Том 4 № 1 Part 2 (2026): Центральноазиатский журнал академических исследований

Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Опубликован: 2026-01-27

АНАЛИЗ ПОТЕРЬ ЭЛЕКТРИЧЕСКОЙ ЭНЕРГИИ И ОЦЕНКА КОЭФФИЦИЕНТА ОБЩЕЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИНДУКЦИОННОЙ ПЕЧИ ИТП-6

В статье представлен анализ электрических потерь и оценка коэффициента общей эффективности индукционной печи ИТП-6, применяемой для выплавки конструкционных сталей. Рассмотрена структура энергетического баланса печной установки, включающая полезное использование электрической энергии и основные виды потерь: в индукторе, ферромагнитных экранах, конденсаторной батарее, токопроводе и преобразователе. На основе расчетных данных определена доля каждого вида потерь в общем энергопотреблении, а также рассчитан коэффициент полезного действия печи. Полученные результаты позволяют выявить основные направления снижения электрических потерь и повышения энергетической эффективности индукционных печей при металлургическом производстве.

Нуриддинов Отабек Шухрат угли, Гулнора Бурановна Юлдашева, Туракулов Мурот Рустамович

4-7

2026-01-26

ЙЎЛ ҲАРАКАТИ ХАВФСИЗЛИГИ СОҲАСИДАГИ МАЪМУРИЙ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ТЎҒРИСИДАГИ ИШЛАРНИ ЮРИТИШНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Мазкур мақолада ички ишлар органларида йўл ҳаракати хавфсизлиги соҳасидаги маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишларни юритишда юзага келаётган муаммолар баён қилинган. Муаллиф томонидан йўл ҳаракати хавфсизлиги соҳасидаги маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишларни юритишда инсон билан давлат органларининг ўзаро муносабатларида юзага келадиган қонунчиликдаги барча зиддиятлар ва ноаниқликларни бартараф этиш орқали маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишларни юритишни соддалаштириш лозимлиги асослантирилган

Пармонов Жамол Хайдарович

8-11

2026-01-26

OLIY TA’LIM MUASSASALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGI VA HUDUDIY FARQLAR: KLASTERLI YONDASHUV

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligi va hududiy farqlari klasterli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Maqolada OTMlarning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari asosida ularni o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra guruhlash orqali moliyaviy barqarorlik darajalari aniqlanadi. Olingan natijalar hududlar kesimida moliyalashtirishdagi nomutanosibliklarni aniqlash hamda oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi

Egamov Sevinchbek Maxsud o‘g‘li

12-15

2026-01-26

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VOYAGA YETMAGANLAR VIKTIMIZATSIYASI BILAN BOG’LIQ MASALALAR. XALQARO TAJRIBA VA NAZARIYALAR

Maqola Oʻzbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslar (18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar) ning zoʻravonlikning turli shakllarida – jismoniy, psixologik, jinsiy, iqtisodiy, eʼtiborsizlik va kiberzoʻravonlikda qurbon boʻlish jarayonini – viktimizatsiyani keng koʻlamda oʻrganadi. Ilmiy nazariy asoslar (David Finkelhorning rivojlanish viktimologiyasi va poly-victimization konsepsiyasi, Urie Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli, Lawrence Cohen va Marcus Felsonning routine activity nazariyasi)[1] asosida tahlil qilinib, Oʻzbekistondagi statistik maʼlumotlar, qonuniy mexanizmlar (Jinoyat kodeksining tegishli moddalari)[2], 2025 yil dekabr oyida Prezident tomonidan tasdiqlangan PF-256-son farmon bilan qabul qilingan 2026–2030 yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to’g’risidagi farmonining mazmuni va amaliy ahamiyati koʻrib chiqiladi[3]. Maqola viktimizatsiyani oldini olish choralari, jabrlangan bolalarga psixologik, ijtimoiy va huquqiy yordam berish mexanizmlari, jamiyatdagi madaniy oʻzgarishlar va institutsional takomillashtirish yoʻllarini taklif etadi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, poly-victimization va ekologik omillar Oʻzbekistonda bolalar xavfini oshiruvchi asosiy faktorlar boʻlib, yangi strategiya bu muammoni hal etishda muhim qadamdir. Maqola huquqshunoslar, psixologlar, pedagoglar va ijtimoiy xizmat xodimlari uchun foydali boʻlishi mumkin.

