Текущий выпуск
Том 4 № 3 (2026): Бюллетень педагогов нового Узбекистана
"Бюллетень педагогов нового Узбекистана" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2026-03-05
Статьи
BOSHLANGʻICH SINFLARDA MANTIQIY MASALALARNI YECHISH USULLARI
Mazkur maqolada boshlangʻich sinflarda mantiqiy masalalarni yechishning nazariy asoslari, metodik tamoyillari hamda amaliy yondashuvlari keng va tizimli ravishda tahlil qilinadi. Avvalo, mantiqiy tafakkurning psixologik-pedagogik asoslari yoritiladi, shundan so‘ng mantiqiy masalalarni o‘qitishning bosqichma-bosqich metodikasi, interfaol yondashuvlar hamda didaktik tamoyillarning ahamiyati asoslab beriladi. Shu bilan birga, mantiqiy masalalar orqali o‘quvchilarda tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish hamda xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari ochib beriladi.
2026-03-09
VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN JINOYATLARNING YURIDIK TAHLILI
Ushbu keng qamrovli ilmiy tadqiqotda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining yuridik tabiati, jinoiy javobgarlik subyekti sifatidagi xususiyatlari va jazo tayinlashning doktrinal asoslari tahlil qilinadi. Muallif O‘zbekiston Respublikasining 2025-2026 yillardagi huquqiy islohotlari prizmasidan turib, voyaga yetmaganlar delinkvent xulq-atvorini huquqiy tartibga solishdagi bo‘shliqlar va ularni bartaraf etish yo‘llarini tadqiq etadi. Maqolada kiber-makon va raqamli iqtisodiyot sharoitida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan yangi turdagi jinoyatlarning kriminologik determinatsiyasi va ularning profilaktikasi bo‘yicha strategik takliflar berilgan.
2026-03-10
O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARI IJROCHILIGIDA O‘QUVCHILARNING TEXNIK MAHORATINI OSHIRISHNING METODIK ASOSLARI
Mazkur maqolada o‘zbek xalq cholg‘ulari — rubob, dutor va ud ijrochiligi darslarida o‘quvchilarning texnik mahoratini oshirishning zamonaviy metodik asoslari yoritilgan. Maqolada an’anaviy o‘qitish usullarini psixofiziologik yondashuvlar, xususan, mushak erkinligi, mental mashqlar va geymifikatsiya elementlari bilan boyitish masalalari tahlil qilinadi. Muallif mazkur cholg‘u asboblarini o‘rganish jarayonida uchraydigan texnik to‘siqlarni bartaraf etish va o‘quvchilarning ijrochilik sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.
2026-03-11
МАКТАБ БОШҚАРУВИДА ДИРЕКТОРНИНГ ЛИДЕРЛИК КОМПЕТЕНЦИЯСИ ВА ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШНИНГ СТРАТЕГИК ОМИЛЛАРИ.
Мазкур мақолада умумтаълим муассасаларида мактаб директори лидерлик компетенцияларининг таълим сифатига таъсири таҳлил қилинган. Замонавий таълим тизимида муассаса раҳбарининг стратегик фикрлаш, инновацион бошқарув ва жамоани мотивация қилиш қобилияти таълим самарадорлигини белгилайдиган муҳим омил ҳисобланади. Тадқиқот жараёнида таълим менежменти назариялари, стратегик бошқарув концепциялари ва лидерлик моделлари таҳлил қилинди. Натижалар мактаб раҳбарининг лидерлик компетенцияси педагогик жамоа самарадорлиги, таълим жараёни сифати ва ўқувчиларнинг академик натижаларига сезиларли таъсир кўрсатишини кўрсатди
2026-03-12
MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEKISTONNING ZARAFSHON VOHASIDA EKOLOGIK HOLATNI BARQARORLASHTIRISH MASALALARINING TARIXIY AHAMIYATI.
Ushbu maqolada mustaqillik davrida O‘zbekistonning Zarafshon vohasida ekologik holatni barqarorlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, davlat siyosati va islohotlarning tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Hududning asosiy ekologik muammolari, suv resurslari, tuproq degradatsiyasi, sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyatining atrof-muhitga ta’siri yoritilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan amaliy ishlar ilmiy asosda bayon etiladi.
2026-03-16
BOSHLANG'ICH SINF O`QUVCHILARINI MATEMATIKA DARSLARIDA MASALALARNING BERILISHI.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida masalalarning berilish usullari, ularning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Masalalarni og‘zaki, yozma, rasmli va hayotiy vaziyatlar asosida berishning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda masalalarni tanlash va tuzish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi.
