«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-09-06
Статьи
BUDJET XARAJATLARI SAMARADORLIGINI BOSHQARISH IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishda davlat byudjeti mablag‘larini oqilona boshqarish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Byudjet xarajatlarining samaradorligini ta’minlash nafaqat davlat moliya tizimi barqarorligini oshirish, balki iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, hududlar salohiyatini rivojlantirish hamda aholining turmush darajasini yuksaltirishda asosiy omil hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, byudjet mablag‘larining taqsimlanish mexanizmini ilmiy asosda tashkil etish, ularning oqilona sarflanishini nazorat qilish, xarajatlarning iqtisodiy samaradorligini baholash muhim ilmiy-amaliy vazifalardan biridir.
2025-09-05
YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKINING LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDAGI ISHTIROKI: HAMKORBANK ATB MISOLIDA TAHLIL
Global iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi va mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyasi sharoitida moliyaviy institutlarning rivojlanishi va ulardagi moliyalashtirish mexanizmlari korxona va bank tizimining samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar bank tizimlari uchun xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish, loyihalarni moliyalashtirish va investitsiya oqimlarini jalb etish barqaror rivojlanishning strategik yo‘nalishlaridan biridir. Shu nuqtai nazardan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (ETTB)ning moliyaviy resurslarini jalb qilish va ular yordamida loyihalarni moliyalashtirish jarayonlari O‘zbekiston bank tizimi, xususan, Hamkorbank ATB faoliyati doirasida alohida e’tiborga loyiqdir.
2025-09-05
КИЧИК БИЗНЕСНИ МОЛИЯЛАШТИРИШНИНГ РИВОЖЛАНИШИ ВА ХУСУСИЯТЛАРИ
Ушбу мақолада кичик бизнесни молиялаштиришнинг тарихий ривожланиши, замонавий хусусиятлари ва миллий тажрибаси таҳлил қилинган. Тадқиқотда кичик бизнеснинг иқтисодий тизимдаги ўрни, унинг самарадорлик, инновация ва ижтимоий барқарорликка қўшадиган ҳиссаси асосланган. Ўзбекистонда кичик бизнесни қўллаб-қувватлашнинг институционал асослари, молиявий ёрдам воситалари, рақамли трансформация жараёнлари ҳамда ҳудудий ривожланишдаги фарқлар очиб берилган. Шунингдек, узоқ муддатли кредит маҳсулотлари, рақамли инфратузилма, касбий таълим ва экспорт салоҳиятини ривожлантириш бўйича тавсиялар берилган.
2025-09-05
"TEMPERAMENT VA DARS JARAYONIDAGI FAOLLIK: O’QITUVCHI UCHUN AMALIY TAVSIYALAR"
Mazkur maqolada o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari, xususan temperament turlarini inobatga olgan holda ta’lim metodlarini tanlashning psixopedagogik asoslari yoritilgan. Temperament o‘quvchilarning bilim olish uslubi, axborotni qayta ishlash tezligi va muloqotdagi o‘ziga xosliklarini belgilab beradi. Shu sababli, temperamentga mos metodlar nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning motivatsiyasi, faolligi va o‘zlashtirish darajasini ham yaxshilaydi. Maqolada turli temperament turlariga mos metodlar tavsiflanadi, psixologik tadqiqotlar va pedagogik tajribalar asosida tavsiyalar beriladi.
2025-09-05
THE ROLE OF ONLINE PLATFORMS IN ENGLISH LANGUAGE EDUCATION
In recent years, the rapid development of modern technologies and the widespread use of social media have significantly influenced the education system, bringing about fundamental changes. One of the most prominent transformations has been the growing popularity of online platforms in language learning. In particular, the role of such platforms in teaching and learning English is invaluable. This article analyzes the effectiveness of online platforms in English language education, focusing on their advantages, challenges, and integration with traditional teaching methods. The main benefit of online education lies in its accessibility—it creates equal opportunities for learners regardless of limited resources or geographical distance. For example, platforms such as Duolingo, Coursera, EdX, and BBC Learning English not only facilitate language learning but also provide opportunities to explore global cultures. Moreover, the article highlights how interactive lessons, engaging methodologies, virtual classrooms, mobile applications, AI-based tools, and video tutorials shape English language learning based on the needs of both teachers and students. Online platforms also encourage learners to become independent and apply their knowledge in practice. However, despite these benefits, challenges remain—most notably the reliance on stable internet access, which can cause difficulties for users. The article provides a comparative analysis of the theoretical and practical foundations of online education, its role in students’ daily lives, and the importance of interactive methods. It concludes by emphasizing the integration of online and traditional teaching approaches in English language education and the reasons behind this shift.