Saloxiddinov Shohrux

16-19

2026-01-26

SURXONDARYO BEZAK ELEMENTLARINING RAMZIY MANOLARI.

Ushbu maqolada surxondaryo taqinchoqlarini muammolari o’rganildi. Buyumlarga dekorativ elementlarni qo’llash uchun oddiy va yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan bezaklarning ipli asoslarini shakllantirish va shu asosda dekorativ bezak elementlarini ishlab chiqarish usuli yaratilgan. Taqinchoqlarning qo’llanish usullari hamda to’qilish sxemasi o’rgalib chiqildi. Surxondaryo ayollarining taqinchoqlari sxemasini ishlab chiqishda ularning to’qilishiga e’tibor qaratilgan.

Raximqulova Sarvinoz Abdurashid qizi, Xalilova Xanifa Xolmamat qizi

20-22

2026-01-27

SURXONDARYO MILLIY MATOLARINING TURLARI.

Ushbu maqolada Surxondaryo milliy matolari har bir turi toʻqilishi, rang, shakli murakkabligi bilan ham ajralib turadi. Surxon vohasida matolarining murakkab boʻlishi ranglar oʻzgacha mano kasb qilib ularning takrorlanmas jilosi etibor qaratilgan.

Raximqulova Sarvinoz Abdurashid qizi, Narziyeva Fotima Rustam qizi

23-25

2026-01-27

SURXONDARYO MILLIY NASHLARINING LIBOSLARDA JOYLASHUVI VA TAXLILI.

Ushbu maqolada Surxondaryo milliy liboslari va ularda ishlatilgan bezak turlari oʻrganildi. Taxlil qilishda ularning tikilishiga  e’tibor qaratdik. bezaklarning har bir turi oʻzgacha mano kasb qilib ularning toʻqilishi, rang, shakli murakkabligi bilan ham ajralib turadi. Surxon vohasida bezaklarining murakkab boʻlishi ranglarning hilma hilligiga etibor qaratdik.

Raximqulova Sarvinoz Abdurashid qizi, To’rayeva Aziza Xusniddinovna

26-28

2026-01-27

SYMPTOMS AND TREATMENT OF GALLBLADDER STONES

This article discusses the occurrence of gallstones, the symptoms that cause them, treatment methods, and medications that can help dissolve gallstones without surgery. However, in this way, it can take several months or years to dissolve gallstones. In addition, it is considered that if treatment is stopped, there is a possibility that gallstones will form again

Mukhlisa Tadjibaeva, Madina Mamadjanova, Shahzoda Muminjonova

29-30

2026-01-27

POL VERLEN VA ERKIN VOHIDOV SHEʼRIYATIDA INSON VA TABIAT DIALEKTIKASI

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Pol Verlen va zamonaviy o‘zbek she’riyatining atoqli shoiri Erkin Vohidov ijodida inson va tabiat dialektikasi masalasi qiyosiy-tahliliy yo‘sinda o‘rganiladi. Shoirlar she’riyatida tabiat obrazlarining inson ruhiyati, ichki kechinmalari va falsafiy qarashlari bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Tadqiqot jarayonida tabiatning nafaqat fon yoki manzara, balki inson ruhining ifodachisi sifatida talqin etilishi asoslanadi. Pol Verlen she’riyatida tabiat obrazlarining ramziy va impressionistik xususiyatlari, Erkin Vohidov ijodida esa tabiat va inson munosabatining milliy-falsafiy talqini tahlil qilinadi. Maqola inson va tabiat o‘rtasidagi dialektik birlikning badiiy ifodasini aniqlashga xizmat qiladi.

