Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Опубликован: 2025-01-06

BADIIY ASARDA SHAKL VA MAZMUN

Ushbu maqolada, shakl va mazmunning nazariy jihatlari, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va badiiy asarning muvaffaqiyatiga ta’siri, tadqiqotda o‘zbek va jahon adabiyotidan misollar keltirilib, shakl va mazmunning bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatlari amaliy misollar asosida ochib berilgan. Shuningdek, adabiyotdagi eksperimentlar, o‘quvchi talqini va madaniyatlararo bog‘liqlik masalalari muhokama qilingan.

Nurullayeva Jazira

4-6

2025-01-06

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING O’ZGALAR MULKINI TALON-TAROJ QILISH BILAN BOG’LIQ JINOYATLARINING PROFILAKTIKASI

Ushbu ilmiy maqola talonchilik jinoyatining profilaktikasini takomillashtirishga doir ilmiy tadqiqotlarni o‘rganib chiqadi. Maqolada talonchilik jinoyatlarining asosiy sabab va omillari, ularning jamiyatga ta'siri, shuningdek, ushbu jinoyatlarni kamaytirish va oldini olish uchun samarali profilaktika strategiyalari tahlil qilinadi. Talonchilik jinoyatining ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-psixologik va huquqiy asoslarini chuqur o‘rganish orqali maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishning kompleks yondashuvlari taklif etiladi. Talonchilik jinoyatlarining oldini olish uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni kuchaytirish, ta'lim tizimini rivojlantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish va axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi ta'kidlanadi. Shuningdek, maqolada huquqni muhofaza qilish tizimini samarali tashkil etish, jinoyatni oldini olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, mahalliy jamoalar bilan hamkorlikni rivojlantirish kabi amaliy tavsiyalar berilgan.

Nasulloyev Zayniddin Oybek o`g`li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

7-11

2025-01-06

MULKKA QARSHI JINOYATLARNING PROFILAKTIKASIGA OID XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Ushbu maqola O‘zbekistonda mulkka qarshi jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvetsiya va Yaponiyaning profilaktik politsiya faoliyati, ijtimoiy xizmatlar, CCTV tizimlari va elektron texnologiyalardan foydalanish kabi usullari ko‘rib chiqiladi. Tajribalar O‘zbekistonda qanday qo‘llanilishi mumkinligi va jinoyatlarni kamaytirish uchun tavsiyalar keltiriladi. Maqolada jamiyatda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan aniq strategiyalar taklif etiladi.

Arziqulov Dilshodjon Murodjon o‘g‘li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

12-14

2025-01-06

TERRORIZM BILAN BOG'LIQ JINOYATLAR BO'YICHA PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAXSUS PROFILAKTIKASI

Ushbu maqolada terrorizm bilan bog'liq jinoyatlar bo'yicha profilaktika inspektorining roli va vazifalari, shuningdek, terrorizmni oldini olish, uni jamoatchilikda targ'ib qilish va jinoyatchilarga qarshi samarali profilaktik choralarning ko'rilishi masalalari tahlil qilingan. Maqolada jinoyatlarni profilaktika qilishning huquqiy, tashkiliy va psixologik jihatlari ko'rib chiqiladi, shuningdek, zamonaviy terrorizmning turli shakllari va ularga qarshi kurashish uchun inspektorlarning qanday maxsus bilim va malakalarga ega bo'lishi kerakligi yoritilgan.

Qo‘chqarov Abdullajon Komil o‘g‘li , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

15-18

2025-01-06

IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLARNI YURIDIK TAHLILI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MULOHAZALAR

Ushbu maqolada iqtisodiy jinoyatlarning turlari va asosiy tushunchalar, ularning yuridik tahlili haqida qisqacha ma’lumotlar va ularni oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining asosiy yo‘nalishlari, faoliyat yo‘nalishlari va hozirgi texnalogik jarayonlarda iqtisodiy jinoyatlarning xavflilik darajasi ko‘rsatib o‘tilgan.

Jumaqulov Og‘abek Alisher o‘g‘li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

19-26

2025-01-06

TOVLAMACHILIK JINOYATINI OLDINI OLISH FAOLIYATI

Ushbu maqolada mavzuning dolzarbligi, tovlamachilik jinoyati tushunchasi va ahamiyati, yuridik tahlili, huquqiy asoslari, tovlamachilik jinoyatini oldini olishda umumiy, maxsus, viktimologik hamda yakka tartibdagi profilaktika chora-tadbirlari va ularning tovlamachilik jinoyatini oldini olishdagi o‘rni, Oʻzbekiston Respublikasi tovlamachilik yo‘li bilan sodir etilgan jinoyatlarning umumiy koʻrsatgichlar haqida muhokama qilingan.

