʼlumotlar bilan tanishishga harakat qilindi. Ishda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilar uchun kerakli boʻlgan, ular uchun muomolar tugʻdirgan masalalarga misollar yordamida yechim topiladi. Maktab oʻqituvchilari mashqlarni tahlil qilish jarayonida morfologik tahlil bilan sintaksis tahlilni almashib yuborishi kuzatilmoqda, shu sababdan bu mavzu tanlandi. Oʻquvchilar amaliy mashqlar orqali gap boʻlaklarini tushinish haqida bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qiladi.

Turdiqulova Kumushoy Mahmudovna

16-19

2024-11-07

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING TARIXIY TARAQQIYOTI

Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim amaliyotiga qo‘llanilishi va bilim, ko‘nikma, malakalarning tarixiy taraqqiyoti va kompetensiyaga asoslangan ta’limning rivojlanishi  tahlil qilingan.

Safarova Nargiza Bobomurodovna

20-21

2024-11-07

КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ АСОСИДА ТАЛАБАЛАРДА МУСТАҚИЛ ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРГАРЛИКНИНГ МАЗМУНИ

Халқаро меҳнат бозори талаблари, интеграцион жараёнларнинг жадаллашуви, рақамлаштириш, саноатдаги технологик инқилоблар замон талабларига мос кўникма ва малакаларга эга рақобатбардош ўрта бўғин мутахассисларини тайёрлашни, касб-ҳунар таълими соҳасида янги тизимни – халқаро андозаларга мос профессионал таълим тизимини ислоҳ қилишни талаб қилади. Президентимиз томонидан соҳада туб ислоҳотларни амалга ошириш ва замонавий профессионал таълим тизимини барпо этишнинг мақсад ва устувор вазифалари, бир сўз билан айтганда, соҳанинг янги миссияси белгилаб берилди. Шу маънода 2019 йилдаги “Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси тўғрисидаги” Қарорида бир қанча масалаларга алоҳида тўхталиб ўтилган бўлиб, шулардан:

Бурханов Суннат Улуғбек ўғли

22-25

2024-11-07

BOLALARDA ZAMONAVIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA – QO‘SHIMCHA (MAKTABDAN TASHQARI) TA’LIMNING O‘RNI

Mazkur maqolada xalqaro va yurtimizdagi maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning psixologik va pedagogik o‘ziga xosliklari ko‘rib chiqilgan. Psixologik va pedagogik jihatlarga urg‘u bergan holda maktabdan tashqari ta’lim jarayonini rivojlantirish, bu tajribali pedagoglar, qulay ta’lim shart-sharoitlari, erkin-ijodiy faoliyatni qo‘llab quvvatlashga bog‘liqligi tahlil qilingan. Maqola shaxsda bolalaikdan maktabdan tashqari ta’lim orqali zamonaviy shaxs ko‘nikmalarini rivojlantirish qisqacha o‘rganilgan.

Abdullayev Akobr Shokir o‘g‘li

26-28

2024-11-08

O’QUVCHILARNING MUVAFFAQIYATINI KUZATISHDA MENEJMENTNING ROLI

Ta’lim tizimining samaradorligi o‘quvchilarning muvaffaqiyatini aniqlash va ularga yetarlicha ko‘mak berish orqali oshirilishi mumkin. Ushbu tadqiqotda ta'lim muassasalarida menejmentning o‘quvchilarning muvaffaqiyatini kuzatish va ularni rag‘batlantirishdagi roli o‘rganilgan. Mavzuning dolzarbligi shundaki, o‘quvchilarning muvaffaqiyati ta'lim jarayonining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi va ularni muntazam kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlash jarayonlari ta'lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Djumaniyazova Muxayyo Atabekovna

