MATEMATIKA DARSLARIDA OG’IZAKI HISOBLASHNI O’STIRISH MASHG’ULOTLARINI TASHKIL QILISH VA OG’IZAKI VA YOZMA HISOBLASH USULLARINING AHAMIYATI
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqolada matematika darslarida oʻquvchilarning ogʻizaki hisoblash malakasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonining nazariy hamda amaliy jihatlari yoritiladi. Bugungi ta’lim jarayonida ogʻizaki va yozma hisoblash usullarini uygʻun qoʻllash nafaqat oʻquvchilarning matematik tafakkurini boyitadi, balki ularning mantiqiy fikrlashi, diqqatni jamlash, tezkor qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Maqolada ogʻizaki hisoblash mashgʻulotlarini samarali tashkil qilish shakllari, mashqlar tizimini tuzish tamoyillari hamda dars jarayonida qoʻllash mumkin bo‘lgan interfaol yondashuvlar tahlil etilgan. Shuningdek, ogʻizaki va yozma hisoblash usullarining oʻzaro farqlari, ularning o‘quvchi rivojiga ta’siri va zamonaviy ta’limda tutgan oʻrni misollar asosida ochib beriladi. Tadqiqot davomida boshlangʻich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari, matematik bilimlarni bosqichma-bosqich egallashi hamda mashgʻulotlarni tashkil etishda metodik yondashuvlarning ahamiyati alohida e’tiborga olingan. Maqola natijalari ogʻizaki hisoblashni rivojlantirish dars samaradorligini oshirishi, o‘quvchilar faolligini kuchaytirishi va matematikaga qiziqishni yanada orttirishini ko‘rsatadi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Abdullayev, J., & Xodjayeva, N. Boshlang‘ich ta’limda matematika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
Ahmedov, M. Matematika o‘qitish nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021.
Yuldashev, M., & Jamoliddinova, D. Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarini tashkil etish. – Toshkent: Ziyonur, 2020.
