MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARI
Main Article Content
Аннотация:
Mustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini belgilash, ularni mustaqil asosda bajarish va shu yo’l bilan o’z faoliyatini yaxshilash uchun jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning uchun esa, avvalo, o’zbek milliy davlatchilik an`analariga murojat qilinib, mahalliy ijroiya hokimiyatining boshlig’i sifatida hokim lavozimini ta`sis etish maqsadga muvofiq deb topildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi davlat hokimiyatining vakillik organi hisoblanadi. U viloyat, tuman va shaharlarda tashkil etiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda shu hududlarning oliy mansabdor shaxsi – hokim vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokimlarning vakillik organlariga rahbarligi vakillik organlarining ishini tashkil qilishga qaratilgan. Mazkur maqolada mahalliy vakillik organlari, ularning vakolatlari, ahamiyati, tashkiliy shakli, faoliyat tamoyillari, shuningdek, ular tomonidan hokim faoliyatini nazorat qilishning mamlakatimizda amalda bo’lgan huquqiy mexanizmlari va ularni takomillashtirish masalalari haqida so’z yuritiladi. Bu ishda kuzatish metodidan foydalanildi. Ushbu maqolada ilgari surilgan takliflarni qonun ijodkorligi jarayonida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati faoliyatida qo’llash mumkin.
Ключевые слова:
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T; 2003
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. T; 1996 .
R.Qayumov.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. T; 1998
U. Tadjixanov, A. Saidov, X. Odilqoriev. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. T; 2001y
«O’zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat organlari to’g’risida» gi qonun. T; 1993 y 2 sentyabr`
«Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonun. 1993 yil 2 sentyabr