29-31

2024-11-09

TA’LIM MUASSASALARIDA KADRLAR MENEJMENTI VA O’QITUVCHILAR MOTIVATSIYASI

Hozirgi zamonaviy ta'lim tizimi doimiy yangilanish va rivojlanish jarayonini boshdan kechirmoqda, bu jarayonda kadrlar boshqaruvi va o‘qituvchilarni rag'batlantirishning samarali strategiyalari alohida ahamiyatga ega. Ushbu tezisda ta'lim muassasalarida kadrlar menejmenti va o‘qituvchilar motivatsiyasi tizimini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Djumaniyazova Muxayyo Atabekovna

32-33

2024-11-09

O’QUV JARAYONIDA MENEJMENT VA LIDERLIK ROLINI OSHIRISH

Bugungi kunda ta'lim tizimi yangi talab va o'zgarishlarga javob bera olish uchun menejment va liderlik qobiliyatlarini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Asosiy e'tibor menejer va liderlar tomonidan samarali boshqaruv va yetakchilikning o'quv jarayoniga ta'siriga qaratilgan. Ta'lim jarayonida rahbarlik qilish, motivatsiya yaratish, maqsadlar belgilash va natijalarni kuzatishning muhim jihatlari o'rganiladi.Bugungi kunda ta’lim jarayoni yanada samarali va interfaol bo‘lishi uchun menejment va liderlik yondashuvlarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim menejmenti o‘quv jarayonida tashkilotchilik va boshqaruvni o‘z ichiga oladi, liderlik esa o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi.

Turdaliyev Zulfiqor Baxromovich

34-36

2024-11-09

TA’LIMDA JAMOAVIY ISH VA MOTIVATSIYANI OSHIRISHDA MENEJMENTNING ROLI

Zamonaviy ta’lim tizimida jamoaviy sih tashkil etish, ta’limni rivojlanishida muhim hisoblanadi, shu bilan birga motivatsiyani oshishi , ta’lim jarayonidagi samaradorlikka kata ta’sir qiladi. Ushbu maqolada ta’limda jamoaviy ish tashkil etish, uning ta’limga ta’siri, motivatsiyani ta’siri, motivatsiyani oshirishda menejmentni roli haqida aytib o’tilgan.

Turdaliyev Zulfiqor Baxromovich

37-38

2024-11-09

PEDAGOGIK MALAKANI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

Mazkur tezisda pedagogik malakani rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari, pedagogik faoliyatning sifatini oshirishga qaratilgan metod va usullar ko‘rib chiqiladi. O‘quv jarayonida ilg‘or texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishning samarali usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, pedagogik faoliyatni rejalashtirish va o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha tajribalar tahlil etiladi. Ushbu tezis pedagogik malaka tizimini takomillashtirish yo‘nalishida amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

Ergasheva G.M.

39-41

2024-11-11

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI

Ushbu maqolada maktablarda boshlang'ich ta'limning samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish usullari haqida so 'z yuritiladi. Shuningdek, maqola ko p yillik tajriba natijasida ustozlar tomonidan orttirilgan amaliyot orqali ta'limni eng ilg'or-effektiv yo 'llarini ko 'rsatib o'tadi va tahlill qiladi.

Ahmadjonova Manzuma Qodirovna

42-44

2024-11-12

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI KASBIY FAOLIYATGA YO‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu maqola kelajakdagi o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatiga yo‘naltirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik asoslarni o‘rganadi. Bu vakolatli o‘qituvchilarni shakllantirishda amaliy tajriba, nazariy bilim va aks ettirish amaliyotining muhimligini ta'kidlaydi. Tadqiqot o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha turli xil adabiyotlarni sintez qiladi, mavjud metodologiyalarni tahlil qiladi va o‘qituvchilarni tayyorlash dasturlariga tegishli natijalarni muhokama qiladi. Sifatli va miqdoriy yondashuvlar orqali topilmalar o‘qituvchilarning yo‘nalishini va kasbiy tayyorgarligini oshirishning samarali strategiyalarini ta'kidlaydi.

