Текущий выпуск
Том 3 № 27 (2025): Наука и инновация
Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-07-05
Статьи
"HOZIRGI DAVRDA ABU ALI IBN SINO FALSAFIY MEROSIGA BERILAYOTGAN E’TIBOR VA UNING IJTIMOIY-MA’NAVIY AHAMIYATI"
Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy merosi va uning hozirgi davrdagi ilmiy-ma’naviy ahamiyati tahlil etiladi. Ibn Sino tomonidan ilgari surilgan aql, tafakkur, ruh va mavjudlik haqidagi falsafiy qarashlarning zamonaviy talqini, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yoritilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida alloma merosiga berilayotgan e’tibor, Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy-nazariy yondashuvlari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Ibn Sinoning asarlari nafaqat tarixiy, balki hozirgi jamiyat uchun ham dolzarb ma’naviy manba sifatida qaraladi.
2025-07-07
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY MOBILLIK SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI: SOTSIOLOGIK TAHLIL
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy mobillik shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda migratsiya, urbanizatsiya, mehnat bozori va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi vertikal va gorizontal harakatlanishga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani empirik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Xususan, tashqi mehnat migratsiyasining ijtimoiy maqom o‘zgarishi, iqtisodiy barqarorlik va kasbiy malaka orttirish imkoniyatlari orqali ijtimoiy mobillikni faollashtirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, demografik omillar va hududiy tafovutlar kontekstida ijtimoiy mobillikning zamonaviy dinamikasi aniqlanadi.
2025-07-07
ASSESSMENT TECHNIQUES IN ENGLISH LANGUAGE LEARNING: TRADITIONAL VS MODERN APPROACHES
Assessment in English language learning plays a crucial role in monitoring progress, diagnosing difficulties, and guiding instruction. Traditionally, assessments have been centered on standardized tests and summative evaluations. However, with shifts in pedagogical paradigms toward communicative competence and learner-centered approaches, modern assessment techniques such as formative assessment, portfolio assessment, peer review, and digital tools have gained prominence. This article examines the differences between traditional and modern assessment methods in English language learning, evaluating their respective strengths and limitations. The study emphasizes the need for a balanced assessment framework that reflects language use in real-world contexts while supporting learner development.
2025-07-07
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING XAVFSIZLIK SIYOSATIDA TASHQI TA'SIRLAR VA AFG'ONISTON MASALASI
ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi. Xususan, Afg‘onistondagi siyosiy beqarorlik, Tolibon harakatining hokimiyatga kelishi, migratsion bosim va ISHID-K terroristik guruhining tahdidlari mintaqa uchun muhim xavf manbalari sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, Rossiyaning ODKB orqali mintaqaviy xavfsizlikka aralashuvi, harbiy bazalar, iqtisodiy ta’sir vositalari va geosiyosiy manfaatlari asosida mintaqadagi ta’sir kuchi yoritilgan.
2025-07-07
ЦИФРОВАЯ НЕПРИКОСНОВЕННОСТЬ В СОВРЕМЕННОМ ПРАВЕ РАССМАТРИВАЕТСЯ КАК НЕОТЪЕМЛЕМАЯ ЧАСТЬ ОБЩЕГО ПРАВА ЧЕЛОВЕКА НА НЕПРИКОСНОВЕННОСТЬ ЧАСТНОЙ ЖИЗНИ
Это понятие охватывает защиту личной информации, переписки, электронной коммуникации, цифровых следов и персональных данных от неправомерного вмешательства, контроля или использования. С расширением цифровой среды и ростом киберугроз обеспечение цифровой неприкосновенности становится центральной задачей правозащитной политики любого государства.
2025-07-08
ИММУНОЛОГИЧЕСКИ ОБОСНОВАННЫЙ ПОДХОД К КОМПЛЕКСНОМУ ЛЕЧЕНИЮ АРТРОЗО-АРТРИТА У ЛИЦ МОЛОДОГО ВОЗРАСТА
В работе представлена оптимизация комплексного лечения артрозо-артрита у лиц молодого возраста с учётом их иммунологического статуса. Исследованы 84 пациента в возрасте от 18 до 35 лет, разделённых на две группы: основную и контрольную. Учитывались показатели клеточного и гуморального иммунитета, уровни цитокинов, СРБ. Разработана терапевтическая схема, включающая стандартное лечение и иммуномодуляторы. Применение предложенного подхода позволило достоверно улучшить клинические и лабораторные показатели, снизить уровень воспалительных маркеров на 40%, сократить выраженность болевого синдрома и ускорить восстановление функции сустава.
