Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Published: 2025-01-06
Articles
BADIIY ASARDA SHAKL VA MAZMUN
Ushbu maqolada, shakl va mazmunning nazariy jihatlari, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va badiiy asarning muvaffaqiyatiga ta’siri, tadqiqotda o‘zbek va jahon adabiyotidan misollar keltirilib, shakl va mazmunning bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatlari amaliy misollar asosida ochib berilgan. Shuningdek, adabiyotdagi eksperimentlar, o‘quvchi talqini va madaniyatlararo bog‘liqlik masalalari muhokama qilingan.
2025-01-06
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING O’ZGALAR MULKINI TALON-TAROJ QILISH BILAN BOG’LIQ JINOYATLARINING PROFILAKTIKASI
Ushbu ilmiy maqola talonchilik jinoyatining profilaktikasini takomillashtirishga doir ilmiy tadqiqotlarni o‘rganib chiqadi. Maqolada talonchilik jinoyatlarining asosiy sabab va omillari, ularning jamiyatga ta'siri, shuningdek, ushbu jinoyatlarni kamaytirish va oldini olish uchun samarali profilaktika strategiyalari tahlil qilinadi. Talonchilik jinoyatining ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-psixologik va huquqiy asoslarini chuqur o‘rganish orqali maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishning kompleks yondashuvlari taklif etiladi. Talonchilik jinoyatlarining oldini olish uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni kuchaytirish, ta'lim tizimini rivojlantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish va axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi ta'kidlanadi. Shuningdek, maqolada huquqni muhofaza qilish tizimini samarali tashkil etish, jinoyatni oldini olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, mahalliy jamoalar bilan hamkorlikni rivojlantirish kabi amaliy tavsiyalar berilgan.
2025-01-06
MULKKA QARSHI JINOYATLARNING PROFILAKTIKASIGA OID XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI
Ushbu maqola O‘zbekistonda mulkka qarshi jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvetsiya va Yaponiyaning profilaktik politsiya faoliyati, ijtimoiy xizmatlar, CCTV tizimlari va elektron texnologiyalardan foydalanish kabi usullari ko‘rib chiqiladi. Tajribalar O‘zbekistonda qanday qo‘llanilishi mumkinligi va jinoyatlarni kamaytirish uchun tavsiyalar keltiriladi. Maqolada jamiyatda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan aniq strategiyalar taklif etiladi.
2025-01-06
TERRORIZM BILAN BOG'LIQ JINOYATLAR BO'YICHA PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAXSUS PROFILAKTIKASI
Ushbu maqolada terrorizm bilan bog'liq jinoyatlar bo'yicha profilaktika inspektorining roli va vazifalari, shuningdek, terrorizmni oldini olish, uni jamoatchilikda targ'ib qilish va jinoyatchilarga qarshi samarali profilaktik choralarning ko'rilishi masalalari tahlil qilingan. Maqolada jinoyatlarni profilaktika qilishning huquqiy, tashkiliy va psixologik jihatlari ko'rib chiqiladi, shuningdek, zamonaviy terrorizmning turli shakllari va ularga qarshi kurashish uchun inspektorlarning qanday maxsus bilim va malakalarga ega bo'lishi kerakligi yoritilgan.
2025-01-06
IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLARNI YURIDIK TAHLILI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MULOHAZALAR
Ushbu maqolada iqtisodiy jinoyatlarning turlari va asosiy tushunchalar, ularning yuridik tahlili haqida qisqacha ma’lumotlar va ularni oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining asosiy yo‘nalishlari, faoliyat yo‘nalishlari va hozirgi texnalogik jarayonlarda iqtisodiy jinoyatlarning xavflilik darajasi ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-01-06
TOVLAMACHILIK JINOYATINI OLDINI OLISH FAOLIYATI
Ushbu maqolada mavzuning dolzarbligi, tovlamachilik jinoyati tushunchasi va ahamiyati, yuridik tahlili, huquqiy asoslari, tovlamachilik jinoyatini oldini olishda umumiy, maxsus, viktimologik hamda yakka tartibdagi profilaktika chora-tadbirlari va ularning tovlamachilik jinoyatini oldini olishdagi o‘rni, Oʻzbekiston Respublikasi tovlamachilik yo‘li bilan sodir etilgan jinoyatlarning umumiy koʻrsatgichlar haqida muhokama qilingan.
