Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2025-12-23
Статьи
TARBIYASI OG’IR O’SMIRLARDA MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI
Mazkur ilmiy maqolada tarbiyasi og‘ir o‘smirlarning psixologik, ijtimoiy va axloqiy xususiyatlari zamonaviy pedagogik va psixologik nazariyalar asosida chuqur tahlil qilingan. O‘smirlik davrining inqiroziy bosqichlari, shaxsning aksiyologik (qadriyatga yo‘naltirilgan) tizimi shakllanishi, ma’naviy immunitet va ijtimoiy moslashuv jarayonlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Milliy qadriyatlarning o‘smir tarbiyasidagi regulyativ, ma’naviy, ijtimoiy-axloqiy funksiyalari keng ilmiy izohlanadi. Shuningdek, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ishlashda qo‘llanilishi zarur bo‘lgan shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, ijtimoiy-pedagogik hamkorlik, diagnostik monitoring, faoliyatga asoslangan tarbiya metodlari va media savodxonlik tamoyillariga asoslangan metodik tizim ishlab chiqilib tavsiyalar berilgan..
2025-12-22
QUSHLAR MIGRATSIYASI: EVOLYUTSION MOSLASHUV VA EKOLOGIK OMILLARNING O‘ZARO TA’SIRI
Mazkur ilmiy maqolada qushlar migratsiyasining murakkab etologik va fiziologik mexanizmlari hamda ushbu jarayonni yuzaga keltiruvchi asosiy abiotik va biotik omillar chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot ishida qushlarning mavsumiy o‘zgarishlarga moslashishdagi evolyutsion strategiyalari xususan fotoperiodizmning neyroendokrin tizim faoliyatiga ta’siri va gormonal boshqaruv jarayonlaridagi o‘rni batafsil yoritib beriladi. Shuningdek organizmda energiya zaxiralarini to‘plash va migratsiya oldi bezovtaligining yuzaga kelishidagi biologik ritmlar ahamiyati o‘rganiladi. Maqolada global iqlim o‘zgarishlarining qushlar migratsiya yo‘llari va fenologiyasiga ko‘rsatayotgan ta’siri hamda bioxilma-xillikni saqlashdagi dolzarb masalalar xorijiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi
2025-12-22
ILGʻOR XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MALAKA OSHIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar asosida malaka oshirish tizimini takomillashtirishning nazariy ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida malaka oshirish va kasbiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan zamonaviy konseptual yondashuvlar, jumladan, uzluksiz ta’lim, kompetensiyaviy model, reflektiv o‘rganish hamda natijaga yo‘naltirilgan tayyorlov mexanizmlarining nazariy asoslari o‘rganiladi. Xorijiy tajribalar tahlili orqali malaka oshirish tizimini modernizatsiya qilishda pedagogik innovatsiyalar, raqamli ta’lim platformalari va individual ta’lim trayektoriyalarining ilmiy-uslubiy ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada, shuningdek, malaka oshirish tizimining nazariy jihatdan takomillashuvi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qilishi ilmiy xulosalar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari milliy malaka oshirish tizimini rivojlantirishda konseptual asos sifatida foydalanish imkonini beradi
2025-12-22
KUYISH YARALARINI DAVOLASHDA KOLLAGEN VA BOSHQA BIOTEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING ISTIQBOLLARI VA KAMCHILIKLARI
So‘nggi o‘n yilliklar davomida kuyish yaralarini davolashning biotexnologiyalarga asoslangan yangi usullari paydo bo‘ldi. Ushbu adabiyotlar sharhida to‘qima muhandisligi yordamida yaratilgan kuyishlarni davolash uchun mo‘ljallangan asosiy materiallar — biologik yara qoplamalari va teri o‘rnini bosuvchi mahsulotlar keltirilgan..
2025-12-22
``TILNING IJTIMOIY QATLAMLAR BO`YICHA O`ZGARISHI:GENDER VARIATIVLIK``
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi variativlik hodisasi, uning til tizimidagi tabiati va ayniqsa gender variativlik misolida tilning ijtimoiy qatlamlar bo‘yicha o‘zgarishi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot doirasida tilning o‘zgaruvchanlik xususiyati, lingvistik birliklarning ijtimoiy faktorlar ta’sirida turlicha shakllanishi hamda erkaklar va ayollar nutqidagi lisoniy tafovutlarning sabablari tahlil qilinadi. Gender lingvistika nuqtayi nazaridan jinsga oid nutq xususiyatlari, ularni yuzaga keltiruvchi sotsiolingvistik omillar, kommunikativ jarayon va madaniy an’analarning tilga ta’siri misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Maqolada o‘zbek jamiyatining tarixiy, madaniy va ijtimoiy konteksti bilan bog‘liq ravishda genderga oid nutq modeli qanday shakllanishi, variativlikning til taraqqiyotidagi o‘rni va tilning moslashuvchan tizim sifatida jamiyatdagi rollar bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi.
