TURDOSH HUQUQLARDA IJROLARNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Main Article Content

Аннотация:

Mazkur tezis turdosh huquqlarda ijrolarning nazariy-huquqiy asoslari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ijro tushunchasining huquqiy tabiati, uning mualliflik huquqi bilan o‘zaro bog‘liqligi va farqli jihatlari, shuningdek, ijrochilarning huquqiy maqomi ochib beriladi. Turdosh huquqlar tizimida ijrolarning obyekti sifatidagi ahamiyati, ularni huquqiy muhofaza qilishning asosiy prinsiplari hamda milliy va xalqaro huquq normalarida mustahkamlangan himoya mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tezisda ijrolarning moddiy va nomoddiy shakllari, ularni qayd etish, tarqatish va jamoatchilikka yetkazish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Amaldagi qonunchilikdagi mavjud muammolar, huquqni qo‘llash amaliyotidagi kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy-huquqiy nuqtayi nazardan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari turdosh huquqlar sohasida ijrochilar huquqlarini samarali himoya qilishni takomillashtirish, qonunchilikni yanada rivojlantirish va huquqiy amaliyotni boyitishga xizmat qiladi.

Article Details

Как цитировать:

Toxirova, S. (2025). TURDOSH HUQUQLARDA IJROLARNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Наука и инновация, 3(59), 52–55. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/69655

Библиографические ссылки:

Ijrochilarni, Fonogrammalarni ishlab chiqaruvchilarni va radioeshittirish tashkilotlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya, 1961;

BIMT Ijrolar va fonogrammalar to‘g‘risidagi Shartnoma (WPPT), 1996

O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuni,2006.

Buzova, N.V. (2021) Related rights: conceptual approaches, definition and key features. RUDN Journal of Law. 25 (2), B 548, Russia

Близнец И. Авторское право и смежные права. – Москва: Проспект, 2015.

Герасимов Е.И. Роль авторского права в культурном и экономическим развития. – Москва: РАО, 1994.

Toshev B. Mualliflik huquqi. – Toshkent; 2002.

Oqyo‘lov O. – Intellektual mulk huquqi. – I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti. – 2005.

Yakubova I. Mualliflik huquqi. Darslik. – Toshkent: TDYU, 2020.

https://eur-lex.europa.eu/EN/legal-content/summary/copyright-and-related-rights-in-the-information-society.html