2025-01-06
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZALIKLAR PROFILAKTIKASIDA ADLIYA ORGANLARI BILAN HAMKORLIGI
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining Huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya organlari bilan xamkorligining oʻziga xos xususiyatlari, hamkorlikning tashkiliy hamda huquqiy asoslari, oʻzaro hamkorlik qilishda yuzaga keladigan muammo va kamchiliklar, shuningdek, ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bir qator takliflar, ilgʻor xorijiy tajribasi va milliy qonunchiligimizning oʻxshash va farqli tomonlari, hamkorlikni takomillashtirish yoʻnalishlari yoritilgan.
2025-01-06
UYUSHMAGAN YOSHLAR TUSHUNCHASI VA KRIMINOLOGIK TAVSIFI
Maqolada yoshlar, uyushmagan yoshlar tushunchalari uning kriminologik tavsifi, ushbu faoliyatning jamiyatimiz xayotidagi ahamiyatini tadqiq etadi.
2025-01-06
YOSHLAR BILAN ISHLASHDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MAVZUSIDA
Maqolada uyushmagan yoshlar bilan ishlashda jinoyatchilikka qarshi kurashish muammosi tahlil qilinadi. Ushbu yoshlar orasida jinoyatchilikka moyillik, ijtimoiy izolyatsiya, ta'lim va mehnat bozorida muvaffaqiyatsizlik kabi omillar mavjud. Maqola, yoshlarning jinoyatchilikka jiddiy aloqadorligi va bu masalaga qarshi kurashishning samarali usullarini o‘rganishga qaratilgan. Mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, olimlarning fikrlari va dunyo tajribasidan misollar keltiriladi. Maqsad – manga uyushmagan yoshlar bilan ishlashda jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy reabilitatsiya usullarini ishlab chiqishdir.
2025-01-06
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR BILAN O'ZARO HAMKORLIGI
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar bilan o'zaro hamkorligining ahamiyati, istiqbollari va asosiy yo'nalishlari yoritiladi.
2025-01-06
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING EKOLOGIK HUQUQBUZARLIKLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada, profilaktika inspektorining ekologik huquqbuzarliklar bilan ishlash faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va aniqlash hamda oldini olish haqida so‘z boradi.
2025-01-06
SHAXSDA VIKTIMLIKNI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLARNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI.
Ushbu maqolani yozishdan asosiy maqsad shaxsda viktimlikni keltirib chiqaruvchi omillarning kriminologik tavsifi borasida zamonaviy qarashlar shaxsning huquqbuzarlikning jabrlanuvchiga aylanishini oldini olishga qaratilgan yangiliklar yoritib o'tilgan.
2025-01-06
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FUQAROLIK JAMIYATI INSITUTLARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGI
Ushbu maqola orqali siz tadqiqot mavzusining dolzarbligi, predmeti, obʼekti, vazifalari, profilaktika inspektorlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi tushunchasi, ushbu hamkorlikning jinoyatlarning barvaqt oldini olishdagi ahamiyati, bugungi kundagi holati, chet el davlatlarining ilg‘or tajribalari, ushbu faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslari, shuningdek ushbu hamkorlikdagi muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqilgan bo‘lib faoliyatni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilib o‘tilgan.
