«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-05-06
Статьи
MATEMATIKA FANINING BUGUNGI KUNDA KUNDALIK HAYOTDAGI QO‘LLANILISHI
Mazkur maqola matematikaning kundalik hayotdagi o‘rni va ahamiyatini yoritadi. Unda matematikaning turli sohalarda, jumladan, moliya, savdo, transport, sog‘liqni saqlash va texnologiyada qanday qo‘llanilishi ko‘rsatilgan. Maqola matematik bilimlarning hayotda bevosita ishlatilishi va ularning odamlar uchun qanday foydali ekanligi haqida umumiy tasavvur beradi
2025-05-05
AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARJIMONNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI
Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarjimonning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mazmuni yoritilgan. Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarjimonning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yondashuvlari tahlili amalga oshirilgan.
2025-05-05
DASTURIY TA'MINOT KORXONALARI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Dasturiy ta'minot sanoati bugungi raqamli jamiyatning ajralmas qismini tashkil etadi. Har bir soha – ta'lim, sog‘liqni saqlash, moliya, transport, davlat boshqaruvi – bevosita yoki bilvosita dasturiy ta'minotga tayanadi. Shu sababli, bu sohaga ixtisoslashgan korxonalar rivojlanishi butun iqtisodiyot barqarorligi va samaradorligiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Ammo bu rivojlanish bir tekisda, muammosiz kechayotgani yo‘q. Dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi korxonalar global miqyosda tez o‘zgaruvchan talablar, raqobatning kuchayishi, texnologik murakkablik va yuqori sifatga bo‘lgan ehtiyoj oldida turli darajadagi tashkiliy, texnik va inson omillari bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.
2025-05-05
ХИЗМАТ КЎРСАТИШ ТАРМОҚЛАРИНИНГ БОШҚАРИШ
Хизмат кўрсатиш ҳозирги кунда кўплаб давлатлар миллий иқтисодиётининг асосий тармоғи сифатида ялпи ички маҳсулотнинг катта қисмини ташкил этиб, жаҳон меҳнат ресурсларининг деярли учдан икки қисмининг бандлигини таъминламоқда. Аҳолига хизмат кўрсатиш сўнгги йилларда иқтисодиёт тармоқлари орасида энг истиқболли соҳалардан бири сифатида эътироф этилмоқда. Шу сабабли, ҳозирги кунда ривожланган ҳамда тараққий этаётган давлатлар миллий иқтисодиётида номоддий ишлаб чиқаришнинг мазкур йўналишлари тез суръатлар билан ривожланиб бормоқда.
2025-05-05
AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI
Amir Temur O'rta Osiyo va butun dunyo tarixida buyuk harbiy rahbar, davlat arbobi va madaniyat homiysi sifatida tanilgan. Ushbu maqola Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi roli va uning tarixdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Maqolada Temurning harbiy yurishlari, siyosiy islohotlari, iqtisodiy siyosati va madaniy merosi tahlil qilinadi. Amir Temur o‘zining harbiy muvaffaqiyatlari bilan katta hududlarni zabt etib, Temuriylar imperiyasini yaratdi. Shuningdek, u markazlashgan boshqaruv tizimini o‘rnatdi, davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamladi. Uning Samarqandni ilm-fan va madaniyat markaziga aylantirishi, ilmiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi uning buyukligini yanada oshiradi. Temurning siyosiy va madaniy merosi, uning davlat boshqaruvi, qonunlar va madaniy yutuqlari bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va dunyo tarixida o‘z izini qoldirgan. Bu maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi ahamiyatini keng yoritib beradi va uning tarixdagi o‘rni hamda merosini chuqur tahlil qiladi.
2025-05-07
AYOLLAR TADBIRKORLIGINI QO'LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada ayollar tadbirkorligining rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi omillar, mavjud qo'llab-quvvatlash mexanizmlari va ularni takomillashtirish yo'llari tahlil qilingan. O'zbekiston va xorijiy davlatlardagi tajribalar asosida ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida moliyaviy qo'llab-quvvatlash, ta'lim va malaka oshirish, huquqiy va ma'muriy mexanizmlarni takomillashtirish bo'yicha takliflar berilgan.
