Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2025-11-22
Статьи
ICHKI ISHLАR ОRGАNLАRIDА IDORAVIY NАZОRАTNI АMАLGА ОSHIRISH VА UNING USULLАRI
Maqola ichki ishlar organlarida idoraviy nazoratni amalga oshirishning ahamiyati va usullarini o‘rganadi. Unda idoraviy nazoratning huquqiy asoslari, nazoratning asosiy vazifalari va uni amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar tahlil qilinadi. Idoraviy nazoratning samaradorligini oshirish uchun takliflar va tavsiyalar keltiradi, shuningdek, nazorat jarayonida duch kelinadigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqadi. Maqola ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, qonuniy talablarga rioya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishda idoraviy nazoratning rolini ta’kidlaydi.
2025-11-22
TUMAN-SHAHAR ICHKI ISHLAR ORGANLARI TASHKILIY BO‘LINMALARI FAOLIYATINI TASHKILIY-HUQUQIY JIHATDAN TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada Tuman(shahar) Ichki ishlar organlari Tashkiliy bo’linmalari tomonidan kuch va vositalarni boshqarish faoliyatini takomillashtirish istiqbollari o‘rganilib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, qonun ustuvorligini, shaxslar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish samaradorligini oshirish borasida takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan
2025-11-22
ICHKI ORGANLARIDA BOSHQARUV QARORLARINI TASHKIL ETISH
Ushbu maqolada ichki ishlar organlarida boshqaruv qarorlarini tashkil etish va uning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek boshqaruv qarorlarini tashkil etish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltiriladi. Maqolaning maqsadi – Ichki ishlar organlarida boshqaruv qarorlarini tashkil etishni takomillashtirish hamda shunga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.
2025-11-22
ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA NAVBATCHILIK XIZMATINI MUVOFIQLASHTISH
Ichki ishlar organlari davlatning xavfsizlik tizimida muhim rol o'ynaydi. Ular fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, qonunlarni buzganlarga qarshi kurashish va umumiy tartibni ta'minlash kabi vazifalarni bajaradi. Ichki ishlar organlarining samarali faoliyat yuritishi uchun navbatchilik xizmatining roli katta. Ushbu maqolada ichki ishlar organlari navbatchilik xizmatlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, uning ahamiyati va samaradorligi haqida so'z yuritamiz..
2025-11-22
ICHKI ORGANLARIDA INSON HUQULARINI TA‘MINLASH
Ushbu maqolada ichki ishlar organlarida inson huquqlarini himoya qilinishi va uning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek inson huquqlarini himoya qilishni samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltiriladi. Maqolaning maqsadi – Ichki ishlar organlarida inson huquqlarini tashkil etishga doir faoliyatni takomillashtirish hamda shunga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.
2025-11-22
ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA 102-XIZMATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHDA TASHKILIY-HUQUQIY MASALALAR, DOLZARBLILIK VA ISTIQBOLLARI
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida 102-xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishning tashkiliy va huquqiy masalalarini chuqur tahlil qiladi. Mavzuning dolzarbligi, hozirgi kundagi muammolar, takomillashtirishning mohiyati, usullari, istiqbollari va amaliy takliflar batafsil yoritiladi. Maqola akademik uslubda yozilib, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari, statistik ma’lumotlar, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro tajribalarga asoslanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – 102-xizmatining samaradorligini oshirish uchun ilmiy-amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish, xalqaro standartlarga moslashtirish va xulosalar shaklida takliflar berishdan iborat. Maqola mavzuning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatlarini qamrab olgan holda, takomillashtirish jarayonining potentsial ta’sirini baholaydi..