Jumaqulov Og‘abek Alisher o‘g‘li , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich, Narziyev Shaxzodbek Zoyirovich

27-33

2025-01-06

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZALIKLAR PROFILAKTIKASIDA ADLIYA ORGANLARI BILAN HAMKORLIGI

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining Huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya organlari bilan xamkorligining oʻziga xos xususiyatlari, hamkorlikning tashkiliy hamda huquqiy asoslari, oʻzaro hamkorlik qilishda yuzaga keladigan muammo va kamchiliklar, shuningdek, ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bir qator takliflar, ilgʻor xorijiy tajribasi va milliy qonunchiligimizning oʻxshash va farqli tomonlari, hamkorlikni takomillashtirish yoʻnalishlari yoritilgan.

Ibrohimova Mohigul Nozimjon qizi , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

34-38

2025-01-06

UYUSHMAGAN YOSHLAR TUSHUNCHASI VA KRIMINOLOGIK TAVSIFI

Maqolada yoshlar, uyushmagan yoshlar tushunchalari uning kriminologik tavsifi, ushbu faoliyatning jamiyatimiz xayotidagi ahamiyatini tadqiq etadi.

Mamadalieva Madina Murod qizi, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

39-43

2025-01-06

YOSHLAR BILAN ISHLASHDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MAVZUSIDA

 

Maqolada uyushmagan yoshlar bilan ishlashda jinoyatchilikka qarshi kurashish muammosi tahlil qilinadi. Ushbu yoshlar orasida jinoyatchilikka moyillik, ijtimoiy izolyatsiya, ta'lim va mehnat bozorida muvaffaqiyatsizlik kabi omillar mavjud. Maqola, yoshlarning jinoyatchilikka jiddiy aloqadorligi va bu masalaga qarshi kurashishning samarali usullarini o‘rganishga qaratilgan. Mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, olimlarning fikrlari va dunyo tajribasidan misollar keltiriladi. Maqsad – manga uyushmagan yoshlar bilan ishlashda jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy reabilitatsiya usullarini ishlab chiqishdir.

Mamadalieva Madina Murod qizi, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

44-47

2025-01-06

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR BILAN O'ZARO HAMKORLIGI

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar bilan o'zaro hamkorligining ahamiyati, istiqbollari va asosiy yo'nalishlari yoritiladi.

Saparov Sardor Xayrullo o‘g‘li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

48-51

2025-01-06

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING EKOLOGIK HUQUQBUZARLIKLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

 Ushbu maqolada, profilaktika inspektorining ekologik huquqbuzarliklar bilan ishlash faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va aniqlash hamda oldini olish haqida  so‘z boradi.

Saparov Sardor Xayrullo o‘g‘li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

52-55

2025-01-06

SHAXSDA VIKTIMLIKNI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLARNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI.

Ushbu maqolani yozishdan asosiy maqsad shaxsda viktimlikni keltirib chiqaruvchi omillarning kriminologik tavsifi borasida zamonaviy qarashlar shaxsning huquqbuzarlikning jabrlanuvchiga aylanishini oldini olishga qaratilgan yangiliklar yoritib o'tilgan.

Dushaboyev Diyorbek Toir o`g`li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

56-59

2025-01-06

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FUQAROLIK JAMIYATI INSITUTLARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGI

Ushbu maqola orqali siz tadqiqot mavzusining dolzarbligi, predmeti, obʼekti, vazifalari, profilaktika inspektorlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi tushunchasi, ushbu hamkorlikning jinoyatlarning barvaqt oldini olishdagi ahamiyati, bugungi kundagi holati, chet el davlatlarining ilg‘or tajribalari, ushbu faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslari, shuningdek ushbu hamkorlikdagi muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqilgan bo‘lib faoliyatni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilib o‘tilgan.