2025-05-10
MILLIY IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT BYUDJETI SOLIQLI DAROMADLARI SAMARALI IJROSINI TA'MINLASH YO'NALISHLARI
Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida davlat byudjeti soliqli daromadlarining samarali ijrosini ta'minlash yo'nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida soliq tizimidagi muammolar, soliq ma'murchiligining zamonaviy tendensiyalari hamda iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida soliq tizimini takomillashtirish mexanizmlari o'rganilgan. Maqolada soliq tushumlarini oshirish va soliq bazasini kengaytirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-05-10
ПАХТА-ТЎҚИМАЧИЛИК КЛАСТЕРЛАРИДА ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ЗАҲИРАЛАРИНИ БОШҚАРИШНИНГ НАЗАРИЙ-МЕТОДОЛОГИК ЖИҲАТЛАРИ
XIX асрдаги тўқимачилик корхоналарининг фаолияти узлуксиз ишлаб чиқариш жараёни учун хом-ашёнинг зарурий заҳирасини яратиш муаммосини ўткир қилиб қўйди. Заҳираларни яратишнинг биринчи методи бўлиб тақвимли бошқариш методи ҳисобланиб, бунда ишлаб чиқариш эҳтиёжлари учун хом-ашё маълум бир вақт даврини ҳисобга олиб олдиндан сотиб олинар эди. Бироқ, турли хилдаги олдиндан кўриб бўлмайдиган ҳолатлар (ўз вақтида буюртма бермаслик, таъминотчилар айби билан хом-ашёни етказиб бериш муддатлари бузилиши) билан боғлиқ ҳолда режалаштирилган санада хом-ашё етарли бўлмай қолар ва ишлаб чиқаришнинг тўхтаб қолиши рўй берарди.
2025-05-10
ZAMONAVIY SHAROITDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida investitsiya loyihalarini samarali boshqarish masalasi global va milliy darajada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda jahon bozorlaridagi o‘zgaruvchanlik, texnologik innovatsiyalar, raqobatning kuchayishi va resurslar uchun kurash loyihalarning har bir bosqichini puxta va strategik rejalashtirishni talab qilmoqda. Investitsiya loyihalari iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish, raqamli transformatsiya va infratuzilmani rivojlantirish kabi asosiy yo‘nalishlarning harakatlantiruvchi kuchi sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar uchun investitsion faollik xalqaro kapitalni jalb qilish, yangi texnologiyalarni import qilish va xalqaro bozorga integratsiyalashish vositasi sifatida muhim strategik vazifa bo‘lib qolmoqda.
2025-05-10
DAVLAT BYUDJETI SOLIQLI DAROMADLARI SAMARALI IJROSINI TAMINLASH YOʻLLARI
Davlat byudjeti har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydigan asosiy moliyaviy hujjat hisoblanadi. Undagi daromadlarning asosiy qismini soliqlar tashkil qiladi. Soliqli daromadlarning to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi esa davlatning ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va umumiy fiskal barqarorlikni saqlab qolishdagi imkoniyatlarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2023-yil yakuni bo‘yicha ma’lumotlariga ko‘ra, davlat byudjetining 80% dan ortig‘i soliqli tushumlar hisobidan shakllangan. Shu bois, ushbu daromadlar ijrosining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni tahlil qilish va yechimlar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
2025-05-10
MURAKKAB LOYIHALARDA MANFAATDOR TOMONLARNI BOSHQARISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Zamonaviy global loyihalar ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va siyosiy omillar kesishmasida shakllanmoqda. Ular murakkab struktura, ko‘p qatlamli manfaatdor tomonlar va tez o‘zgaruvchan tashqi muhit bilan xarakterlanadi. Bunday loyihalarda manfaatdor tomonlarni (stakeholderlarni) boshqarish nafaqat loyiha muvaffaqiyati uchun, balki uning ijtimoiy maqbulligi va uzoq muddatli barqarorligi uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Murakkab loyihalarda manfaatdor tomonlar sonining ko‘pligi, ularning manfaatlarining o‘zaro zidligi va qaror qabul qilishdagi ta’siri ushbu boshqaruv sohasini yanada muhimlashtirmoqda.