2025-01-06
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FUQAROLIK JAMIYATI INSITUTLARI BILANO‘ZARO HAMKORLIGI FAOLIYATININI TAKOMILLASHTIRISH VA XORIJIY DAVLATLARNING TAJRIBALARI
Mazkur ishda profilaktika inspektorining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari va xorijiy davlatlarning tajribalari tahlil etiladi. Profilaktika inspektorlari huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ularning faoliyati faqat davlat organlari bilan cheklanib qolmay, balki fuqarolik jamiyati institutlari bilan ham o‘zaro aloqalar o‘rnatish va mustahkamlashni talab etadi. Ishda fuqarolik jamiyatining huquqiy va ijtimoiy tashkilotlari, yoshlar tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jamoat xavfsizligini ta’minlashda va huquqbuzarliklarning oldini olishda qanday samarali ishlashlari ko‘rib chiqiladi.Xorijiy tajribalar, xususan, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya va Kanada kabi mamlakatlarning tajribalarini tahlil qilish orqali, ularning profilaktika tizimidagi fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilishda erishgan muvaffaqiyatlari va yondoshuvlarini o‘rganish, o‘zbekiston sharoitida samarali tizimni shakllantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mazkur ishda fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar va strategiyalar ishlab chiqiladi.
Ishning asosiy maqsadi profilaktika inspektorlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqalarini kuchaytirish orqali huquqbuzarliklarni kamaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini taklif qilishdir.
Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishga, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi
2025-01-06
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA SHAXSNI HAYOTI VA SOG‘LIG‘IGA QARSHI JINOYATLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINING SHAKLLANISHI
Mazkur ishda huquqbuzarliklar profilaktikasida shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarning viktimologik profilaktikasining shakllanishi masalasi o‘rganiladi. Viktimologiya, ya'ni jinoyatlarning qurbonlarini o‘rganish sohasidagi ilmiy izlanishlar, shaxsning jinoyatga nisbatan qanday ta'sirlanishi, uning oldini olish va jinoyatlar profilaktikasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ishda, jinoyatlarning qurbonlariga nisbatan vujudga keladigan xavflar, shaxsning yuridik va psixologik himoyasi, shuningdek, uning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi.Viktimologik profilaktika, jinoyatlarning avvaldan oldini olishga va jinoyatlarning qurbonlariga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan kompleks yondashuvni anglatadi. Ushbu tadqiqotda, shaxslarning xavfsizligini ta'minlash, huquqiy ta'lim va psixologik yordam orqali jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan yangi usullar va vositalar tavsiya etiladi.
Shaxsiy xavfsizlikni ta'minlashda huquqiy, ijtimoiy va psixologik omillarni hisobga olish, jinoyatlarning qurboniga aylanish ehtimolini kamaytirish, shu orqali jamiyatda tartibni mustahkamlashga xizmat qiladi. Viktimologik profilaktikaning samarali tizimi jinoyatga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va shaxsning hayoti hamda sog‘lig‘ini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.
2025-01-07
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH FUQAROLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLI
profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlashdagi faoliyati hamda urni jamoat tartibini fuqarolar xavfsizligini taminlashga oid muammo va ularni yechish buyicha takliflar, yuridik fanda mavjud konseptual yondashuvlar va ilmiy-nazariy qarashlar yoritib o‘tilgan.
2025-01-07
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA SHAXSNI HAYOTI VA SOG‘LIG‘IGA QARSHI JINOYATLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASI
Mazkur maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasining muhim bir qismi sifatida shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi o‘rganiladi. Ushbu tadqiqotda viktimologiyaning asosiy tamoyillari va prinsiplariga asoslanib, shaxsni jinoyatga uchrash ehtimolini kamaytirish, jinoyatlarning oldini olish va ularni amalga oshirgan shaxslar bilan kurashish bo‘yicha usullar ko‘rib chiqiladi. Hayot va sog‘liqni tahdid qiluvchi jinoyatlar, shu jumladan, qotillik, yengil va og‘ir jarohatlar, zo‘rlash va boshqa jismoniy ta’sirlar ko‘rgan jinoyatlar alohida tahlil qilinadi.