Qo‘qonboyeva Durdona Faxriddin qizi

45-48

2024-11-12

HIKOYADA QAHRAMON PSIXOLOGIYASI

Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri boʻlgan Xurshid Doʻstmuhammadning ijodiy mahorati, yozuvchining uslubi haqida soʻz yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida yozuvchining “Vasiy” hikoyasi tanlab olingan.

Orazbaeva Asal

49-50

2024-11-13

MАTNGА АSОSLАNGАN SАMАRАLI TА’LIM UCHUN MUHIM BО’LGАN О’QISH VА YОZISHDА АKS ЕTTIRUVCHI АMАLIYОTLАRNI RАG’BАTLАNTIRISH USULLАRI

О’qish vа yоzishdаgi samarali аmаliyоtlаr mаtngа аsоslаngаn sаmаrаli tа’lim uchun аsоs bо’lib, о’quvchilаrgа yаnаdа chuqurrоq jаlb qilish, tаnqidiy fikrlаsh vа bilimlаrni shаxsiy tаjribа bilаn bоg’lаsh imkоnini bеrаdi. Ushbu mаqоlа ushbu аmаliyоtlаrni rаg’bаtlаntirish usullаrini о’rgаnаdi, jumlаdаn jurnаllаr, tuzilgаn аks еttirish sаvоllаri, tеngdоshlаrning fikr-mulоhаzаlаri vа rаqаmli vоsitаlаr. Ushbu usullаr о’z-о’zini аnglаsh vа аnаlitik fikrlаshni rivоjlаntirаdi, о’qish vа yоzishni раssiv vаzifаlаrdаn fаоl, аks еttiruvchi о’rgаnish tаjribаsigа аylаntirаdi.

Xоjаyеvа Mаlikаxоn Nоsirjоn qizi

51-53

2024-11-15

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK HUSUSIYATLARI

Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim tarbiya jarayonida  frontal mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil etish metodikasi yoritib berilgan.

Yuldasheva Zulayho

54-56

2024-11-18

BADIIY ASARDA TABIAT, HAYVON, O'SIMLIK KABI EPIZODLAMING QO'LLANILISHI

Ushbu maqolada, badiiy asarning chuqur ma'no mohiyatini yoritib beruvchi, badiiy adabiyotning azaliy qudratini anglatuvchi obrazlar haqida. Badiiy asarda tabiat, hayvon, o’simlik kabi obrazlarning qo’llanish mohiyati.

To’lqunov Bunyodbek

57-59

2024-11-18

BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA TA’LIM PLATFORMALARI ORQALI KASBIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ta’lim platformalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning dolzarbligi, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishda ta’lim platformalarining samaradorligi yoritilgan.

Ruzimova Yulduzxon Jumanazar qizi

60-62

2024-11-18

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA BU JARAYONNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish usullari va bu jarayonning ta’limdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish – ularning mustaqil fikrlashi, muammolarni hal qilishda yangicha yondashuvlarni o‘rganishi, shaxsiy o‘sish va rivojlanishlari uchun muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, maqolada kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlarning roli, ayniqsa, rasm, ertak, kreativ topshiriqlar orqali o‘quvchilarni ijodkorlikka o‘rgatish usullari yoritiladi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi va ota-onalarning hamkorligi va ijtimoiy muhitning o‘rni ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.

Ortiqova Nilufar Erkin qizi

63-65

2024-11-18

PEDAGOG KADRLAR MASALASI VA GENDER TENGLIK

Ushbu maqolada pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati, pedagogning jamiyat va yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni shuningdek pedagogic faoliyatda gender tenglik masalari ham  yoritib berilgan.

Sevara Yo‘ldashova Nuraddinovna

66-68

2024-11-18

NAZAR ESHONQULNING QISSALARI XUSUSIYATI

Bu maqolada Nazar Eshonqulning  qissalari va ular haqida qisqacha tahlili bayon qilinib, unda mulallifning sarlavha qo‘yish mahorati va asarlardagi reallik hamda yozuvchini  boshqa ijodkorlardan qanday farqli bo'lishi, uning o'ziga xos uslubi haqida so‘z boradi.