2025-09-08
KOREYS TILINI O‘RGATISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR: INNOVATSION METODLAR VA TEXNOLOGIYALAR
Ushbu maqolada koreys tilini samarali usullar orqali o`rganish, til o`rganishda online platformalarning o`rni va ahamiyati, koreys tilini o‘rganishda duch keladigan ayrim muammolar hamda ularni hal qilish uchun ayrim uslubiy tavsiyalar berilgan.
2025-09-08
SHAHARSOZLIKDA YASHIL INFRATUZILMA YARATISH TAMOYILLARI
Ushbu maqolada shaharsozlikda yashil infratuzilma yaratishning asosiy tamoyillari yoritiladi. Yashil infratuzilma nafaqat ekologik muvozanatni saqlash, balki aholining salomatligi, turmush sifati va shahar muhitining barqaror rivojlanishini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutadi. Maqolada yashil hududlarning yagona tizim sifatida shakllanishi, ularning barqarorligi va moslashuvchanligi, ijtimoiy hamda estetik ahamiyati, shuningdek innovatsion yechimlardan foydalanish zarurligi ta’kidlanadi. Shahar muhitida yashil hududlarni to‘g‘ri tashkil etish urbanizatsiya jarayonida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biri sifatida ko‘rib chiqiladi.
2025-09-09
THE ROLE OF IMAGE PROCESSING IN COMPUTER VISION TECHNOLOGIES
Image processing and computer vision are closely related fields in digital imaging. Image processing refers to the manipulation of raw image data to improve or prepare it for viewing and analysis. It involves altering or enhancing images (for example, adjusting contrast or removing noise) so that they are more interpretable by humans. In contrast, computer vision focuses on enabling machines to interpret and understand visual content. Computer vision systems automatically extract semantic information from images without human intervention. In one definition, “computer imaging” encompasses both fields as “the acquisition and processing of visual information by computer”.
2025-09-09
TIJORAT BANKLARI AVTOMATLASHTIRILGAN HISOB TIZIMLARIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISH VA UNING NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH (“IPOTEKA BANK” ATB MISOLIDA)
Tijorat banklari raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy barqarorlik, mijozlar ishonchi va operatsion xavfsizlikni ta’minlashda muhim iqtisodiy institutlar hisoblanadi. Ayniqsa, raqamlashtirish jarayonlari bank xizmatlarini tezkor, ommabop va masofaviy shakllarda taklif qilish imkonini bergani sababli, avtomatlashtirilgan hisob tizimlarining samaradorligi bilan bir qatorda, ushbu tizimlar orqali shakllanadigan axborotlarning xavfsizligi va ularning ustidan doimiy nazoratni ta’minlash masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
2025-09-10
JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISHDA IJTIMOIY CHEGIRMALARNING XALQARO AMALIYOTI
Jahonning aksariyat mamlakatlarida jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqlar ijtimoiy adolatni ta’minlashning eng asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Soliqqa tortish jarayonida ijtimoiy chegirmalar tizimi, ya’ni soliqdan ozod qilinadigan yoki kamaytiriladigan daromadlar orqali fuqarolarning moliyaviy yukini yengillashtirish va ijtimoiy zaif toifalarni himoyalash maqsadida qo‘llaniladi. Ushbu tizim xalqaro moliyaviy institutlar — Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF), Jahon banki (WB), va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan tavsiya etilgan eng muhim soliq siyosati vositalaridan biridir. Soliq siyosatining asosiy yo‘nalishi bu orqali iqtisodiy barqarorlik bilan birga, ijtimoiy tenglikni ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
2025-09-10
KOMPANIYANING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI BOSHQARISH MASALALARI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalar o‘z faoliyatini barqaror yuritish va uzoq muddatli raqobat ustunligini ta'minlash uchun doimiy ravishda investitsion resurslarga muhtoj bo‘ladilar. Bunday sharoitda investitsion jozibadorlik kompaniyaning eng muhim strategik ustuvorliklaridan biriga aylanadi. Investitsion jozibadorlik deganda kompaniyaning investorlar nazaridagi ishonchliligi, rentabelligi, moliyaviy barqarorligi va rivojlanish salohiyati tushuniladi. Bu tushuncha ko‘p omilli bo‘lib, kompaniyaning ichki imkoniyatlari, boshqaruv sifati, tashqi iqtisodiy muhit bilan o‘zaro aloqasi va strategik qarorlar qabul qilish darajasiga bevosita bog‘liq.