2025-05-10
XORIJIY KREDIT LINIYALARINI JALB QILISH VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI
Bugungi globallashuv va ochiq iqtisodiyot sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish iqtisodiy o‘sishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasiga aylanmoqda. Bunday kreditlar, asosan, xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar va donor mamlakatlar tomonidan uzoq muddatli, past foizli yoki imtiyozli shartlarda taqdim etiladi. Bu kreditlar investitsion loyihalarni moliyalashtirish, infratuzilma sohalarini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda sezilarli siljishlar kuzatilib, xorijiy moliyalashtirish hisobidan turli tarmoqlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
2025-05-10
O`ZBEKISTONDA VALYUTA OPERATSIYALARINI SAMARALI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH YO`LLARI
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillaridan boshlab bosqichma-bosqich iqtisodiyotni liberallashtirish, moliyaviy tizimni mustahkamlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish yo‘lida muhim islohotlar olib bormoqda. Bu jarayonda valyuta siyosati va operatsiyalarining samarali tashkil etilishi muhim strategik yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, 2017-yildan boshlab olib borilgan valyuta bozorini erkinlashtirish siyosati O‘zbekistonning iqtisodiy ochiqligi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro moliyaviy tizimga integratsiyalashuvi uchun qulay zamin yaratdi. Bugungi kunda valyuta operatsiyalari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida hal qiluvchi o‘rin tutmoqda. Shu sababli, ularning samarali tashkil etilishi, huquqiy asoslari, amaliy mexanizmlari va raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi dolzarb ilmiy va amaliy muammo sifatida e’tirof etiladi.
2025-05-10
TIJORAT BANKLARIDA VALYUTA OPERATSIYALARI HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
Hozirgi kunda tijorat banklarining moliyaviy faoliyatida valyuta operatsiyalarining tutgan o‘rni tobora ortib bormoqda. Valyuta bozorining erkinlashuvi, xalqaro hisob-kitoblar hajmining ko‘payishi, konvertatsiya operatsiyalarining faollashuvi banklar zimmasiga ancha katta javobgarlik yuklamoqda. Ayniqsa, bu operatsiyalarning to‘g‘ri va shaffof yuritilishi, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) muvofiqligi, hisob-kitobning aniqligi va auditi yuqori sifatli bo‘lishi talab etiladi. Shu sababli valyuta operatsiyalari hisobi va auditini takomillashtirish bugungi bank tizimi uchun dolzarb masalaga aylangan.
2025-05-10
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDAGI DAVLAT ULUSHINI XUSUSIYLASHTIRISH MASALALARI
Davlat ulushining mohiyati va rolini qisqacha quyidagicha tushuntirish mumkin. Iqtisodiy nazorat. Davlat ulushi kompaniyaning iqtisodiy faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bu davlatga bozorni boshqarish, korporativ raqobatni nazorat qilish va milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini himoya qilish imkonini yaratadi. Milliy xavfsizlik. Ba'zi hollarda, davlat ulushi kompaniyalarda milliy xavfsizlikka ta'sir etadigan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishi mumkin. Masalan, energetika yoki harbiy sanoatdagi kompaniyalarda davlat ulushi xavfsizlik va strategik manfaatlar uchun zarur bo'lishi mumkin. Investitsion qo'llab-quvvatlash. Davlat ulushi jamiyatga investitsiyalarni jalb qilishda ishonchni oshiradi. Investorlar davlatning ulushi bor kompaniyalarni, ko'pincha barqaror va xavfsizroq deb hisoblashadi, chunki davlat moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi. Ijtimoiy va ekologik mas'uliyat. Davlat aksiyador sifatida jamiyatning ijtimoiy va ekologik mas'uliyatlarini ko'proq hisobga olishi mumkin. Masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki ishchilarni himoya qilish kabi masalalar davlatning aksiyador sifatidagi ishtiroki orqali ta'minlanishi mumkin.
2025-05-12
TIJORAT BANKLARIDA SOLIQ TO‘LOVLARI BO‘YICHA MAJBURIYATLAR HISOBI VA HISOBOTINI TAKOMILLASHTIRISH
O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy islohotlarning keng ko‘lamda amalga oshirilishi bank-moliya tizimi oldiga yangi talab va vazifalarni qo‘ymoqda. Xususan, tijorat banklari faoliyatida soliq majburiyatlarini aniq va shaffof yuritish, hisob-kitoblarni qonunchilikka muvofiq tarzda olib borish va o‘z vaqtida hisobotlar topshirish bugungi kunda moliyaviy intizom va tartibning muhim ko‘rsatkichlaridan biriga aylangan. Banklar yuridik shaxs sifatida davlat oldida bir nechta turdagi soliqlar bo‘yicha javobgar hisoblanadi. Ushbu soliqlar bo‘yicha hisob yuritish, to‘lovlarni aniqlash, hisobotlarni tayyorlash va davlat organlariga taqdim etish murakkab tizimni tashkil etadi.