Mamadaminova Muhayyo Komilovna

31-33

2026-01-27

BUYUK MUTAKALLIM VA IMOM ABU MANSUR AL-MOTURIDIY YASHAGAH BA IJOD QILGAN DAVR

Ushbu maqolada islom tafakkuri tarixida muhim o‘rin tutgan buyuk mutakallim Imom Abu Mansur al-Moturidiyning hayoti va ilmiy ijodi yoritiladi. Allomaning yashagan davri, ilmiy muhiti, ta’lim olgan ustozlari hamda aqida va kalom ilmlaridagi faoliyati tahlil qilinadi. Shuningdek, Imom Moturidiyning Kitob at-Tavhid va Ta’vilot ahl as-sunna kabi muhim asarlari, uning aql va vahiy o‘rtasidagi muvozanatga asoslangan yondashuvi va Moturidiylik aqidaviy maktabining shakllanishidagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada Imom Moturidiyning islom aqidasini himoya qilishdagi xizmati hamda uning ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyati yoritilgan.

Mirzamiddinov Asliddin Abdumuminovich, Raxmatullayev Ravshan Kushmuratovich

34-37

2026-01-27

DIVERGENT TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA SANOAT KORXONALARINING RAQAMLI RIVOJLANISH HOLATINI BAHOLASH

Ushbu maqolada bugungi kundagi globallashuv jarayonlarida yoshlarimiz internet tarmoqlaridan to’g’ri foydalanish, information xurujlardan qanday ximoyalanish mumkinligi ularning salbiy oqibatlari,axborot xurujlarining turlari ularga qarshi kurashish usullari keltirilgan.

Meyliyev Farrux Ikrom o‘g‘li

38-41

2026-01-28

INKLYUZIV TA’LIM TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK VA IJTIMOIY MOHIYATI

Inklyuziv ta’lim zamonaviy ta’lim siyosati va pedagogik amaliyotda “hamma uchun sifatli ta’lim” g‘oyasini ro‘yobga chiqaruvchi asosiy mexanizmlardan biri sifatida qaraladi. Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasining pedagogik va ijtimoiy mohiyati nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida inklyuziyaning shakllanishi, maxsus ta’lim va integratsiya yondashuvlari bilan chegaradosh jihatlari, “tenglik” va “adolat” kategoriyalari bilan bog‘liqligi yoritiladi. Kontent va konseptual tahlil natijalari inklyuzivlikning pedagogik mazmuni, avvalo, ta’lim dizaynini moslashuvchan qurish, to‘siqlarni bartaraf etish, o‘qitish metodlarini diversifikatsiya qilish va baholashni rivojlantiruvchi mexanizmga aylantirish orqali namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Ijtimoiy mohiyat esa kamsitmaslik, ijtimoiy integratsiya, fuqarolik ishtiroki hamda jamiyatda tolerantlik va hamjihatlik madaniyatini mustahkamlash bilan izohlanadi. Maqolada inklyuziv ta’limni ta’lim sifati va ijtimoiy adolatni birlashtirgan integrativ strategiya sifatida talqin qilish asoslanadi, shuningdek, milliy kontekstda huquqiy poydevor va amaliy amalga oshirish sharoitlariga oid muhokamalar keltiriladi..

Madixаnova Barno

42-47

2026-01-29

POL VERLEN VA ERKIN VOHIDOV SHEʼRIYATIDA INSON VA TABIAT DIALEKTIKASI

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Pol Verlen va zamonaviy o‘zbek she’riyatining atoqli shoiri Erkin Vohidov ijodida inson va tabiat dialektikasi masalasi qiyosiy-tahliliy yo‘sinda o‘rganiladi. Shoirlar she’riyatida tabiat obrazlarining inson ruhiyati, ichki kechinmalari va falsafiy qarashlari bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Tadqiqot jarayonida tabiatning nafaqat fon yoki manzara, balki inson ruhining ifodachisi sifatida talqin etilishi asoslanadi. Pol Verlen she’riyatida tabiat obrazlarining ramziy va impressionistik xususiyatlari, Erkin Vohidov ijodida esa tabiat va inson munosabatining milliy-falsafiy talqini tahlil qilinadi. Maqola inson va tabiat o‘rtasidagi dialektik birlikning badiiy ifodasini aniqlashga xizmat qiladi.