Viktimologik yondashuvda, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotlari va davlat organlarining o‘zaro hamkorligi, shuningdek, fuqarolarni huquqiy tarbiyalash, ularning huquqlari va xavfsizligi haqida ongli tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda shuningdek, jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va psixologik omillar, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlashning zamonaviy usullari hamda jinoyatlarning oldini olishdagi yangi yondashuvlar muhokama qilinadi.
Natijada, ushbu ishlanma hayot va sog‘liqni himoya qilish, jinoyatlarning oldini olish va ularning sabablarini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
2025-01-07
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA FUQAROLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI ISHTIROKI
Ushbu makolada profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saklash va fukarolar xavfsizligini taminlashdagi igshtiroki, profilaktika inspektorlarining vazifalari, roli, fukarolar xavfsizligi taminlashdagi axamiyati boshka xizmatlar bilan xamkorligi va jamoat tartibini saklash buyicha takliflar berib utilgan.
2025-01-07
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI TOMONIDAN PASPORT-VIZA QOIDALARIGA RIOYA ETILISHINI TA’MINLASH FAOLIYATIDA DAVLAT ORGANLARI VA JAMOAT TASHKILOTLARI BILAN HAMKORLIGI
Ushbu maqolada profilaktika inspektori tomonidan pasport-viza qoidalariga rioya etilishini ta’minlash faoliyatida davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyati o'rganiladi. Maqola, profilaktika inspektorining jinoyatchilikni oldini olish va xavfsizlikni ta'minlashdagi rolini, shuningdek, o'zaro ma'lumot almashish, ta'lim va tarbiya dasturlari, jamiyat bilan aloqalar, monitoring va nazorat, ijtimoiy loyihalar hamda manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni taqdim etadi
2025-01-07
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI TOMONIDAN PASPORT-VIZA QOIDALARIGA RIOYA ETILISHINI TA’MINLASH FAOLIYATIDA XORIJIY TAJRIBALARNI TADBIQ ETISHNING AYRIM MASALALARI
Mazkur malakaviy bitiruv ishida profilaktika inspektori tomonidan pasport-viza qoidalariga rioya etilishini ta’minlash faoliyati tushunchasi,ahamiyati,kriminologiktavsifi,xususiyatlari, pasport-viza qoidalariga rioya etilishini ta’minlash faoliyatiga doir bir qator takliflar va bu boradagi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalari va ularni amaliyotga joriy etish masalalari yoritilgan.
2025-01-07
О НЕКОТОРЫХ ВОПРОСАХ КАСАЮЩИХСЯ ПРОФИЛАКТИКИ ПРАВОНАРУШЕНИЯ СРЕДИ БЕЗНАДЗОРНЫХ И БЕЗПРИЗОРНЫХ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ
Статья рассматривает Вопросы профилактики правонарушения среди безнадзорных и безпризорных несовершеннолетнихв Республике Узбекистан, являются актуальными и требуют всестороннего анализа. В данном контексте рассматриваются важность профессианальных навыков и умений а таке психологическая поддержка
2025-01-07
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH VA OLDINI OLISHNING RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI
Hozirgi kunda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va kamaytirishni nazarda tutuvchi huquqni muhofaza qilish organlarining ahamiyati ortib bormoqda. Jinoyatchilikning kuchayib borayotgan tendentsiyalarini hisobga olgan holda, davlatning asosiy vazifalaridan biri jinoyatchilikning oldini olish va oldini olish hisoblanadi. So‘nggi paytlarda ushbu muhim sohada davlat sa’y-harakatlarini jamlash choralari ko‘rildi. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslari jinoyatchilikka qarshi kurashni huquqiy ta'minlashda alohida o'rin egallashga chaqirilgan
2025-01-07
MAHALLA HUQUQ-TARTIBOT MASKANIDA BOSHQA DAVLAT ORGANLARI XODIMLARI BILAN HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI MUVOFIQLASHTIRISH FAOLIYATI AHAMIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola mahalla huquq-tartibot maskanida boshqa davlat organlari xodimlari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga faoliyati, faoliyatni muvofiqlashtirish,faoliyatda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlari ko’rsatib o’tilgan.