2025-11-22
ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA 102-XIZMATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada 102-xizmati faoliyatining huquqiy, tashkiliy va texnik asoslari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, tezkorlik, ishonchlilik kabi omillar ko‘rib chiqiladi, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, qonun ustuvorligini, shaxslar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktikasini samaradorligini amalga oshirish borasidagi muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo’llari xorijiy davlatlar tajribalari o’rganilib taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-11-22
JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASHDA VIDEOKONFERENSALOQA REJIMIDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda videokonferensaloqa rejimidan foydalanish tartibi va uning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Amaldagi tizimning kamchiliklari ko‘rsatilib, texnik infratuzilmani rivojlantirish, aholining raqamli savodxonligini oshirish va huquqiy bazani mustahkamlash kabi takomillashtirish yo‘nalishlari bayon etiladi. Maqola videokonferensaloqa texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni oshirishga qaratilgan.
2025-11-22
ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA UROJAATLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash tizimi va axborot texnologiyalarining bu jarayonda qanday samaradorlikni oshirishga qaratilganligi haqida so‘z yuritiladi. Avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyevning murojaatlar bilan ishlashga doir nutqlari, davlat organlarining fuqarolar bilan samarali muloqotini ta'minlash va ularni tezkor va sifatli hal qilishga qaratilgan siyosati muhokama qilinadi. Ayniqsa, axborot texnologiyalarining rivojlanishi, murojaatlarni avtomatlashtirish va tizimlarni optimallashtirish orqali faoliyat samaradorligini oshirishga qanday yordam berayotgani keltirilgan. Maqola, Prezidentning raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir tashabbuslari asosida murojaatlar tizimining istiqbollari, masalan, sun'iy intellekt va blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga imkon yaratishini ko‘rsatadi. Shuningdek, axborot texnologiyalarining kelajakda murojaatlar bilan ishlash jarayonida qanday yangiliklar olib kelishi mumkinligi tahlil qilinadi.
2025-11-22
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИДА АХБОРОТ-ТАҲЛИЛ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ МЕХАНИЗМЛАРИ
Ушбу мавзунинг долзарблиги, ички ишлар органларида ахборот-таҳлил фаолиятини ташкил этиш механизмлари бўйича тушунчалар, фаолият мақсади ва амалга оширишнинг ўзига хос хусусиятлари, бундан ташқари фаолиятини ташкил этиш механизмлари доирасидаги нормаларнинг амалиёт таҳлили, амалда қўлланилиш даражаси ҳамда ушбу фаолият доирасида юритиладиган процессуал ҳужжатлар, шунингдек, фаолият механизмларини ишлаб чиқиш, фаолиятни ташкил этиш бўйича илғор ва бизнинг хуқуқ сохамизга мос келадиган хорижий тажрибаларни, шунингдек, юқорида келтириб ўтилган жиҳатларидан фойдаланилган ҳолда ушбу фаолиятни такомилаштириш ёритиб ўтилди.
2025-11-22
HUDUDIY ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA MAQSADLI TEKSHIRUVDAN O'TKAZISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO'G'RISIDA
Mazkur maqolada hududiy ichki ishlar organlarida maqsadli tekshiruvlarni o‘tkazish tartibini takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi. Hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan maqsadli tekshiruvlar jamiyatdagi qonuniylikni ta'minlash, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada tekshiruvlar jarayonining qonuniy asoslari, shaxsiy huquqlarni himoya qilish, shaffoflik, va javobgarlik masalalari yoritilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlarining tekshiruvlarni samarali amalga oshirish uchun texnologiyalardan foydalanish, malakali kadrlar tayyorlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Maqola, maqsadli tekshiruvlarning samaradorligini oshirish, shaffofligini ta'minlash va fuqarolar uchun xavfsiz va qonuniy muhit yaratish bo‘yicha aniq huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rish zarurligini ko‘rsatadi.