2025-05-12
XALQARO OBLIGATSIYALAR VOSITASIDA XORIJIY MOLIYA BOZORIDAN KAPITAL JALB QILISH AMALIYOTI TADQIQI
Xalqaro obligatsiyalar bozorining tahlili. Bozorning global o‘sishi: Xalqaro obligatsiyalar bozori so‘nggi yillarda tez o‘sdi. Yangi rivojlanayotgan bozorlar, shu jumladan, O‘rta Osiyo mamlakatlari, Xitoy va Hindiston kabi yirik iqtisodiyotlar bu bozorda faol ishtirok etmoqda. Bozorning o‘sishi, global kapitalni jalb qilishning samaradorligini oshiradi. Investitsiyalarni jalb qilishdagi global tendensiyalar: Bugungi kunda global iqtisodiyotda investitsiyalarni jalb qilishning asosiy tendensiyalaridan biri, rivojlanayotgan mamlakatlarga qaratilgan ilg‘or investitsiya strategiyalarini ishlab chiqishdir. Rivojlanayotgan bozorlar uchun xalqaro obligatsiyalar chiqarish, ularga yangi moliyaviy imkoniyatlar yaratadi. Xalqaro obligatsiyalar vositasida kapital jalb qilishning amaliy misollari. O‘zbekistonda xalqaro obligatsiyalar chiqarish:
2025-05-12
O‘ZBEKISTONNING XALQARO VALYUTA BOZORIGA INTEGRATSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Ushbu ilmiy tezisda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro valyuta bozoriga integratsiyasi jarayonlari va uning rivojlantirish yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqotda xalqaro valyuta bozori tushunchasi, uning funksiyalari va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ahamiyati yoritilgan. O‘zbekistonning xalqaro valyuta bozoriga integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan asosiy omillar, strategiyalar va xalqaro tajriba o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun samarali valyuta siyosatini shakllantirish, valyuta nazoratini takomillashtirish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
2025-05-12
O‘ZBEK HUQUQSHUNOS OLIMI – G‘AFUR ABDUMAJIDOVNING YURIDIK TAFAKKURGA QO‘SHGAN HISSALARI: HAYOTI VA IJODIY YO‘LI TAHLILI
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng va undan oldingi yillarda bir qator o‘zbek olimlari huquqshunoslik maktabining shakllanishi va rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shganlar. Ulardan ayrimlari ma’muriy huquq, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi kabi bir qator huquqlarning rivojlanishida o‘z ilmiy faoliyatlarini olib borgan.
2025-05-12
RAQAMLI IQTISODIYOTDA IT-STARTAPLARNING O‘RNI VA ULARNING MUVAFFAQIYAT OMILLARI
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy texnologiyalar asosida shakllanayotgan global iqtisodiy tizim bo‘lib, unda axborot texnologiyalari (IT) muhim rol o‘ynaydi. IT-startaplar esa ushbu iqtisodiyotning innovatsion dvigateli bo‘lib, yangi texnologiyalarni joriy etish va bozorni rivojlantirishda asosiy o‘rin tutadi. Ushbu maqolada IT-startaplarning raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning muvaffaqiyat omillari va rivojlanish tendensiyalari ko‘rib chiqiladi.
2025-05-12
KATTA MA’LUMOTLAR (BIG DATA) VA ULARNING BIZNES JARAYONLARIGA TA’SIRI
Katta ma’lumotlar (Big Data) zamonaviy biznes dunyosining ajralmas qismiga aylanib, kompaniyalarga yanada samarali qarorlar qabul qilish, operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish va mijozlarga moslashtirilgan xizmatlar taqdim etish imkoniyatini bermoqda. Ushbu maqolada Big Data tushunchasi, uning biznesga ta’siri va muvaffaqiyatli qo‘llanilish holatlari tahlil qilinadi.