2025-01-07
ЗАДАЧИ СОТРУДНИКОВ ПРАВООХРАНИТЕЛЬНЫХ ОРГАНОВ ПРИ ПРОФИЛАКТИКЕ ПРАВОНАРУШЕНИЙ СРЕДИ ЖЕНЩИН С ЛЕГКИМ ПОВЕДЕНИЕМ
Статья посвящена анализу задач сотрудников правоохранительных органов при профилактике правонарушений среди женщин с легким поведением. В условиях современного общества существует необходимость в особом подходе к данной группе правонарушителей, учитывая их психологические и социальные особенности. В работе рассматриваются причины, способствующие вовлечению женщин в правонарушения, такие как социальная изоляция, низкий уровень образования и экономической независимости, а также методы профилактики, которые могут быть применены правоохранительными органами.Особое внимание уделено роли правоохранителей в предупреждении правонарушений, включая профилактические беседы, участие в реабилитационных программах, а также взаимодействие с социальными службами, психологами и медицинскими учреждениями.
2025-01-07
МЕРЫ ИНДИВИДУАЛЬНОЙ ПРОФИЛАКТИКИ С ЖЕНЩИНАМИ ЛЕГКОГО ПОВЕДЕНИЯ, НАПРАВЛЕННЫЕ НА ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ ВОВЛЕЧЕНИЯ ОТДЕЛЬНЫХ ЛИЦ В ЗАНЯТИЯ ПРОСТИТУЦИЕЙ И ИХ РЕАБИЛИТАЦИЮ, С УЧЁТОМ ЛИЧНЫХ ОБСТОЯТЕЛЬСТВ И ОСОБЕННОСТЕЙ ПОВЕДЕНИЯ.
В данной статье рассматривается проблема проституции в Республике Узбекистан как сложного социального явления, требующего комплексного подхода к индивидуальной профилактике. Анализируются основные причины вовлечения в проституцию, включая экономические трудности, социальные условия и недостаток образования. Обсуждаются риски, связанные с проституцией, такие как угроза здоровья, правовые последствия и социальная стигматизация. Предлагаются стратегии индивидуальной профилактики, включая образовательные программы, психологическую поддержку, социальные инициативы и работу с семьями. Основной акцент делается на важности взаимодействия общества и государственных институтов для создания условий, способствующих снижению уровня вовлеченности в проституцию и улучшению качества жизни уязвимых групп населения.
2025-01-07
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA NAZORATSIZLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, huquqbuzarliklarning profilaktikasi faoliyatining tushunchasi, asosiy xususiyatlari, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ularni qo‘llash amaliyoti tahlil qilinib, faoliyatni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
2025-01-07
JABIRLANUVCHI SHAXSNING VIKTEMOLOGIK TAVSIFI
Ushbu maqolani yozishdan asosiy maqsad jabirlanuvchi shaxsning viktemologik tavsifi borasida zamonaviy qarashlar shaxsning huquqbuzarlikning jabrlanuvchiga aylanishini oldini olishga hamda jabirlanuvchi shaxs va uning turlari, qanday qilib shaxs jabirlanuvchiga aylanib qolishi va uni bartaraf etish borasidagi qarashlar, yangiliklar yoritib o'tilgan.
2025-01-07
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ҲОЗИРГИ КУНДАГИ ДОЛЗАРБ МАСАЛА СИФАТИДА
Ўзбекистонда мустақиллик қўлга киритилган дастлабки кунлардан бошлаб жамиятда барқарорликни таъминлаш, фуқароларнинг тинчлиги ва осойишталигини асраш устувор вазифалардан бирига айланди. Ушбу вазифаларни бажаришда ички ишлар органлари фаолиятини кенг жамоатчилик билан узвий ҳамкорликда амалга ошириши муҳим ўринга эгадир.
