Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2025-11-03
Статьи
BOLALARDA HASHIMOTO KASALLIGI GORMON YETISHMOVCHILIGINING O‘SISH VA RIVOJLANISHGA TA’SIRI
Ushbu ilmiy maqola bolalarda autoimmun tireoidit Hashimoto kasalligi natijasida yuzaga keladigan gormon yetishmovchiligining o‘sish va umumiy rivojlanish jarayonlariga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Hashimoto kasalligI bu organizm immun tizimi tomonidan qalqonsimon bez to‘qimalarining o‘zini begona sifatida tanib, ularga qarshi antitanachalar ishlab chiqilishi oqibatida yuzaga keladigan surunkali yallig‘lanishli endokrin kasallikdir. Ushbu jarayon natijasida tiroksin T4 va triiodtironin T3 kabi hayotiy muhim gormonlar ishlab chiqarilishi kamayadi, natijada bolalarda gipotiroidizm rivojlanadi. Qalqonsimon bez gormonlari inson organizmida barcha asosiy metabolik jarayonlarni, o‘sish sur’atini, markaziy asab tizimining shakllanishini, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini, jinsiy yetilish jarayonlarini tartibga soladi. Shuning uchun ularning yetishmovchiligi bolalik davrida jiddiy fiziologik va neyropsixologik oqibatlarga olib keladi. Tadqiqotda Hashimoto kasalligi tashxisi qo‘yilgan 6–16 yoshdagi bolalar misolida gormon darajalari, antropometrik o‘lchovlar, suyak yoshi, o‘sish tezligi va kognitiv rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tahlillar natijasida TSH Thyroid Stimulating Hormone, ya’ni qalqonsimon bezni stimullovchi gormon darajasi oshgani, T4 va T3 ko‘rsatkichlari pasaygani, shuningdek, bo‘y o‘sishining sekinlashuvi, vazn ortishi, diqqat hamda xotira jarayonlarining susaygani aniqlandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, qalqonsimon bez gormonlarining yetishmovchiligi o‘sish sur’atiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, suyak to‘qimalarining differensiyalanishini sekinlashtiradi hamda miya faoliyatining shakllanishini izdan chiqaradi. Maqola yakunida Hashimoto kasalligini erta tashxislash va levotiroksin bilan o‘z vaqtida davolash o‘sish va intellektual rivojlanishning normal kechishini ta’minlay olishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari pediatrik amaliyotda qalqonsimon bez kasalliklarini erta aniqlash, skrining tizimini kengaytirish va bolalar salomatligini nazorat qilishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi
2025-11-03
ELEKTRON HUJJAT AYLANISHI TIZIMLARI VA RAQAMLI IMZO
Ushbu maqolada “Elektron hujjat aylanishi tizimlari va raqamli imzo” ning elektron hukumatni rivojlantirishdagi o‘rni va roli, elektron hujjat aylanishi tizimlari va raqamli imzoning hozirgi davrdagi ahamiyati, hamda ushbu tizimning huquqiy asoslari va uning ishlash prinsipi, tizimning infratuzilmasi va foydalanuvchlariga yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, elektron hujjat va elektron raqamli imzodan foydalanish va uni qanday olish to‘g‘risida batafsil yoritilgan. Shuningdek, tadqiqotlar va xorij tajribasini o‘rganish orqali ushbu tizimning joriy muammolari aniqlanib, ularni bartaraf etish va ushbu tizimning samaradorligini oshirish uchun takliflar va xulosalar keltirilgan.
2025-11-03
LEGAL TEXNOLOGIYALARNING YURISTLAR FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI
Ushbu maqolada Legal Tech nima ekanligi, uning afzalliklari va nega huquqshunoslar uchun muhim ekanligi to’liq yoritilgan. Hamda, huquqiy texnologiyalarning yuristlar faoliyatida tubdan yasagan o’zgarishlari to’g’risida fikr yuritilgan. Shu bilan birga, texnologiyalar huquq sohasiga ko’rsatayotgan ta’siri to’g’risidagi ma’lumotlar tahlil qilingan. Maqolada yangi o’zgarishlar ortidan yuz berayotgan inqiloblarning foydali va xavfli tomonlari ochib berilgan va yaxshilanishlar uchun taklif va tavsiyalar keltirilgan. Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, legal texnologiyalar huquqshunoslar uchun bir qancha qulayliklar yarata oladi, vas shu bilan birga muammolarga ham sabab bo’lishi mumkin.
2025-11-03
AI-ENHANCED WEB SCRAPING FOR DATA-DRIVEN ANALYSIS
This article explores the synergy between web scraping techniques and artificial intelligence in extracting, processing, and analyzing large-scale online data. By combining traditional scraping tools with machine learning models, such as transformers and named entity recognition systems, the study demonstrates how raw web data can be transformed into actionable insights. The proposed pipeline was tested on real-world datasets, including news sites and product reviews. Results show significant improvements in data quality, classification accuracy, and analysis speed. This research offers a scalable framework for AI-powered online data mining.