Umarova Mashxura Olimbay qizi

69-71

2024-11-18

ЭВОЛЮЦИЯ СЛОВ И ВЫРАЖЕНИЙ, ОТРАЖАЮЩИХ ЭТИЧЕСКИЕ ОЦЕНКИ ЧЕЛОВЕКА

В данной статье исследуется история слов и выражений, связанных с этической оценкой человека, выявляются основные этапы развития этики в истории человечества, а также обращается внимание на важность обсуждения нравственности для развития человеческого общества.

Хроменкова Алина Владимировна , Усманова Галина Николаевна , Назирова Гулнара Рахмоновна

72-74

2024-11-18

BADIIY ASARDA TABIAT, HAYVON, O'SIMLIK KABI EPIZODLAMING QO'LLANILISHI

Ushbu maqolada, badiiy  asarning  chuqur  ma'no mohiyatini yoritib beruvchi, badiiy adabiyotning azaliy qudratini anglatuvchi obrazlar haqida. Badiiy asarda tabiat, hayvon, o’simlik kabi obrazlarning qo’llanish mohiyati.

To’lqunov Bunyodbek

75-77

2024-11-18

PEDAGOGIKANING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI VA RO‘LI

Ushbu maqolada pedagogikaning inson hayoti va jamiyat rivojlanishidagi o‘rni va ro‘li keng yoritib berilgan. Pedagogikaning nazariy va amaliy asoslari, uning shaxsni shakllantirish va rivojlantirishdagi ta’siri, madaniy merosni uzatish, ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish, shuningdek, iqtisodiy va innovatsion rivojlanishga ko‘maklashishdagi ahamiyati tahlil qilingan.

Ummatkulova Nigora, Safarova Mahliyo

78-80

2024-11-19

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGI

Dunyo misli ko'rilmagan sur'atlarda rivojlanmoqda va mutaxassislar bugungi kunda texnologiya fanini o'n yil oldin qanday o'qitilgan bo'lsa, xuddi shunday o'qitish mumkin emasligini ta'kidlamoqda. Pedagogika darslari nafaqat pedagogik yangiliklari bilan talabalarni o'ziga jalb qilishi, balki o'quv materialini turli fanlardan amaliy ko'nikmalarga aylantirish nuqtasiga aylanishi mumkin. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarni kreativ kompetentligini rivojlantirishga oid tajriba sinov-natijalari, shaxsga xos kreativlik sifatlari, kreativ kompetentlikni rivojlantirish omillari, yo'llari hamda kreativ o'qitishning metod va strategiyalari yoritib berilgan.

Abdurashitov Otabek Abdullajonovich

81-83

2024-11-20

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA METODIK-DIDAKTIK YONDASHUV

Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun o‘ziga xos bo‘lgan asosiy guruhni o‘yin usullari tashkil etish va bu o‘yinlardan turli metodlar ichida foydalanish orqali samarali ta’lim berish haqida boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyati va ijodkorlikka yo‘naltirish metodik yondashuv asosida shakllantirish nazariyasi va amaliyotida ma’lumki, eng samarali yondashuv tasviriy faoliyat ko‘rganini chizish va o‘rganini tasvirlash o‘z ichiga oladi.

Dadajanova Gulbaxor Melikuziyevna

84-87

2024-11-20

XORAZM VILOYATIDA GILAMCHILIK SAN’ATINING RIVOJI

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Xorazm viloyatida gilamchilik san’atining rivoji  va unda ayollarning roli xususida ma‘lumotlar keltirilgan.

Sabirov Gʻayrat Ruzimovich

88-89

2024-11-20

NEYROPEDAGOGIKA ORQALI TA’LIMNI TASHKIL ETISH MASALALARI

Ushbu tezis neyropedagogika orqali ta'limni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan. Neyropedagogika, pedagogika va nevrologiyaning integratsiyasidan kelib chiqqan holda, ta'lim jarayonini miyaning ishlash prinsiplari va asab tizimining xususiyatlariga moslashtirishni maqsad qiladi. Maqolada neyropedagogikaning asosiy prinsiplari, ta'limda qo‘llaniladigan uslublar, o‘quvchilarning o‘rganish jarayoniga bo‘lgan ta'siri va bu yondashuvni joriy etishdagi muammolar muhokama qilinadi.

