QALAMPIR YALPIZ (MENTHA PIPERITA) NING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Main Article Content

Аннотация:

Ushbu maqolada qalampir yalpiz — Mentha piperita — o‘simligining botanik tavsifi, anatomik tuzilishi, kimyoviy tarkibi hamda farmakologik xususiyatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Qalampir yalpiz labguldoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub ko‘p yillik dorivor o‘simlik bo‘lib, efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi. O‘simlik tarkibida mentol, menton, izomenton, flavonoidlar, fenol kislotalari va boshqa biologik faol birikmalar mavjud bo‘lib, ular spazmolitik, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi hamda analgetik ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada qalampir yalpiz asosida tayyorlanadigan fitopreparatlar, jumladan, Validol va Corvalol kabi vositalarning farmakodinamik xususiyatlari ham tahlil qilingan. Shuningdek, damlama va nastoyka shakllarining qo‘llanilish sohasi ham ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Article Details

Как цитировать:

Toshtemirova, M., & Abdug‘aniyeva , Z. (2026). QALAMPIR YALPIZ (MENTHA PIPERITA) NING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI. Наука и инновация, 4(11), 112–113. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/74996

Библиографические ссылки:

Mirzaog‘li A.J. Qalampir yalpizning dorivorlik xususiyati. – Toshkent: Xalq ta’limi nashriyoti, 2023. – B. 24–27.

Sevara A.Z. Medicinal properties of the mint plant. – Confrencea, 2023. – B. 10–

Sulaymonov I.J., Ergashev D.T. Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi fanidan amaliy mashg’ulotlar. Namangan-2020 – 85-86 b.

H. X. Xolmatov, O’. A.Ahmedov. Farmakognoziya 1-qism. Cho’lpon nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi Toshkent -2008 – 193 – 196 – 197 – b.