2025-09-10
O’ZBEKISTONNING XALQARO MOLIYA TIZIMIGA INTEGRATSIYALASHUVINI JADALLASHTIRISH IMKONIYATLARI
XXI asrda global iqtisodiyotdagi asosiy tendensiyalardan biri – moliyaviy bozorlarning o‘zaro integratsiyalashuvi va davlatlarning xalqaro moliyaviy institutlar bilan chuqur aloqalar o‘rnatishiga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishidir. Xalqaro moliya tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuv har bir davlat uchun makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiy raqobatbardoshlikni kuchaytirishning asosiy sharti hisoblanadi. Bu ayniqsa, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar qatoriga kiruvchi O‘zbekiston kabi mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi.
2025-09-10
O’ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO’LISHINING IQTISODIY O’SISHGA TA’SIRI
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda ichki bozorni himoya qilishga qaratilgan konservativ iqtisodiy siyosat yuritdi. Bu davrda mamlakat o‘z sanoatini rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qilishni maqsad qilgan edi. Biroq, bunday yopiq iqtisodiy model uzoq muddatda iqtisodiy samaradorlikni pasaytirish, investitsion muhitning jozibadorligini kamaytirish va xalqaro savdoda to‘siqlarni keltirib chiqardi. Aynan shu omillar Oʻzbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsiyaga ehtiyojini kuchaytirdi.
2025-09-10
АНАЛИЗ АММИАЧНОЙ ОДНОСТУПЕНЧАТОЙ ХОЛОДИЛЬНОЙ УСТАНОВКИ И СОСТАВЛЯЮЩЫХ ЕЁ ЭЛЕМЕНТОВ
Применение трансформаторов тепла (тепловых насосов, холодильных и криогенных машин и установок) непосредственно с их рассчетом и эффективностью. Определение эффективности отдельных аппаратов, машин, установок и систем в общем случае основывается на эксергетическом методе анализа, дающем возможность не только вычислять эксергетический КПД, но и определять потери эксергии в отдельных элементах установки.
2025-09-10
BOLALARDA OIV-INFEKSIYASIDA TURLI DARAJADAGI ARVTGA SODIQLIKNING VIRUSOLOGIK KO‘RSATKICHLARGA TA’SIRI
ushbu tadqiqotda OIV-infeksiyali bolalarda antiretrovirus terapiyaga (ARVT) sodiqlik darajasining virus yuklamasi ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotga 695 nafar bemor kiritildi.
2025-09-10
O’ZBEKISTONDA KIBERXAVFSIZLIKNING ZAMONAVIY TAHDIDLARI VA ULARNING OLDINI OLISH USULLARI
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik sohasida uchrayotgan zamonaviy tahdidlar va ularning oldini olish strategiyalari yoritiladi. Internet va raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangani sayin, davlat va xususiy sektor, hamda oddiy foydalanuvchilar uchun kibermakondagi xavfsizlik muhim omilga aylanmoqda. Tahdidlar orasida phishing, ijtimoiy muhandislik, to‘lov tizimlaridagi firibgarliklar, ransomware va sun’iy intellekt asosidagi hujumlar asosiy o‘rinni egallamoqda. Maqolada O‘zbekistondagi holatga oid misollar, amaldagi qonunchilik va hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, texnik, tashkiliy va huquqiy yo‘nalishlarda himoya vositalari va yechimlar taklif etiladi. Natijada, kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun kompleks yondashuv zarurligi asoslab beriladi.