2025-07-08
OʼZBEKISTONI URUF-ODATLARI VA MILLIY KIYIMLARI
Ushbu maqolada O'zbek xalqining urf-odati, marosim va bayramlarining an'anaviyligi haqida va millatning an'analarini ifodalovchi avloddan avlodga o'tib kelayotgan bebaho merosimiz haqida gap boradi.Markaziy davlatlar orasida O’zbekistoning milliy qadiryatlari va urf odatlari.
2025-07-08
KOXLEAR IMPLANTLI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISH USULLARI
Ushbu maqolada koxlear implantlari bo‘lgan bolalar normal eshitish qobiliyatiga ega bo‘lgan tengdoshlariga qaraganda og‘zaki nutq so‘z boyligi pastroq ekanligi, uni oshirish usullari ko‘rib chiqilgan. Qo‘shimcha tahlillar eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarning lug‘at bilimlarini chambarchas mos keladigan (masalan, ijtimoiy-iqtisodiy holatga mos keladigan) namuna bilan solishtirishning ahamiyatini tasdiqladi. Implantatsiya yoshi, implantatsiya davomiyligi va sinovdagi xronologik yosh og‘irlikdagi ta’sir hajmining kattaligiga sezilarli darajada bog‘liq emas edi. Ushbu tahlil natijalari lug‘at bilimlari adabiyotidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish yo‘lidagi birinchi qadamdir
2025-07-08
ФОРМИРОВАНИЕ УЧЕБНОЙ МОТИВАЦИИ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ
В статье рассматривается проблема формирования учебной мотивации у младших школьников. Автор анализирует психологические особенности этого возраста, раскрывает виды и источники учебной мотивации, а также акцентирует внимание на ключевой роли семьи и педагога в развитии интереса к обучению. Также приводятся основные педагогические подходы и методики, способствующие формированию устойчивой мотивации к учебной деятельности. Материалы статьи могут быть полезны педагогам, родителям и специалистам в области детской психологии.
2025-07-09
GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR MAFKURAVIY IMMUNITETINI YUKSALTIRISH JAMIYAT TARAQQIYOTINING GAROVI
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar ongiga ko‘rsatilayotgan mafkuraviy ta’sirlar, ularning ijtimoiy hayotdagi tutgan o‘rni hamda bu jarayonda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi tahlil qilinadi. Globallashuv bilan birga kirib kelayotgan yot g‘oyalar, ommaviy madaniyat va axborot xurujlari yosh avlodning dunyoqarashi, qadriyatlari va milliy o‘zligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ularni mustahkam g‘oyaviy asosda tarbiyalash, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali mafkuraviy immunitetini yuksaltirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Maqolada bu borada ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari, oilaning o‘rni va davlat siyosatining ahamiyati yoritiladi. Mafkuraviy immunitetining yuksalishi – jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining asosiy garovi ekani asoslab beriladi.
2025-07-09
SINTETIK DIZEL YOQILG‘ISINING MOYLOVCHANLIK XOSSALARINI YAXSHILASHDA OLTINGUGURTLI QO‘SHIMCHALARNING AHAMIYATI
Energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, ekologik xavfsiz va samarali yoqilg‘ilar ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyoj, sintetik dizel yoqilg‘ilarining ekspluatatsion xossalarini takomillashtirishni talab etmoqda. Sintetik dizel yoqilg‘ilarining tarkibida tabiiy moylovchanlikni ta'minlovchi komponentlar, masalan, aromatik uglevodorodlar yoki oltingugurtli birikmalarning miqdori past bo‘lgani sababli, bu yoqilg‘ilar metall yuzalarda yuqori ishqalanish va eskirish xavfiga ega bo‘ladi. Shuning uchun, ularning moylovchanlik xossalarini yaxshilash uchun maxsus qo‘shimchalarga ehtiyoj mavjud.
2025-07-09
DEHQONCHILIK UCHUN YAROQSIZ BO‘LGAN HUDUDLARDA INNOVASION USLUBDA EKSPORTBOP QULUPNAY YETISHTIRISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada dehqonchilik uchun yaroqsiz bo‘lgan hududlardan samarali foydalanish orqali eksportbop qulupnay yetishtirish tizimini innovasion usullar asosida tashkil etish masalalari yoritilgan. Asosiy e’tibor, agrotexnik va agrosanoat innovatsiyalarini tadbiq etish, muqobil (gidroponika, vertikal ferma, konteynerli issiqxonalar) texnologiyalarni joriy etish orqali resurslardan oqilona foydalanishga, hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Maqolada shuningdek, zamonaviy irrigatsiya tizimlari, quyosh energiyasidan foydalanish, mahalliy va xorijiy bozorlarga yo‘naltirilgan mahsulot sifati va logistika masalalari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari innovasion yondashuvlar asosida qiyin iqlim va tuproq sharoitida ham yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatlarini ochib beradi.
2025-07-10