2025-11-22
HUQUQIY TARG`IBOTNING ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
Mazkur maqolada ichki ishlar organlarida huquqiy targ‘ibot sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi fikrlar ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Huquqiy targ‘ibotning asosiy maqsadlari, jumladan, huquqiy madaniyatni rivojlantirish, huquqni hurmat qilishni targ‘ib qilish va fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilganligi ta'kidlanadi. Ichki ishlar organlarining bu sohadagi roli, jinoyatchilikni kamaytirish, yoshlarni huquqiy savodxon qilish va fuqarolar bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
2025-11-22
ICHKI ISHLAR ORGANLARI SITUATION-TAHLILIY MARKAZI TOMONIDAN KUCH VA VOSITALARNI BOSHQARISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Maqolada Ichki ishlar organlari situation-tahliliy markazi tomonidan kuch va vositalarni boshqarish faoliyatini takomillashtirish istiqbollari o‘rganilib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, qonun ustuvorligini, shaxslar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish samaradorligini oshirish borasida takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan
2025-11-22
SITUATSION TAHLILIY MARKAZ FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR
Maqolada ichki ishlar organlari situatsion tahliliy markazi asosiy vazifalari o`rganilib, kriminogen vaziyatni o`rganish, jamoat xavfsizligini taminlash, jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taminlash, shuningdek huquqbuzarliklarni oldini olishda markaz faoliyatida raqamli texnalogiyalarni natijadorligi bo`yicha taklif va tavfsiyalar ishlab chiqilgan. Situatsion tahliliy markazlar (STM) faoliyatini takomillashtirishda xorijiy tajribalarni o‘rganish juda muhim. Bunday markazlar xorijda samarali ishlashini isbotlab, o‘z tizimlarini muntazam ravishda rivojlantirayotgan bo‘lsa-da, har bir mamlakatda o‘ziga xos yondashuvlar mavjud
2025-11-22
MUROJAATLAR BILAN ISHLASH TARTIBINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada murojaatlar bilan ishlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik asoslarini takomillashtirishda duch kelinadigan muammolar, ularning yechimlari va xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Shuningdek, javobgarlikni oshirishga qaratilgan amaliy takliflar va tavsiyalar keltiriladi. Maqola maqsadi – murojaatlar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish yo'lida samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir..
2025-11-22
SUN’IY INTELLEKTNING AXBOROT TAHLILIDAGI FOYDALARI VA MUAMMOLARI: ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA QO‘LLANILISHI
Sun’iy intellektning (bundan keyin matinda “SI” shaklida qo`llaniladi) Ichki ishlar organlarida axborot tahlilida qo‘llanilishi huquqni muhofaza qilish organlarining imkoniyatlarini qayta belgilab, katta ma’lumotlar to‘plamlarini qayta ishlash, jinoyatni bashorat qilish va operatsion samaradorlikni oshirish uchun vositalarni taqdim etdi. Ushbu maqola SI ning ushbu kontekstdagi afzalliklari va cheklovlarini baholaydi, Ichki ishlar organlari kuchlari tomonidan qo‘llanilishiga e’tibor qaratadi. Foydalarga tezkor ma’lumot ishlovi, jinoyatni aniqlashning yaxshilanishi va resurslarni optimallashtirish kiradi, muammolar esa shaffoflik masalalari, axloqiy ikkilanishlar va mumkin bo‘lgan noto‘g‘riliklarni o‘z ichiga oladi. Tanqidiy baholash SI ning imkoniyatlari bilan xavf-xatarlarni muvozanatlash uchun tartibga soluvchi asoslar zarurligini ta’kidlaydi
2025-11-22
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATINI BAHOLASH METODIKASINING ASOSIY QOIDALARINI TAKOMILLSHTIRISH
Ushbu maqolada ichki ishlar organlari faoliyatini baholash metodikasining asosiy qoidalarini takomillashtirish masalalari ilmiy tahlil qilinadi. Ichki ishlar organlari faoliyatini baholashning samarali ijrosini ta’minlash, ichki ishlar organlari faoliyatining strategik natijalarga yo‘naltirilganligini ta’minlashda muhim omil sifatida qaraladi. Maqolada baholshning ahamiyati va uning ichki ishlar organlari faoliyatida tutgan o‘rni bayon etilgan.