Xudoyqulov Dostonjon Dilshod o‘g‘li , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

60-63

2025-01-06

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FUQAROLIK JAMIYATI INSITUTLARI BILANO‘ZARO HAMKORLIGI FAOLIYATININI TAKOMILLASHTIRISH VA XORIJIY DAVLATLARNING TAJRIBALARI

Mazkur ishda profilaktika inspektorining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari va xorijiy davlatlarning tajribalari tahlil etiladi. Profilaktika inspektorlari huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ularning faoliyati faqat davlat organlari bilan cheklanib qolmay, balki fuqarolik jamiyati institutlari bilan ham o‘zaro aloqalar o‘rnatish va mustahkamlashni talab etadi. Ishda fuqarolik jamiyatining huquqiy va ijtimoiy tashkilotlari, yoshlar tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jamoat xavfsizligini ta’minlashda va huquqbuzarliklarning oldini olishda qanday samarali ishlashlari ko‘rib chiqiladi.Xorijiy tajribalar, xususan, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya va Kanada kabi mamlakatlarning tajribalarini tahlil qilish orqali, ularning profilaktika tizimidagi fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilishda erishgan muvaffaqiyatlari va yondoshuvlarini o‘rganish, o‘zbekiston sharoitida samarali tizimni shakllantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mazkur ishda fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar va strategiyalar ishlab chiqiladi.

Ishning asosiy maqsadi profilaktika inspektorlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqalarini kuchaytirish orqali huquqbuzarliklarni kamaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini taklif qilishdir.

 

 

Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishga, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi

Xudoyqulov Dostonjon Dilshod o‘g‘li , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

64-69

2025-01-06

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA SHAXSNI HAYOTI VA SOG‘LIG‘IGA QARSHI JINOYATLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINING SHAKLLANISHI

Mazkur ishda huquqbuzarliklar profilaktikasida shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarning viktimologik profilaktikasining shakllanishi masalasi o‘rganiladi. Viktimologiya, ya'ni jinoyatlarning qurbonlarini o‘rganish sohasidagi ilmiy izlanishlar, shaxsning jinoyatga nisbatan qanday ta'sirlanishi, uning oldini olish va jinoyatlar profilaktikasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ishda, jinoyatlarning qurbonlariga nisbatan vujudga keladigan xavflar, shaxsning yuridik va psixologik himoyasi, shuningdek, uning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi.Viktimologik profilaktika, jinoyatlarning avvaldan oldini olishga va jinoyatlarning qurbonlariga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan kompleks yondashuvni anglatadi. Ushbu tadqiqotda, shaxslarning xavfsizligini ta'minlash, huquqiy ta'lim va psixologik yordam orqali jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan yangi usullar va vositalar tavsiya etiladi.

Shaxsiy xavfsizlikni ta'minlashda huquqiy, ijtimoiy va psixologik omillarni hisobga olish, jinoyatlarning qurboniga aylanish ehtimolini kamaytirish, shu orqali jamiyatda tartibni mustahkamlashga xizmat qiladi. Viktimologik profilaktikaning samarali tizimi jinoyatga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va shaxsning hayoti hamda sog‘lig‘ini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

 

Bekbaev Doniyorbek Umid o‘g‘li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

70-74

2025-01-07

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH FUQAROLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLI

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlashdagi faoliyati hamda urni jamoat tartibini  fuqarolar xavfsizligini taminlashga oid muammo va ularni yechish buyicha takliflar,  yuridik fanda mavjud konseptual yondashuvlar va ilmiy-nazariy qarashlar yoritib o‘tilgan.

Bozorova Munisa Abdusalom qizi , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

75-81

2025-01-07

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA SHAXSNI HAYOTI VA SOG‘LIG‘IGA QARSHI JINOYATLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASI

Mazkur maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasining muhim bir qismi sifatida shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi o‘rganiladi. Ushbu tadqiqotda viktimologiyaning asosiy tamoyillari va prinsiplariga asoslanib, shaxsni jinoyatga uchrash ehtimolini kamaytirish, jinoyatlarning oldini olish va ularni amalga oshirgan shaxslar bilan kurashish bo‘yicha usullar ko‘rib chiqiladi. Hayot va sog‘liqni tahdid qiluvchi jinoyatlar, shu jumladan, qotillik, yengil va og‘ir jarohatlar, zo‘rlash va boshqa jismoniy ta’sirlar ko‘rgan jinoyatlar alohida tahlil qilinadi.

Viktimologik yondashuvda, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotlari va davlat organlarining o‘zaro hamkorligi, shuningdek, fuqarolarni huquqiy tarbiyalash, ularning huquqlari va xavfsizligi haqida ongli tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda shuningdek, jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va psixologik omillar, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlashning zamonaviy usullari hamda jinoyatlarning oldini olishdagi yangi yondashuvlar muhokama qilinadi.

