Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям теоретических и прикладных наук в странах Центральной Азии. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2023-04-25
Статьи
EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRIB IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH UCHUN ANDROID ILOVA YARATISH (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA)
Maqola Surxondaryo viloyatida ekoturizmni rivojlantirib iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun android ilova yaratish va shu ilova orqali turist mexmonlar joylarni lokatsiya orqali joylashgan joylari bo‘yicha onlayn ko‘rish, masofa km ni aniqlab joylarni band qilish bo‘yicha buyurtmalar olinadi. Turizm ilova dasturi play market ga google dan ro‘yxatdan o‘tkazilib joylashtiriladi va chet yel va respublikadagi turistik mehmonlar uchun turgan joyidan onlayn xizmat ko‘rsatib viloyatda turizm sohasini rivojlantiradi.
2023-04-24
ФУҚАРОЛАРНИНГ ЖАМОАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДАГИ ИШТИРОКИНИНГ ШАКЛЛАРИ ТАСНИФИ
Фуқароларнинг жамоат хавфсизлигини таъминлашдаги иштироки ҳамда бу борада уларнинг биргаликда ҳаракат қилиши фуқаролик жамиятининг муҳим белгиларидан биридир. Бу жараён ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларнинг фуқаролик жамияти турли аъзолари, қолаверса уларга тааллуқли бўлмаган, бироқ жамоат хавфсизлигини таъминлашда иштирок этишни хоҳловчилар билан икки томонлама ўзаро ҳамкорлигида намоён бўлади.
2023-04-26
БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИ ҲАРАКАТ ФАОЛИЯТИНИ ЖИСМОНИЙ ВОСИТАЛАР ОРҚАЛИ ШАКЛЛАНТИРИШ МУАММОЛАРИ
Мазкур мақола бугунги кунда мамлакатимизда бошланғич синф ўқувчилари ҳаракат фаолиятини жисмоний воситалар орқали шакллантириш жараёнига замонавий ёндашувлар асосида ўқувчилар фаолиятини такомиллаштириш юзасидан маълумотлар баён этилган.
2023-04-26
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI TO`G`RI RIVOJLANTIRISH
Nutq buzilishi mexanizmlarini tushunish tuzatish jarayoni qonuniyatlarini aniqlash uchun oliy ruhiy funksiyalarning dinamik lokalizatsiyalanishi tо‘g‘risidagi, nutqning ongda shakllanishi borasidagi bilimlarni egallash kerak bо‘ladi.Mashg`ulotlar jarayonida nutqini to`g`ri va ravon gapirishga yo`naltirish va bu uchun logopedni o`rni qay darajada ekanligi ko`rsatib o`tilgan.
2023-04-26
PANDEMIYA DAVRIDA INSON HUQUQLARINING CHEKLANISHIGA OID MASALALAR
Mazkur maqolada pandemiya nima ekanligi, uni joriy etilishi, favqulotda holatlarda cheklanishi mumkin bo’lgan inson huquqlarining tavsifiga alohida e’tibor beriladi. Xalqaro tashkilotlar belgilab bergan hamda milliy qonunchilikdan kelib chiqqan holda maxsus moddalar orqali inson huquqlariga favqulotda vaziyatlarning ta’siri, Mutlaq huquqlarning buzilmasligiga, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo’lgan tahlikali vaziyatlarda sodir etilgan favqulotda holatlarga atroflicha to’xtalinadi.
2023-04-27
KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYASI VA UNING TAʼLIM JARAYONIDAGI AGEOGRAFIK TAHLILI
Mamlakat taʼlim tizimining reproduktiv holatdan uzluksiz rivojlanuvchi, ochiq holatga oʼtishi hamda taʼlim oluvchilarni oʼz taʼlimiy va ijtimoiy-madaniy manfaatlarini yuzaga chiqarishga yoʼnaltirish jarayonlari taʼlim tizimi bosh subʼektlari – taʼlim oluvchilar va oʼqituvchilarning oʼz faoliyatiga munosabatini oʼzgartirish zarurligini taqozo etadi. Bu holat kredit taʼlim tizimi boʼyicha taʼlim jarayonini tashkil qilishga toʼla mos keladi. Shu bois, mazkur maqolaning asl maqsadi mamlakat ta’lim tizimiga kredit modul tizimini joriy etishning ahamiyati ko’rsatib berishdan iboratdir. Shuningdek, maqolada kredit modul ta’lim texnologiyasi va uning ta’lim jarayonidagi ageografik tahlilini ochib berishdan iborat
2023-04-28
XALQARO ARBITRAJDA ARBITRLARNING JAVOBGARLIGI MASALASI
Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda xalqaro xususiy munosabatlar alohida o’rin tutadi. Ushbu munosabatlarda vujudga keladigan nizolarni hal etishda “alternative dispute resolution” ning eng keng tarqalgan turi bo’lgan nizolarni arbitrajda hal etish ahamiyati katta hisoblanadi. Ushbu maqolada xalqaro arbitrajda arbitrlarning huquqiy holati, ularning javobgarligi masalasi muammolari va istiqbollari xalqaro arbitraj institutlarining reglamentlari hamda xorijiy mamlakatlarning arbitraj to‘g‘risidagi qonunchiligini qiyosiy tahlil qilish orqali yoritib berishga harakat qilingan.
2023-04-29