2025-11-22
ICHKI ISHLAR ORGANLARINING JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BO’YICHA ISH YURITISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Davlatimiz rahbari asos solgan virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari instituti xalq bilan ochiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri va doimiy muloqotni tashkil etish, har bir inson uchun har qanday ariza, shikoyat yoki taklif bilan bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bevosita murojaat etish imkoniyatini yaratdi. Ichki ishlar organlarida murojaatlarning dolzarbligi – bu jamiyatda huquqni muhofaza qilish tizimi bilan bog'liq eng muhim masalalardan biridir. Maqolani quyidagi tuzilma asosida yozish mumkin Ichki ishlar organlari (IIO) davlatning huquqni muhofaza qilish tizimining ajralmas qismi bo'lib, fuqarolarni himoya qilish, tartibni ta'minlash, qonunbuzarliklarni oldini olish va jazolashda muhim rol o'ynaydi.Murojaatlar fuqarolar tomonidan Ichki ishlar organlariga yo‘llanadigan arizalar va shikoyatlar, davlat va jamiyatning huquqni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini tartibga solish va samaradorligini oshirishga yordam beradi..
2025-11-22
JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tizimining huquqiy asoslari, so'nggi yillardagi islohotlar, mavjud kamchiliklar hamda xorijiy davlatlar (AQSh, Germaniya, Shvetsiya, Singapur va Janubiy Koreya) tajribasidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola Google Scholar va Scopus bazalaridagi ilmiy manbalar asosida yozilgan bo'lib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda ombudsman instituti, raqamlashtirish va monitoring mexanizmlari kabi masalalarga e'tibor qaratilgan. Natijada, milliy tizimni takomillashtirish bo'yicha aniq takliflar beriladi.
2025-11-22
AXBOROT TAHLIL FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH MEZONLARI
Axborot-tahlil faoliyati IIOda Axborot-tahlil ishini tashkil etishni, muvofiqlashtirishni, boshqarishni, shuningdek ularning natijalarini tahlil etadi hamda ularga baho beradi. Shuningdaek, boshqaruv va axborot-tahlil jarayonidagi qonuniyatlarni, shu jumladan, ularga ta’sir qiluvchi omillarni, IIO kuch va vositalarining faoliyatini tashkil etish , muvofiqlashtirish va boshqarish usullari, shakllari va mexanizmlarini izohlab beradi. Shu bilan birgalikda IIOda boshqaruvni tashkil etish, muvofiqlashtirish sohasida keltirib chiqaradigan oqibatlarni oldindan bashorat qiladi, IIOning boshqaruv va axborot-tahlil ishini samarali tashkil etish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligini ko’rsatib beradi
2025-11-22
ИЛҒОР ХОРИЖИЙ ДАВЛАТЛАР ТАЖРИБАСИДА ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ВОЯГА ЕТМАГАН ШАХСНИ ГИЁХВАНДИК ВОСИТАЛАРИ ЁКИ ПСИХАТРОП МОДДАЛАР ИСТИМОЛ ҚИЛИШИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ФАОЛИЯТИ
Ушбу мақолада илғор хорижий давлатлар тажрибасида профилактика инспекторининг вояга етмаган шахсларнинг гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар истеъмол қилиши олдини олиш фаолияти қиёсий таҳлил қилинган. Тадқиқотда АҚШ, Буюк Британия, Жанубий Корея, Германия, Япония каби мамлакатларда ўсмирлар ўртасида гиёҳвандликка қарши кураш механизмлари, профилактиканинг ҳуқуқий ва институционал асослари, полиция ва таълим муассасалари ўртасидаги ҳамкорлик, ёшларни ижтимоий-руҳий қўллаб-қувватлашнинг инновацион йўналишлари ўрганилган. Шунингдек, профилактика инспекторлари фаолиятидаги ахборот-таҳлил жараёнлари, киберхавфсизликка оид чора-тадбирлар, ота-она ва жамоатчилик иштирокининг ўрни қатъий таҳлил қилинган. Мақолада хорижий тажриба асосида Ўзбекистон шароитига мос амалиётларни жорий этиш юзасидан таклиф ва тавсиялар берилган.