Natijada, ushbu ishlanma hayot va sog‘liqni himoya qilish, jinoyatlarning oldini olish va ularning sabablarini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Bekbaev Doniyorbek Umid o‘g‘li , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

82-85

2025-01-07

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA FUQAROLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI ISHTIROKI

Ushbu makolada profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saklash va fukarolar xavfsizligini taminlashdagi igshtiroki, profilaktika inspektorlarining vazifalari, roli, fukarolar xavfsizligi taminlashdagi axamiyati boshka xizmatlar bilan xamkorligi va jamoat tartibini saklash buyicha takliflar berib utilgan.

Bozorova Munisa Abdusalom qizi , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

86-90

2025-01-07

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI TOMONIDAN PASPORT-VIZA QOIDALARIGA RIOYA ETILISHINI TA’MINLASH FAOLIYATIDA DAVLAT ORGANLARI VA JAMOAT TASHKILOTLARI BILAN HAMKORLIGI

Ushbu maqolada profilaktika inspektori tomonidan pasport-viza qoidalariga rioya etilishini ta’minlash faoliyatida davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyati o'rganiladi. Maqola, profilaktika inspektorining jinoyatchilikni oldini olish va xavfsizlikni ta'minlashdagi rolini, shuningdek, o'zaro ma'lumot almashish, ta'lim va tarbiya dasturlari, jamiyat bilan aloqalar, monitoring va nazorat, ijtimoiy loyihalar hamda manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni taqdim etadi

Qudratov Quddus Izatullo o‘g‘li , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

91-94

2025-01-07

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI TOMONIDAN PASPORT-VIZA QOIDALARIGA RIOYA ETILISHINI TA’MINLASH FAOLIYATIDA XORIJIY TAJRIBALARNI TADBIQ ETISHNING AYRIM MASALALARI

Mazkur malakaviy bitiruv ishida profilaktika inspektori tomonidan pasport-viza qoidalariga rioya etilishini ta’minlash faoliyati tushunchasi,ahamiyati,kriminologiktavsifi,xususiyatlari, pasport-viza qoidalariga rioya etilishini ta’minlash faoliyatiga doir bir qator takliflar va bu boradagi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalari va ularni amaliyotga joriy etish masalalari yoritilgan.

Qudratov Quddus Izatullo o‘g‘li , Narziyev Shaxzodbek Zoyirovich , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

95-98

2025-01-07

О НЕКОТОРЫХ ВОПРОСАХ КАСАЮЩИХСЯ ПРОФИЛАКТИКИ ПРАВОНАРУШЕНИЯ СРЕДИ БЕЗНАДЗОРНЫХ И БЕЗПРИЗОРНЫХ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ

Статья рассматривает Вопросы профилактики правонарушения среди безнадзорных и безпризорных несовершеннолетнихв Республике Узбекистан, являются актуальными и требуют всестороннего анализа. В данном контексте рассматриваются важность профессианальных навыков и умений а таке психологическая поддержка

Давлетов Фаррухбек Одилбек угли, Ганиев Фаррух Тахиржанович

99-102

2025-01-07

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH VA OLDINI OLISHNING RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI

Hozirgi kunda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va kamaytirishni nazarda tutuvchi huquqni muhofaza qilish organlarining ahamiyati ortib bormoqda. Jinoyatchilikning kuchayib borayotgan tendentsiyalarini hisobga olgan holda, davlatning asosiy vazifalaridan biri jinoyatchilikning oldini olish va oldini olish hisoblanadi. So‘nggi paytlarda ushbu muhim sohada davlat sa’y-harakatlarini jamlash choralari ko‘rildi. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslari jinoyatchilikka qarshi kurashni huquqiy ta'minlashda alohida o'rin egallashga chaqirilgan

Axunov Diyorbek Urunboy o‘g’li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

103-108

2025-01-07

MAHALLA HUQUQ-TARTIBOT MASKANIDA BOSHQA DAVLAT ORGANLARI XODIMLARI BILAN HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI MUVOFIQLASHTIRISH FAOLIYATI AHAMIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqola mahalla huquq-tartibot maskanida boshqa davlat organlari xodimlari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga faoliyati, faoliyatni muvofiqlashtirish,faoliyatda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlari ko’rsatib o’tilgan.