2025-09-10
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH YO’LLARI
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi zamonaviy investitsiya muhitini tubdan o‘zgartirib, investitsiya loyihalarini boshqarishda ilg‘or texnologiyalarning keng qo‘llanilishiga zamin yaratmoqda. Ushbu tezisda raqamli texnologiyalar asosida investitsiya loyihalarini boshqarishning samarali yo‘llari, mavjud muammolar va istiqbolli yechimlar tizimli tarzda tahlil qilinadi.
2025-09-10
РАСШИРЕНИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ИНСТРУМЕНТОВ МЕЖДУНАРОДНОГО ФИНАНСОВОГО РЫНКА В УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНA
Современный этап развития мировой экономики характеризуется ростом глобализации, либерализацией рынков капитала и усилением трансграничных финансовых потоков. В этих условиях ключевую роль играет использование современных инструментов международного финансового рынка, позволяющих государствам и компаниям привлекать долгосрочный капитал, эффективно управлять рисками и формировать устойчивую финансовую систему. Для Узбекистана, который проводит масштабные реформы в банковско-финансовом секторе, вопрос расширения возможностей применения данных инструментов имеет стратегическое значение.
2025-09-10
ВЛИЯНИЕ ИНСТРУМЕНТОВ ФОНДОВОГО РЫНКА НА СТРУКТУРУ КАПИТАЛА И ФИНАНСОВУЮ УСТОЙЧИВОСТЬ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Современные коммерческие банки функционируют в условиях высокой финансовой и рыночной турбулентности, усиления конкуренции, цифровизации и ужесточения международных нормативных требований. В таких условиях финансовая устойчивость банка и оптимальная структура капитала становятся не только основой выживания, но и стратегическим преимуществом. В данном контексте особое значение приобретает эффективное использование инструментов фондового рынка.
2025-09-10
CHAQALOQNING O‘YIN ORQALI RIVOJLANISHI: KOGNITIV VA IJTIMOIY-EMOTSIONAL YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada chaqaloqlik davridagi o‘yin faoliyatining bolaning psixologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o‘rni har tomonlama yoritiladi. Xususan, o‘yinning kognitiv (bilish) jarayonlarga — xotira, tafakkur, e’tibor, til ko‘nikmalari kabi rivojlanish komponentlariga ta’siri ilmiy nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, chaqaloqning emotsional holati, hissiy ifoda vositalari, ijtimoiy muhitga moslashuvi, yaqin kattalar bilan o‘zaro munosabatlari va ijtimoiy rolining shakllanishida o‘yin qanday psixologik vosita sifatida xizmat qilishi empirik tadqiqotlar misolida ochib beriladi.
2025-09-11
KPI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH OLMALIQ KMK MISOLIDA
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yirik sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini ta'minlash, samaradorligini oshirish va strategik maqsadlariga erishishini kafolatlash uchun ularning faoliyatini muntazam ravishda baholash zarur. Bunda Kalit Ko‘rsatkichlar Indikatorlari (KPI – Key Performance Indicators) tizimi samarali vosita sifatida keng qo‘llaniladi. KPI – bu korxona faoliyatining eng muhim jihatlarini ifodalovchi mezonlar bo‘lib, ular orqali ishlab chiqarish, moliyaviy natijalar, resurslardan foydalanish samaradorligi, xodimlar faoliyati va strategik rivojlanish darajasi aniqlanadi. Mavzuga oid tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, samarali KPI tizimi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, qarorlar qabul qilish sifatini oshirish va strategik yutuqlarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
2025-09-12
YURIDIK SOHADA SUN’IY INTELLEKTNI QO’LLASH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada sun’iy intellektning tasnifi,uning yuridik sohaga ta’siri va bu boradagi afzalliklari va kamchilliklari haqida so’z yuritilgan.Sun’iy intellektning yuridik sohada qo’llanilishi bo’yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi va olimlar faoliyati o’rganilgan.Bundan tashqari sun’iy intellekt kelajakda huquq sohasida inson uchun yordamchi bo’lib xizmat qilishiga to’siq bo’ladigan muammo va kamchiliklar tahlil qilinib,unga yechim bo’la oladigan takliflar va shaxsiy fikrlar ilgari suriladi.
