Jild 6 Nomeri 4 (2026): Yevroosiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali
Eurasian Journal of Academic Research — ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro ilmiy jurnal hisoblanadi. Mazkur jurnal Yevrosiyo mintaqasida hamda global miqyosda ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, turli fan yo‘nalishlarida olib borilayotgan dolzarb tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazishni maqsad qilgan.
Jurnal quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, texnika va muhandislik, iqtisodiyot va boshqaruv, ta’lim, axborot texnologiyalari hamda boshqa zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar. Eurasian Journal of Academic Research yuqori sifatli, original va ilmiy ahamiyatga ega maqolalarni nashr etishga ixtisoslashgan.
Tahririyat jamoasi xalqaro ekspertlar va yetakchi olimlardan iborat bo‘lib, maqolalar qat’iy double-blind peer review tizimi asosida baholanadi. Jurnal ilmiy etikaga, ochiqlik tamoyillariga va akademik halollikka qat’iy amal qiladi.
Jurnalning asosiy maqsadi — ilmiy bilimlar almashinuvini jadallashtirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish uchun mustahkam platforma yaratishdir.