Norboyeva Elnura Farxod qizi, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

109-113

2025-01-07

ЗАДАЧИ СОТРУДНИКОВ ПРАВООХРАНИТЕЛЬНЫХ ОРГАНОВ ПРИ ПРОФИЛАКТИКЕ ПРАВОНАРУШЕНИЙ СРЕДИ ЖЕНЩИН С ЛЕГКИМ ПОВЕДЕНИЕМ

Статья посвящена анализу задач сотрудников правоохранительных органов при профилактике правонарушений среди женщин с легким поведением. В условиях современного общества существует необходимость в особом подходе к данной группе правонарушителей, учитывая их психологические и социальные особенности. В работе рассматриваются причины, способствующие вовлечению женщин в правонарушения, такие как социальная изоляция, низкий уровень образования и экономической независимости, а также методы профилактики, которые могут быть применены правоохранительными органами.Особое внимание уделено роли правоохранителей в предупреждении правонарушений, включая профилактические беседы, участие в реабилитационных программах, а также взаимодействие с социальными службами, психологами и медицинскими учреждениями.

Тавасов Азамат Муратович, Ганиев Фаррух Тахиржанович

114-119

2025-01-07

МЕРЫ ИНДИВИДУАЛЬНОЙ ПРОФИЛАКТИКИ С ЖЕНЩИНАМИ ЛЕГКОГО ПОВЕДЕНИЯ, НАПРАВЛЕННЫЕ НА ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ ВОВЛЕЧЕНИЯ ОТДЕЛЬНЫХ ЛИЦ В ЗАНЯТИЯ ПРОСТИТУЦИЕЙ И ИХ РЕАБИЛИТАЦИЮ, С УЧЁТОМ ЛИЧНЫХ ОБСТОЯТЕЛЬСТВ И ОСОБЕННОСТЕЙ ПОВЕДЕНИЯ.

В данной статье рассматривается проблема проституции в Республике Узбекистан как сложного социального явления, требующего комплексного подхода к индивидуальной профилактике. Анализируются основные причины вовлечения в проституцию, включая экономические трудности, социальные условия и недостаток образования. Обсуждаются риски, связанные с проституцией, такие как угроза здоровья, правовые последствия и социальная стигматизация. Предлагаются стратегии индивидуальной профилактики, включая образовательные программы, психологическую поддержку, социальные инициативы и работу с семьями. Основной акцент делается на важности взаимодействия общества и государственных институтов для создания условий, способствующих снижению уровня вовлеченности в проституцию и улучшению качества жизни уязвимых групп населения.

Тавасов Азамат Муратович, Ганиев Фаррух Тахиржанович

120-125

2025-01-07

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA NAZORATSIZLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, huquqbuzarliklarning profilaktikasi faoliyatining tushunchasi, asosiy xususiyatlari, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ularni qo‘llash amaliyoti tahlil qilinib, faoliyatni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

Hayitov Ahliddin Akmal o‘g‘li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

126-131

2025-01-07

JABIRLANUVCHI SHAXSNING VIKTEMOLOGIK TAVSIFI

Ushbu maqolani yozishdan asosiy maqsad jabirlanuvchi shaxsning viktemologik tavsifi  borasida zamonaviy qarashlar shaxsning huquqbuzarlikning  jabrlanuvchiga aylanishini oldini olishga hamda jabirlanuvchi shaxs va uning turlari, qanday qilib shaxs jabirlanuvchiga aylanib qolishi va uni bartaraf etish borasidagi qarashlar, yangiliklar yoritib o'tilgan.

Dushaboyev Diyorbek Toir o‘g‘li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

132-135

2025-01-07

ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ҲОЗИРГИ КУНДАГИ ДОЛЗАРБ МАСАЛА СИФАТИДА

Ўзбекистонда мустақиллик қўлга киритилган дастлабки кунлардан бошлаб жамиятда барқарорликни таъминлаш, фуқароларнинг тинчлиги ва осойишталигини асраш устувор вазифалардан бирига айланди. Ушбу вазифаларни бажаришда ички ишлар органлари фаолиятини кенг жамоатчилик билан узвий ҳамкорликда амалга ошириши муҳим ўринга эгадир.

Ниматов Шерзод Ниматжонович

136-140

2025-01-07

KALIY O‘G‘ITLARI ISHLAB CHIQARISHDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI

Maqolada dunyo mamlakatlarida kaliy ma’danlarini qazib chiqarish ko‘rsatkichlari keltirilgan. Kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining ortishi bilan atrof-muhitga salbiy ta’sir doirasining kengayishi muhokama qilingan. Ishlab chiqarish obyektlari uchun o‘ziga xos tadqiqot usullari va ekologik monitoring yuritish metodikasi ishlab chiqilishi lozimligi ta’kidlangan.

