BOLALARDA RIVOJLANISHDAGI KECHIKISHLARNI ERTA ANIQLASHNING PSIXODIAGNOSTIK MEZONLARI VA SKRINING TESTLAR

Main Article Content

Аннотация:

Bola hayotining dastlabki yillari inson psixikasining shakllanishida eng muhim davr hisoblanadi. Shu davrda bolaning nutq, harakat, hissiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari faol kechadi. Agar bu bosqichlarda turli sabablar tufayli rivojlanish sekinlashsa, bola keyingi bosqichlarda o‘qish, muloqot, ijtimoiy moslashuvda muammolarga duch kelishi mumkin. Shu sababli rivojlanishdagi kechikishlarni erta aniqlash, ularni psixodiagnostik mezonlar asosida baholash va skrining testlar orqali tekshirish dolzarb masala sanaladi. Ushbu tadqiqotda bolalar rivojlanishidagi kechikishlarni aniqlash uchun O‘zbekistonda ishlab chiqilgan metodikalar o‘rganildi. Bolaning individual rivojlanish sur’ati, nutq, diqqat, xotira, hissiy-ijtimoiy faoliyat mezonlari asosida erta tashxisning ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, skrining testlar va psixodiagnostik kuzatuvlar yordamida kechikishlarni erta aniqlash bolaning keyingi rivojlanishiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Article Details

Как цитировать:

Akbarova , D. ., & Xalimjonov , A. . (2025). BOLALARDA RIVOJLANISHDAGI KECHIKISHLARNI ERTA ANIQLASHNING PSIXODIAGNOSTIK MEZONLARI VA SKRINING TESTLAR. Молодые ученые, 3(35), 35–37. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/61064

Библиографические ссылки:

Raximov Sh. Ilk yoshdagi bolalarda psixik rivojlanishni baholashning diagnostik mezonlari. — Toshkent: Fan, 2020.

Ochildiyeva N. Bolalar psixodiagnostikasi va korreksion psixologiya asoslari. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2018.

G‘ulomova D., Shodmonova G. Maktabgacha yoshdagi bolalarda psixologik rivojlanish monitoringi. — Samarqand: SamDU nashriyoti, 2019.

Raximova M. Psixologik tashxis va erta aralashuv dasturlari. — Toshkent: O‘zbekiston pedagogika ilmiy markazi, 2021.