2025-01-07
KALIY O‘G‘ITLARI ISHLAB CHIQARISHDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI
Maqolada dunyo mamlakatlarida kaliy ma’danlarini qazib chiqarish ko‘rsatkichlari keltirilgan. Kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining ortishi bilan atrof-muhitga salbiy ta’sir doirasining kengayishi muhokama qilingan. Ishlab chiqarish obyektlari uchun o‘ziga xos tadqiqot usullari va ekologik monitoring yuritish metodikasi ishlab chiqilishi lozimligi ta’kidlangan.
2025-01-08
MUHAMMADNIYOZ NISHOTIYNING “HUSN VA DIL” DOSTONI. ASARDA FOLKLOR AN’ANALAR
Ushbu maqolada xorazmlik shoir Muhammadniyoz Nishotiyning “Husn va Dil”dostoni, asardagi folklor an’analar haqida fikr yuritildi. Maqolada Muhammadniyoz Nishotiyning “Husn va Dil” dostoni Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni bilan solishtirilib, obrazlarga tasavvufiy jihatdan yondashildi. Maqolaning dolzarbligi, doston kompozitsion qurilishi boshqa dostonlarda uchramaydigan o’ziga xos farqli jihatlarini yoritib berishdir.
2025-01-08
DIGITAL TECHNOLOGIES FOR TEACHING FOREIGN LANGUAGES: A REVIEW OF CURRENT TRENDS AND FUTURE DIRECTIONS
In recent years, digital technologies have profoundly influenced language education, offering new methods and tools for teaching and learning foreign languages. The integration of these technologies provides a dynamic learning environment that caters to the diverse needs of learners. This article explores the current trends in digital technologies for foreign language instruction, their effectiveness, and the challenges associated with their use. Additionally, the article highlights the future directions of digital tools, focusing on the potential of Artificial Intelligence (AI), mobile applications, and immersive technologies in revolutionizing foreign language education.
2025-01-08
“ASIL VA KARAM” DOSTONIDA SAFAR MOTIVI
“Asil va Karam” dostonida safar motivi markaziy mavzulardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada dostondagi safar syujetining badiiy ahamiyati, qahramonlarning o‘zini anglash va ma’naviy o‘sish jarayonidagi roli tahlil qilinadi. Asil va Karamning yo‘ldagi sarguzashtlari ularning insoniy fazilatlarini, muhabbat va sadoqat kabi asosiy qadriyatlarini namoyon etishda xizmat qiladi.Safar motivi orqali doston voqealari ijtimoiy-madaniy konteksda bog‘lanadi hamda xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi.
2025-01-08
OBSTETRIC BLEEDING: MODERN APPROACHES TO DIAGNOSIS, PREVENTION AND TREATMENT
Obstetric bleeding remains one of the leading causes of maternal mortality worldwide. The article examines the main causes of obstetric bleeding, its pathophysiology, modern methods of diagnosis and prevention, as well as the most effective approaches to treatment. Particular attention is paid to obstetric bleeding in the context of developing and developed countries, as well as a multidisciplinary approach to the management of such complications.
2025-01-08
YО‘L-TRANSPORT HODISALARINI OLDINI OLISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
ushbu maqolada piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, mast holatda boshqarish bilan bog‘liq holatlarining barvaqt oldini olish hamda tegishli hujjatlarsiz boshqarish bilan bog‘liq holatlarining barvaqt oldini olish borasida xorijiy mamlakatlar tajribalari o‘rganilib, mualliflar tomonidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
2025-01-12
ХОМИЛАДОРЛИК ДАВРИДА АЁЛНИ ТИШ ЭМАЛЛАРИНИНГ ДЕМИНЕРАЛИЗАЦИЯ ВА РЕМИНЕРАЛИЗАЦИСИ
Хомиладорлик пайти ва ундан кейинги босқичларда кўплаб аёлларимиз оғиз бошлиқлиқида кўплаб муамоларга дуч келишади шуларни олдини олиш мақсадида хомиладор аёллар орасида тадқиқот ўтказилди тадқиқот мақсади аёлларнинг тишларида реминерализацияни кучайтириш хамда тиш эмал қаватини деминерализацияга учраш олдини олиш.