2025-11-05
TIBBIYOT VA FARMASEVTIKA SOHALARIDA ILMIY INNOVATSION YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot va farmasevtika sohalarida qo‘llanilayotgan ilmiy-innovatsion texnologiyalar, ularning inson salomatligini saqlash va yaxshilashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt, gen muhandisligi, biotexnologiya hamda dori vositalari ishlab chiqishdagi yangi yondashuvlar haqida so‘z yuritiladi.
2025-11-05
MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA TASHQI SAVDO ALOQALARINING RIVOJLANISH TARIXI
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganidan so’ng tashqi savdo aloqalarining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari,shuningdek,iqtisodiyotda tutgan o’rni hamda uning mamlakat taraqqiyotiga ta’siri yoritigan.Maqolada 1991-2025-yillar oralig’idagi tashqi savdo siyosati bosqichlari,asosiy eksport va import yo’nalishlari,hamkor davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning kengayishi yoritilgan.Shu bilan birga,O’zbekistonning jahon bozoriga integratsiyalashuvi va ’’Made in Uzbekistan’’ brendining shakllanishi haqida ma’lumot berilgan.Tadqiqot natijalarida tashqi savdoning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati,diversifikatsiya jarayonlari va yangi davrda erishilgan yutuqlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
2025-11-05
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ТЕРГОВ ХИЗМАТИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Мазкур мақолада профилактика инспектори фаолиятида тергов хизмати билан ҳамкорликни такомиллаштириш масалалари ёритилган. Шунингдек, жиноятларни барвақт аниқлаш ва уларнинг сабабларини бартараф этишда идоралараро ахборот алмашинуви, тезкор ҳамкорлик ва профилактик чораларнинг самарадорлигини ошириш бўйича таклифлар келтирилган.
2025-11-05
НОТИНЧ ОИЛАЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ФАОЛИЯТИНИ САМАРАЛИ ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ
Мазкур мақолада нотинч оилалар билан ишлашда профилактика инспектори фаолиятини самарали ташкил этишнинг ҳуқуқий ва амалий жиҳатлари ёритилган. Шу билан бирга, мазкур соҳадаги муаммолар таҳлил қилиниб, уларни бартараф этиш бўйича таклиф ва тавсиялар берилган
2025-11-05
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИҚИШ ВА ҚЎЛЛАШ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Мақолада “Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида”ги
ЎРҚ–371-сон Қонуни асосида профилактика чора-тадбирларини ишлаб чиқиш ва амалга ошириш фаолиятини такомиллаштириш масалалари таҳлил этилган. Профилактика субъектларининг ҳамкорлиги ва фаолият самарадорлигини ошириш бўйича амалий таклифлар берилган.
2025-11-05
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ВОЯГА ЕТМАГАНЛАРНИ ҒАЙРИИЖТИМОИЙ ХАТТИ-ҲАРАКАТЛАРГА ЖАЛБ ЭТИШНИ ОЛДИНИ ОЛИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Мақолада профилактика инспекторининг вояга етмаганларни ҳуқуқбузарлик ва ғайрийижтимоий хатти-ҳаракатлардан муҳофаза қилишдаги фаолияти таҳлил қилиниб, амалий чора-тадбирлар ва самарали услублар таҳлили берилган.
2025-11-05
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ВА ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ СОҲАВИЙ ХИЗМАТЛАРИ ҲАМКОРЛИГИНИ САМАРАЛИ ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ
Мақолада профилактика инспектори ва ички ишлар органларининг соҳавий хизматлари ўртасидаги ҳамкорликни самарали ташкил этиш масалалари таҳлил қилинади. Ўзаро ҳамкорликнинг ҳуқуқий, ташкилий ва амалий жиҳатлари, ахборот алмашинуви ва профилактик тадбирларни мувофиқлаштириш механизмлари ўрганилади.
2025-11-05
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ФАОЛИЯТИДА МАЪМУРИЙ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ВА ЖАЗОНИ ҚЎЛЛАШНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ
Мақолада профилактика инспекторлари фаолиятида маъмурий ҳуқуқбузарликларни аниқлаш ва жазони қўллашнинг самарадорлигини ошириш масалалари таҳлил қилинган.
