ONA TILI DARSLARIDA “LOYIHA ISHI”LARINI BAJARISHNING AMALIY AHAMIYATI

Main Article Content

Аннотация:

Maktab ta’limining boshlang‘ich bosqichi o‘quvchilarning asosiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari tilni o‘rganish, muloqot madaniyatini shakllantirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatishda asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi kunda dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish, shuningdek, loyiha ishlarini tashkil etish orqali o‘quvchilarning ijodiy va amaliy faoliyatini oshirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirishni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bu jarayon muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchining dunyoqarashi shakllanadi, asosiy bilim va ko‘nikmalari tarkib topadi. Shu jumladan, ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari orqali o‘quvchilar muloqotga kirishish, o‘z fikrini bayon qilish, mustaqil o‘qish va matn bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.

Article Details

Как цитировать:

Rahmonov, S. ., & Tojiyeva , X. . (2025). ONA TILI DARSLARIDA “LOYIHA ISHI”LARINI BAJARISHNING AMALIY AHAMIYATI. Молодые ученые, 3(24), 119–120. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/56150

Библиографические ссылки:

Guzeev V.V. Taʼlim natijalarini va taʼlim texnologiyasini rejalashtirish. M.: Xalq taʼlimi, 2000. – 198-bet

Qosimova K.Matchonov S.G‘ulomova X.Yo‘ldosheva Sh.Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi.”Bayoz”Toshkent-2022.12-13-bet

Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik I qism. Kuranov S. – Toshkent: 2023-y. -88 b.