“PADARKUSH” DRAMASINING PRAGMALINGVISTIK XUSUSIYATI

Main Article Content

Аннотация:

Mazkur maqola Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” asarida nutqiy aktlar muloqot jarayonidagi pragmatik birliklar va pragmalingvistik vositalarning bir-biriga uyg’unlashuvi ko’rib chiqilgan. Asarda qahramonlarning nutqiy xatti-harakatlari, dialoglarda qo’llanilgan pragmatik vositalar hamda til birliklarining kommunikativ vazifalari pragmalingvistik nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Shuningdek, “Padarkush” dagi ijtimoiy-madaniy kontekst va uning qahramonlar nutqini shakllantirishdagi roli ko’rib chiqiladi. “Padarkush” asarining yaratilgan davri ijtimoiy-siyosiy muhitini aks ettiruvchi til vositalari, muallifning ma’naviy-ma’rifiy g’oyalari va badiiy mahorati nutqiy jarayonlar orqali izohlanadi. Maqolada obrazlar o’rtasidagi dialoglar, qahramonlarning tinglovchiga qarata aytgan monologlari pragmalingvistik nuqtayi nazardan o’rganiladi. Mazkur dialog va monologlarning xarakter jihatidan yorqinroq ochib berishga va asar voqealari rivojiga ta’siri yoritiladi. “Padarkush” dramasi nafaqat dramaturgiyamiz ilk namunasi, balki pragmalingvistika nuqtayi nazaridan ham dolzarb tadqiqot obyekti ekanini ko’rsatadi. Tadqiqot natijalari asarni chuqurroq anglashga, uning badiiy-estetik qiymatini yanada oshirishga yordam beradi. O’zbek adabiyotidagi pragmalingvistika masalalarini boyitishga xizmat qiladi.

Article Details

Как цитировать:

Isaqova , L. . (2026). “PADARKUSH” DRAMASINING PRAGMALINGVISTIK XUSUSIYATI. Наука и инновация, 4(4), 119–121. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/72340

Библиографические ссылки:

Habibullayeva D. O‘zbek badiiy matnining pragmalingvistik tahlili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.

Jo‘rayev, S. O‘zbek tilida pragmalingvistik tahlil masalalari. – Toshkent: Fan, 2019.

Mahmudxo’ja Behbudiy. Padarkush (Dramatik asar). – Toshkent: O‘zbekiston Davlat nashriyoti, 1922.

www.mutolaa.com.uz