Mamadaminova Muhayyo Komilovna

48-50

2026-01-29

ENDOKRIN REGULYATSIYA BUZILISHLARI VA GORMONGA BOG’LIQ O’SMALARNING RIVOJLANISHI

Ushbu maqolada endokrin tizimning markaziy va periferik bo‘g‘inlari faoliyatida yuzaga keladigan regulyator buzilishlar hamda ularning gormonga bog‘liq o‘smalar patogenezidagi hal qiluvchi o‘rni har tomonlama tahlil qilingan. Gormonal gomeostazning izdan chiqishi, gormonlar sekretsiyasi, transporti va metabolizmidagi o‘zgarishlar, shuningdek, nishon hujayralarda joylashgan gormon retseptorlarining ekspressiyasi va funksional faolligining buzilishi o‘sma hujayralari proliferatsiyasining kuchayishiga olib keluvchi asosiy patogenetik mexanizmlar sifatida ko‘rib chiqilgan.

Shavkatjonova Gulandon Otabek qizi, Samatov Mirzoxid Ulugbek o’gli

51-54

2026-01-29

MUAMMOLI O‘QITISH METODIKASINI ISHLAB CHIQISH (AQSHDAGI STEM TAJRIBASI ASOSIDA)

Ushbu maqolada muammoli o‘qitish metodikasi STEM tajribasi asosida tahlil qilinib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammo yechish va ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rsatildi. AQShning ilg‘or tajribalari asosida o‘qitish jarayonini modernizatsiya qilish, loyiha va tajriba faoliyatini joriy etish, baholash tizimini qayta shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi

Boqiyev Xushrud Xushvaqovich, Ismoilova Zeboxon Zokir qizi

55-60

2026-01-29

QALQONSIMON BEZ GISTOGENEZI VA YOSHGA BOG’LIQ O’ZGARISHLAR

Ushbu maqolada qalqonsimon bezning embriogenez davrida rivojlanishi, gistogenez jarayoni hamda ontogenez davomida yuz beradigan yoshga bog‘liq morfo-funktsional o‘zgarishlar yoritilgan. Qalqonsimon bez endokrin tizimning muhim a’zolaridan biri bo‘lib, organizmning modda almashinuvi, o‘sishi va rivojlanish jarayonlarini boshqarishda yetakchi o‘rin tutadi. Shu bois uning to‘qima darajasidagi shakllanishi va funksional faolligining yoshga qarab o‘zgarishini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Shavkatjonova Gulandon Otabek qizi, Valijonov Shukrullo Salimjon o’g’li

61-64

2026-01-29

ХИРУРГИЧЕСКИЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ В КОНТЕКСТЕ РОСТА ЧИСЛА МЕТАБОЛИЧЕСКИХ И СОСУДИСТЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ

В данной статье рассматриваются сердечно-сосудистые и метаболические заболевания, их причинные факторы и правильное формирование здорового образа жизни, ишемическая болезнь сердца, острый инфаркт миокарда, хроническая стабильная стенокардия, хроническая ишемическая болезнь сердца и сердечная недостаточность, обусловленная ишемической болезнью сердца.