Yarboboev To‘lqin Nurboboevich, Qosimova Karima Yodgor qizi

141-144

2025-01-08

MUHAMMADNIYOZ NISHOTIYNING “HUSN VA DIL” DOSTONI. ASARDA FOLKLOR AN’ANALAR

Ushbu maqolada xorazmlik shoir Muhammadniyoz Nishotiyning “Husn va Dil”dostoni, asardagi folklor an’analar haqida fikr yuritildi.   Maqolada Muhammadniyoz Nishotiyning “Husn va Dil” dostoni Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni bilan solishtirilib, obrazlarga tasavvufiy jihatdan yondashildi. Maqolaning dolzarbligi, doston kompozitsion qurilishi boshqa dostonlarda uchramaydigan o’ziga xos farqli jihatlarini yoritib berishdir.

Matmusayeva Yulduzxon Mirzaliyevna

145-147

2025-01-08

DIGITAL TECHNOLOGIES FOR TEACHING FOREIGN LANGUAGES: A REVIEW OF CURRENT TRENDS AND FUTURE DIRECTIONS

In recent years, digital technologies have profoundly influenced language education, offering new methods and tools for teaching and learning foreign languages. The integration of these technologies provides a dynamic learning environment that caters to the diverse needs of learners. This article explores the current trends in digital technologies for foreign language instruction, their effectiveness, and the challenges associated with their use. Additionally, the article highlights the future directions of digital tools, focusing on the potential of Artificial Intelligence (AI), mobile applications, and immersive technologies in revolutionizing foreign language education.

Allayarov Abdumalik Isoqovich, Karimova Malika Abdi-Xafizovna, Xudayberdiyev Rustamjon Xasanovich, Khalilova Laylo Ravshanovna

148-151

2025-01-08

“ASIL VA KARAM” DOSTONIDA SAFAR MOTIVI

“Asil va Karam” dostonida safar motivi markaziy mavzulardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada dostondagi safar syujetining badiiy ahamiyati, qahramonlarning o‘zini anglash va ma’naviy o‘sish jarayonidagi roli tahlil qilinadi. Asil va Karamning yo‘ldagi sarguzashtlari ularning insoniy fazilatlarini, muhabbat va sadoqat kabi asosiy qadriyatlarini namoyon etishda xizmat qiladi.Safar motivi orqali doston voqealari ijtimoiy-madaniy konteksda bog‘lanadi hamda xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi.

Soatova Shahnozabonu Farhod qizi

152-153

2025-01-08

OBSTETRIC BLEEDING: MODERN APPROACHES TO DIAGNOSIS, PREVENTION AND TREATMENT

Obstetric bleeding remains one of the leading causes of maternal mortality worldwide. The article examines the main causes of obstetric bleeding, its pathophysiology, modern methods of diagnosis and prevention, as well as the most effective approaches to treatment. Particular attention is paid to obstetric bleeding in the context of developing and developed countries, as well as a multidisciplinary approach to the management of such complications.

Abdukayumova Mokhinabonu Dilshodovna,, Akbarova Nozima Khusniddinovna, Tilyavova S.A.

154-156

2025-01-08

YО‘L-TRANSPORT HODISALARINI OLDINI OLISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

ushbu maqolada piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, mast holatda boshqarish bilan bog‘liq holatlarining barvaqt oldini olish hamda tegishli hujjatlarsiz boshqarish bilan bog‘liq holatlarining barvaqt oldini olish borasida xorijiy mamlakatlar tajribalari o‘rganilib, mualliflar tomonidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kalauov Saydulla Aymaxanovich, Allayarov Nurmanbet Urazimbetovich, Qushboqov Shohrux Xasan o‘g‘li

157-160

2025-01-12

ХОМИЛАДОРЛИК ДАВРИДА АЁЛНИ ТИШ ЭМАЛЛАРИНИНГ ДЕМИНЕРАЛИЗАЦИЯ ВА РЕМИНЕРАЛИЗАЦИСИ

Хомиладорлик пайти ва ундан кейинги босқичларда кўплаб аёлларимиз оғиз бошлиқлиқида кўплаб муамоларга дуч келишади шуларни олдини олиш мақсадида хомиладор аёллар орасида тадқиқот ўтказилди тадқиқот мақсади аёлларнинг тишларида реминерализацияни кучайтириш хамда тиш эмал қаватини деминерализацияга учраш олдини олиш.

