«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-08-27
Статьи
BUDJET TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDIT TADBIRLARINI UTKAZISH HAMDA NATIJALARINI RASMIYASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Hozirgi davrda davlat moliyasini samarali boshqarish, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish va moliyaviy intizomni ta’minlash dolzarb masalalardan biri sifatida davlat e’tiborida turibdi. Shu munosabat bilan, ichki audit faoliyatini takomillashtirish, xususan, audit tadbirlarini samarali tashkil etish hamda ularning natijalarini huquqiy va metodik talablarga muvofiq ravishda rasmiylashtirish muhim masalaga aylangan. Budjet tashkilotlarida ichki audit tizimi – nafaqat moliyaviy nazoratni ta’minlovchi vosita, balki boshqaruv qarorlarini axborot bilan ta’minlovchi va risklarni kamaytiruvchi mexanizm sifatida qaralmoqda.
2025-08-26
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AUDITORLIK KASBINING AXLOQIY TALABLARI VA ULARNING ZARURLIGI (“O’ZMILLIYBANK” AJ MISOLIDA)
O‘zbekiston Respublikasida auditorlik kasbi bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya-xo‘jalik faoliyatining shaffofligini ta’minlash, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari ishonchliligini baholash, investitsion muhitni yaxshilash va moliyaviy intizomni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi. Auditorlik faoliyatining sifatli amalga oshirilishi uchun auditorning nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalari, balki axloqiy tamoyillarga rioya qilishi ham zarur hisoblanadi. Auditorlik kasbining axloqiy talablari – bu auditorning ish jarayonida halollik, xolislik, mustaqillik, sir saqlash, professionallik va ehtiyotkorlik kabi me’yorlarga qat’iy amal qilishi bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro standartlarda aniq belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun bo‘lib, unda auditorning kasbiy faoliyatida amal qilishi shart bo‘lgan etik me’yorlar va majburiyatlar aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston auditorlari xalqaro miqyosda e’tirof etilgan Xalqaro auditorlik axloq kodeksi (IESBA Code) talablariga ham mos faoliyat yuritishlari kerak.
2025-08-26
ISLOM MOLIYASI ASOSIDA LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH
Zamonaviy global iqtisodiyotda moliyalashtirish mexanizmlarini diversifikatsiyalash, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash va barqarorlikka erishish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishonchli, halol va uzoq muddatli investitsiya manbalariga ega bo‘lish iqtisodiy yuksalishning muhim sharti hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, islom moliyasi nafaqat shariat talablariga asoslangan moliyaviy model, balki zamonaviy iqtisodiyot talablariga javob beruvchi, ijtimoiy adolat va barqaror rivojlanishni ta’minlovchi muqobil moliyaviy tizimdir. Ushbu tizim loyihalarni moliyalashtirishda ham tobora kengroq qo‘llanilmoqda.
2025-08-26
RAQAMLI LOYIHA BOSHQARISH VOSITALARI: LOYIHA SAMARADORLIGI VA MUVAFFAQIYAT KO'RSATKICHLARIGA TA'SIRI TAHLILI
Ushbu tadqiqot raqamli loyiha boshqarish vositalarining zamonaviy tashkilotlarda loyiha samaradorligi va muvaffaqiyat ko'rsatkichlariga ta'sirini tahlil qilishga qaratilgan. Adabiyiyotlar tahlili va nazariy yondashuvlar orqali raqamli texnologiyalarning loyiha boshqarishidagi roli, afzalliklari va cheklovlari o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, raqamli loyiha boshqarish vositalari loyiha davomiyligi, resurs samaradorligi, jamoaviy hamkorlik va kommunikatsiya sifatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi. Biroq, texnologiya joriy etish jarayoni va xodimlarni o'rgatish masalasi muhim qiyinchiliklar sifatida namoyon bo'ladi.
2025-08-28
O‘ZBEK TILI MILLIY KORPUSI VA TA’LIM JARAYONIDA UNDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada o‘zbek tili milliy korpusini yaratishning nazariy va amaliy asoslari, uning ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida lingvistik ma’lumotlarni tizimlashtirish muammolari yoritilgan. O‘zbek tili milliy korpusining ta’limda qo‘llanishi o‘quvchilar va talabalar uchun samarali ta’lim resursi bo‘lib, tilshunoslikda, adabiyotshunoslikda va boshqa ijtimoiy-gumanitar sohalarda ilmiy-tadqiqotlar uchun katta ahamiyat kasb etadi.
