TARIQ (Panicum miliaceum) RIZOBAKTERIYALARINI AJRATIB OLISH VA ULARNING AYRIM XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu tadqiqotda tariq (Panicum miliaceum) o‘simligining rizosferasidan o‘sishni rag‘batlantiruvchi bakteriyalar (PGPR) ajratib olindi va ularning ayrim morfologik hamda fiziologik xususiyatlari o‘rganildi. Hozirgi kunda mikrobiologiya sohasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — yuqori faollikka ega mikroorganizmlarni ajratish, ularni identifikatsiya qilish va amaliyotga tadbiq etish hisoblanadi. Bunday mikroorganizmlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va chorvachilikda keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, rizobakteriyalar — ya’ni o‘simlik ildiz zonasida yashovchi foydali mikroorganizmlar — o‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi, ularning oziqlanishini yaxshilovchi va turli kasalliklardan himoya qiluvchi xususiyatlari bilan ahamiyatlidir. Ajratilgan izolyatlarning Gram reaksiyasi, katalaza va oksidaza faoliyati, fosfat eritish va siderofor ishlab chiqarish qobiliyati baholandi. Natijalar tariq rizosferasining foydali mikroorganizmlar manbai ekanligini ko‘rsatdi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Z.J. Shapulatova “ Mikrobiologiya” . Toshkent -2013.
Xamidova D., To‘xliyeva M. Tuproq mikrobiologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
Григорьев А.Ю. Ризосферные микроорганизмы и их роль в росте растений. – Москва: Колос, 2019.
Kloepper J.W., Schroth M.N. Plant growth-promoting rhizobacteria. Phytopathology, 1978, 68: 1020–1022.
Lugtenberg B., Kamilova F. Plant-growth-promoting rhizobacteria. Annu. Rev. Microbiol., 2009, 63: 541–556.
Bashan Y., de-Bashan L.E. How the plant growth-promoting bacterium works. Advances in Agronomy, 2010, 108: 77–136.