2025-09-12
KOMMUNIKATIV YONDASHUV ORQALI BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING OG'ZAKI NUTQINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Mazkur maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ogʻzaki nutqini rivojlantirish jarayonida kommunikativ yondashuvning oʻrni va ahamiyati yoritilgan. Kommunikativ metod tilni faqat grammatik qoidalar asosida emas, balki real hayotiy muloqot orqali oʻrgatishni nazarda tutadi. Boshlangʻich ta’lim jarayonida o‘quvchilarda nutqiy faollikni oshirish, ularning mustaqil fikr bildirishiga imkon yaratish, shuningdek, o‘qituvchining ijodiy va interaktiv metodlardan foydalanish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, kommunikativ yondashuv o‘quvchilarning og‘zaki nutqini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi.
2025-09-15
КИТАЙСКИЙ ОПЫТ ФОРМИРОВАНИЯ ЭФФЕКТИВНЫХ МЕХАНИЗМОВ ПРИТОКА ИНВЕСТИЦИОННЫХ РЕСУРСОВ
Зарубежные эксперты подчеркивают, что в целях выполнения Целей устойчивого развития до 2030 года, разработанных в 2015 году Генеральной ассамблеей ООН в качестве «плана достижения лучшего и более устойчивого будущего для всех», необходимо инвестировать в производственные мощности. Инвестиции выступают одним из главных драйверов, призванных повысить финансовую устойчивость национальной экономики, ее конкурентоспособность, обеспечить расширенное воспроизводство, позволяют освоить передовые технологии, способствуют разработке и созданию инновационных продуктов, дают толчок в развитии наукоемких отраслей экономики, позволяют сократить уровень безработицы, улучшить благосостояние населения в целом и достичь экономического роста.
2025-09-15
VENTURE FINANCING OPPORTUNITIES FOR INNOVATIVE PROJECTS IN UZBEKISTAN
In the era of knowledge-based economies and rapid technological progress, countries are actively seeking effective financial instruments to support innovation. Venture capital has emerged as a vital tool for fostering high-growth, high-risk enterprises, particularly in developing nations where traditional financial systems often fall short in meeting the needs of startups. In this regard, Uzbekistan—an emerging economy in Central Asia—is gradually embracing the concept of venture financing to promote innovative projects and accelerate economic modernization. The transformation of Uzbekistan’s economy over the last decade has included extensive reforms aimed at liberalization, digitization, and privatization. These reforms have created fertile ground for entrepreneurship, particularly among the youth. However, while entrepreneurial enthusiasm is high, access to funding remains limited. Commercial banks, the dominant players in the financial sector, generally prioritize low-risk lending, leaving startups underserved. This financing gap highlights the importance of alternative mechanisms like venture capital, which provide not only capital but also strategic support, mentorship, and market access.
2025-09-15
METALLURGIYA SOHASIDA LOYIHALAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Mazkur tezisda metallurgiya sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oshirish yo‘llari, baholash mezonlari va ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xavf-xatarlarni boshqarish va “yashil metallurgiya” tamoyillarini qo‘llash orqali iqtisodiy hamda ekologik samaradorlikni oshirish masalalari yoritiladi.