2026-03-17
THE METHODOLOGY FOR USING THE PROJECT METHOD IN TEACHING ENGLISH.
This thesis explores the use of the project method in teaching English as a foreign language. The study examines how project-based learning (PBL) can improve students’ language skills, particularly speaking and vocabulary, through active participation and real-life tasks. An experimental approach was used, involving an experimental group and a control group, with data collected through tests and observations. The results show that students taught through the project method demonstrated higher levels of engagement and better language performance. The study concludes that the project method is an effective strategy for enhancing English language learning.
2026-03-23
MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGİK MODEL QURİSH TAMOYİLLARİ
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik modelni shakllantirishning to‘g‘risida fikirlar bildirilgan. Pedagogik modelning mazmuni, tuzilishi hamda uni loyihalashda qo‘llaniladigan asosiy prinsiplari yoritilgan. Hamda, maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari, rivojlanish ehtiyojlari va zamonaviy ta’lim talablari asosida samarali pedagogik model yaratish yo‘llari to‘g‘risida qiziqarli fikirlar keltirilgan.
2026-03-24
XIX ASRDA OʻRTA OSIYO XONLIKLARI VA USMONIYLAR IMPERIYASI OʻRTASIDAGI SIYOSIY ALOQALAR.
Mazkur maqolada XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklari — Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari hamda Usmoniylar imperiyasi o‘rtasidagi siyosiy aloqalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda diplomatik munosabatlar, diniy-ideologik yaqinlik, geosiyosiy omillar va tashqi kuchlarning ta’siri asosida aloqalarning rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, Rossiya imperiyasining mintaqaga kirib kelishi fonida bu aloqalarning o‘zgarishi ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan
2026-03-24
GEOINFORMATIKA FANINING NAZARIY ASOSLARI VA FAZOVIY MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING ROLI.
Ushbu maqolada geoinformatika fanining nazariy asoslari, geografik axborot tizimlari (GIS), masofadan zondlash texnologiyalari hamda fazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish usullarining zamonaviy ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, geoinformatikaning hududiy rejalashtirish, ekologik monitoring, tabiiy resurslarni boshqarish va urbanizatsiya jarayonlarini o‘rganishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari fazoviy ma’lumotlar bazasi va geoma’lumotlarni integratsiyalash orqali kompleks hududiy tahlilni amalga oshirish imkoniyatlari kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
2026-03-24
MINTAQA IQTISODIY O‘SISHINI TA’MINLASHDA XIZMATLAR SEKTORINING ROLINI OSHIRISH MEXANIZMLARI.
Mazkur maqolada mintaqa iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda xizmatlar sektorining ahamiyati hamda uning iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini oshirish mexanizmlari tahlil qilingan. Xizmatlar sohasining hududiy iqtisodiyotdagi o‘rni, uning tarkibiy rivojlanish xususiyatlari hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish omillari o‘rganilgan.
2026-03-24
JINOYAT PROTSESSUAL HUQUQDA SURISHTIRUVCHINING VAKOLATLARI.
Mazkur maqolada jinoyat protsessual huquqda surishtiruvchining vakolatlari, ularning huquqiy tabiati va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Surishtiruvchining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, dastlabki dalillarni to‘plash, protsessual qarorlar qabul qilish va jinoyatni ochish jarayonidagi roli yoritilgan. Shuningdek, surishtiruv faoliyatining qonuniylik, mustaqillik va samaradorlik tamoyillari asosida amalga oshirilishi masalalari ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy sharoitda surishtiruv institutini takomillashtirish, uning vakolatlarini aniq belgilash va amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari jinoyat sudlovining samaradorligini oshirish va inson huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
2026-03-25
SUDDA JINOYAT ISHLARINING OSHKORA KO‘RILISHINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Mazkur maqolada sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipining nazariy-huquqiy asoslari va uning amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Sud muhokamasining oshkoraligi sudlov adolatini ta’minlashning muhim kafolati sifatida o‘rganilib, uning inson huquqlari bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan. Shuningdek, milliy qonunchilik normalari, jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi tahlil qilinib, oshkoralik prinsipining qo‘llanilish doirasi va uni cheklash holatlari yoritib berilgan. Xalqaro huquqiy standartlar, sud amaliyoti va rasmiy statistik ma’lumotlar asosida mazkur prinsipni takomillashtirishga doir ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari sudlov faoliyati shaffofligini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
2026-03-25