Duschanova Nilufar Sabirbayevna

90-92

2024-11-20

O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH VA TANQIDGA MUNOSABATNI DIAGNOSTIKA QILISH

Mazkur maqolada o‘z-o‘zini nazorat qilish va tanqidga munosabatni diagnostika qilish masalalari o‘rganilgan. Zamonaviy jamiyatda shaxsning o‘zini o‘zi tahlil qilish, xatolarini tan olish va ularni tuzatish qobiliyatlari muvaffaqiyatning muhim omillari sifatida qaraladi. Ushbu jarayonlar shaxsiy va kasbiy rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada o‘z-o‘zini nazorat qilish va tanqidga munosabat shakllanishining psixologik va pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu ko‘nikmalarni aniqlash va rivojlantirishning samarali diagnostik usullari tavsiya etilgan. Tadqiqot natijalari ushbu ko‘nikmalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Kamilova Shaxnoza Murotbek qizi

93-97

2024-11-20

PEDAGOGLARDA PROKRASTINATSIYASI SINDROMINING NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Maqolada turli xil ta'riflar tahlili keltirilgan kechiktirish hodisasi, prokrastinatsiyaning o'ziga xos xususiyatlari (ogohlik, mantiqsizlik, salbiy oqibatlar va prokrastinatsiya bilan bog'liq salbiy tajribalar) muhokama qilinadi. Kechiktirishni o'rganishning zamonaviy yo'nalishlari ko'rib chiqiladi va ulardan eng rivojlangani kechiktirilgan vazifalarning xususiyatlarini va kechiktiruvchilarning individual va shaxsiy xususiyatlarini o'rganishdir. Oxirgi yo'nalishda prokrastinatsiya va nevrotizm, ekstraversiya, zehnlilik va boshqalar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish yanada istiqbolli hisoblanadi. Prokrastinatsiya fenomeni va shaxsiy xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik bo'yicha keyingi empirik tadqiqotlar uchun gipotezalar ilgari suriladi.

O‘rozboyeva Gulshanoy Ixtiyor qizi

98-101

2024-11-21

FEATURES OF TEACHING RUSSIAN LANGUAGE IN SCHOOLS OF UZBEKISTAN

This article reveals the features of teaching the Russian language in schools of Uzbekistan, and also examines the conditions for the formation of a linguistic personality and the role of methodological science in the development of communication abilities.

Mubinaxon Akbaraliyeva , S.Yu. Yuldasheva

102-105

2024-11-21

КОГНИТИВНАЯ ЛИНГВИСТИКА И ВЫРАЖЕНИЕ ПОНЯТИЯ КОНЦЕПТА В КОГНИТИВНОЙ ЛИНГВИСТИКЕ

В настоящее время концепт является одной из актуальных тем в современной лингвистике. Этот термин занимает важное место в когнитивной лингвистике. Данная статья акцентирует внимание на концепции. Хотя термин "понятие" используется как в когнитивной лингвистике, так и в лингвистике в целом, он имеет разное значение для этих двух направлений.

Набижонова Умидахон Фахриддин кизи

106-108

2024-11-21

TARKIBIDA QAND MIQDORI KAM BO‘LGAN SABZAVOT SUKATLARI TEXNOLOGIYASI

Maqolada respublikamizda keng yetishtiriladigan sabzavotlarni kayta ishlab sukat tayyorlash texnologiyasi yoritilgan. Sukat tayyorlash uchun olingan sabzavot xomashyolari arzon va organizm uchun foydasi beqiyosdir. Sukatlar tayyorlashda shakar o‘rniga boshqa turdagi xom-ashyo asal, topinabur siropidan foydalanilgan. Olingan tayyor sukatlarning sifati organoleptik usulda tekshirilgan va soha mutaxassislari hamda iste’molchilar tomonidan yuqori baholangan.

