"Yangi O'zbekiston talabalari axborotnomasi" is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.
Published: 2026-04-06
Articles
XIV–XV ASRLAR TARIXIY-ADABIY MUHITI VA HOFIZ XORAZMIY DEVONI.
Mazkur maqolada XIV–XV asrlar tarixiy-adabiy muhiti hamda Hofiz Xorazmiy devonining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoir ijodida aks etgan vatanparvarlik, ona tiliga sadoqat, milliy g‘urur, tasavvufiy-falsafiy qarashlar va ma’naviy-axloqiy g‘oyalar ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, Hofiz Xorazmiy merosining turkiy adabiyot taraqqiyotidagi o‘rni, uning devonining janriy tarkibi hamda ma’naviy-ruhiy tarbiya tizimidagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqotda shoir ijodining Sharq falsafiy merosi bilan uyg‘unligi hamda “Yangi O‘zbekiston” sharoitida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda tarixiy xotiraning o‘rni asoslab beriladi.
2026-04-06
RAQAMLI SIYOSIY KOMMUNIKATSIYA SHAROITIDA AYOL SIYOSATCHILAR IMIDJINING TRANSFORMATSIYASI
Mazkur maqolada raqamli siyosiy kommunikatsiya sharoitida ayol siyosatchilar imidjining shakllanishi va transformatsiyasi masalalari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida ijtimoiy tarmoqlar, media platformalar va zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarining ayol siyosatchilar obraziga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, gender stereotiplari va raqamli diskursning siyosiy imidj shakllanishidagi o‘rni aniqlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli muhit ayol siyosatchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, ularning imidjiga nisbatan yangi bosim va chaqiriqlarni ham yuzaga keltiradi.
2026-04-06
SIYOSIY ISHTIROK TUSHUNCHASI, TIPOLOGIYASI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Jahonning turli davlatlarida fuqarolar siyosiy jarayonlarga nisbatan munosabatda turlicha yondashuvlarga ega bo‘lishadi. Bu ularning siyosiy madaniyat va qarashlariga bog‘liq holda shakllanadi. Fuqarolar, turli tashkilotlarning siyosiy tizim doirasida siyosatga ta’sir qilish jarayoni “siyosiy ishtirok” tushunchasi orqali ifodalanadi. Siyosiy ishtirok bu-davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlarning aktiv yoki passiv ekanligini aniqlab beradigan siyosiy jarayon. Demokratik davlatlarda fuqarolarning davlat hokimiyatida ta’sir etish mexanizmlari ta’minlanganligi sababli siyosiy ishtirok darajasi ancha yuqori bo‘ladi. Mazkur maqolada siyosiy ishtirok tushunchasining mohiyati, uning tipologiyasi va rivojlanish bosqichlari batafsil muhokama qilinadi.
2026-04-06