2025-11-05
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИ ФАОЛИЯТИДА ТАҚИҚЛАНГАН ЭКИНЛАР ЕТИШТИРИШ ЖИНОЯТЛАРИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШДА ҚОНУНЧИЛИК ВА АМАЛИЁТНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Мақолада профилактика инспекторлари фаолиятида тақиқланган экинлар етиштириш билан боғлиқ жиноятларнинг олдини олишда қонунчилик ва амалиётни такомиллаштириш масалалари таҳлил қилинади. Ушбу мақолада жорий қонунчилик ҳужжатлари, профилактика тадбирлари ва инспекторлар фаолиятини мувофиқлаштириш йўналишлари ўрганилиб, самарали қонунни қўллаш ва жиноятларни профилактика қилишнинг усуллари кўриб чиқилади.
2025-11-05
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MEHNAT BOZORI RIVOJLANTIRISHNI PROGNOZLASH VA STATITIK TAHLIL
Ushbu maqolada O‘zbekiston mehnat bozorini rivojlantirish jarayonida raqamli texnologiyalarning ahamiyati, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hamda raqamli yechimlar yordamida bandlikni tahlil qilish va prognozlash imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda statistik tahlil, prognozlash modellari va ma’lumotlar tahlilining zamonaviy uslublari (masalan, regressiya, vaqt qatori tahlili, mashinaviy o‘rganish algoritmlari) asosida O‘zbekiston mehnat bozori dinamikasi tahlil qilindi. Maqolada so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlar natijasida ish o‘rinlari tarkibidagi o‘zgarishlar, masofaviy bandlik va IT sohasida yangi kasblarning paydo bo‘lishi kabi jarayonlar ko‘rib chiqildi. Olingan natijalar mehnat bozorini samarali boshqarish, bandlik siyosatini optimallashtirish va kelajakdagi mehnat talabini prognozlashda raqamli texnologiyalarning muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
2025-11-06
ELEKTRON HUKUMATNI ME’YORIY-HUQUQIY TA’MINLASH
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini me’yoriy-huquqiy jihatdan ta’minlash masalalarida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kamchiliklar va ularni oldini olish va yechim bo’lishi mumkin bo’lgan takliflar yoritilgan. Elektron hukumatni tashkil etuvchi asosiy qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari tahlil qilingan. Shuningdek, Estoniya, Janubiy Koreya, AQSh va Rossiya tajribalari bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilib, ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan ijobiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot ishida normativ-huquqiy tahlil, tizimli va empirik usullar qo‘llanilgan holda muammolar o’rganilgan. Maqolada amaldagi qonunchilikdagi kamchiliklar, masalan, huquqiy me’yorlarning takrorlanishi, yuklatilgan vakolatlarning noaniqligi yoki hech kimga yuklatilmaganligi hamda kiberxavfsizlikni tartibga solishdagi bo‘shliqlar, o’zgartirish zarur bo’lgan holatlar aniqlangan. Yakunda elektron hukumatni takomillashtirish uchun huquqiy baza uyg‘unligini kuchaytirish, sohada xalqaro qoidalar asosida qonunvhilikni tartiblash, kiberxavfsizlikni kuchaytirish va electron hukumat sohasida xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
2025-11-06
SIL KASALLIGINING QO’ZG’ATUVCHISI: MORFOLOGIK VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada sil kasalligining qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan Mycobacterium tuberculosis bakteriyasining morfologik va biologik xususiyatlari yoritilgan. Unda mikroorganizming tashqi tuzilishi, o‘sish sharoitlari, barqarorlik darajasi hamda patogenlik omillari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, sil bakteriyasining organizmga kirishi, immun javob bilan o‘zaro ta’siri va diagnostika usullarining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kasallikni chuqurroq tushunish va samarali profilaktika hamda davolash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
2025-11-06
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ТОМОНИДАН МАЪМУРИЙ ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ТЎҒРИСИДАГИ МУРОЖААТЛАРНИ КЎРИБ ЧИҚИШ ФАОЛИЯТИ
Ушбу мақолада профилактика инспекторларига маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги келиб тушган мурожаатлар, мурожаатнинг турлари, уларнинг қонуний ечимлари, мурожаатлар бўйича тўпланадиган ҳужжатлар, уларнинг мазмун-моҳияти, мурожаатни кўриб чиқиш тартиби маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги мурожаатларни кўриб чиқишда муаммо ва камчиликлар ҳамда уларнинг ечимлари юзасидан фикр ва мулоҳазалар ёритилган.
2025-11-06
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ТОМОНИДАН ПРОФИЛАКТИК ХИСОБГА ОЛИНГАН ШАХСЛАР БИЛАН ИШЛАШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақолада профилактика инспекторларининг профилактик ҳисобда турган шахслар билан амалга ошириладиган профилактик чора-тадбирлари турлари, ушбу фаолиятни тартибга солувчи норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар, уларнинг мазмун-моҳияти, олимларнинг фикрлари, ҳисобда турган шахслар билан ишлашдаги муаммо ва камчиликлар ҳамда уларнинг ечимлари юзасидан фикр ва мулоҳазалар ёритилган.
