«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-05-02
Статьи
TIJORAT BANKLARIDA "OPEN BANKING" AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu tadqiqotda tijorat banklarida Open Banking (ochiq bank tizimi) amaliyotining joriy etilishi va uni takomillashtirish zarurati chuqur tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyotning jadallashuvi, moliyaviy texnologiyalar (fintech) rivoji va mijozlarning interaktiv xizmatlarga bo‘lgan talabining oshishi fonida Open Banking global moliya sektorida asosiy transformatsion yo‘nalishlardan biriga aylandi. So‘nggi yillarda Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Singapur va Xitoy kabi davlatlarda Open Banking nafaqat bank xizmatlarini avtomatlashtirish, balki ularni moslashtirish, personalizatsiya qilish va mijoz ishonchini oshirishda samarali mexanizm sifatida e’tirof etilmoqda. Open Bankingning asosiy mohiyati – mijoz roziligi asosida bank ma’lumotlarini ishonchli uchinchi tomon tashkilotlari bilan almashish orqali mijozlar uchun yangi xizmatlar yaratishdir. Ushbu tizimda API (Application Programming Interface) texnologiyalari muhim rol o‘ynaydi, bu esa ma’lumotlar oqimini xavfsiz, tez va moslashtirilgan tarzda tashkil etishga imkon beradi .
2025-04-30
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI BANK KREDITLARI VA SOLIQ MEXANIZMLARI YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini bank kreditlari va soliq mexanizmlari yordamida rivojlantirish zamonaviy iqtisodiy siyosatning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Bozor iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, bandlik darajasining oshishi, aholining daromadlari va ijtimoiy farovonlikning yuksalishi aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning faoliyati bilan chambarchas bog'liqdir. Shu boisdan ham, bu sohalarni moliyaviy va fiskal qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masala hisoblanadi.
2025-04-30
TIJORAT BANKLARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO`LLARI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy tizimning barqarorligi va rivojlanishi ko‘p jihatdan tijorat banklarining raqobatbardoshligiga bog‘liq. Bugungi globallashuv jarayonlari, raqamli texnologiyalarning tezkor rivojlanishi va mijozlar ehtiyojlarining o‘zgarishi bank sektorini yangi chaqiriqlar va imkoniyatlar bilan yuzma-yuz qoldirmoqda. Tijorat banklari o‘z raqobatbardoshligini oshirish orqali nafaqat o‘z faoliyatining samaradorligini ta'minlaydi, balki moliyaviy xizmatlar sifati, iqtisodiyotning umumiy holati va aholining moliyaviy inklyuzivligiga ham katta hissa qo‘shadi.
2025-04-30
BANK KREDITLARINING AHOLI BANDLIGIGA VA IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI ("IPAK YO’LI BANK" AITB)
Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi — aholi farovonligini oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishdan iborat. Bu jarayonda moliyaviy vositalar, xususan tijorat banklarining kredit siyosati muhim strategik vosita sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish va real sektorni moliyalashtirish orqali iqtisodiy faollik oshirilmoqda.
2025-04-30
TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
Tijorat banklarining moliyaviy faoliyatida ipoteka kreditlari alohida o‘rin tutadi. Ular aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash bilan birga, qurilish sanoatini rivojlantirish, ichki bozorni jonlantirish va umumiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim moliyaviy mexanizm bo‘lib xizmat qiladi. Ipoteka kreditlash bozori barqaror va uzoq muddatli daromad manbai bo‘lishi bilan tijorat banklari uchun jozibador yo‘nalish hisoblanadi. Biroq, amaliyotda ushbu kreditlarning samaradorligini pasaytiruvchi omillar mavjud bo‘lib, ularni tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.
2025-04-30
ЎЗБЕКИСТОНДА ЯШИЛ ИҚТИСОДИЁТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЭКОЛОГИК МУАММОЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ВОСИТАСИ СИФАТИДА
Ўзбекистонда яшил иқтисодиётга ўтиш жараёни экологик барқарорликни таъминлаш ва иқтисодий ўсишни самарали бошқаришнинг муҳим воситасидир. Бу жараён, нафақат атроф-муҳитни сақлаш, балки мамлакатимизнинг иқтисодий тизимига ҳам ижобий таъсир кўрсатиши кутилмоқда. Яшил иқтисодиётга ўтишнинг қонуний асослари, халқаро тажриба, мамлакатимизда амалга оширилаётган ташаббуслар ва экологик муаммоларни ҳал этишнинг самарали усуллари ҳақида батафсил фикр юритамиз.