Таджибаева Мухлиса Муродилжан кызы, Мамаджанова Мадина Ильгорджон кызы, Муминджонова Шахзода Мансур кызы

65-66

2026-01-29

SURUNKALI YALLIG‘LANISH JARAYONLARIDA SITOKINLAR MUVOZANATINING KLINIK AHAMIYATI

Surunkali yallig‘lanish jarayonlari zamonaviy tibbiyotda ko‘plab ichki a’zolar kasalliklarining rivojlanishida yetakchi patogenetik omillardan biri sifatida qaraladi. Yallig‘lanishning uzoq davom etishi immun tizim faoliyatining buzilishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ayniqsa sitokinlar tizimidagi muvozanatning izdan chiqishi ushbu jarayonning surunkali tus olishiga sabab bo‘ladi. Proyallig‘lanish sitokinlarining haddan tashqari faollashuvi va antienflamator mediatorlarning yetishmovchiligi natijasida to‘qimalarda destruktiv o‘zgarishlar yuzaga keladi, kasallikning klinik kechishi og‘irlashadi hamda asoratlar rivojlanish xavfi ortadi. Ushbu maqolada surunkali yallig‘lanish jarayonlarida sitokinlar muvozanatining buzilish mexanizmlari, ularning immun javob shakllanishiga ta’siri va klinik ahamiyati ilmiy adabiyotlar tahlili asosida yoritilgan. Shuningdek, sitokinlarni nazorat qilishga qaratilgan zamonaviy terapevtik yondashuvlarning amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilgan.

O’tkirova Durdona Baxtiyorovna

67-71

2026-01-29

XALQ DARDINI KUYLAGAN SHOIR: BERDAQ HAYOTI

Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Buyuk shoir Berdaqning ijodi va hayot yo‘lini chuqur o‘rganmog‘imiz biz uchun barcha adabiyotshunoslar ,kitobxonlar uchun ,yoshlarimiz o‘rtasida keng targ‘ib qilish ishlarini yanada jonlantirish lozim deb bilamiz. Berdaq hayoti va ijodini targ‘ib qilishda inovatsiyalardan keng foydalanib Berdaqning she’rlarini zamonaviy tarzda kuylanishi, asarlaridan sahnalashtirilgan qisqa video lavxalarni ko‘plab tillarda tayyorlash hamda kino filmlar orqali Berdaqning faoliyatini yoritsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur mаqоlаdа о`zbek vа qоrаqаlpоq iftixоri, buyuk shоir, аdib Berdаq hаyоtining аyrim jihаtlаri hаmdа ijоdining о`zigа xоsligi tаhlil etilаdi.

Ahmedova Dinora Qamaraddin qizi

72-75

2026-01-29

SUN’IY INTELEKT ASOSIDA MAKTAB O‘QUVCHILARIGA POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLARNI O‘QITISH

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida maktab o‘quvchilariga polimer va kompozit materiallar haqida bilim berishda zamonaviy interfaol usullardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotda suniy intellekt platformalari, raqamli simulyatsiyalar, virtual laboratoriya muhiti, “VR” Vertual reallik modellar va adaptiv ta’lim tizimlaridan foydalanishning o‘quv jarayoniga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini aniqlash, differensial yondashuvni shakllantirish va fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish imkoniyatlari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalari maktab texnologiya fanini modernizatsiya qilish, STEAM yondashuvini kuchaytirish hamda o‘quv jarayonini raqamlashtirish borasida amaliy ahamiyatga ega..