2025-12-22
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING AXLOQIY FAZILATLARINI IJODIY FAOLIYAT ORQALI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirish jarayonida ijodiy faoliyatning o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Ijodiy topshiriqlar, rolli o‘yinlar, rasm chizish, sahnalashtirish, hikoya tuzish kabi mashg‘ulotlar orqali bolalarda mehr-shafqat, halollik, hamkorlik, mas’uliyat va odob kabi fazilatlar rivojlanishi ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida yoritilgan. Maqolada ijodiy faoliyatning psixologik-pedagogik xususiyatlari, o‘quv jarayonidagi tarbiyaviy imkoniyatlari hamda ularni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda axloqiy tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchilarning shaxs sifatida kamol topishida ijodkorlikning o‘rni amaliy misollar asosida asoslab berilgan.
2025-12-23
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ERTA BAHORGI MUDDATLARDA OCHIQ DALA MAYDONLARIDA BODRINGNI YETISHTIRISHNING QULAY MUDDATLARINI ANIQLASH.
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq iqlimi sharoitida erta bahorgi muddatlarda ochiq maydonlarda bodring yetishtirishning eng qulay muddatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan taqdiqotlarning ilmiy tahliliy natiyjalari keltirilgan.
2025-12-23
ПРЕДМЕТ КАК НОСИТЕЛЬ АВТОРСКОЙ ОЦЕНКИ В РАССКАЗЕ «ЖИЗНЬ И ВОРОТНИК» Н. А. ТЭФФИ
В статье анализируется функция предмета (кревного воротника) в рассказе Н. А. Тэффи «Жизнь и воротник» (1910) как носителя авторской оценки. Показано, что вещь выступает не нейтральной деталью быта, а смысловым центром, через который реализуется сатирико‑ироническая позиция автора. Инверсия отношений «человек - вещь», игровая антропоморфизация предмета и композиционное усиление вещной детали формируют критическое высказывание о мещанском сознании и утрате субъектности героини.
2025-12-23
IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA VATAN OBRAZINING SHAXSIY HAYOT FALSAFASI BILAN BOG‘LANISHI.
Ushbu maqolada Iqbol Mirzo she’riyatida Vatan obrazining shaxsiy hayot falsafasi bilan bog‘lanishi masalasi yoritiladi. Shoir ijodida Vatan obrazi oilaviy xotiralar, adabiy an’ana, milliy ramzlar va tabiat manzaralari orqali poetik talqin qilinadi. Tadqiqot davomida epitet, metafora, tashbeh, personifikatsiya kabi badiiy vositalarning Vatan obrazini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada Iqbol Mirzo she’riyatida Vatan insonning ruhiy mavjudligi va hayot mazmuni sifatida talqin etilishi ilmiy asosda ochib beriladi..
2025-12-24
OLIY TA’LIMDA FANLARARO INTEGRATSIYA (INTERDISIPLINAR YONDASHUV) ASOSIDA O‘QUV DASTURLARINI MODERNIZATSIYA QILISH
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida fanlararo integratsiya (interdisiplinar yondashuv) asosida o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda interdisiplinar ta’limning nazariy asoslari, uning talabalarda tanqidiy fikrlash, muammolarni kompleks hal etish, kreativ va innovatsion kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan kredit-modul tizimi, ta’lim–fan–ishlab chiqarish integratsiyasi hamda raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida fanlararo o‘quv dasturlarini joriy etish imkoniyatlari va muammolari ko‘rib chiqilgan.
2025-12-25
ZULFIYAXONIM HAYOTI VA IJODI
Zulfiyaxonim XX asr o‘zbek adabiyotida ayol ijodkor shaxsining shakllanishi, milliy adabiy tafakkur va ijtimoiy ong rivojida muhim o‘rin egallagan siymolardan biridir; uning hayoti va ijodi ayol ruhiyati, sadoqat, vatanparvarlik hamda ma’naviy barqarorlik masalalarini yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi va mazkur maqolaning maqsadi Zulfiyaxonim ijodining g‘oyaviy-estetik xususiyatlarini ilmiy asosda ochib berishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-biografik, qiyosiy-adabiy va matn tahlili metodlari qo‘llanilib, shoira ijodiga mansub 50 dan ortiq she’r va nasriy manbalar tizimli ravishda o‘rganildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, Zulfiyaxonim asarlarida ayol obrazining ijtimoiy faolligi 65 % hollarda ijobiy transformatsiya sifatida talqin etilgan, lirik qahramon tilidagi vatan va sadoqat motivlari esa poetik birliklarning qariyb 40 % ini tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda, Zulfiyaxonim ijodi o‘zbek adabiyotida ayol ovozining ilmiy-nazariy jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qilgan bo‘lib, mazkur tadqiqot shoira merosini zamonaviy adabiyotshunoslik kontekstida qayta talqin etish va uni global gender-adabiy jarayonlar bilan bog‘lash imkonini beradi.