2025-11-22
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ВОЯГА ЕТМАГАН ШАХСНИ ГИЁХВАНДИК ВОСИТАЛАРИ ЁКИ ПСИХАТРОП МОДДАЛАР ИСТИМОЛ ҚИЛИШИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ФАОЛИЯТИ
Ушбу мақолада профилактика инспекторининг вояга етмаган шахсларнинг гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар истеъмол қилишини олдини олиш фаолияти илмий-амалий жиҳатдан ўрганилган. Тадқиқотда ўсмирлар ўртасида гиёҳвандликка мойилликка таъсир этувчи ижтимоий, психологик ва мафкуравий омиллар таҳлил қилинган. Профилактика инспектори томонидан хавф гуруҳини аниқлаш, индивидуал суҳбатлар ўтказиш, оилавий муҳитни ўрганиш, таълим муассасалари ва маҳалла фаоллари билан ҳамкорлик қилиш орқали барвақт профилактик тадбирларни амалга ошириш механизмлари ёритилган. Шунингдек, ёт таъсирларга қарши иммунитетни кучайтириш, гиёҳванд моддаларнинг салбий оқибатлари ҳақида тарғибот ишларини такомиллаштириш ва профилактикада ахборот-таҳлил фаолиятини янги босқичга кўтариш бўйича амалий таклифлар берилган. Тадқиқот натижалари вояга етмаганлар ўртасида гиёҳвандлик ҳолатларини камайтириш ва жамиятда соғлом турмуш тарзини қарор топтиришга йўналтирилган.
2025-11-22
ИЛҒОР ХОРИЖИЙ ДАВЛАТЛАРДА ПОЛИЦИЯ ХОДИМЛАРИНИНГ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИДА БАНДЛИК ВА МЕҲНАТ ОРГАНЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИ
Ушбу илмий-таҳлилий мақола дунёнинг илғор давлатлари (АҚШ, Германия, Канада, Австралия, Финляндия, Сингапур, Жанубий Корея, Япония) тажрибасида полиция ходимларининг вояга етмаганлар ва ёшлар орасидаги ҳуқуқбузарликлар профилактикасида меҳнат ва бандлик органлари билан тизимли ҳамкорлигини ўрганади. Ишсизлик ва меҳнат бозоридан четлашиш жиноятчиликнинг энг муҳим сабабларидан бири эканлигини инобатга олган ҳолда, мақолада полициянинг “Crime Prevention Through Employment” (иш билан таъминлаш орқали жиноятчиликнинг олдини олиш) доктринаси асосидаги фаолияти кенг ёритилган.
2025-11-22
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ИЛГАРИ СУДЛАНГАН ШАХСЛАРНИ ИЖТИМОИЙ РЕАБИЛИТАЦИЯ ҚИЛИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ
Ушбу мақолада профилактика инспектори томонидан илгари судланган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш механизмларини ташкил этиш масалалари илмий ва амалий жиҳатдан ўрганилган. Тадқиқотда жиноят содир этиб, жазони ўтаб чиққан шахсларнинг жамиятга қайта мослашуви, уларнинг қайта ҳуқуқбузарлик содир этиш эҳтимолини камайтириш, ижтимоий-руҳий қўллаб-қувватлаш ва бандликка кўмаклашиш каби йўналишларни амалга оширишда профилактика инспектори зиммасига юклатилган вазифалар таҳлил қилинган. Мақолада реабилитация жараёнида маҳалла, таълим, бандлик, тиббиёт муассасалари ва жамоат ташкилотлари билан ўзаро ҳамкорликнинг ўрни, шунингдек, инсонпарварлик ва индивидуал ёндашувга асосланган реабилитация механизмлари ёритилган. Тадқиқот натижалари илгари судланган шахсларнинг ижтимоий ҳаётга тўлақонли қайтишини таъминлаш, криминоген вазиятни барқарорлаштириш ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишга хизмат қилади.
