ISLOMIY BANK XIZMATLARINING JORIY ETILISHINI MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA TA’SIRI

Main Article Content

Аннотация:

Hozirgi kunda islomiy banklar faoliyati kengayib bormoqda. Islomiy banklar foizni taqiqlaydi. Tijorat banklari davlat va bank tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilsa, islom banklari shariat tamoyilliga asoslanib faoliyat yuritadi. Iqtisodiyot rivojlangan sari islom banklariga bo’lgan talab ortib bormoqda. Ko’plab tijorat banklari islomiy bank mahsulotlarini joriy qilmoqda. Iqtisodiy inqirozlar davrida islomiy banklar o’z faoliyatini oqlab chiqa oldi. Shu sababli ham, nafaqat musulmon davlatlar, balki Yevropa davlatlarida ham islomiy banklarga bo’lgan talab ortib bormoqda. Islom bankining jahon banklari sektoridagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda. 2017 yildan 2022 yilgacha bozor CAGR 6,7% ga o'sdi.(1uz.kursiv.media) 2022 yilda uning umumiy aktivlari 2,871 milliard dollarga baholangan. Islom bank sektori aktivlarining 43 foizi Fors ko‘rfazida, yana 40 foizi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning boshqa mamlakatlarida, 15 foizi Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda, 2 foizi esa dunyoning qolgan qismida joylashgan. Aktivlari bo'yicha  birinchi yetakchilarni Eron va Saudiya Arabistoniga egallagan. Eron davlatining aktivlari 1094 milliard dollarni  va  Saudiya Arabistoniniki esa 753 milliard dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga Quvayt, Malayziya va Qatar davlatlari ham joylashtirilgan aktivlari bo’yicha uchli beshtalikka  kirgan.

Article Details

Как цитировать:

Sobirova , S. (2024). ISLOMIY BANK XIZMATLARINING JORIY ETILISHINI MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA TA’SIRI. Наука и инновация, 2(17), 145–148. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/33986

Библиографические ссылки:

Bayjanova Go’zal, Tijorat bank xizmat turlarini islomiy bank xizmatlari orqali rivojlantirish istiqbollari. 2024. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali

https://scopus.com

Islamic Finance Development Report 2021

Mifrahi, M. N., & Tohirin, A. (2020). How does Islamic banking support economic growth? Jurnal Ekonomi dan Keuangan Islam. ISSN: 2089–6239 (P); 2549–0648 (E), 9(1), 72–91, https:// doi.org/10.22373/share. v9i1.6882. No1513, 10, 120.