EGIZ HOMILALIKDA MUDDATDAN OLDINGI TUG‘RUQ: ETIOLOGIYA, RISK OMILLARI VA PROFILAKTIKA YONDASHUVLARI

Main Article Content

Аннотация:

Mazkur ilmiy maqolada egiz homilalikda muddatdan oldingi tug'ruqning etiologiyasi, risk omillari va profilaktika yondashuvlari bemorlar ustida olib borilgan klinik kuzatuvlar asosida ko'rib chiqilgan. Tadqiqot Samarqand davlat tibbiyot universiteti akusherlik va ginekologiya kafedrasining klinik bazasida 2024 yil va 2025 yillarda amalga oshirilgan. Unda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan 50 nafar homilador ayol ishtirok etgan. Bemorlar orasida egiz homilalik holatlari aniqlangan. Ularning obstetrik tarixi, gormonal profili, plasentar rivojlanishi va bachadon bo'yni uzunligi doimiy monitoring qilingan. Kuzatuv natijalari shuni ko'rsatdiki, egiz homilalikda muddatdan oldingi tug'ruq xavfi yagona homilaga nisbatan ancha yuqori. Asosiy sabablar orasida bachadon bo'yni yetarlicha tayyor emasligi, plasentar yetishmovchiligi, preeklampsiya, ortiqcha bachadon distenziyasi va oldingi tug'ruqlar tarixi bor. Bemorlar ustida profilaktik choralar qo'llanilgan. Bu choralar bachadon bo'yni uzunligi va kuchlanishini monitoring qilish, progesteron terapiyasi, fizioterapevtik muolajalar va multidisiplinar kuzatuvni o'z ichiga olgan. Ular muddatdan oldingi tug'ruq chastotasini sezilarli darajada kamaytirgan. Tadqiqot egiz homilalikda individual profilaktika strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish onalik va neonatal natijalarni yaxshilashda qanchalik muhim ekanligini ta'kidlagan. Ushbu natijalar klinik amaliyotda egiz homilalik bilan bog'liq risklarni baholash, xavfni oldini olish va muddatdan oldingi tug'ruqni profilaktika qilish uchun ilmiy asos beradi.

Article Details

Как цитировать:

Akhtamova, N., & Farmonova, R. . (2026). EGIZ HOMILALIKDA MUDDATDAN OLDINGI TUG‘RUQ: ETIOLOGIYA, RISK OMILLARI VA PROFILAKTIKA YONDASHUVLARI. Молодые ученые, 4(12), 128–132. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/74871

Библиографические ссылки:

Abdullaeva L.S. Bachadonning haddan tashqari o`sishi sindromida akusherlik qon ketishining oldini olish masalasi // Yangi O`zbekistonda milliy taraqqiyot va innovatsiyalar. -2022. - S. 338-342.

Anderson R., Daher S., Regan L., Al-Memar M., Born T., Makintayr D.A., Ray R., Kristiansen O.B., Sugiura-Ogasavara M., Odendal J., Devall A.J., Bennett P.R., Petru S., Kumarasami A., Abort qilish muammolari: erta homiladorlik yo`qolishining epidemiologic, jismoniy, psixologik va iqtisodiy xarajatlari. // Lanset. 2021-yil 1-may; 397(10285): 1658-1667.

Axtamova N.A., Shavazi N.N. MUVAQT TUG`ILGAN AYOLLARDA AKUSTRIK QONYO`QOTILISHINI BASHORAT QILISH. // UZBEK MEDICAL JURNALI. -2022. -3-jild.

Yodgorova, N. T., Bektemirova, Z. S., & Ibrohimov, B. R. (2023). THE SIGNIFICANCE OF MICROORGANISMS IN ONCOLOGICAL DISEASES OF THE ORAL CAVITY AND SENSITIVITY TO ANTIBIOTICS. Journal of Academic Research and Trends in EducationalSciences, 2(1), 141-147.