2025-11-06
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАРНИНГ ЎЗИНИ ЎЗИ БОШҚАРИШ ОРГАНЛАРИДА ҲИСОБОТ БЕРИШ ФАОЛИЯТИ
Ушбу мақолада профилактика инспекторларининг ўзини ўзи бошқариш органларида ҳуқуқбузарликлар ва жиноятчилик профилактикаси ҳолати тўғрисида ҳар ойда ҳисобот бериш тартиби, ҳисобот бериш йўналишлари, маҳаллада ҳавфсизликни таъминлашда давлат органлари билан ҳамкорлиги ҳақида сўз юритилади.
2025-11-06
ОДАМ САВДОСИ БИЛАН БОҒЛИҚ ЖИНОЯТЛАРНИНГ ВИКТИМОЛОГИК ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ
Ушбу мақолада хозирда мамлакатимизда оммалашиб бораётган “Одам савдоси” жиноятларининг виктимологик профилактикаси масалалари тўғрисида олимларнинг фиклари, ушбу соҳада юзага келаётган муаммолар ва уларнинг ечимлари ҳамда хорижий давлатларнинг ижобий тажрибаси ҳақида сўз юритилади.
2025-11-06
HUQUQIY HUJJATLARNI RAQAMLI ARXIVLASH VA ULARNING HAQIQIYLIGINI TEKSHIRISH TIZIMI
Ushbu maqolada raqamli arxivlashning mazmuni, ahamiyati va zamonaviy axborot jamiyatidagi o`rni tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar asosida hujjatlarni saqlash, qayta ishlash va uzatishning samarali usullari yoritilgan. Shuningdek, raqamli arxiv tizimlarining afzalliklari, ularning an’anaviy arxivlashdan ustun jihatlari hamda ma’lumot xavfsizligini ta’minlash masalalari ko`rib chiqiladi. Tadqiqotda raqamli arxivlash jarayonlaridagi natijalar va ko`zlangan maqsadlar xususida O`zbekiston, Estoniya, Belarus va Singapur davlatlari misolida ko`rib chiqiladi.
2025-11-06
QANDLI DIABET KASALLIGI
Ushbu maqolada qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamda ushbu kasalliklar chalingan bemorlarda emplagliflozin preparatining samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qantli diabet bilan og’rigan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish havfi yuqori bo’lib, o’lim va nogironlik ko’rsatkichlari sezilarli darajada ortadi. Empagliflozin esa glukozaning buyrak orqali qayta so’rilishini inkibitor qiluvchi SGLT2 inkibito’rlari guruhiga mansub dori hisoblanadi. Klinik tadqiqotlar, xususan, EMPA-REG OUTCOME sinovi natijalariga ko’ra, empagliflozin nafaqat glukozani nazorat qilishda, balki yurak yetishmovchiligi bo’yicha kasalxonaga yotqizilish darajasini pasaytirishda ham samarali ekanligi aniqlangan. Shundany qilib, empaglifozin diabetik va yurak-qon tomir kasalliklari bo’lgan bemorlarni kompleks davolashda muhim o’zrin tutadi.
2025-11-08
TA’LIMNI BOSHQARISH TIZIMLARI TASNIFI
Ushbu maqolada ta’limni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems – LMS)ning mohiyati, vazifalari hamda ularning turlari va tasnifi tahlil qilingan. Ta’limni boshqarish tizimlari zamonaviy raqamli ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, o‘quv jarayonini rejalashtirish, nazorat qilish, baholash va tahlil qilishni avtomatlashtirish imkonini beradi. Maqolada Moodle, Google Classroom, Edmodo, Canvas, Blackboard kabi mashhur tizimlarning texnik va pedagogik imkoniyatlari solishtirilib, ularning afzalliklari va kamchiliklari o‘rganilgan. Shuningdek, LMS tizimlarini ochiq kodli, korporativ, milliy va aralash turdagi tasniflari bo‘yicha ilmiy asosda guruhlash yondashuvlari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ta’limni boshqarish tizimlari o‘qitish samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonini individuallashtirish va masofaviy o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan
2025-11-10
ОСИЁ МАМЛАКАТЛАРИНИНГ ПРОФИЛАКТИК ҲИСОБГА ОЛИШ МЕХАНИЗМИНИ ҚЎЛЛАШ ТАЖРИБАСИ
Мазкур мақолада хориж мамлакатлари, жумладан Япония, Корея Республикаси, Сингапур, Россия ва бошқа давлатларда жиноят содир этган, ҳуқуқбузарлик қилган ёки озодликдан маҳрум этиш жойларидан озод қилинган шахсларни профилактик ҳисобга олиш механизмининг ўзига хос хусусиятлари таҳлил қилинган. Хорижий тажрибани ўрганиш асосида Ўзбекистонда профилактик ҳисобга олиш тизимини такомиллаштириш бўйича таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
2025-11-10
NISHON TUMANIDA G‘ALLACHILIK SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR: NATIJALAR VA STRATEGIK SALOHIYAT
Maqolada 1991-yildan boshlab Nishon tumanida g‘allachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ekin maydonlari, hosildorlik ko‘rsatkichlari, infratuzilma va boshqaruvning takomillashuvi tahlil qilinadi. Ushbu sohadagi o‘zgarishlar hududiy ixtisoslashuv, davlat siyosatining agrar yo‘nalishga qaratilishi va texnologik yangilanish bilan bog‘liq. Tarixiy bosqichlarga (1991-2005, 2006-2015, 2016-hozirgacha) bo‘linib, har bir davrdagi yutuqlar va muammolar ko‘rib chiqiladi.