2025-08-28
РИСКИ ВГС-ИНФЕКЦИИ ДЛЯ ЗДОРОВЬЯ БЕРЕМЕННОЙ ЖЕНЩИНЕ
Течение ВГС у беременной может сопровождаться увеличением виремии и самопроизвольным снижением вирусой нагрузки после родов. Возможен спонтанный клиренс вируса после родов. Вирусный гепатит С тесно связанна с преждевременным старением яичников и ухудшает фертильность (1,3,7). У беременной с ХВСГ выше риска гестационного диабета и чрезмерной прибавки в весе и внутрипеченочного холестаза беременных. ВГС связан с неблагоприятными исходами родов (низкий вес при рождении, малый вес гестационного возраста, дистресс плода, асцит плода, госпитализация новорожденного в отделении интенсивной терапии, преждевременные роды или мертворождения).
2025-08-29
FEMINIZM – AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHMI YOXUD MATRIARXAT DAVRINI QO’LLASH?
Ushbu maqolada bugungi kunda va bir necha yillar davomida dolzarb muammolardan biri bo’lib kelayotgan feminizm – ya’ni ayollarning jamiyatning barcha sohalarida huquqlari teng bo’lishi haqidagi qarashlarning o’zbek mentalitetiga qanchalik mosligi, shuningdek, ayolning jamiyatdagi muvaqqat o’rni haqida fikr yuritiladi.
2025-08-31
CHIZIQLI TENGLAMALAR SISTEMASINI YECHISHDA GAUSS VA GAUSS–JORDAN USULLARINING TAQQOSLAMASI
Ushbu maqolada chiziqli tenglamalar sistemasini yechishda keng qo‘llaniladigan Gauss va Gauss–Jordan usullarining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanishi o‘rganilgan. Har ikkala usulning algoritmik bosqichlari, hisoblash samaradorligi, barqarorligi va dasturlashda qo‘llanish qulayligi tahlil qilinadi. Taqqoslash asosida har bir usulning afzallik va kamchiliklari ochib beriladi. Xulosa sifatida, turli matematik va amaliy muammolarni yechishda qaysi usulni tanlash maqsadga muvofiqligi asoslanadi. Maqola chiziqli algebra, hisoblash matematikasi va informatika sohalarida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
2025-08-31
O'ZBEKISTON TIJORAT BANKALARINING KAPITAL KO'RSATKICHLARI VA MOLIYAVIY BARQARORLIK INDIKATORLARI ORASIDAGI BOG'LIQLIK
Ushbu tadqiqot O'zbekiston tijorat bankalarining kapital ko'rsatkichlari va moliyaviy barqarorlik indikatorlari o'rtasidagi bog'liqlikni tahlil qiladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, kapital yetarliligi koeffitsienti (CAR), birinchi darajali kapital va leverage koeffitsienti kabi kapital ko'rsatkichlari likvidlik ko'rsatkichlari, aktivlar sifati va daromadlilik ko'rsatkichlari bilan ijobiy korrelyatsiyaga ega. Tadqiqot O'zbekiston bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta'minlashda kapital boshqaruvining ahamiyatini ko'rsatadi va bank nazorati organlariga makroprudensial siyosatni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar beradi.
2025-08-31
ISLOM BANKI MAHSULOTLARINI JORIY ETISH ASOSIDA BANK MAHSULOTLARINI KENGAYTIRISH ISTIQBOLLARI
Kelgusida islomiy bank mahsulotlarini kengaytirish uchun bir nechta strategik qadamlar muhim ahamiyatga ega. Ulardan biri — islomiy moliya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish. Bu huquqiy asoslar aniq bo‘lishini ta’minlaydi. Ikkinchisi — islomiy moliya institutlari (shariat kengashi, islomiy banklar, sukuk muomalasini boshqaruvchi agentliklar)ni shakllantirish. Uchinchisi — moliyaviy savodxonlikni oshirish. Aholi va biznes sub’ektlari islomiy bank mahsulotlarining mohiyati, afzalliklari va ishlash mexanizmlaridan xabardor bo‘lishi kerak. To‘rtinchisi — xalqaro tajribani o‘rganish va lokal sharoitlarga moslashtirish.