S.M.Otajonov , A.Y.Yo`ldashev

76-78

2026-01-29

SHE’RIY MATNLAR TARJIMASIDA SEMANTIK TRANSFORMATSIYALARNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqola she’riy matnlar tarjimasida yuzaga keladigan semantik o’zgarishlarni tahlil qiladi. She’riy matnlar badiiy matndan farqli o’laroq tarjima qilinadi va bunda tarjimondan nafaqat matn mazmunini yetkazish, balki ohang va ritmni ham moslash talab etiladi va bunday holatda transformatsiyalar ishlatilinadi. Semantik transformatsiyalar-tarjima jarayonida asl matn mazmunini saqlab qolgan holatda lingvistik va madaniy tafovutlarni yo’qotish uchun ishlatiladi va ular asosan generalizatsiya, konkretizatsiya, modulatsiya va shu kabi o’zgarishlar orqali amalga oshiriladi. Ushbu o’zgarishlar yuqorida ta’kidlanganidek, she’rning ohang va ritmini ham saqlashga ko’mak beradi. Maqolada tarjima nazariyasidagi yondashuvlar, semantik transformatsiya turlari va ularga amaliy misollar ko’rib chiqiladi va yoritiladi. Tadqiqot natijalari tarjimonning semantik transformatsiyalarni to’g’ri qo’llash va orqali ekvivalentlikni ta’minlash zaruratini ko’rsatadi. Semantik transformatsiyalar she’riy matnlar tarjimasini osonlashtiradi va tarjima sifatini oshirishga yordam beradi..

Mahamatqulova Dilnoza Rustamjon qizi

79-81

2026-01-30

TALABALARNING BUYURTMACHILAR BILAN HAMKORLIGI KUCHAYMOQDA: OLIY MAʼLUMOTLI YOSH MUTAXASSISNING KEYINGI TAQDIRI HAL ETILADIMI?

Samarqandlik Aziza “Toshkent davlat tibbiyot” universitetining 3-kursida tahsil olmoqda. Oilada 5 ta farzand bo‘lib, otasi chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Har yili kontrakt pulini to‘lash uchun bitta sigirni sotishlariga to‘g‘ri keladi. O‘tgan haftada, bir yirik xusususiy klinikadan xat keldi. Unda  Azizaning qolgan 2 yillik kontrakt puli klinika tomonidan to‘lanishi evaziga esa Aziza universitetni bitirganidan keyin 3 yil mobaynida klinikada ishlab berishi kerakligi yozilgan edi. Aziza ota-onasi bilan maslahatlashib, bu taklifni qabul qildi. Chunki u ham o‘qib, bir vaqtning o‘zida ishlashi oilasi uchun birmuncha yengillik bo‘ladi. Ikkinchidan, universitetni bitirgandan keyin, ish izlash muammosi yechiladi.

Adhambek Rahmatov

82-84

2026-01-30

S.MAJITOV ALIFBOSI: QORAQALPOQ YOZUV TIZIMI SHAKLLANISHIDAGI MUHIM BOSQICH

Ushbu maqolada qoraqalpoq ma’rifatparvari, S.Majitovning adabiy merosi tahlil qilinadi.Xususan, uning 1925-yili qoraqalpoq tilida tuzgan birinchi "Alifbe"sining ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. "Alifbe"da berilgan xalq og‘zaki adabiyotining boy namunalari - maqol-matallar, ertaklar, tez aytishlar, bolalar o‘yinlaridan keng foydalanganligi ko‘rsatiladi. Alifbe ham qoraqalpoq xalqining kundalik turmush tarzida muhim o‘rin tutgan asbob-uskunalar haqida ma’lumotlar berilgan. S. Majitovning bu asari yosh avlodni ona tilida o‘qitish, milliy dunyoqarashni shakllantirish va xalq pedagogikasini ta’lim jarayoniga joriy etishdagi tarixiy ahamiyati ochib beriladi. Maqolada shuningdek S.Majitovning muzey fondida saqlanayotgan "Alifbe" kitobi, "o‘quv kitobi," eng birinchi  gazeta nusxasi va kitoblarining tarixiy va madaniy qimmati ochib beriladi

Tursinmuratova B.M.

85-88

2026-01-30

ЖИНОЯТ ИШИНИ ҚЎЗҒАТИШНИ РАД ҚИЛИШ ИНСТИТУТИНИНГ ҲУҚУҚИЙ ТАРТИБГА СОЛИНИШИ: МИЛЛИЙ ҚОНУНЧИЛИК, ХОРИЖИЙ ТАЖРИБА

Мақолада жиноят ишини қўзғатишни рад қилиш институтининг (терговга қадар текширув босқичида) ҳуқуқий табиати, унинг инсон ҳуқуқлари кафолатлари билан боғлиқлиги, Ўзбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодексидаги (ЖПК) 83, 84, 333, 334-моддалар доирасидаги тартибга солиниши, шунингдек, айрим коллизион (тўқнаш) ёндашувлар ва амалиётдаги тушунмовчиликлар таҳлил қилинади. Миллий ва чет эл қонунчилигидаги қарашлар қиёсий ёндашувда, полемика услубида баён қилиниб, қонунчиликни такомиллаштиришга доир аниқ таклифлар илгари сурилади.