Олимбаев Б.О., Саидғаниев Ю.С.

161-162

2025-01-13

PEDAGOGIK TAʼLIMDA MAS'ULIYAT VA KOMPETENSIYA MASALALARI

 Ushbu maqolada kompetensiya atamasi haqida qisqacha tushuncha berilgan. Pedagogika sohasida MAS'ULIYAT va KOMPETENSIYA masalalari haqida tushunchalar berilgan. Kompetensiya kompetensiyaviy yondashuv haqida izlanishlar olib borilganligi haqida ma'lumot yoritilgan.

Otaxonova Mahliyo Odilxon qizi

163-164

2025-01-13

PEDAGOGIK MULOQOT O‘QITUVCHINING IJODIY FAOLIYATINI VA TASHABBUSKORLIGINI NAMOYON ETUVCHI XUSUSIYAT SIFATIDA

Ushbu    maqolada    pedagogik muloqot  jarayonida  o‘qituvchining  ijodkorligi, o‘quvchilar  bilan  o‘zaro  pedagogik-psixologik  munosabatni  tashkil  qilish haqida  fikr-mulohazalar bayon qilinadi.

Shaydullayeva Kamola Shapulatovna , Nematova Gulsanam Nodir qizi

165-168

2025-01-14

ZOOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA TAYANCH BELGI, TAQDIMOT VA MULTIMEDIYALARDAN FOYDALANISHDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH

Maqolada tа’lim sоhаsidаgi zаmоnаviу реdаgоgik tехnоlоgiуаlаrdаn fоуdаlаngаn hоldа tа’limni rivоjlаntirishdа о‘qitishning ilg‘оr uslublаrini qо‘llаb о‘qitish, ауniqsа, zoologiya fanini o‘qitishda tayanch belgi, taqdimot va multimediyalardan foydalanishda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Raxmonov Rashit Raximovich, Xalilova Maqsad Ravshanovna, Norboyeva Muxlisa Uyg‘unovna

169-177

2025-01-14

VRACH-PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLSHDA PSIXOLOGIK MULOQOT JARAYONINING MUHIM JIHATLARI

Ushbu maqolada pedagog va talaba o’rtasida pedagogik muloqotning muhim ahamiyati, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” g’oyasi asosida pedagogning aossiy vazifalari,  pedagogikning notiqlik sana’ti, muomala madaniyati, o’qituvchi talabalarni umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ko’zi bilan qarashga va komil insonni tarbiyalash kabilar yoritib berilgan.

Muratova Shoista Norbovayevna

178-181

2025-01-14

O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI VAQT BIRLIKLARI NOMLARINING FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqola O'zbek va ingliz tillaridagi vaqt birliklari nomlarining funksional-semantik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Vaqt, tilshunoslikda tilning ajralmas kategoriyasidan biri bo'lib, uning ifodalanishi har bir tilda o'ziga xos xususiyatlarga ega. O'zbek va ingliz tillaridagi vaqt birliklari, ularning semantik vazifalari, sintaktik va morfologik strukturasi, shuningdek, kontekstual ishlatilishi orqali tahlil qilinadi. Maqolada har bir tilning vaqtni qanday tasvirlashi va uning turli jarayonlarni ifodalashdagi rollari o'rganilgan. O'zbek tilidagi vaqt birliklari fe'lning zamon shakllari orqali ko'rsatilsa, ingliz tilida esa zamonlarning murakkab tizimi, shu jumladan, oddiy, davom etuvchi, tugallangan va tugallangan davom etuvchi zamonlar orqali vaqtning semantik xususiyatlari aniq ifodalanadi. Ushbu tahlil o'zbek va ingliz tillaridagi vaqt birliklarini o'zaro taqqoslash va ularning semantik funktsiyalarini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.

Musayeva Gulrux

182-186

2025-01-14

PRAGMATIC AND STYLISTIC ASPECTS OF NEOLOGISMS IN MODERN ENGLISH (BASED ON MEDIA MATERIALS) AND THEIR ROLE IN TEACHING VOCABULARY

This article examines the pragmatic and stylistic aspects of neologisms in modern English, with a particular focus on their presence in media materials and their role in vocabulary instruction. By analyzing neologisms found in various media sources, including online news, social media, and digital entertainment, the study identifies key word-formation processes and explores their communicative functions. The research highlights how neologisms serve to reflect cultural trends, engage audiences, and enrich language expression. In addition, the article discusses the pedagogical implications of integrating neologisms into language teaching, demonstrating their potential to enhance student engagement and vocabulary acquisition. The findings suggest that neologisms not only provide valuable insights into the evolution of the English language but also offer a practical approach to modern language instruction. The study concludes with recommendations for future research into the long-term impact of teaching neologisms and their adaptation across different educational settings.

