HUQUQIY XIZMATLARDA RAQA`MLI IDENTIFIKATSIYA:ELECTRON HUKUMAT QONUNCHILIGI VA HINDISTON TAJRIBASI
Main Article Content
Abstract:
Maqolada huquqiy xizmatlar sohasida raqamli identifikatsiya (RI) tizimlarining joriy etilishi bilan bogʻliq huquqiy meʼyorlar, xatarlar va istiqbollar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Oʻzbekistonning elektron hukumat qonunchiligini Hindistonning “Aadhaar” tizimi kabi yirik xalqaro tajribalar bilan taqqoslash, markazlashgan biometrik identifikatsiya tizimlarining huquqiy xatarlarini aniqlash va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Natijalar Oʻzbekistonda RI uchun huquqiy asoslar yaratilgan boʻlsa-da, Hindiston tajribasi maxfiylik huquqi va maʼlumotlar xavfsizligi boʻyicha jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini koʻrsatdi. Muhokama qismida bu xatarlarni bartaraf etish uchun “Maxfiylik Dizayni Boʻyicha” (Privacy by Design) tamoyilini mustahkamlash, “Raqamli Huquqiy Shaxs” tushunchasini qonuniy belgilash va fuqarolarning maʼlumotlarini himoya qilish boʻyicha mustaqil nazorat mexanizmlarini joriy etish zarurligi taʼkidlanadi. Maqola huquqiy xizmatlar samaradorligini oshirishda RI ni inson huquqlariga rioya qilgan holda rivojlantirish uchun nazariy va amaliy asos boʻlib xizmat qiladi.
Article Details
How to Cite:
References:
Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi "Elektron hukumat toʻgʻrisida"gi Qonuni (OʻRQ-395-son). https://lex.uz/
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi "Aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni tasdiqlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori (679-son). https://lex.uz/
Hindiston Respublikasi Parlamenti. Aadhaar (Targeted Delivery of Financial and Other Subsidies, Benefits and Services) Act, 2016. New Delhi: Gazette of India.