2025-01-13
PEDAGOGIK TAʼLIMDA MAS'ULIYAT VA KOMPETENSIYA MASALALARI
Ushbu maqolada kompetensiya atamasi haqida qisqacha tushuncha berilgan. Pedagogika sohasida MAS'ULIYAT va KOMPETENSIYA masalalari haqida tushunchalar berilgan. Kompetensiya kompetensiyaviy yondashuv haqida izlanishlar olib borilganligi haqida ma'lumot yoritilgan.
2025-01-13
PEDAGOGIK MULOQOT O‘QITUVCHINING IJODIY FAOLIYATINI VA TASHABBUSKORLIGINI NAMOYON ETUVCHI XUSUSIYAT SIFATIDA
Ushbu maqolada pedagogik muloqot jarayonida o‘qituvchining ijodkorligi, o‘quvchilar bilan o‘zaro pedagogik-psixologik munosabatni tashkil qilish haqida fikr-mulohazalar bayon qilinadi.
2025-01-14
ZOOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA TAYANCH BELGI, TAQDIMOT VA MULTIMEDIYALARDAN FOYDALANISHDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
Maqolada tа’lim sоhаsidаgi zаmоnаviу реdаgоgik tехnоlоgiуаlаrdаn fоуdаlаngаn hоldа tа’limni rivоjlаntirishdа о‘qitishning ilg‘оr uslublаrini qо‘llаb о‘qitish, ауniqsа, zoologiya fanini o‘qitishda tayanch belgi, taqdimot va multimediyalardan foydalanishda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2025-01-14
VRACH-PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLSHDA PSIXOLOGIK MULOQOT JARAYONINING MUHIM JIHATLARI
Ushbu maqolada pedagog va talaba o’rtasida pedagogik muloqotning muhim ahamiyati, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” g’oyasi asosida pedagogning aossiy vazifalari, pedagogikning notiqlik sana’ti, muomala madaniyati, o’qituvchi talabalarni umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ko’zi bilan qarashga va komil insonni tarbiyalash kabilar yoritib berilgan.
2025-01-14
O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI VAQT BIRLIKLARI NOMLARINING FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqola O'zbek va ingliz tillaridagi vaqt birliklari nomlarining funksional-semantik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Vaqt, tilshunoslikda tilning ajralmas kategoriyasidan biri bo'lib, uning ifodalanishi har bir tilda o'ziga xos xususiyatlarga ega. O'zbek va ingliz tillaridagi vaqt birliklari, ularning semantik vazifalari, sintaktik va morfologik strukturasi, shuningdek, kontekstual ishlatilishi orqali tahlil qilinadi. Maqolada har bir tilning vaqtni qanday tasvirlashi va uning turli jarayonlarni ifodalashdagi rollari o'rganilgan. O'zbek tilidagi vaqt birliklari fe'lning zamon shakllari orqali ko'rsatilsa, ingliz tilida esa zamonlarning murakkab tizimi, shu jumladan, oddiy, davom etuvchi, tugallangan va tugallangan davom etuvchi zamonlar orqali vaqtning semantik xususiyatlari aniq ifodalanadi. Ushbu tahlil o'zbek va ingliz tillaridagi vaqt birliklarini o'zaro taqqoslash va ularning semantik funktsiyalarini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
2025-01-14
PRAGMATIC AND STYLISTIC ASPECTS OF NEOLOGISMS IN MODERN ENGLISH (BASED ON MEDIA MATERIALS) AND THEIR ROLE IN TEACHING VOCABULARY
This article examines the pragmatic and stylistic aspects of neologisms in modern English, with a particular focus on their presence in media materials and their role in vocabulary instruction. By analyzing neologisms found in various media sources, including online news, social media, and digital entertainment, the study identifies key word-formation processes and explores their communicative functions. The research highlights how neologisms serve to reflect cultural trends, engage audiences, and enrich language expression. In addition, the article discusses the pedagogical implications of integrating neologisms into language teaching, demonstrating their potential to enhance student engagement and vocabulary acquisition. The findings suggest that neologisms not only provide valuable insights into the evolution of the English language but also offer a practical approach to modern language instruction. The study concludes with recommendations for future research into the long-term impact of teaching neologisms and their adaptation across different educational settings.