Azizov Olimjon Toxirovich, Mirabdullayev Nuriddin Xamidullo o’g’li

109-111

2024-11-22

TARIXIY ROMAN JANRIDA MAQSUD QORIYEV USLUBI

Maqolada tarixiy roman janri  hamda ushbu janrda qalam tebratgan Maqsud Qoriyevning o‘ziga xos uslubi, tarixiy asarlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Maqsud Qoriyev o‘z ijodida uslubni rivojlantiruvchi an’analardan ham samarali foydalangani va shu orqali ular rivojiga katta hissa qo‘shgani haqida to‘xtalib o‘tilgan

Mamurova Mushtari Maxammadjanovna

112-115

2024-11-22

GЕNDЕR INTЕGRАTSIYАLАSHGАN TАRIH O'QUV DАSTURINING SАMАRАDORLIGINI BАHOLАSH MЕZONLАRI

XXI аsrdа tа'lim o'quv dаsturlаridа gеndеr intеgrаtsiyаsigа, аyniqsа tаrix tа'limidа е'tibor ortib bormoqdа. Gеndеr intеgrаtsiyаlаshgаn tаrix o'quv dаsturi turli jinslаrning hissаlаri vа tаjribаlаrini tа'kidlаb, tаrixiy rivoyаtlаrgа yаnаdа kеngroq vа vаkillik nuqtаi nаzаrini tаqdim еtishgа qаrаtilgаn. Bundаy o'quv dаsturining sаmаrаdorligini bаholаsh tа'lim vа ijtimoiy mаqsаdlаrgа еrishishni tа'minlаydigаn аniq mеzonlаrni tаlаb qilаdi. Ushbu mаqolаdа gеndеr intеgrаtsiyаlаshgаn tаrix o‘quv dаsturining sаmаrаdorligini bаholаshning аsosiy mеzonlаri, jumlаdаn, mаzmunni qаmrаb olish, реdаgogik yondаshuvlаr, o‘quvchilаrning fаolligi, tаnqidiy fikrlаshni rivojlаntirish vа gеndеr tеngligini tа’minlаsh ko‘rsаtilgаn. Kеng qаmrovli bаholаsh tizimi orqаli o'qituvchilаr bаrchа jinslаrning turli tаjribаlаri vа hissаlаrini аks еttiruvchi muvozаnаtli vа аdolаtli tаrixiy tа'lim bеrishning kuchli tomonlаri vа yаxshilаsh yo'nаlishlаrini аniqlаshlаri mumkin.

Soxibjonov Zohidjon Soxibjon o‘g‘li

116-118

2024-11-25

BO'LAJAK BIOLOGIYA O'QITUVCHILARIDA 4K KO'NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur tezis bo'lajak biologiya o'qituvchilarida 4K ko'nikmalarini takomillashtirish masalasiga bag'ishlangan. 4K (kritik fikrlash, kommunikatsiya, hamkorlik va kreativlik) ko'nikmalari zamonaviy ta'lim tizimining ajralmas qismi bo'lib, o'qituvchilar uchun ularning ta'lim jarayonida samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi. Ushbu tadqiqotda biologiya o'qituvchilarining 4K ko'nikmalarini rivojlantirish usullari, metodikasi va bu ko'nikmalarni ta'limda qo'llash imkoniyatlari o'rganilgan. Tadqiqot natijalari bo'lajak o'qituvchilarning bu ko'nikmalarni amaliyotda muvaffaqiyatli ishlatishiga yo'naltirilgan takliflar beradi.

Komilova Baxmal Odilovna, Murodova Iqbol Komilovna

119-120

2024-11-25

MODERN TENDENCIES OF FORMATION OF LEXICAL COMPETENCE

This article examines modern trends in the formation of lexical competence of elementary school students through didactic games in English classes.