2025-11-10
ЎЗБЕКИСТОНДА ПРОФИЛАКТИК ҲИСОБДА ТУРГАН ШАХСЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИКА СУБЪЕКТЛАРИНИНГ ПРОФИЛАКТИКА ИШИДАГИ МУАММОЛАР ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЙЎЛЛАРИ
Мақолада Ўзбекистон Республикасида профилактик ҳисобга олинган шахслар билан ишлашда ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш субъектлари фаолиятидаги расмийлик муаммолари ўрганилади. Муаллиф бюрократлаштириш жараёнлари, якка тартибдаги ишга расмий ёндашув, профилактика субъектлари ўртасида етарли даражада мувофиқлаштириш йўқлиги ва ҳақиқий натижалар устидан ҳисоботнинг устунлиги билан боғлиқ профилактик тадбирлар самарадорлигининг пасайиш сабабларини таҳлил қилади. Мақолада профилактика тизимини такомиллаштириш йўллари таклиф этилган, жумладан, профилактик таъсирга дифференциаллашган ёндашувни жорий этиш, хавфни баҳолашнинг замонавий технологияларидан фойдаланиш, идораларао ўзаро ҳамкорликни ривожлантириш ва ижтимоий мослашувнинг ролини ошириш. Миқдорий кўрсаткичлардан профилактик ишнинг сифат мезонларига ўтиш зарурлигига ва профилактика фаолиятида инсон омилини кучайтиришга алоҳида эътибор қаратилган.
2025-11-10
ПРОФИЛАКТИЧЕСКИЙ УЧЕТ ЛИЦ, РАНЕЕ СОВЕРШИВШИХ ПРЕСТУПЛЕНИЯ: ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ, СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ
Статья посвящена комплексному анализу института профилактического учета лиц, ранее совершивших преступления, в системе предупреждения рецидивной преступности Республики Узбекистан. Проанализированы правовые основы профилактического учета, закрепленные в Законе Республики Узбекистан «О профилактике правонарушений» от 14 мая 2014 года № ЗРУ-371, исследовано современное состояние системы учета и выявлены ключевые проблемы ее функционирования. В статье представлены статистические данные о динамике преступности и рецидива в Узбекистане за период 2019-2024 годов, проанализированы категории лиц, подлежащих профилактическому учету, порядок постановки на учет и снятия с него. Особое внимание уделяется эффективности профилактических мер и их влиянию на уровень рецидивной преступности. На основе проведенного исследования автор формулирует выводы о необходимости совершенствования законодательного регулирования института профилактического учета, усиления межведомственного взаимодействия и развития программ социальной адаптации лиц, освобожденных из мест лишения свободы.
2025-11-10
ELEKTRON DAVLAT XIZMATLARI VA ULARNING TRANSFORMATSIYASI
Ushbu maqolada elektron davlat xizmatlari va ularning transformatsiyasi, shuningdek electron hukumatni rivojlantirish ko’rsatkichlaridagi o’rni va roli, aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, hamda davlat elektron xizmat turning huquqiy asoslari va uning ishlash prinsipi, elektron xizmat turlarining infratuzilmasi va foydalanuvchilarga yaratilgan imkoniyatlaar,statistika va tahliliy ma’lumotlardan foydalangan holda ELEKTRON HUKUMAT RIVOJLANISH INDEKSI (EGDI) o’sishiga ta’siri batafsil yoritilgan. Shuningdek, tadqiqotlar va xorij tajribasini o’rganish orqali ushbu elektron xizmat turlarining joriy muammolari aniqlanib, ularni bartaraf etish usullari hamda elektron davlat xizmatlarning samaradorligini yaxshilash uchun takliflar va xulosalar keltirib o’tilgan.
2025-11-10
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ЖАМОАТ ТАРТИБИНИ САҚЛАШ ФАОЛИЯТИНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ
Профилактика инспекторининг жамоат тартибини сақлаш фаолияти ўзининг муайян ҳуқуқий асосларига эга. Мазкур норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни уларнинг юридик кучига кўра, қонунлар ва қонун ости норматив-ҳуқуқий ҳужжатларига ажратиш мумкин.