2025-05-12
TILDA AKSIOLOGIK LEKSIK BIRLIKLARNING IFODALANISHI
Ushbu maqola aksiologik leksikani – tilda qadriyatlarni ifodalashni – o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda leksik birliklarning semantic va stilistik xususiyatlari, shuningdek, implisit va eksplisit baholash jarayonlari tahlil qilinib, ularning jamiyatdagi qadriyat va me’yorlarni aks ettirishdagi roli yoritilgan. Natijalar til ifodalaridagi qadriyatlar konseptual modelini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
2025-05-13
COMPLEX CHARACTERISTICS OF ETIOLOGY AND PATHOGENESIS OF NEONATAL HYPERBILIRUBINEMIA STATES
Pathological hyperbilirubinemia develops due to exacerbation of physiological mechanisms or addition of pathogenetic factors, including: 1) hemolytic conditions (immune conflicts, erythrocyte membranopathies and enzymopathies); 2) polymorphism of genes encoding bilirubin metabolism enzymes; 3) obstructive processes in the biliary system; 4) metabolic and endocrine disorders; 5) infectious and inflammatory diseases with liver damage.
2025-05-13
XALQARO TAJRIBA ASOSIDA O'ZBEKISTONDA DAVLAT VA XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI BOSHQARISHNING INNOVATSION MEXANIZMLARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqola O'zbekistonda davlat va xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini boshqarishning innovatsion mexanizmlari va ularni xalqaro tajriba asosida joriy etish istiqbollarini tahlil qiladi. Tadqiqot adabiyotlar tahlili va mavjud ma'lumotlar asosida DXSh loyihalarini samarali boshqarish uchun zarur bo'lgan institutsional, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni ko'rib chiqadi. Maqolada O'zbekistonda DXSh loyihalarini amalga oshirishning joriy holati hamda xalqaro ilg'or tajribalardan foydalanish orqali ushbu sohani rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
2025-05-13
ДАВЛАТ ХИЗМАТЧИЛАРИНИНГ ИМИЖИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ НАЗАРИЙ-АМАЛИЙ АСОСЛАРИ
Мазкур тезисда давлат хизматчилари имижининг шаклланиш босқичлари, назарий асослари ва амалий жиҳатлари тадқиқ этилган. Давлат хизматчиси имижига таъсир этувчи омиллар, унинг таркибий қисмлари ва асосий хусусиятлари таҳлил қилинган. Ўзбекистон Республикасида давлат хизматчилари имижини шакллантиришнинг долзарб масалалари, миллий хусусиятлари ва замонавий талаблари ёритиб берилган. Шунингдек, давлат хизматчилари имижини шакллантиришда оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларнинг ўрни, инқирозли вазиятларда имижни бошқариш механизмлари кўриб чиқилган.
2025-05-13
QAYTISH VAQTIGA DOIR FUNDAMENTAL TEOREMALAR
Mazkur maqolada ehtimollar nazariyasi va topologik dinamik tizimlar doirasida qaytish vaqti tushunchasi hamda unga oid fundamental teoremalar yoritilgan. Ayniqsa, Poincare qaytish teoremasi va Kac teoremasi asosida tasodifiy va deterministik tizimlarda obyektlarning o‘z boshlang‘ich holatiga qaytish ehtimoli, vaqti va shartlari matematik jihatdan izohlanadi. Ushbu natijalar ergodik nazariya, Markov jarayonlari, fizik modellar va kompyuter simulyatsiyalarida keng qo‘llaniladi. Maqolada ushbu teoremalar formulalari, izohli misollar va ularning qo‘llanilishi bo‘yicha tahlillar keltirilgan.
2025-05-13
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA LOYIHA BOSHQARUVIDA RISK-MENEJMENT TIZIMLARINING EVOLYUTSIYASI VA SAMARADORLIK KO'RSATKICHLARI
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida loyiha boshqaruvida risk-menejment tizimlarining evolyutsiyasi va samaradorlik ko'rsatkichlari tadqiq etilgan. Maqolada risk-menejment tizimlarining rivojlanish jarayoni, ularning loyiha boshqaruvidagi o'rni va ahamiyati, shuningdek raqamli texnologiyalar ta'sirida risk-menejment kontseptsiyalarining o'zgarishi masalalari tahlil qilingan. Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida loyiha boshqaruvi samaradorligini baholash usullari hamda mezonlari ham ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida risk-menejment tizimlarining evolyutsiyasi raqamli texnologiyalardan foydalanish, ma'lumotlar analitikasi va sun'iy intellekt vositalarini qo'llash orqali samaradorlikni oshirish imkoniyatlari aniqlangan.