2025-12-26
SUN'IY INTELLEKTNING AXLOQIY JIHATLARI
Bu maqolada hozirgi zamondagi raqamli texnologiyalarning tarqalishi bilan bog‘liq masalalarning axloqiy tomonlari muhokama qilinadi. Hozirgi zamonda sun’iy intellektdan foydalanishning axloqiy jihatlari sanab o‘tiladi qilinadi va echim izlanadi.
2025-12-26
ARAB DAVLATLARIDA DEMOKRATIK JARAYONLARNING QIYOSIY-DEMOKRATIK TAHLILI (MISR VA SAUDIYA ARABISTONI)
Arab Sharqidagi zamonaviy siyosiy jarayonlarni o'rganish ushbu mintaqada joylashgan mamlakatlarning rivojlanish sharoitlari bilan bog'liq kamida ikkita asosiy savolni tug'diradi. Ularga nisbatan “demokratiya” tushunchasi nimani anglatadi va bu tushunchadan kelib chiqadigan g‘oyalar arab dunyosida qay darajada haqiqatga aylangan? Agar muayyan siyosiy kuchlar faoliyati natijasida siyosiy ustqurmani demokratlashtirish allaqachon ma’lum shakllarga ega bo‘lgan bo‘lsa, unda buning tashabbuskori bo‘lgan kuchlar kimlar va ular ilgari amalga oshirgan o‘zgarishlarni izchil chuqurlashtirishga qanchalik tayyor? Arab dunyosidagi vaziyatning dastlabki tahlili arab dunyosida demokratlashtirish jarayoni haqiqatga aylanganmi, degan savolga ijobiy javob berishga imkon beradi.
2025-12-29
BOTANIKA TA’LIMINING DOLZARB MUAMOLARI VA TALABALARDA SHAKLLANTIRILISHI LOZIM BOʻLGAN ASOSIY KOMPOTENSIYALAR TARKIBI
Ushbu maqolada botanika ta’limining dolzarb muammolari hamda talabalarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan asosiy kompetensiyalar tarkibi ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Zamonaviy ta’lim talablari asosida botanika fanini o‘qitishda uchrayotgan muammolar — nazariya va amaliyot uyg‘unligining yetarli emasligi, an’anaviy o‘qitish usullarining ustunligi, innovatsion va raqamli texnologiyalardan kam foydalanilishi hamda ekologik yo‘naltirilgan yondashuvning sustligi yoritib berilgan. Shuningdek, botanika ta’limi jarayonida talabalarda fanlararo fikrlash, tadqiqotchilik, ekologik madaniyat, axborot bilan ishlash va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari botanika fanini o‘qitish samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi
2025-12-29
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV VA TALABALARDA KOMPLEKS MUAMMOLARNI YECHISH KOMPETENSIYASINING TARKIBIY QISMLARI
Maqolada kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan ta'limning bir qator jihatlari ko'rib o'tilgan. Xususan kasbiy, amaliy kompetentlik turlari va ularning rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilgan..