2025-09-15
YUNG TENGSIZLIGI VA UNI MISOLLAR YESHICHDA QO’LLASH
Tengsizlikning arifmetik va geometrik o‘rtalarida ta had ga va ta had ga teng. Demak bundan biz
2025-09-16
CHALLENGES OF TEACHING ENGLISH PRONUNCIATION TO UZBEK LEARNERS: A CASE STUDY
The acquisition of accurate English pronunciation remains one of the most challenging aspects of language learning for Uzbek learners. This study explores the phonological differences between Uzbek and English, identifying common pronunciation errors such as the substitution of /θ/ and /ð/, difficulties with vowel contrasts, consonant clusters, and stress patterns. It also examines the historical and pedagogical context of English teaching in Uzbekistan, highlighting limitations in phonetic training and exposure to authentic models. The research evaluates effective pedagogical strategies, including explicit phonetic instruction, minimal pairs, technology-enhanced learning, and learner-centered approaches. Findings suggest that tailored, culturally responsive methods are essential to overcome pronunciation barriers, improve intelligibility, and build learner confidence. The study provides practical recommendations for curriculum design, teacher training, and classroom implementation, contributing to the broader goal of enhancing English language proficiency in Uzbekistan.
2025-09-18
XORIJ PSIXOLOGIYASIDA O‘QISH MOTIVLARINING NAZARIY TAHLILI
Maqolada xorijiy psixologlar tomonidan o‘qish motivlari va o‘quv faoliyatining nazariy jihatdan tahlili yoritilgan. Z.Freud, W. McDougall, H.Heckhausen, G. Allport, E. Thorndike, J.Bruner kabi olimlarning o‘quv motivatsiyasiga oid qarashlari o‘rganilgan. Motivatsiyaning xulq nazariyasi, oliy asab faoliyati nazariyasi, kognitiv va affektiv determinatsiya konsepsiyalari tahlil etilgan.
2025-09-19
OLTI YOSHLI BOLANING TA’LIMGA TAYYORGARLIGI
Ushbu maqolada bolaning umumiy va psixologik tayyorgarligi, bolani maktabda o‘qishiga axloqiy-irodaviy, maktabda o‘qishiga aqliy va jismoniy tayyorgarligi, bolalarni maktab ta’limiga rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari, jismoniy rivojlanganlik darajasi, nutq va tafakkuri rivojlanganlik darajasi, ma’naviy madaniy yetukligi haqida so‘z yuritiladi.
2025-09-19
E.ERIKSONNING SHAXS RIVOJLANISHINI PSIXO-IJTIMOIY BOSQICHLARI
Ushbu maqolada E.Eriksonning (1902–1994) inson rivojlanishini psixo-ijtimoiy yo‘nalishda izohlab, sakkizta asosiy bosqichdan iborat nazariyani ishlab chiqqanligi haqida so‘z yuriitilib, har bir bosqichda shaxs muayyan inqirozni boshdan kechiradi va uni muvaffaqiyatli hal etish orqali ijobiy psixologik fazilatlar rivojlanishi aks ettiriladi.
2025-09-19
ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA UNDALMA CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI
ushbu maqola o‘zbek va arab tillarida undalma tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, ular o‘zaro qiyoslanadi, o‘xshash va farqli jihatlari izohlanib, bir necha misollar yordamida tahlil qilinadi.
2025-09-22
BRENDLASH VA IQTISODIY MEXANIZMLARNI INTEGRATSIYA QILISH — TO‘QIMACHILIK KORXONALARI BARQARORLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Ushbu maqolada to‘qimachilik korxonalarining barqarorligini oshirishda brendlash va iqtisodiy mexanizmlarni integratsiya qilishning ahamiyati tahlil qilinadi. Brendni shakllantirish jarayonlari, iqtisodiy boshqaruv mexanizmlari hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatidagi mavjud holat va xalqaro tajriba asosida korxonalar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
2025-09-22
ZAMONAVIY FAN VA TA’LIM SOHASIDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI
Zamonaviy fan va taʼlim sohasida sun’iy intellektning ahamyati:Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari fan va ta’lim sohasida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim tizimida u o‘quv jarayonlarini avtomatlashtirish, baholashni aniqroq qilish, shaxsga mos o‘qitish imkonini bermoqda. Fan sohasida esa katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, ilmiy izlanishlarni tezlashtirish va yangi kashfiyotlar qilishda muhim vosita hisoblanadi. Sun’iy intellektning zamonaviy fan va ta’lim sohasidagi o‘rni yoritilgan. Unda sun’iy intellekt vositalarining ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini avtomatlashtirish va shaxsiylashtirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan ilm-fan va innovatsion texnologiyalarga oid fikrlar asosida sun’iy intellektni rivojlantirish yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan.