2025-04-30
GLOBAL TENDENSIYALARNING O’ZBEKISTONDA MOLIYA BOZORI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Global moliyaviy tizim so‘nggi yillarda keskin o‘zgarishlarga duch kelmoqda. Jahon iqtisodiyotidagi raqamli transformatsiya, moliyaviy texnologiyalar rivoji, yashil moliyalashtirish, investitsiyaviy siyosatdagi o‘zgarishlar va geosiyosiy beqarorlik global moliya bozorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, pandemiyadan so‘nggi davrda moliyaviy integratsiyaning kuchayishi, onlayn moliyaviy xizmatlarning ommalashuvi, blokcheyn texnologiyalarining kirib kelishi va kriptovalyutalarning qonuniylik darajasining o‘zgarishi moliyaviy makonni yangilashda hal qiluvchi omillarga aylandi.
2025-04-30
JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA ILG‘OR PEDAGOGIK METODLARNI TATBIQ ETISH
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya darslarida ilg‘or pedagogik metodlarni qo‘llashning ahamiyati, ularning samaradorligi va o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv, innovatsion va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning jismoniy tarbiya fanida qo‘llanilishi misollar orqali yoritiladi. Pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish orqali o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
2025-04-30
OLIY TA’LIMDA FAKULTATIV DARSLARNI JORIY ETISH VA ULARNING TA'LIM SIFATIGA TA'SIRI
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida fakultativ darslarni joriy etish va ularning ta'lim sifatiga ta'siri o‘rganiladi. Fakultativ darslar talabalarga o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra qo‘shimcha bilim olish imkonini beradi. Maqola, fakultativ darslarning ta'lim sifatini oshirishga qanday yordam berishini, talabalarni faollashtirish va o‘qituvchilarni yangi pedagogik usullarni qo‘llashga undashini ko‘rsatadi. Fakultativ kurslar nafaqat ta'lim sifatini yaxshilashga, balki talabalar orasida motivatsiyani oshirishga ham xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada fakultativ darslarning o‘qituvchilarga pedagogik metodlarni sinovdan o‘tkazish va yangilash imkoniyatini qanday yaratishi tahlil qilinadi.
2025-04-30
YANGI O‘ZBEKISTONNI BARPO ETISH YO‘LIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, mazmun-mohiyati hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda “Taraqqiyot strategiyasi”, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi va Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni haqida so‘z boradi.
2025-04-30
ИНТЕРНЕТ КАК НОВАЯ ФОРМА ВЫРАЖЕНИЯ СВОБОДЫ СЛОВА
В современных реалиях цифровизация общества право на доступ к интернету приобретает новое значение как составная часть свободы слова. В статье проведен теоретико-правовой анализ право на интернет через призму конституционных гарантий свободы слова и права на информацию и права на информацию, закрепленных в Конституции Республики Узбекистан. Так же исследуется международный опыт признания права на интернет как основных прав человека. Отдельное внимание уделено анализу существующих законодательных механизмов Республики Узбекистан и выявлены перспективы конституционного права на доступ к интернету.
2025-04-30
QURILISH MATERIALLARI SANOATIDA INNOVATSION KLASTERLAR SAMARADORLIGI
The importance of clusters in the innovative management of construction material production enterprises, organization algorithm and specific features of network innovation clusters are considered in the article. The economic efficiency of the cluster was evaluated.
2025-04-30
XIZMAT KO‘RSATKICH SOHASIGA AUTSORSING XIZMATINI QO‘LLASH AFZALLIKLARI VA UNI JORIY ETISHNING ASOSLARI
Mazkur maqolada bugungi kunda yangi zamonaviy xizmatlar qatorida autsorsing xizmatlarining o’ziga xos xususiyatlari, muvaffaqiyat strategiyalari sifatida qaralishi muallif tomonidan aks ettirilgan. Qolaversa, autsorsing xizmatlarini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-04-30
QUTAYBA IBN MUSLIM: TARIXIY MEROSI VA TURIZM RIVOJIGA TA’SIRI
Qutayba ibn Muslim – VIII asrda yashab o‘tgan mashhur arab sarkardasi bo‘lib, uning harbiy yurishlari natijasida Markaziy Osiyoda islom dini keng tarqalgan. Ushbu maqolada Qutayba ibn Muslimning tarixi, uning O‘rta Osiyo xalqlari hayotiga ta’siri va hozirgi kunda bu hududlarning turistik salohiyati tahlil qilinadi. Ayniqsa, uning yurishlari bilan bog‘liq shaharlar – Buxoro, Samarqand, Xorazm va Farg‘ona vodiysining turizm nuqtayi nazaridan bugungi kundagi ahamiyati yoritiladi.
2025-04-30