2025-11-11
ANALYSIS OF THE RESULTS OF DIAGNOSIS AND TREATMENT OF BREAST CANCER IN YOUNG WOMEN
This article presents a comprehensive analysis of the results from a detailed study focused on breast cancer (BC) in young women, a demographic with distinct clinical and biological challenges. The research entailed an in-depth examination of the clinical presentation, morphological characteristics, and biological profiles of tumors in this patient group. A key objective was to evaluate the efficacy of various contemporary treatment regimens employed in their management. Through rigorous statistical analysis, the study successfully identified critical factors that significantly impact both overall survival (OS) and recurrence-free survival (RFS). Building upon these findings, the article proposes refined and optimal treatment strategies that meticulously integrate the specific biological subtype of the tumor, such as hormone receptor status, HER2/neu amplification, and triple-negative phenotype, with the unique considerations of the patient's age, including fertility preservation and long-term quality of life. The conclusions underscore the necessity of a personalized, multidisciplinary approach to improve prognostic outcomes and address the comprehensive needs of young women diagnosed with breast cancer.
2025-11-11
SPORT VA JISMONIY FAOLLIKNING INSON RUHIY SALOMATLIGIGA TA'SIRI: PSIXOLOGIK TAHLIL.
Ushbu maqola sport va jismoniy faollikning inson ruhiy salomatligiga psixologik ta'sirini oʻrganishga bagʻishlangan. Zamonaviy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, muntazam jismoniy faollik stress, depressiya va bezovtalikni kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, sport insonning oʻziga boʻlgan ishonchini kuchaytiradi, ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantiradi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Tadqiqot natijalari sportning nafaqat jismoniy, balki ruhiy sogʻliqni qoʼllab-quvvatlashdagi muhim rolini isbotlaydi.
2025-11-11
LEGAL TECH RIVOJLANISH TARIXI
Ushbu maqolada Legal Tech, ya’ni huquqiy texnologiyalar rivojlanishining tarixiy va zamonaviy jihatlari tahlil qilinadi. Unda Legal Tech tushunchasi, yuridik xizmatlarni modernizatsiya qilishdagi roli, inson omilini kamaytirish va jarayonlarni tezlashtirish kabi asosiy maqsadlari yoritiladi. Rivojlanish tarixi uch davrga bo‘linadi: birinchi davr (1970-1980-yillar) – elektron yozuv mashinalari va huquqiy ma’lumotlar bazalari; ikkinchi davr (1990-2000-yillar) – internet, onlayn resurslar va yuridik faoliyatni boshqarish dasturlari; uchinchi davr (2010-yildan hozirgi kungacha) – sun’iy intellekt, blokcheyn, smart kontraktlar va bulutli texnologiyalar. Shuningdek, Germaniya va Estoniya tajribalari tahlil qilinib, O‘zbekistonda Legal Techni rivojlantirish, xorij tajribasini milliy qonunchilikka tatbiq etish va fuqarolarning huquqiy ongini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
2025-11-11
THE PHILOSOPHY OF DEPRESSION
This article highlights the influence of depression on the process of philosophical thinking. Depression encourages a person to delve deeper into questions about the meaning of life, existence, values, and inner experiences. Many famous philosophers throughout history – such as Kierkegaard, Nietzsche, Camus, and Sartre – developed new philosophical directions under the influence of depressive mental states, exploring human existence, freedom, and the essence of life. This article analyzes the contribution of depression to the development of philosophical thought.
