PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO‘LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O‘RNI
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqolada psixofizika fanining paydo bo‘lishi va ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishida nemis olimlari E. Veber va T. Fexner tadqiqotlarining o‘rni tahlil qilinadi. Psixofizika inson sezgi jarayonlari bilan tashqi muhitdagi fizik ta’sirlar o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish sifatida XIX asrda shakllana boshlagan. Mazkur jarayonda E. Veber tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar sezgi sezuvchanligining miqdoriy jihatdan o‘lchanishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Uning tajribalari natijasida sezgi farqlanishining nisbiy chegaralari aniqlanib, keyinchalik Veber qonuni sifatida ilmiy adabiyotlarda mustahkam o‘rin egalladi. T. Fexner esa Veberning eksperimental natijalarini nazariy jihatdan umumlashtirib, psixik sezgilar bilan fizik stimullar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘lanishni ifodalovchi matematik modelni ishlab chiqdi. Fexner tomonidan taklif etilgan psixofizik qonuniyatlar psixologiyada eksperimental metodlarning keng qo‘llanilishiga asos yaratdi hamda psixologiyani mustaqil ilmiy fan sifatida shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Maqolada ushbu olimlarning ilmiy qarashlari, tajribalari hamda psixofizika rivojiga qo‘shgan nazariy va amaliy hissasi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, psixofizik tadqiqotlarning zamonaviy psixologiya va neyropsixologiya rivojidagi ahamiyati ham tahlil qilinadi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. – 112-bet.
Davletshin M.G. Umumiy psixologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002. – 87-bet.
Nishonova Z.T. Psixologiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2016. – 54-bet.
Vohidov M.V. Bolalar psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2007. – 96-bet.
Haydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2010. – 143-bet.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2008. – 58-bet.