2025-01-14
BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH
Boshlang’ich sinf darslari bolalarning intellektual va kreativ rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ushbu bosqichda o’quvchilarda yangi g’oyalarni shakllantirish, muammolarni hal qilish va o’z fikrlarini ifoda etish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bu maqolada boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarning kreativ faoliyatini shakllantirish uchun qo’llaniladigan metodikalar ko’rib chiqiladi
2025-01-14
QAYROQQUM MADANIYATINING ISHLAB CHIQARISH BILAN BOG‘LIQ JARAYONLARI
Maqolada bronza davri Farg‘ona vodiysi ko‘chmanchi chorvador jamoalarining madaniyatlaridan bo‘lgan Qayroqqum madaniyati haqida so‘z yuritiladi. Qayroqqum madaniyati va uning yodgorliklarini arxeoetnologik jihatdan o‘rganish, asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, maqolani shakllantirishda xolislik, qiyosiy tahlil metodlaridan ham foydalanildi. Shu bilan birga maqolada madaniyatning ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlari ham batafsil yoritiladi.
2025-01-18
" IQTISODIY ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA IJTIMOIY INFRATUZILMANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI "
Ushbu maqola ijtimoiy sohaning iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini har tomonlama tahlil qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ijtimoiy xizmatlar ko‘lami va sifati kengayib, aholi turmush darajasining muhim ko‘rsatkichiga aylangani ta’kidlangan. Moddiy-maishiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarning iqtisodiyotga ta’siri, sohani tashkil etishdagi davlat va xususiy sektor roli ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy xizmatlarning rivojlanish omillari, infratuzilmani takomillashtirish zaruriyati va istiqboldagi asosiy yo‘nalishlar yoritilgan. Maqolada ijtimoiy xizmatlarning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati, sohani rivojlantirishda xalqaro andozalarga moslashtirishning dolzarbligi hamda jamiyatdagi barqarorlik va farovonlikni ta’minlashdagi roli muhim jihat sifatida ta’kidlanadi.
2025-01-18
QUYI AMUDARYO BIOSFERA REZERVATI EKOLOGIYASI VA ORNITOFAUNASI
Quyi Amudaryo biosfera rezervati Orolbo‘yi hududining muhim ekologik zonasi hisoblanadi. Ushbu maqola rezervatning geografik joylashuvi, tabiiy sharoitlari, ekologik ahamiyati va ornitofaunasining xilma-xilligi haqida ma’lumot beradi. Qushlar turlari, jumladan, suv qushlari, yirtqich qushlar va migratsion qushlarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, ekologik muammolar va ularni hal qilish yo‘llari, xususan, suv resurslarining tanqisligi, qamishzorlarning qisqarishi, biologik xilma-xillikka tahdidlar va iqlim o‘zgarishining ta’siri yoritiladi. Maqola mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash uchun muhim choralar va kelajakdagi tadqiqotlar uchun yo‘nalishlarni taklif etadi.
2025-01-20
МАЪМУРИЙ ЖАЗО ЧОРАЛАРИНИ ҚЎЛЛАШ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДАГИ ИСЛОҲОТЛАР ЖАРИМА ЖАЗО ТУРИ МИСОЛИДА
Сўнгги йилларда мамлакатимизда амалга оширилаётган ҳуқуқий ислоҳотлар инсон ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш билан биргаликда жамиятда қонун устуворлигини мустаҳкамлашга ҳам қаратилган.
2025-01-20