Фахриддинова Наргиза Шамсиддиновна

89-96

2026-01-30

AHOLI GEOLOKATSIYALI MUROJAATLARINING VIDEO TAHLILI ASOSIDA TRANSPORT TIRBANDLIGINI ANIQLASH MATEMATIK MODELI VA ALGORITMLARI

Mazkur ilmiy maqolada shahar infratuzilmasida transport tirbandligini avtomatik aniqlash masalasi geolokatsiyali video ma’lumotlar asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi - aholi murojaatlari va shahar kuzatuv kameralaridan olinadigan video oqimlar yordamida transport vositalarini aniqlash, ularni vaqt bo‘yicha kuzatish hamda harakat tezligi va zichlik ko‘rsatkichlari asosida tirbandlik holatini baholovchi matematik va algoritmik model ishlab chiqishdan iborat. Taklif etilgan yondashuv kompyuter ko‘rish va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslanib, real vaqt rejimida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan transport monitoring tizimini shakllantiradi. Tadqiqotda obyektlarni aniqlash, kuzatish va tezlikni baholash bosqichlari yagona tizimga integratsiya qilinib, tirbandlikni aniqlash uchun qoidaviy matematik model qo‘llanildi. Eksperimental natijalar ishlab chiqilgan modelning real vaqt sharoitida barqaror ishlashini hamda Smart City infratuzilmasida transport oqimini monitoring qilish va boshqarish samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Oybek Mallaev , Jamoliddin Gazatov , Jaloliddin Aliyev

97-100

2026-01-30

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning mazmun-mohiyati, unda kiritilgan yangi normalar va ularga doir bir qancha tushuntirishlar hamda konstitutsiyamizning oʻziga xos sususiyatlari yoritib berilgan.

Ergashev Jahongir Sheraliyevich, Mavlonberdiyev Asadbek Murodjon oʻgʻli

101-105

2026-01-30

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA KIBERJINOYATLARNI JINOIY-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: KRIPTOAKTIVLAR KONTEKSTIDAGI MUAMMOLAR VA ISLOHOTLAR”

Ushbu maqola jamiyatni raqamlashtirish sharoitida O‘zbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarni jinoiy-huquqiy tartibga solish masalasini tahlil qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga, jumladan kriptovalyuta va kriptoaktiv operatsiyalariga qarshi kurashga qaratilgan amaldagi qonunchilik normalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotning asosiy usullari normativ-huquqiy tahlil, nazariy-doktrinal yondashuv, sud amaliyotining empirik tahlili va prognostik usulni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, amaldagi huquqiy baza raqamli tahdidlar ko‘lamiga mos kelmaydi. Bu esa sanksiyalarni kuchaytirish va “katta miqdorda” hamda “muhim infratuzilmaga nisbatan” kabi yangi kvalifikatsiya belgilarini joriy etishni taqozo etadi. Maqolada kriptoaktivlar bilan noqonuniy operatsiyalar uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish, raqamli dalillardan foydalanish jarayonini takomillashtirish va kiberjinoyatchilik sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zgartirishlar taklif etilgan. Jinoyat qonunchiligini yangi raqamli tahdidlarga moslashtirish muhimligi ta’kidlanib, bu O‘zbekistonda huquqni qo‘llash samaradorligini oshirish va kiberxavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilishi aytib o‘tilgan.

Aybek Orazbayevich Xalmuratov

106-113

2026-01-30

Показать все выпуски