“KARYERLARDA EKSKAVATOR VA AVTOSAMASVAL TIZIMI SAMARADORLIGINI (MMD FULLY MOBILE SURGE LOADER) TO‘LIQ HARAKATCHAN ORALIQ YUK TO‘PLOVCHI BUNKER TEXNOLOGIYASI ORQALI KO’TARISH”

Main Article Content

Abstract:





Zamonaviy ochiq konchilik sanoatida (karyerlarda) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirish va xavfsizlik darajasini yuqori bosqichga olib chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada an’anaviy Ekskavator va Karyer avtoag’dargichi  asosidagi qazib olish tizimining uzoq yillar davomida deyarli o‘zgarmaganligi, uning texnologik va ishlab chiqarishda cheklovlarini tahlil qilinadi. Xususan, notekis yuklash, ekskavatorning avtosamasvalni kutish vaqtlari, avtoag’dargich siklining buzilishi hamda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni,  asosiy kamchiliklar sifatida ko‘rsatib beriladi.Mazkur muammolarga yechim sifatida Australiyaning konchilik mashinalari va jihozlari ishlab chiqaruvchi MMD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan (to‘liq harakatchan oraliq yuk to‘plovchi”)  BUNKER texnologiyasi  texnik jihatdan ko‘rib chiqiladi. Ushbu texnologiya ekskavator va yuk mashinalari o‘rtasidagi kechikish, ortiqcha yuklash yoki avtosamasvalni  to’liq to’ldirmaslik muammolarini bartaraf etib, oraliqdagi qiya konvoyor texnologiyasi orqali material oqimini barqarorlashtirishga asoslangan. Tadqiqotda BUNKERning ishlash prinsipi, 3D kamera va RFID texnologiyalari asosidagi avtomatlashtirilgan joylashtirish tizimi, material darajasini nazorat qilish va aniq yuklash mexanizmlari tahlil qilinadi.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyani joriy etish orqali ishlab chiqarish hajmini 40% gacha oshirish, ekskavatorning foydalanish darajasini 95% gacha yetkazish, yuk mashinalari sonini kamaytirish hamda yuklash vaqti va xavflarini sezilarli darajada qisqartirish mumkin. Shuningdek, BUNKER(to’liq harakatchan oraliq yuk to’plovchi qurilma)tizimi yarim va to‘liq avtonom konchilik uchun texnologik asos yaratadi.Ushbu tadqiqot natijalari ochiq konchilikda an’anaviy ekskavator va avtosamasval tizimini modernizatsiya qilish va yuqori samaradorlikka erishish uchun ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.MMD kompaniyasi bu muammoni hal qildi va konchilik kompaniyalari bundan qanday foyda ko‘rmoqda.





Article Details

How to Cite:

Iydiyev , M., & Umirzoqov , A. (2025). “KARYERLARDA EKSKAVATOR VA AVTOSAMASVAL TIZIMI SAMARADORLIGINI (MMD FULLY MOBILE SURGE LOADER) TO‘LIQ HARAKATCHAN ORALIQ YUK TO‘PLOVCHI BUNKER TEXNOLOGIYASI ORQALI KO’TARISH”. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(12, part 2), 230–238. Retrieved from https://in-academy.uz/index.php/cajmrms/article/view/70532

References:

-yil 5-aprelda Lee Hillyer — MMD boshqaruvchi direktori va

Chris Pearson — MMD kompaniyasida BUNKER( to’liq harakatchan oraliq yuk to’plovchi qurilma)