2025-05-13
PUL OQIMLARINI BAHOLASH ASOSIDA MOLIYAVIY QARORLARNI QABUL QILISH («BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI» ATB MISOLIDA)
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda pul oqimlarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy moliyaviy tahlil asosan foyda va zarar ko‘rsatkichlariga asoslanadi, biroq bu usul ba'zida tashkilotning real moliyaviy holatini to‘liq aks ettira olmaydi. Pul oqimlarini baholash esa bank faoliyatidagi naqd mablag‘lar harakatining haqiqiy manzarasini ochib beradi va moliyaviy qarorlar qabul qilishda yanada ishonchli asos bo‘lib xizmat qiladi. Pul oqimlari bank faoliyatining uchta asosiy yo‘nalishini — operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatni qamrab oladi.
2025-05-14
TEKISLIKDA TO‘G‘RI CHIZIQ VA UNING TENGLAMALARI
Ushbu ishda tekislikdagi to‘g‘ri chiziq va uning analitik tenglamalari o‘rganiladi. Asosiy e’tibor to‘g‘ri chiziqning umumiy, nishab-koordinata va kesmalar orqali ifodalanadigan tenglamalariga, ularning grafigi va geometrik mazmuniga qaratilgan. Shuningdek, ikki to‘g‘ri chiziq orasidagi burchak, ular orasidagi masofa va parallel yoki perpendikulyar holatdagi chiziqlarni aniqlash usullari ko‘rib chiqilgan. Mavzu nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilinadi va real hayotdagi masalalarda qo‘llanilishi yoritiladi..
2025-05-14
O‘ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL ETISH VOSITASI SIFATIDA
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni ekologik barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni samarali boshqarishning muhim vositasidir. Bu jarayon, nafaqat atrof-muhitni saqlash, balki mamlakatimizning iqtisodiy tizimiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Yashil iqtisodiyotga o‘tishning qonuniy asoslari, xalqaro tajriba, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tashabbuslar va ekologik muammolarni hal etishning samarali usullari haqida batafsil fikr yuritamiz.
2025-05-15
ISLOM BANKLARI TOMONIDAN LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Islom moliyaviy tizimi bugungi kunda global moliya sektorida barqaror va adolatli alternativ sifatida tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Islom banklari, o‘z faoliyatini shariat tamoyillari asosida olib borib, foizli moliyaviy operatsiyalarni rad etadi va real iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, dunyodagi islomiy moliyaviy xizmatlar bozori hajmi 4,5 trillion AQSh dollaridan oshdi va so‘nggi o‘n yilda har yili o‘rtacha 10% o‘sish sur’atini ko‘rsatmoqda. Islom banklari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular moliyalashtirish jarayonida real aktivlarga asoslanadi, foyda va zararlarni adolatli taqsimlaydi, spekulyativ faoliyatlardan chetlashadi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
2025-05-15
USING BLOOM’S TAXONOMY TO SCAFFOLD READING COMPREHENSION OF B2 ESL LEARNERS
Reading comprehension is a complex skill that extends beyond basic decoding of text. For B2-level ESL learners, achieving higher levels of comprehension requires engaging with texts at various cognitive depths. This article explores the practical use of Bloom’s Taxonomy as a scaffold to develop these skills, focusing on how each cognitive level supports learners in progressing from surface understanding to critical engagement with texts. Practical strategies, examples, and implications for classroom practice are discussed, aiming to enhance both teaching and learning outcomes in second language reading instruction.
2025-05-15
THE INFLUENCE OF SYNTACTIC ANALYSIS ON TRANSLATION ACCURACY
Syntactic analysis plays a pivotal role in the translation process, serving as a tool for translators to dissect and comprehend the grammatical structures of both the source language and the target language. In this thesis, we will explore the intricacies of syntactic analysis, its application in translation, and provide practical examples to illustrate its significance.
2025-05-16
ЕНГ КИЧИК КВАДРАТЛАР УСУЛИНИ ИҚТИСОДИЙ МАСЪАЛАЛАРНИ ЕЧИШДА ҚЎЛЛАШ
Ушбу мақолада энг кичик квадратлар усулиниг моҳити, математик ва геометрик мазмуни ва иқтисодий масъалаларни ечишда қўлланишига мисоллар кўриб чиқилган.
