O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING DAVLAT TOMONIDAN HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING DOLZARBLIGI

Main Article Content

Аннотация:

Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari jamiyatimizning barcha jabhalariga shiddat bilan kirib kelmoqda. Axborot texnologiyalarini joriy qilish tufayli ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishi shakllanmoqda. Jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yangi turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish, elektron tijorat, elektron shartnoma, elektron to‘lovlar tizimi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar samaradorligini oshirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ushbu maqolada elektron tijoratning O‘zbekistondagi holati, uni davlat tomonidan huquqiy tartibga solinishini takomillashtirishning zarurati, elektron tijorat sohasining davlat siyosatidagi asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, mamlakatimizda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga to‘siq bo‘layotgan muammo va kamchiliklar va ularni bartaraf etish uchun bir qancha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Article Details

Как цитировать:

Aliyeva , M. (2023). O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING DAVLAT TOMONIDAN HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING DOLZARBLIGI. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(11 Part 3), 37–42. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/23545

Библиографические ссылки:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6079-sonli Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2020 y., 06/20/6079/1349-son; 02.04.2021 y., 06/21/6198/0269-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-sonli qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2018 y., 07/18/3724/1261-son, 31.10.2018 y., 06/18/5564/2137-son, 09.11.2019 y., 06/19/5870/4010-son; 28.09.2020 y., 06/20/6075/1330-son.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 792-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 03/22/792/0870-son.