2025-12-29
ДОСУДЕБНОЕ РАССЛЕДОВАНИЕ В РЕСПУБЛИКЕ КАЗАХСТАН И РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН ПО УГОЛОВНЫМ ДЕЛАМ, ПРОВОДИМЫМ В УСЛОВИЯХ ОКАЗАНИЯ ПРАВОВОЙ ПОМОЩИ: ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПРИКЛАДНЫЕ ПРОБЛЕМЫ
В статье исследуются теоретические и прикладные проблемы досудебного расследования по уголовным делам, проводимым в условиях оказания международной правовой помощи на примере законодательства Республики Казахстан и Республики Узбекистан. Проанализированы положения ст.557–560 УПК РК и ст.592 УПК РУзб, регулирующие порядок исполнения запросов о правовой помощи, определены компетентные органы и разграничение их полномочий. Особое внимание уделено процессуальной роли Генеральной прокуратуры, Верховного суда и органов уголовного преследования, а также принципам состязательности и равноправия сторон в досудебных стадиях уголовного процесса. Автор рассматривает практические аспекты международного взаимодействия, включая экстрадицию, временную передачу лиц, признание и исполнение приговоров, а также особенности участия следователя и прокурора в реализации запросов о правовой помощи. Отмечены различия в определении статуса обвиняемого в Казахстане и Узбекистане, не препятствующие сотрудничеству компетентных органов. Предложено дополнение ст.560 УПК РК новой частью, предусматривающей возможность поощрения исполнителей международных запросов и регламентацию порядка уведомления о результатах их рассмотрения, что, по мнению автора, повысит эффективность исполнения международных поручений и укрепит взаимное доверие между государствами в сфере уголовного судопроизводства
2025-12-30
ОПЫТ ФРАНЦИИ И ГЕРМАНИИ ПО РЕАЛИЗАЦИИ ПРОКУРОРСКОГО НАДЗОРА ЗА РАССЛЕДОВАНИЕМ ПРЕСТУПЛЕНИЙ НА ТРАНСПОРТЕ
В статье представлен сравнительно-правовой анализ опыта реализации прокурорского надзора за расследованием преступлений на транспорте во Франции и Германии. Автор исследует организационную структуру систем прокуратуры, полномочия прокурора на стадии досудебного расследования и специфические особенности расследования транспортных преступлений в этих государствах как ведущих представителях континентально-европейской правовой семьи. Во Франции анализируется система взаимодействия Прокурора Республики со следственным судьёй, независимость прокурора в возбуждении и прекращении уголовного преследования, специализированные транспортные прокуратуры и практика расследования серьёзных дорожно-транспортных происшествий. В Германии исследуется иерархическая система прокуратуры над полицией, полномочия прокурора по даче указаний следственным органам, распределение компетенции между федеральной и земельными прокуратурами в расследовании транспортных преступлений.
2025-12-31
“HEALTH AS A CULTURAL AND PHILOSOPHICAL CONSTRUCT: AN ETYMOLOGICAL PERSPECTIVE”
Health is commonly treated in contemporary discourse as a biomedical and value-neutral category defined by scientific criteria and measurable indicators. This article challenges such reductionist interpretations by approaching health as a cultural and philosophical construct shaped by historical meanings, ethical assumptions, and anthropological models of the human being. Using an etymological perspective, the study traces the linguistic origins of the concept of health in ancient Greek, Latin, and early European traditions, demonstrating that health was originally associated with wholeness, harmony, moral order, and social stability. The article argues that these foundational meanings reveal health as a normative and culturally mediated concept rather than a purely technical one. By reconstructing the etymological and philosophical layers of health, the study provides a critical framework for understanding contemporary healthy lifestyle discourse and its ethical implications.
2025-12-31
КОНФЛИКТОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ НАПРЯЖЁННОСТИ В СОВРЕМЕННОМ ОБЩЕСТВЕ
В статье осуществляется конфликтологический анализ общественно-политической напряжённости как сложного социального феномена, формирующегося в условиях трансформации современного общества. Общественно-политическая напряжённость рассматривается как индикатор накопленных социальных противоречий и фактор потенциальной дестабилизации политической системы. Раскрываются структурные и динамические причины нарастания напряжённости, механизмы её эскалации и формы проявления в общественно-политической сфере. Особое внимание уделяется роли социальных конфликтов, институциональных дисфункций и общественного сознания в формировании напряжённости. Делается вывод о необходимости системного конфликтологического подхода к предупреждению и регулированию общественно-политической напряжённости.
2025-12-31
BIR YOSHGACHA BOLALAR SALOMATLIGI, KASALLANISHLARIGA TA’SIR ETUVCHI XAVF OMILLARINI INTEGRATSION BAHOLASH (PROGNOZLASH)
Aholi, bolalar salomatligini o‘rganishning asosiy maqsadlaridan biri ular orasida uchraydigan kasalliklar va o‘limni kamaytirish orqali aholi salomatligini yanada yaxshilashdan iborat. Buning uchun joylardagi shart-sharoitlardan kelib chiqib aholi orasida tarqalgan kasallik va o‘lim sabablarini tashqi muhit, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-biologik omillar, hamda aholi turmush tarzi bilan bog‘lab o‘rganish va ular orqali kasallik va o‘lim ko‘rsatkichlarining kattaliklarini va ularni keltirib chiqaruvchi yetakchi omillarni belgilab berish zarur. Bu esa o‘z navbatida tibbiyot xodimlariga aholi yoki ayrim shaxs salomatligini istiqbolini aniqlab uni yanada yaxshilash borasida chora-tadbirlar ishlab chiqishga yordam beradi [3, 4, 5]..
2025-12-31
“HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA”
Ushbu maqolada huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olishda aholi bandligini ta‘minlashhaqida, Jinoyatchilikni oldini olishda mahalla instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur hisoblanishi haqida so`z boradi..
2025-12-31
