TOSHKENTOLDI EGILMASINING NEFTGAZLILIK ISTIQBOLLARI

Main Article Content

Аннотация:

Toshkentoldi egilmasi Sirdaryo depressiyasining janubi-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, neft va gaz qidiruv ishlari 1930-1940-yillarda mezozoy-kaynozoy yotqiziqlarini o‘rganish bilan boshlangan. Ushbu maqola hududning geologik tuzilishi, olib borilgan izlov burg‘ilash ishlari natijalari va neftgazlilik istiqbollarini tahlil qiladi. Yangiyo‘l, Chinoz, Boymurod, Oqto‘lpor va Aris kabi strukturalarda burg‘ilangan quduqlar asosan suvli qatlamlar va yuqori azotli gazlar aniqlagan, ammo paleozoy yotqiziqlarida (devon, karbon) bitum, neft va gaz namoyonlari qayd etilgan. Rifogen karbonat hosilalari va g‘ovaklikning chuqurlikda oshishi (1-2% dan 10-12% gacha) hududni istiqbolli qiladi. Qo‘shni neftgazli mintaqalar (Amudaryo, Farg‘ona, Chu-Sariso‘y) bilan o‘xshashliklar va chekka hududlarda neft, gaz, bitum belgilari paleozoy komplekslarining potensialini ko‘rsatadi. Kelajakda chuqur geofizik tadqiqotlar va tuz osti komplekslarini o‘rganish tavsiya etiladi.

Article Details

Как цитировать:

Axmedova, D. (2025). TOSHKENTOLDI EGILMASINING NEFTGAZLILIK ISTIQBOLLARI. Наука и инновация, 3(40), 98–101. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/63033

Библиографические ссылки:

Qarshiev O.A., Djalilov G.G., Axmedova D.A. Sirdaryo depressiyasi va unga tutash hududlarning strukturaviy-tektonik xususiyatlari. // O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari. – Toshkent. – 2025.-№1 S. 199-201.

Akhmedova D.A. Some prerequisites for the prospects of oil and gas capability of paleozoic sediments of the Syrdarya depression. // International Journal of Geology, Earth & Environmental Sciences ISSN: 2277-2081. Online International Journal Available at http://www.cibtech.org/jgee.htm 2024 Vol. 14, pp. 219-225.

Xodjaev A.R., Akramxodjaev A.M., Babaev A.G., Davlyatov Sh.D., Azimov P.K., Sotiriadi K.A., Madenov M. Neftyanыe i gazovыe mestorojdeniya Uzbekistana. Tashkent, FAN. - 1974. - S. 248-266.

Bigaraev A.B., Osobennosti geologicheskogo stroeniya Arыsskogo progiba Sыrdarinskogo osadochnogo basseyna (v svyazi s perspektivami neftegazonosnosti) //Problemы energo- i resursosberejeniya. - Tashkent, 2007. - №2,

Sirajidinov D., Xikmatullaev B.S. i dr. «Kompleksnыe laboratornыe issledovaniya materialov parametricheskoy skvajinы №1p Yangiyul». Tashkent, Fondы IGIRNIGM, -1994. 97 s.