2025-08-31
O’ZBEKISTONDA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA TEMIR YO’L LOGISTIKA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
O‘zbekiston Respublikasi jadal iqtisodiy islohotlar yo‘lidan bormoqda va bunda eksport salohiyatini oshirish milliy iqtisodiyotning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi, valyuta tushumlarining ko‘payishi va sanoatning rivojlanishi bevosita tashqi savdo faoliyatining samaradorligiga bog‘liq. Eksport hajmining ko‘payishi esa o‘z navbatida logistika infratuzilmasining, ayniqsa, temir yo‘l transporti tizimining yuqori darajada rivojlangan bo‘lishini talab etadi. Temir yo‘l logistikasining samarali tashkil etilishi tovarlarni tashish xarajatlarini kamaytirish, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish, eksport geografiyasini kengaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.
2025-08-31
TIJORAT BANKLARIDA “FOYDA SOLIQLARI “(12-SON BHXS) STANDARTINI AMALIYOTDA QO’LLASH MASALALARI
O‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiyot bosqichida moliya tizimi, xususan tijorat banklari faoliyatining shaffofligi, barqarorligi va xalqaro maydonda taqqoslanishi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham so‘nggi yillarda mamlakatimizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro talablarga moslashtirish, investorlar va xalqaro moliya institutlari uchun ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratish, bank sektorida islohotlarni chuqurlashtirish jarayoni jadal rivojlanmoqda. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHS) bosqichma-bosqich o‘tish bu boradagi islohotlarning eng muhim tarkibiy qismi sifatida maydonga chiqmoqda. XMHS tizimida 12-son BHXS – “Foyda solig‘i” standarti alohida o‘rin tutadi, chunki u banklar faoliyatida soliqqa tortish mexanizmlarini tartibga solish, moliyaviy natijalarni haqqoniy aks ettirish va soliq hamda buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi tafovutlarni yoritishda asosiy metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-08-31
МЕЖДУНАРОДНЫЕ ФИНАНСОВЫЕ КРИЗИСЫ: ПРИЧИНЫ, ПОСЛЕДСТВИЯ, МЕРЫ ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ
Международные финансовые кризисы являются неотъемлемой частью современной глобальной экономики и оказывают мощное воздействие на экономическое развитие, социальную стабильность и международные отношения. Эти кризисы проявляются в резком снижении стоимости активов, банкротстве банков и корпораций, массовой потере доверия инвесторов и ухудшении макроэкономических показателей. История экономики показывает, что ни одна страна, даже с развитой финансовой системой, не застрахована от последствий финансовых потрясений, вызванных как внутренними, так и внешними факторами.
2025-08-31
EKSPORTNI DIVERSIFIKATSIYALASH ORQALI MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH YO‘LLARI
Eksportni diversifikatsiya qilish – bu mamlakatning eksport tarkibini kengaytirish va yangi mahsulotlar, xizmatlar va bozorlarni rivojlantirish orqali tashqi iqtisodiy risklarni kamaytirish jarayonidir. Ushbu jarayon, ayniqsa, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun muhim bo‘lib, eksportning barqarorligi va turli xil mahsulotlar va bozorlar orqali iqtisodiy o‘sishni ta'minlash imkonini yaratadi. Eksportni diversifikatsiyalash orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, valyuta kursi barqarorligini saqlash va iqtisodiy o'zgarishlarga chidamlilikni oshirish uchun zarur strategiyalardan biridir. Eksportni diversifikatsiya qilish, asosan, iqtisodiy o’sishning turli tarmoqlari va mahsulotlariga asoslangan holda tashqi savdoni kengaytirishdan iborat. Bu jarayon quyidagi tamoyillarga tayanadi. Mahsulot diversifikatsiyasi: Eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlarning xilma-xilligi. Bozor diversifikatsiyasi: Eksport qilinadigan mahsulotlarni turli xil geografik hududlar va davlatlarga yo‘naltirish. Texnologik diversifikatsiya: Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish va zamonaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali eksportni kengaytirish.
2025-08-31
MAMLAKATIMIZDA XALQCHIL IPO AMALIYOTLARINI TASHKIL ETISH HOLATI TAHLILI
Mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar doirasida Xalqchil IPO (ya’ni jismoniy shaxslar uchun ochiq aksiyalarni taklif etish) amaliyotini joriy etish muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Ushbu tizim orqali fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy faol korxonalarning aksiyadoriga aylanishi, milliy iqtisodiyotdagi ishtirokini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi. Bunda asosiy maqsad - aholining jamg‘armalarini iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirish, ularda mulkdorlik madaniyatini shakllantirish hamda ichki investitsion faollikni rag‘batlantirishdan iborat.
2025-08-31