2025-11-11
BOLALARDA JIGAR TUZILISHINING ANATOMIK O‘ZIGA XOSLIKLARI VA GEPATIT RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Ushbu ilmiy maqolada bolalar jigari anatomik va fiziologik jihatdan yetilmagan organ sifatida o‘ziga xos tuzilishga ega ekani hamda bu holat gepatit kasalliklarining kechishiga, ularning klinik manzarasi va oqibatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Bolalik davrida jigar parenximasi, qon tomir tarmog‘i, safro yo‘llari va mikrosirkulyator tizimining tuzilishida kuzatiladigan morfologik farqlar gepatotrop viruslarning ayniqsa A, B, C turlari patogen ta’siriga nisbatan sezuvchanlikni oshirishi aniqlangan. Tadqiqot davomida pediatrik anatomiya, gepatologiya va virusologiya sohalaridagi ilmiy manbalar tahlil qilinib, bolalar jigari o‘sish bosqichlarida sodir bo‘ladigan gistologik o‘zgarishlar, parenximatoz hujayralarning regenerativ imkoniyatlari hamda immun javob mexanizmlarining o‘zgarishi chuqur o‘rganildi. Maqolada shuningdek, jigar hujayralarining fiziologik yetilmaganligi tufayli bolalarda gepatit kechishi ko‘pincha o‘tkirroq, intoksikatsion sindromlar esa yaqqolroq namoyon bo‘lishi ilmiy asosda ko‘rsatilgan. Bolalar jigari anatomiyasining o‘ziga xos jihatlaridan biri parenximaning yuqori suv sig‘imi, nisbatan yumshoq to‘qima tuzilishi, keng kapillyar tarmog‘i virusli zararlanish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Shu bilan birga, erta yoshdagi bolalarda jigar hujayralarining regeneratsion qobiliyati yuqoriligi tufayli kasallikdan keyingi tuzalish jarayoni kattalarnikiga nisbatan tezroq kechishi kuzatiladi. Tadqiqotda bolalar va kattalar jigari o‘rtasidagi anatomik-fiziologik farqlar tasvirlab beriladi, gepatit rivojlanish mexanizmlariga ularning ta’siri tahlil qilinadi hamda pediatriyada jigar kasalliklarini erta tashxislash va oldini olish strategiyalari taklif qilinadi. Ushbu maqola pediatriyada, tibbiyot talabalari va gepatologiya sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir.
2025-11-11
HUQUQIY MADANIYAT VA HUQUQIY ONGNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularni shakllantirishning asosiy yo‘llari hamda jamiyat hayotidagi ahamiyati yoritilgan. Hamda huquqiy ongni oshirishda ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari, oilaviy tarbiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining o‘rni haqida fikr yuritadi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, aniq misollar va xalqaro tajribalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada mavjud muammolar ko‘rsatilib, huquqiy madaniyatni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
2025-11-12
MORIS RAVEL ASARLARI VA FORTEPIANO IJODI
Maqolada Ravelning har xil cholgʻu asboblar uchun yozgan asarlari va fortepiano uchun yaratilgan asarlari haqida bayon etiladi. Ushbu maqolada fransuz impressionizm davrining yirik kompozitorlaridan biri – Moris Ravelning fortepiano ijodiga bag‘ishlangan. Maqolada bastakorning fortepiano asarlariga xos bo‘lgan uslubiy xususiyatlar, ohangdorlik, tembr va faktura rang-barangligi, shuningdek, impressionistik musiqaga xos badiiy ifoda vositalari tahlil qilinadi. Maqolada bastakorning fortepiano ijodidagi impressionistik uslub, obrazlar tizimi hamda ohangdorlik xususiyatlari tahlil qilinadi.
2025-11-12
ARXEOGENETIKA VA SKELET ANTROPOLOGIYASI QADIMGI POPULYATSIYALAR HAYOT TARZINI KOMPLEKS TAHLIL QILISHNING ZAMONAVIY METODLARI
Ushbu maqolada arxeogenetika va skelet antropologiyasi fanlarining integratsiyasi orqali qadimgi populyatsiyalar hayot tarzi, sog‘liq holati, migratsion yo‘nalishlari hamda madaniy evolyutsiyasini o‘rganishning zamonaviy metodlari tahlil qilinadi. Maqolada inson qoldiqlarining osteologik, izotopik va DNK tahlillari asosida o‘tmishdagi iqlim, oziqlanish, kasalliklar va ijtimoiy tuzilma haqidagi ilmiy xulosalar keltiriladi. Arxeogenetika qadimgi DNK tahliliga asoslanib, populyatsiyalar o‘rtasidagi genetik aloqalar, etnik shakllanish va tarixiy migratsiyalarni aniqlash imkonini beradi. Skelet antropologiyasi esa inson suyaklari orqali biologik va ijtimoiy tafovutlarni aniqlaydi. Ushbu fanlarning uyg‘un qo‘llanilishi arxeologiya va biologiyaning kesishgan nuqtasida yangi tadqiqot yo‘nalishini bioarxeologik kompleks tahlilni shakllantirgan. Maqolada tarixiy manbalar, zamonaviy statistik ma’lumotlar, shuningdek, O‘zbekiston va jahon miqyosidagi arxeogenetik tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi. Natijada, arxeogenetika insoniyat tarixini rekonstruksiya qilishda eng samarali fanlardan biri sifatida baholanadi.
2025-11-12
ONLAYN MEDIATSIYA VA ARBITRAJ TIZIMLARINING AFZALLIKLARI
Mazkur maqolada onlayn mediatsiya va arbitraj tizimlarining zamonaviy huquqiy tizimdagi o’rni hamda ularning an’anaviy nizolarni hal etish usullaridan ustun jihatlari tahlil qilinadi. So’nggi yillarda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanishi natijasida nizolarni masofadan turib hal etish mezanizmlari rivojlanib bormoqda. Maqolada ushbu tizimlarning afzalliklari sifatida vaqt va xarajatlarni tejash, geografik cheklovlarning yo’qligi, jarayonning oshkoraligi hamda hujjat almashinuvining soddaligi kabi omillar ko’rsatib o’tiladi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajribalar va O’zbekiston bu sohada amalga oshirayotgan islohotlar solishtirma tahlil asosida o’rganiladi.