2025-05-19
ОБЕСПЕЧЕНИЕ ГЕНДЕРНОГО РАВЕНСТВА В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ КОМПАНИЙ
Современные условия глобализации и устойчивого развития предъявляют новые требования к корпоративной культуре, где обеспечение гендерного равенства становится неотъемлемой частью эффективного и социально-ответственного бизнеса. Гендерное равенство в корпоративной среде предполагает создание таких условий, при которых женщины и мужчины имеют равные возможности в трудоустройстве, карьерном росте, профессиональном развитии и принятии решений.
2025-05-19
BIZNESDA AYLANMA KAPITALNI SAMARALI BOSHQARISH YO`NALISHLARI
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir biznes subyekti uchun moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, raqobatbardoshlikni oshirish va foydalilik darajasini saqlab qolish ustuvor vazifalardan biridir. Bu maqsadlarga erishishda aylanma kapitalni samarali boshqarish muhim o‘rin tutadi. Aylanma kapital – bu korxonaning qisqa muddatli aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farq bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini, moliyaviy oqimlarning barqarorligini va operatsion samaradorlikni ta’minlaydi. Aynan shu sababli, aylanma kapitalni boshqarish strategik moliyaviy boshqaruvning ajralmas tarkibiy qismi sifatida ko‘riladi.
2025-05-19
PERSUASION STRATEGIES IN LAWYER'S SPEECH: A COMPARATIVE ANALYSIS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
This thesis presents a comparative analysis of persuasive rhetorical strategies employed in lawyer’s speech in English and Uzbek languages. Based on Aristotle’s concepts of logos, ethos, and pathos, the study investigates the differences and similarities within the juridical discourse of both languages. While English juridical speech prioritizes a formal, logical, and evidence-based approach, Uzbek juridical rhetoric tends to emphasize emotional influence, traditional forms of address, and cultural values. The research provides a practical basis for improving juridical rhetorical competence and enhancing effective cross-linguistic juridical communication.
2025-05-19
ГЕНЕТИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ УСТОЙЧИВОСТИ M. TUBERCULOSIS К НОВЫМ ПРОТИВОТУБЕРКУЛЕЗНЫМ ПРЕПАРАТАМ
Настоящее исследование направлено на изучение генетических механизмов устойчивости Mycobacterium tuberculosis к новым и перепрофилированным противотуберкулезным препаратам: бедаквилину, деламаниду, линезолиду и другим. Проанализировано 500 клинических изолятов, собранных от пациентов с лекарственно-устойчивым туберкулезом в различных регионах Узбекистана. Полногеномное секвенирование позволило выявить частоту мутаций в ключевых генах (Rv0678, ddn, rplC и др.) и установить их связь с фенотипической резистентностью. Выявленные мутационные профили легли в основу предложенного алгоритма персонализированного лечения. Полученные данные подчеркивают важность молекулярно-генетического подхода для быстрой диагностики и контроля за распространением устойчивых форм туберкулеза.
2025-05-19
ПОПУЛЯЦИОННО-ГЕНЕТИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ РЕЗИСТЕНТНЫХ ШТАММОВ M. TUBERCULOSIS* В УЗБЕКИСТАНЕ
Настоящее исследование посвящено изучению популяционно-генетических характеристик штаммов Mycobacterium tuberculosis, резистентных к новым и перепрофилированным противотуберкулезным препаратам, таким как бедаквилин, деламанид, линезолид. Проанализированы 500 клинических изолятов, собранных в различных регионах Узбекистана. С использованием методов полногеномного секвенирования выявлены ключевые мутации в генах Rv0678, ddn, rplC и других, ассоциированных с устойчивостью. Установлена структура циркулирующих генотипов, включая преобладание Пекинского семейства. Разработана модель распространения резистентных штаммов и предложен алгоритм лечения, основанный на молекулярно-генетических данных. Работа подтверждает важность применения современных геномных технологий в эпиднадзоре и терапии туберкулеза.
2025-05-19
OZIQ-OVQAT VA KIYIM-KECHAK TA’MINOTI BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TAYYORLASHDA DOLZARB VAZIFALAR VA XORIJIY TAJRIBALAR
Mazkur maqolada moddiy ta’minot bo‘limlari, xususan oziq-ovqat va kiyim-kechak sohalari uchun mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb vazifalari tahlil qilingan. Xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganilib, ularni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonida zamonaviy yondashuvlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va amaliy mashg‘ulotlarning o‘rni alohida yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va xalqaro tajribalarni integratsiyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-05-22