2025-11-22
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ТАҲСИЛ ОЛАЁТГАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР СОДИР ЭТИШ ЭҲТИМОЛИ ЮҚОРИ БЎЛГАН ТАЛАБАЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯККА ТАРТИБДАГИ ПРОФИЛАКТИКАНИНГ ЎРНИ
Ушбу мақолада профилактика инспекторининг таълим муассасаларида таҳсил олаётган ҳуқуқбузарликлар содир этиш эҳтимоли юқори бўлган талабалар билан ишлашда якка тартибдаги профилактиканинг ўрни ва аҳамияти илмий-назарий асосда таҳлил қилинади. Тадқиқотда талабалар ўртасида ҳуқуқбузарликка мойилликка таъсир этувчи омиллар, уларни аниқлаш усуллари, индивидуал профилактик тадбирларни ташкил этиш ва уларнинг самарадорлигини ошириш механизмлари ўрганилган. Шунингдек, профилактика инспектори, таълим муассасалари маъмурияти, психологлар ва жамоатчилик ўртасидаги ҳамкорликнинг ўзига хос хусусиятлари ёритилган. Мақолада индивидуал профилактика жараёнини такомиллаштириш, хавф гуруҳига мансуб талаба шахсини ижтимоий қўллаб-қувватлаш, таълим муҳитини соғломлаштириш ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасини кучайтириш бўйича амалий таклифлар илгари сурилади.
2025-11-22
МАҲАЛЛА ҲУҚУҚ-ТАРТИБОТ МАСКАНИДА КАТТА ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ АХБОРОТ-ТАҲЛИЛ ВА РЕЖАЛАШТИРИШ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ
Ушбу мақолада маҳалла ҳуқуқ-тартибот масканларида катта профилактика инспекторининг ахборот-таҳлил ва режалаштириш фаолиятини такомиллаштириш масалалари комплекс тарзда ўрганилган. Жамиятда ҳуқуқбузарликлар профилактикасини таъминлашда ахборотларни тўплаш, таҳлил қилиш ва улар асосида манзилли чора-тадбирларни режалаштириш катта профилактика инспектори масъулиятининг муҳим йўналишларидан бири экани таъкидланган. Тадқиқотда амалдаги статистик маълумотларнинг сифатини ошириш, ахборот алмашинувини оптималлаштириш, рақамли платформалардан фойдаланиш, хавф гуруҳига кирувчи шахсларни аниқлашда аналитик ёндашувни кучайтириш бўйича амалий таклифлар ишлаб чиқилган..
2025-11-22
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ШАХСИЙ ҲУҚУҚ ВА ЭРКИНЛИКЛАРИГА ТАЖОВУЗ ҚИЛАДИГАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ
Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг V боби (40–51¹-моддалар)да назарда тутилган фуқароларнинг шахсий ҳуқуқ ва эркинликларига тажовуз қилувчи маъмурий ҳуқуқбузарликлар (туҳмат, ҳақорат, шаҳвоний шилқимлик, шахсий маълумотларни ошкор этиш, турар жой дахлсизлигини бузиш, болалар ва меҳнат ҳуқуқларига тажовуз ва б.) профилактика инспектори фаолияти нуқтаи назаридан таҳлил қилинади. 2024–2025 йиллар ИИВ, омбудсман ва оммавий ахборот воситалари статистикаси асосида ушбу ҳуқуқбузарликларнинг долзарб муаммолари, жумладан кибер-туҳмат, шахсий маълумотларнинг “сизиб чиқиши”, эрта никоҳ ва шаҳвоний шилқимликнинг кенг тарқалиши кўрсатиб берилади. Муаллиф мавжуд санкцияларнинг етарли эмаслигини, жабрланувчиларни ҳимоя қилиш механизмларининг заифлигини ва замонавий рақамли таҳдидларга мослашмаганлигини танқидий баҳолаб, маъмурий жавобгарликнинг айрим таркибларини жиноий жавобгарликка ўтказиш, жарима миқдорларини кескин ошириш, профилактика инспекторининг шахсий маълумотлар билан ишлаш тартибини қатъийлаштириш бўйича аниқ таклифлар беради. Тадқиқот натижалари инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тизимини янада самарали қилишга хизмат қилади.