2025-11-12
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING PORTLASH QOBILIYATINI “JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASI” SPORT SINOVLARI ME’YORLARIGA BOG‘LIQLIGI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining portlash qobiliyati (tezkor kuch)ning jismoniy tayyorgarlik darajasi va sport sinovlari me’yorlariga bog‘liqligi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh fiziologiyasi, mushak va asab tizimlarining rivojlanish xususiyatlari, harakat faoliyati dinamikasi hamda portlash kuchining shakllanishiga ta’sir etuvchi pedagogik va psixologik omillar keng yoritilgan.
2025-11-14
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA HARAKATLI O‘YINLARNING AHAMIYATI
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirish jarayonida harakatli o‘yinlarning pedagogik va psixologik ahamiyatini tahlil qiladi. Nutq rivoji bolaning muloqot qobiliyati, fikrlash va ijtimoiy moslashuvini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar nafaqat jismoniy faollikni oshiradi, balki fonemik eshitish, so‘z boyligini kengaytirish, grammatik tuzilmalarga oid tushunchalarni mustahkamlash va dialogik nutqni rag‘batlantirishga yordam beradi.
2025-11-14
E-COMMERCE PLATFORMALARINING MONOPOLLASHGAN HOLATI VA RAQOBAT HUQUQI
Ushbu maqolada elektron savdo (e-commerce) platformalarining bozorda ustun mavqega ega bo`lishi natijasida yuzaga kelayotgan monopollashuv holatlari va ularning raqobat huquqi doirasida qanday tartibga solinayotganiga e’tibor qaratilgan. O`zbekiston Respublikasining elektron tijorat va raqobatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlari, so`nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining vakolatlari va faoliyati tahlil qilinadi. Maqolada raqamli platformalar tomonidan bozordagi noteng raqobat, resurslar ustidan nazorat, va sun’iy intellekt vositalari orqali ma’lumotlardan foydalanish orqali monopol mavqeni mustahkamlash holatlariga urg`u beriladi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ilgari suriladi.
2025-11-15
ELEKTRON HUKUMAT TIZIMIDA XODIMLARNING AXBOROT XAVFSIZLIGI VA KIBERXAVFSIZLIK BO’YICHA XABARDORLIGINI OSHIRISH HAMDA RAQAMLI KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRSH
Mazkur maqolada elektron hukumat tizimining rivojlanishi natijasida axborotlarning raqamlashtirilishi, elektron davlat xizmatlarining kengayishi hamda barcha sohalarning raqamli transformatsiyasi jarayonida yuzaga kelayotgan kiberjinoyatlar global miqyosda va O‘zbekiston misolida tahlil qilinadi. Davlat sektorida mavjud axborot tizimlari, resurslari va veb-saytlarga nisbatan kiberhujumlar sonining ortib borish sabablari hamda ularning asosiy turlari statistik ma’lumotlar asosida o‘rganiladi. Shuningdek, O‘zbekistonning kiberhimoya sohasidagi siyosati o’rganilib, ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat xizmatchilarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning innovatsion yo‘nalishlari, xususan lavozimga moslashtirilgan, sun’iy intellekt va gemifikatsiya elementlariga asoslangan maxsus kiberxavfsizlik o‘quv dasturlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
2025-11-15
TARIX FANI O‘QITUVCHILARINI XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA TESTOLOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHNING BA’ZI JIHATLARI
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida testologik kompetensiyalarning ahamiyati yoritilgan, tarix fani o‘qituvchilarini testologik faoliyatga tayyorlashning asosiy omillari xorijiy tajribalar asosida tahliI qilingan. AQSh, Finlyandiya, Singapur, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarning testlash va baholash sohasidagi yutuqlari va amaliyotlari qiyosiy tahliIga tortilgan. Tadqiqot natijalarida milliy ta’lim tizimimizga mos keladigan, tarix o‘qituvchilarining testologik madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan takliflar ishlab chiqilgan.
2025-11-15
YOSHLAR TARBIYASIDA MILLIY QADRIYATLARNING IJTIMOIY-MA’NAVIY AHAMIYATI
Maqolada yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati tahlil etilgan. Milliy qadriyatlar tushunchasining ilmiy ta’rifi, ularning yoshlar ongida shakllanish jarayoni, globallashuv sharoitida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimida milliy qadriyatlarni singdirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilib, ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari milliy tarbiya tizimini takomillashtirish va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda foydali bo‘lishi mumkin.
2025-11-15