A.T. Rsaliyev

121-124

2024-11-25

O‘QITUVCHI-O‘QUVCHI TIZIMIDAGI MUNOSABATLAR AXLOQI

Mazkur maqola o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning axloqiy jihatlarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining samimiylik, hurmat, adolat va mas’uliyat kabi axloqiy tamoyillar asosida tashkil etilishi, ta’lim samaradorligini oshirishdagi muhim omil ekanligi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada axloqiy munosabatlar rivojiga to‘sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Ilmiy ish o‘qituvchi shaxsiyatining axloqiy fazilatlarini shakllantirish hamda o‘quvchilarda intizom va mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Komiljonova Sarvinoz G'ulomboy qizi

125-128

2024-11-25

OLIY VA PROFESSIONAL TA’LIMDA MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH SHAKLLARI: MA’RUZA, AMALIY, SEMINAR, LABORATORIYA, MUSTAQIL TA’LIM

Ushbu maqolada oliy va professional ta'limda mutaxassislik fanlarini o'qitishning turli shakllari tahlil qilinadi. Ma'ruza, amaliy mashg'ulotlar, seminarlar, laboratoriya ishlari va mustaqil ta'limning o'quv jarayonidagi o'rni va ahamiyati ko'rib chiqiladi. Har bir o'qitish shaklining pedagogik imkoniyatlari, afzalliklari va kamchiliklari aniqlanadi. Tadqiqot natijasida, kombinatsiyalangan yondashuvning talabalarning bilim darajasini oshirishda samarali ekani xulosa qilinadi va ta'lim jarayonini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar beriladi.

Komiljonova Tabassum G‘ulomboy qizi

129-132

2024-11-25

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHDA STEAM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH USULLARI

Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning kreativligini rivojlantirishda STEAM texnologiyasidan foydalanish usullari STEAM kontseptsiyalarining mohiyati, STEAM metodologiyalarining ahamiyatini ta’kidlash, joriy etish bo‘yicha amaliy strategiyalari muhokama qilinadi.

Esanova Muhabbat Faxriddin qizi

133-135

2024-11-27

OLIY TA’LIMDA IXTISOSLIK MODULLARINI O‘QITISHNING KLASTER MODELI SAMARADORLIGI

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy mehnat bozorining talablariga mos kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim jarayonida innovatsion usullarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati tug‘ilmoqda. Shulardan biri – klaster modeli asosida ixtisoslik modullarini o‘qitishdir. Ushbu maqola klaster modelining mohiyati, afzalliklari va uning samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan.

Sаypillаyevа Hilolа Bаrot qizi

136-140

2024-11-27

BADIIY ASARLAR VOSITASIDA TALABALARDA SHAXSIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHGA ANTROPOLOGIK YONDASHUVDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada badiiy asarlarning talabalarda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdagi o‘rni antropologik yondashuv asosida tahlil qilingan. Antropologik yondashuv talabaning inson sifatidagi mohiyatini, uning individual va jamoaviy rivojlanishini o‘rganishda asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Antropologik yondashuv orqali badiiy asarlarning ta’lim va tarbiyadagi rolini chuqurroq o‘rganish imkoniyati yoritilgan.

Mavluda Qodirova

141-143

2024-11-28

SHAXSIY INQIROZNI YENGIB O’TISHDA O'Z- O'ZINI BOSHQARISHNING SAMARALI STRATEGIYALARI

Maqolada insonlarga shaxsiy inqirozlarni, masalan, o'rta yoshdagi inqirozni engishga yordam beradigan o'zini o'zi boshqarishning samarali strategiyalari muhokama qilinadi. Kognitiv qayta qurish, erishish mumkin bo'lgan maqsadlarni belgilash, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, jismoniy faollik va hissiy ong kabi usullarga urg'u beriladi. Tahlil shuni ko'rsatdiki, ushbu strategiyalar stressni kamaytirishga, hissiy farovonlikni yaxshilashga va chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi.

Talipova Feruza Tairovna

144-148

2024-11-29