2025-09-22
MAHALLIY MODA BRENDLARINI ISTE’MOLCHILAR KIYINISH IMIJIGA TA’SIRINING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI
Jahonning mashhur kiyim-kechak brendlari raqobatbardoshlikni saqlab qolish va o‘sishni ta’minlash uchun ko‘p qirrali strategiyalarni qo‘llamoqda. Ular barqaror moda, ekologik toza brending va kiyimlarni qayta ishlashga katta e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, elektron tijorat va onlayn savdo platformalariga investitsiyalar oshmoqda. Mijozlarni jalb qilish uchun ijtimoiy tarmoqlar va shaxsiylashtirilgan marketing keng qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillarda esa neyromarketing yondashuvlari yordamida mijozlar ongiga chuqur ta’sir qiluvchi reklama strategiyalari ishlab chiqilmoqda. Mahalliy brendlar, o'zlarining marketing strategiyalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirib, iste’molchilarning kiyinish imijini shakllantirishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Masalan, Avstraliyaning Sussan brendi, o'zining marketing strategiyasini yangilab, yosh iste’molchilarga yo'naltirilgan yangi kampaniyalar orqali muvaffaqiyatga erishdi. Shuningdek, H&M brendi London Fashion Week 2025da o'zining premium kolleksiyalarini namoyish etish orqali moda sanoatidagi mavqeini mustahkamladi.
2025-09-22
XORIJIY KREDIT LINIYALARINI JALB QILISH VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Bizga ma’lumki, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda dunyoda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, jahon iqtisodiyotining globallashuvi, shuningdek, xalqaro va mahalliy bozorlarda raqobatning keskinlashuvi sharoitida xorijiy kredit limitlarini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha ularga ta‘sir qiluvchi omillarni aniqlash hamda ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan ilmiy nazariyalar va empirik izlanishlar tadqiq zarur.
2025-09-22
SUN'IY INTELLEKT VA MASHINALI O'RGANISH TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BANK OMONAT PORTFELINI BOSHQARISH
Ushbu maqola zamonaviy bank tizimida sun'iy intellekt va mashinali o'rganish texnologiyalarining omonat portfelini boshqarishdagi rolini o'rganadi. Natijalar AI texnologiyalarining omonat portfelini boshqarishda strategik qarorlar qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va xizmat ko'rsatish sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi.
2025-09-22
TIJORAT BANKLARIDA ZAMONAVIY BANK XIZMAT TURLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga oʻrgatishdan iboratdir”.
2025-09-23
INGLIZ TILI O‘QITISHDA LINGVISTIK KOMPETENSIYA ATAMASINING TAVSIFI
Ushbu maqolada ingliz tili o‘qitish jarayonida “lingvistik kompetensiya” atamasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy qismlari va o‘quvchilarda shakllanish jarayoni tahlil qilingan. Til o‘qitishda lingvistik kompetensiyaning ahamiyati, uni boshqa kompetensiyalar bilan uzviy bog‘liqligi va nazariy asoslari yoritiladi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar asarlariga tayangan holda lingvistik kompetensiya atamasining pedagogik va metodik talqini ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.
2025-09-24
MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA O'ZBEKISTONDA SIYOSIY UYG‘ONISH VA SIYOSIY PARTIYALARNING VUJUDGA KELISHI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgan dastlabki yillarida mamlakat siyosiy hayotida yuz bergan tub o‘zgarishlar yoritilgan. Unda siyosiy uyg‘onish jarayonlari, fuqarolarning siyosiy ongi va faolligining ortishi, shuningdek, siyosiy partiyalar tizimining shakllanishi haqida so‘z yuritiladi. Xususan, Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi kabi ilk siyosiy tuzilmalar faoliyati va ularning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Maqola siyosiy plyuralizm va fuqarolik jamiyati shakllanishidagi muhim jarayonlarni aks ettiradi.
2025-09-24