2025-11-22
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ДИНИЙ ЭКСТРЕМИЗМ ОСТИДА СОДИР ЭТИЛГАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ВИКТИМОЛОГИК ПРОФИЛАКТИКАНИНГ ЎРНИ
Ушбу мақолада профилактика инспекторининг диний экстремизм остида содир этилган ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишда виктимологик профилактиканинг ўрни ва аҳамияти илмий жиҳатдан таҳлил қилинган. Тадқиқотда диний радикал ғояларга мойилликка эга бўлган шахсларнинг виктим ҳолатига олиб келувчи ижтимоий, психологик ва маънавий омиллар ўрганилган. Шунингдек, профилактика инспекторининг ахборот-таҳлил фаолияти, хавф гуруҳини аниқлаш, манзилли суҳбатлар, оила ва маҳалла билан ҳамкорлик қилиш, ижтимоий-маънавий иммунитетни кучайтириш каби индивидуал ва гуруҳли профилактика чоралари ёритилган. Мақолада виктимологик ёндашув асосида диний экстремизмга мойил шахсларнинг таъсирчанлигини камайтириш, уларни радикал муҳитдан ҳимоя қилиш ва ижтимоий хавфсизликни таъминлаш механизмлари бўйича амалий таклифлар берилган.
2025-11-22
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ВОЯГА ЕТМАГАН ШАХСЛАР ТОМОНИДАН СОДИР ЭТИЛАДИГАН МАЪМУРИЙ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу илмий мақолада профилактика инспекторининг вояга етмаганлар томонидан содир этиладиган маъмурий ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишдаги роли, ваколатлари ва амалдаги фаолияти таҳлил қилинган. Бугунги кунда камолот ёшидаги шахслар ўртасида ҳуқуққа хилоф хатти-ҳаракатларнинг юзага келиш омиллари, оилавий муҳит, таълим муассасалари фаолияти, маҳалла ва жамоатчиликнинг ҳамкорлик даражаси билан бевосита боғлиқ экани қайд этилган. Тадқиқотда профилактика инспекторининг комиссиялар, таълим муассасалари, вояга етмаганлар билан ишловчи органлар ва нодавлат тузилмалар билан ўзаро ҳамкорлигини такомиллаштиришга доир таклифлар илгари сурилган. Шунингдек, замонавий ахборот технологияларидан фойдаланган ҳолда профилактика ишларини оптималлаштириш, соҳа ходимларининг малакасини ошириш ва профилактиканинг ҳуқуқий механизмларини рақамлаштириш бўйича амалий йўл-йўриқлар баён этилган. Тақдим этилган таклиф ва тавсиялар вояга етмаганлар ўртасида ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш тизимини самарали ташкил этишга хизмат қилади.
2025-11-22
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИНИНГ КОРРУПЦИЯ БИЛАН БОҒЛИҚ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МЕХАНИЗМИ
Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 210–212-моддалари (пора олиш, пора бериш, воситачилик) асосида коррупция билан боғлиқ ҳуқуқбузарликларнинг профилактикасида профилактика инспекторларининг роли ва ушбу механизмни такомиллаштириш масалалари чуқур таҳлил қилинади. 2024–2025 йиллар Transparency International, ИИВ, Kun.uz ва Daryo.uz статистикасига таяниб, коррупциянинг долзарб тенденциялари (давлат органларидаги пора олиш 41%, фуқароларнинг хабар бериш даражаси 24,8%, иқтисодий зарар 1,9 трлн сўм), сабаблари (манфаатлар тўқнашуви, хизмат мавқеидан ортиқча фойдаланиш, жазонинг етарли эмаслиги) ва оқибатлари очиб берилади. Муаллиф профилактика инспекторларининг амалдаги фаолиятининг муаммоларини (этик кодекснинг заифлиги, рақамли назоратнинг етишмаслиги, такрорий коррупциянинг 12% га ортиши) танқидий баҳолаб, коррупция профилактикасини 25–35% га самарали қиладиган аниқ такомиллаштириш механизмларини илгари суради: антикоррупцион этик кодексни мажбурийлаштириш, “Антикоррупцион-мониторинг” рақамли платформасини яратиш, аноним хабар бериш тизимини кенгайтириш, жарима ва қамоқ муддатларини кескин ошириш, профилактика инспекторлари учун KPI ва доимий тренингларни жорий этиш.
2025-11-22