Mamadiyorova Mariyam Kosim kizi, Bakhtiyorova Maftuna Bakhtiyorovna

187-191

2025-01-14

BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH

Boshlang’ich sinf darslari bolalarning intellektual va kreativ rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ushbu bosqichda o’quvchilarda yangi g’oyalarni shakllantirish, muammolarni hal qilish va o’z fikrlarini ifoda etish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bu maqolada boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarning kreativ faoliyatini shakllantirish uchun qo’llaniladigan metodikalar ko’rib chiqiladi

Shaydullayeva Kamola Shapulatovna , Sayqanova Begoyim Baydavlat qizi

192-194

2025-01-14

QAYROQQUM MADANIYATINING ISHLAB CHIQARISH BILAN BOG‘LIQ JARAYONLARI

Maqolada bronza davri Farg‘ona vodiysi ko‘chmanchi chorvador jamoalarining madaniyatlaridan bo‘lgan Qayroqqum madaniyati haqida so‘z yuritiladi. Qayroqqum madaniyati va uning yodgorliklarini arxeoetnologik jihatdan o‘rganish, asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, maqolani shakllantirishda xolislik, qiyosiy tahlil metodlaridan ham foydalanildi. Shu bilan birga maqolada madaniyatning ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlari ham batafsil yoritiladi.

Shukurullo Abdug‘aniyev Tavakkaljon o‘g‘li

195-200

2025-01-18

" IQTISODIY ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA IJTIMOIY INFRATUZILMANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI "

Ushbu maqola ijtimoiy sohaning iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini har tomonlama tahlil qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ijtimoiy xizmatlar ko‘lami va sifati kengayib, aholi turmush darajasining muhim ko‘rsatkichiga aylangani ta’kidlangan. Moddiy-maishiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarning iqtisodiyotga ta’siri, sohani tashkil etishdagi davlat va xususiy sektor roli ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy xizmatlarning rivojlanish omillari, infratuzilmani takomillashtirish zaruriyati va istiqboldagi asosiy yo‘nalishlar yoritilgan. Maqolada ijtimoiy xizmatlarning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati, sohani rivojlantirishda xalqaro andozalarga moslashtirishning dolzarbligi hamda jamiyatdagi barqarorlik va farovonlikni ta’minlashdagi roli muhim jihat sifatida ta’kidlanadi.

Boymuminova Dilshoda Otabek qizi

201-210

2025-01-18

QUYI AMUDARYO BIOSFERA REZERVATI EKOLOGIYASI VA ORNITOFAUNASI

 Quyi Amudaryo biosfera rezervati Orolbo‘yi hududining muhim ekologik zonasi hisoblanadi. Ushbu maqola rezervatning geografik joylashuvi, tabiiy sharoitlari, ekologik ahamiyati va ornitofaunasining xilma-xilligi haqida ma’lumot beradi. Qushlar turlari, jumladan, suv qushlari, yirtqich qushlar va migratsion qushlarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, ekologik muammolar va ularni hal qilish yo‘llari, xususan, suv resurslarining tanqisligi, qamishzorlarning qisqarishi, biologik xilma-xillikka tahdidlar va iqlim o‘zgarishining ta’siri yoritiladi. Maqola mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash uchun muhim choralar va kelajakdagi tadqiqotlar uchun yo‘nalishlarni taklif etadi.

Reimbayeva Jibek Marat qizi

211-214

2025-01-20

МАЪМУРИЙ ЖАЗО ЧОРАЛАРИНИ ҚЎЛЛАШ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДАГИ ИСЛОҲОТЛАР ЖАРИМА ЖАЗО ТУРИ МИСОЛИДА

Сўнгги йилларда мамлакатимизда амалга оширилаётган ҳуқуқий ислоҳотлар инсон ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш билан биргаликда жамиятда қонун устуворлигини мустаҳкамлашга ҳам қаратилган.

Жўраев Ҳасан Тифли ўғли, Ниматов Шерзод Ниматжонович

215-219

2025-01-20